Hikmatlar shodasi  ( 245486 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 92 B


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:05:41

Tug'ilish - o'limga qo'yilgan birinchi qadamdir.
Gyote


Qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
Imom G'azzoliy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:06:35

Boyning xasis bo`lishi unga berilgan jazodir.
Hazrat Ali


Mo`min yaxshi niyatli bolgani uchun aldanadi, surbet yomon niyatli bolgani uchun aldaydi.
Termiziy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:09:10

Allohning imtihoni bizni bilish uchun emas,bizni ozimizga bildirish uchundir
Tohir Mavlaniy


Ey,butun kechani tonggacha uxlab otkazadigan bechora, ertaga yotadigan zim-ziyo qora tuproqqa ham qandil yoq.
F.Attor

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:29:15

Olam bir daryodir, uning qirg’og’i oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo’lib, odamzotning hammasi shu daryodan o’tuvchi musofirlardir.
Shayh Abu Ishoq Zuhuriy


Kitob — mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn Ismoil

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyun 2006, 08:05:00

Assalamu alaykum.
Qilayotgan solih amallaringizdan Alloh rozi bo'lsin!


Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyun 2006, 08:07:22

Bizning jasadimiz uch qismdan iborat: Dil,til va vujud.
Dil - tavhid uchun.
Til - shahodat uchun.
Vujud esa - ibodat uchundir.

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyun 2006, 08:11:10

Allohning bir farishtasi har kuni:" O'lmoq uchun tug'ilinglar, foniy bo'lmoq uchun yig'ilinglar, harob bo'lmoqi uchun imorat quringlar", deb nido qilar ekan.
Sen jannatga ketsang-u, azob farishtalari farzandlaringni jahannam o'tiga otsa yuraging bardosh beradimi? Shu narsani o'lmasingdan avval bir o'ylab ko'r!


Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyun 2006, 08:13:23

Biz bu dunyoda faqir va bechorahol bo'lmoqlikdan qo'rqamiz-u, ammo ohiratda faqiru nochor va rasvoyi jahon bo'lmoqlikdan qo'rqmaymiz. Ohiratdagi faqirligimiz - solih amallarimizni kamligidandir.

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyun 2006, 08:19:16

"Sidq" haqida Alloh suygan bandalarning fikrlari:
Shaqiq Balhiy:" Allohning balolariga shuk qilmasa, u sodiq emasdir".
Molik ibn Dinor:"Allohning balolaridan lazzat olmasa, u sodiq emasdir".
Robi'a Adaviyya binti Ismoil:"Allohning balosi kelsa-yu uni kelganini banda sezmasa sodiq bo'la oladi".

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyun 2006, 08:23:49

" Allohning huzurida insonlarning eng afzali bo'l, nafs- shayton huzurida insonlarning eng yomoni bo'l, insonlarning huzurida ular bilan teng bo'l".

Hazrati Ali ibn Abu Tolib r.a.

Qayd etilgan