Hikmatlar shodasi  ( 359127 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 92 B


Laylo  20 Iyun 2006, 09:04:30

Dunyoning qiyinchiliklari to’rtta: g’urbatda kasallik, qarilikda yolg’izlik, hech narsasi bo’lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo’l.
Ibn Mikaffa

***

Dunyo kezib oxiratni topganni ko’rmadik, dunyosini topganlarni ko’rdik.
Hasan Basriy

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyun 2006, 10:04:06

" Agar sen balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin. Chunki bu yo'ldan Payg'ambarlar vasolihlar yurganlar. Agar rohatli yo'l boshlansa, sen o'z nafsingga yig'lagin. Chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".

Vahb ibn Munabbah.
Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib,
G'arb dunyo topdi Allohdan kechib.

Jaloliddin Rumiy.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 10:05:40

Tabaroniy rivoyat qiladi:
"œMuoz ibn Jabal raziyallohu anhu vafot etar chog’I yig’lardilar. Undan:
-Nega yig’layapsan?-deb so’rashdi.
-Vallohi, men o’limdan qiynalib yoki orqamda mol-dunyo qolib ketayotgani uchun yig’layotganim yoq,-deidlar. — Janobi Payg’ambarimizdan (s.a.v.): "œInsonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi otashda, bir hovuchi esa do’zaxda", deb eshitganman. Man shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganim uchun yig’lamoqdaman".

"œHayotus-sahoba" kitobidan.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyun 2006, 10:11:45

" Kim ilm o'rganib unga amal qilsa  va uni boshqalarga o'rgatsa, butun osmon farishtalari orasida " Buyuk" deb chaqiriladi".

Iyso ibn Maryam a.s.
"Ilm o'rganish -  Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir".

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyun 2006, 08:44:13

Eng johil inson ohiratini birovning dunyosi uchun sotgandir.
Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri aql, uchdan biri jo'mardlikdir.

Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyun 2006, 08:47:16

Xo'rlikka chidab ilm oldim, piravardida ulug'likka erishdim.

Ibn Abbos r.a.
Iloho! Men gunohdan kechishga qodir bo'lmasam, gunohlarni avf etishga Sen qodirsan-ku!

Yahyo ibn Maozr.a.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyun 2006, 08:51:14

Iymon ko'rolmaganlariga ishonmoq, bu iymonning mukofati esa ishonganlarimizni ko'rishligimizdir.

Avgustin.
Odobsizlik boshlangan joyda adabiyot tugaydi.

M. Akif Ersoy.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyun 2006, 08:54:38

Qanday bo'lmasin uylaning hotinnigiz yahshi chiqsa omad sizniki, aks holda fylasuf bo'lasiz.
Suqrot.
Borliq mehnat bilan tirik, ishlamaganlar esa doimo muhtojlikdadir.
La Edri.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyun 2006, 08:58:19

Pulni o'ylab sarf qilmoq yarim foydadir.
Hasan Basriy.
Kuchga tayanmagan adolat ojiz, adolatga tayanmagan kuch esa zolimdir.
Paskal.
Ehtiyojlari uchun past kelmagan inson buyukdir.
Lideri.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyun 2006, 09:02:01

Har ishda shubha qiladigan jinni, hech ishdan shubha qilmaydigan esa ahmoqdir.
La Edri.
Juda ko'p insonlarni ko'rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni choqda hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.
Nomiq Kamol.

Qayd etilgan