Muallif Mavzu: Hikmatlar shodasi  ( 229372 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #30 : 25 Iyun 2006, 05:53:30 »
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM

Nabiy alayhissalomdan rivoyat qilindi. Dedilar:
“Ikki xislatdan afzal narsa yoq:
-Allohga imon keltirish va
-musulmonlarga manfaatli bo’lish.
Ikki yomon xislat borki, undan yomon narsa yoq:
-Allohga shirk keltirish va
-Musulmonlarga zararli bo’lish”.

Ibn Hajar Asqaloniyning “Oxirat kuniga tayyorgarlik” kitobidan.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #31 : 25 Iyun 2006, 05:53:46 »
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) marhamat qiladilar:
“Qiyomat kuni kishilar orasida men bilan birga bo’lishga muyassar bo’luvchilar (yoki: Qiyomat kunida mening shafoatimga erishadigan baxtli inson) “La ilaha illalloh” kalimasini chin qalbdan aytuvchilardir”.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #32 : 25 Iyun 2006, 05:54:09 »
Hayot sabog’ini ko’zi ojizdan o’rganilsa, arziydi. Chunki u hassasi bilan oyoq qo’yadigan joyini aniqlamaguncha qadam bosmaydi.

***

Bir hakim zot aytadi:
“Jaholat to’rt xil ishda ko’rinadi: amalsiz so’zda, natijasiz ishda, o’riinsiz xusumatda, yoqimsiz go’zallikda”.

***

Umar ibn Abdulaziz aytadi:
“Amallar uch hil bo’ladi: natijasi yaxshilik bo’lgan amal – unga ergash, natijasi yomonlik bo’lgan amal – undan qoch, natijasi shubhali bo’lgan amal – unga maslahat ol”.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #33 : 25 Iyun 2006, 05:54:28 »
Ikki ahmoq bir olimning ustidan kulmoqchi bo’lib, biri o’ng tarafidan, ikkinchisi chap tarafidan kelishdi va:
-Siz ahmoqmisiz yoki nodonmisiz? – deb so’rashdi.
-Ikkalasining o’rtasidaman, - deya javob berdi olim.

***

Hasan Basriy aytadi:
“Ey Odam bolasi, umring bir to’p kundan iboratdir. Kun o’tgani sayin sening ham oz-ozdan bo’lganing ketib boradi. Ozginaning ketishi hamamsining ham ketishidan darakdair. Sen bu narsalarni yaxshi bil. Bu kun amal vaqti, hisob yoq, amal qilib qol. Ertaga hisob kuni keladi, u kunda amal qilish yoq”.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #34 : 25 Iyun 2006, 05:54:52 »
Omir ibn Qaysdan (r.a.) sabr-toqatsiz odamlar haqida so’rashdi.
“Ular och qolsalar, yalinadilar, to’ysalar, tug’yon qiladilar”, deb javob berdi u.

***

Munofiq kofirdan yomon
Darhaqiqat, Umar ibn Xattob (r.a) ham shu haqda aytgan ediki:
“Sizlarga imonni ayon mo’min va kufri aniq kofir yo’liqishidan qo’rqmayman. Ammo imon pardasiga o’ralib, boshqacha amal qiladigan munofiq yo’liqishidan qo’rqaman.”

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #35 : 25 Iyun 2006, 05:55:14 »
Safvon ibn Assol Murodiy payg’ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Alloh taolo mag’rib tomonda tavba uchun bir eshik bunyod etdi. Uning kengligi yetmish yoki qirq yillikdir. Doim ochiq bo’ladi. Quyosh g’arbdan chiuqadiganvaqtgacha yopilmaydi”.

Termiziy va Bayhaqiylar rivoyati.

***

Nabiy sallallohi alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Dedilar:
“Kim maishati qiyinchiligidan shikoyat qilsa, go’yoki Robbidan shikoyat qilibdi. Kim dunyo ishlariga mahzun (xafa) bo’lsa, u Rabbiga darg’azab bo’libdi. Kim boyning boyligidan olish uchun o’zini past tutsa, dinining uchdan ikkisi ketibdi”.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #36 : 25 Iyun 2006, 05:55:25 »
Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi:
“Uch narsaga uch narsa bilan erishilmaydi:
Boylikka umid bilan, yoshlikka bo’yanish bilan, sihat-salomatlikka doti-darmon bilan”.

***

Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi:
“Odamlarga chiroyli javob qaytarish aqlning yarmisi, chiroyli savol berish limning yarmisi, chiroyli tadbir maishatning yarmisi”.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #37 : 25 Iyun 2006, 05:56:06 »
Musulmon kishining musulmon kishida 5 ta haqqi bor:
1.Salomga alik qaytarish.
2.Chaqirsa, boorish.
3.Janozasida qatnashish.
4.Kasal bo’lsa, borib ko’rish.
5.Aksa urib “Alhamdu lillah” desa, javoban “yarhamukallohu va tashfik”- Allohning rahmati va shifosi senga bo’lsin, detish.
(Ibn Mojja rivoyati)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #38 : 25 Iyun 2006, 05:56:32 »
To’rt toifa odamlarni Alloh yomon ko’radi: qasamxo’r savdogarlarni, takabbur kambag’allarni, zinokor keksalarni va zolim podshihni.
(Nasoiy va Bayhaqiy rivoyatlari)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #39 : 25 Iyun 2006, 05:56:59 »
Yordamni olijanob kishilardan so’rang.

Osoyishtalik vaqtingizda ko’proq qo’rqing. Kulfat yetganda sabr qiling.

Va’da qilsangiz vafo qiling.

Do’st g’am va kulfat vaqtida ma’lum bo’ladi.

Yoshlikda zahmat chekingki, qariganda rohat topasiz.

***

Ta’ma qilish olimdan hikmatni ketkazadi
Sam’on rivoyati

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #40 : 25 Iyun 2006, 05:57:14 »
Agar Alloh bir qavmga boylikni va taraqqiyotni iroda qilsa, ularga tejamkorlikni va qanoatni beradi. Agar Alloh bir qavmga “kesmoqni” iroda qilsa, ularga xiyonat eshigini ochib qo’yadi.
(Ahmad ibn Hanbal rivoyati)

***

To’rt narsani qaytarib bo’lmaydi: aytilgan so’zni, o’tgan ishni, otilgan o’qni, kechgan umrni.
Salomatlik uch narsadadir: Xudoning bergan umriga rozi bo’lish, din shartlarini bajarish, birovning diliga ozor berishdan uzoq bo’lish.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #41 : 25 Iyun 2006, 05:57:28 »
Said Ibn Jobir (r.a.) aytadi:
“Bir inson hayoti mobaynida ko’p yaxshiliklar qildi, ammo umri tugab, Allohga ro’baro bo’lganida o’sha yaxshiliklarni nomai a’molida ko’rmaydi. Keyin: “Yo Parvardigoro, mening yaxshiliklarim qani?”, deb Allohdan so’raydi. Alloh aytadi: “Sen barcha yaxshiliklaringni o’zing g’iybat qilgan odamlarga topshirib qo’yding”.

***

Hazrati Solih Mariy bir kuni: “Kimki eshikni astoydil taqillataversa, ertami-kech o’sha eshik baribir ochiladi”, dedi. Shunda bir ayol so’radi: “Demak, Alloh ham eshigini berkitib qo’yar ekanda”. “Ofarin”,-dedi Hazrati Solih,- hech kimning aqli yetmagan narsaga bir zaifning aqli yetdi”.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #42 : 25 Iyun 2006, 05:57:43 »
Hazrati Ali Murtazo (r.a.) deydi: “Yaxshilikni bilmaydiganga ham yaxshilik qilgin, negaki qiyomat kunida amallar tarozusida bu yaxshilikning vazni yaxshilikni biladigan kishiga qilgan yaxshiligingdan ortiqroq bo’lur”.

***

Bir ayol imom Lays ibn Sa’d huzuriga bir kichikkina idish ko’tarib keldi va: “Erimning tobi yoq, ozgina asal bersangiz”, dedi. Imom hizmatkorlarga meshga asal solib berishni buyurdi. Kimdir so’radi: “Axir bu ayol kichkina mesh olib keldi-ku, siz esa meshga solib berayabsiz?”
Lays ibn Sa’d javob qildi:
“U holatiga yarasha idish olib keldi, men o’z martabamga yarasha beryapman”.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #43 : 25 Iyun 2006, 05:57:55 »
Hazrati Usmondan (r.a.) rivoyat qilinadi:
“Kim dunyoni tark qilsa, Alloh Taolo uni suyadi, kim gunohlarni qoldirsa, uni moliaklar suyadi, kim musulmonlardan tama’ qilmasa, ular uni yaxshi ko’radilar”.

***

Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi:
“Dunyo ne’matidan Islom ne’mati senga kifoya qiladi. Mashg’ulotdan toat mashg’uloti senga kifoya qiladi. Ibrat olishda o’limdan ibrat olish senga kifoya qiladi”.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Hayot sabog'i - hikmatlarda
« Javob #44 : 25 Iyun 2006, 05:58:10 »
Hazrati Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi:
Nabiy sallallohu alayhi vasallam dedilar:
“Uch narsa najot toptiruvchidir, uch narsa halokatga olib boruvchidir, uch narsa darajot va uch narsa kafforatdir.
Najot toptiruvchi narsalar: maxfiy va oshkora Alloh Taolodan qo’rqish, kambag’allikda ham, boylikdan ham tejash; rozilikda va g’azabda adolat qilish.
Halokatga olib boruvchi narsalar: o’ta baxtli bo’lish, nafs-havoga ergashish; o’ziga bino qo’yish.
Darajotlar esa: salom berishni yoyish; ovqat tarqatish; odamlar uxlab yotganda namoz o’qish
Kafforatlar esa: sovuq kechalarda tahoratni mukammal olish; jamoat namozlarida qatnashish; keyingi namozni kutib turish”

 

Hikmatlar

Muallif MohinurBo'lim She'riyat

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 32508
So'nggi javob 15 Yanvar 2012, 20:08:44
muallifi Muhammad Sanjar
Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov

Muallif shoirBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 12450
So'nggi javob 02 May 2007, 17:31:04
muallifi Muhammad Amin
Ahmad Yassaviy hikmatlari eng zo'r hikmatlar.

Muallif Muhammad AminBo'lim She'riyat

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 48169
So'nggi javob 27 Fevral 2012, 11:10:59
muallifi Shuhrat_
Hikmatlar durdonasi

Muallif zuhrahonBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 244
Ko'rilgan: 64716
So'nggi javob 03 Aprel 2010, 10:49:52
muallifi siddiqa
HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy

Muallif MunavvaraBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 199
Ko'rilgan: 52678
So'nggi javob 23 Mart 2009, 06:40:03
muallifi AbdulAziz