Hikmatlar shodasi  ( 359716 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 92 B


UmmatiY_MuhammadiY  15 Oktyabr 2006, 07:35:36

As-salamu alaykum varahmatulloh!

Илмига амал қилмаган олим жоҳиллар қаторига киради

Али ибн Абу Толиб

Китоби йўқ олим — мевасиз дарахт

Саъдий Шерозий

Билмаганин сўраб ўрганган — олим ва орланиб сўрамаган ўзига золим

Алишер Навоий

Ҳамма ибодатларнинг энг фазилатлиси илм билан қўшилиб келганидир.

Абу Исҳоқ Зуҳурҳурий

Илм фикрнинг хос мевасидир. Агар қалбда илм ҳосил бўлса, ҳолати ўзгаради, ҳолати ўзгарса, аъзоларнинг амалий ўзгаради. Бас, амал ҳолатга, ҳолат амалга, илм фикрга тобеъдир.

Абу Ҳамид ал — Ғаззолий

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:48:41

G’animning yolg‘oniga, laganbardorning shirin suxaniga uchma. Birinchisi ayyorlik to‘rini tashlagan, ikkinchisi esa yovuz jig‘ildonini ochib turibdi.
Sa’diy Sheroziy

Yetti boshli ajdardan emas, tilyog‘lama odamdan qo‘rq.
Qobus

O’z va’dasida turmaganda turli-tuman vaj-karsonlar ko‘rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo‘lolmaydi.
Abulqosim az-Zamaxshariy

Qayd etilgan


Muslimaxon  18 Oktyabr 2006, 19:49:12

Har bir kishining so‘zi - o‘z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimonidir. Shuning uchun qisqa va ma’noli so‘zlash lozimdir.
Xoja Ahmad

Rostgo‘ylikning eng past darajasi botin bilan zohirning barobar bo‘lishidir.
Abdulqosim Qushayriy

O’zini yoki birovni aldagan kishi rostgo‘ylikning hidini ham hidlamaydi.
Sahl ibn Abdulloh Tustariy

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 09:33:03

Muhammad Kamol hikmatlari.

Yo'lovchi safardan avval tayorgarlik qilsin. Yo'lga chiqqan kishi g'arib bo'ladi. G'arib kishi esa zaif bo'ladi.

Pulni bankda ko'paytirish kibrga kiradi. Haq ilmini qalbda ko'paytirish esa tevozega kiradi.

Kibr yomonlikka yo'l ochgani kabi tavoze ham insonni yahshilikka boshlaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 09:35:43

Dunyo janjal, urush bo'layotgan maydonga o'hshaydi. Mushti kuchli, mol-dunyosi ko'pbo'lganning ovozi chiqib, hurmat ko'radi. Sen bir parcha non uchun quyrug'ini o'ynatadiga itlar kabi mol-dunyosi bor bo'lgani uchun ularga hurmat ko'rsatma. Senga insonligingni anglatib, Haqni bildirganlarni hurmat qil. Eng muhimi ham shudir.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 09:50:26

Inson yo'lda jonli kitob kabi hamma narsani ko'radi, o'qiydi. Iymon nazari ila yerga,ko'kka, ulardagi turfa hil ajoyib narsalarga qara-da, bu jonli darshonadan dars va ibrat ol.

Kiborlar bilan do'st bo'laman,dema. Kiborlarning har birida o'ldiruvchi zahar bor.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 09:59:03

Bir g'aribning ko'nglini shod qiladigan so'z aytish oltin hazinasini topishdan afzalroqdir. Chunki u asl insoniylik gavharini ulashishdir.

Pulni o'g'irlatsang honavayron bo'lasan. Ilmingni esa hech kim o'g'irlay olmaydi.

Johil ota-ona honadoni bamisli urush o'chog'idir,
Insoniylik hissidan mahrum hibs joyidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 10:02:05

Sayohatdan maqsad ko'rish, kechirish,tanishish,alomatlikni saqlash orqali yuksalishdir. Bundan bo'lak maqsad ila sayohatga chiqish hayvondek kezishdir.

Inson vujudining a'zolari qalbidagi niyatiga ko'ra harakatlanadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 10:03:36

Ilmni o'rganishdan oldin unga chin ihlos bilan bog'lan. Ishiga ihlossiz bog'langan uni ohiriga yetkazolmaydi.

Oshiq sevgan kishisini ko'zi bilan ko'radi, bilimi bilan his qiladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 10:06:20

Shuhrat uchun yugurganlar yiqiladilar. Shuhratga erishganlar esa bu yo'lda ma'naviyatlarini o'ldiradilar.

Haq buyrug'ini bajarmagan, Haq yo'liga kirmagan hisoblanadi.
Namoz, ro'zani bilmagan va unga befarq munosabatda bo'lgan kishi islomiyatga yaqinlasholmaydi.

Qayd etilgan