Hikmatlar shodasi  ( 359789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 92 B


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 10:08:42

Muruvvat, marhamat insoniylik tuyg'usidir. ularning manbai esa din va iymondir.

Nafs amriga asir bo'lgan kishi yomonlikka ham asir bo'ladi.

Haqni eshitmaslik, haromdan hazar qilmaslik o'limni uzoq deb bilishdan paydo bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Noyabr 2006, 12:04:52

Zaif olomasa kuchlidan haqqin,
Tangri ulug'lamas unday el, halqin.


Agar tutsang ulug'larning ishini,
Nabot et tili, na bot og'rit kishini.

So'fi Olloyor.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Noyabr 2006, 12:08:41

Bir joyda ahloqsizlik yoyilsa, Allo taolo (yahshi yomonni ayirmay) barchaga birday balo yuboradi.

Abu Bkar Siddiq r.a.


Yolvorish lazzati dunyoviy ne'mat emas, balki u jannat zavqlaridandir. Alloh u zavqni mahbublari uchun yaratgan. Har kas uni ololmas.

Imom G'azzoliy.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Noyabr 2006, 12:11:13

Bandaning keraksiz narsalar bilan mashg'ul qilib qo'yilishi Alloh taoloning undan yuz o'girganiga dalolatdir.

Hasan Basriy r.a.


Shaytonning haloyiqqa sullton bo'lib olishi ularning dunyoni yahshi ko'rishlari tufaylidir.

Najmiddin Kubro.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Noyabr 2006, 12:13:43

Halq sening so'zing bilan ish qilishini hohlasang, avvalo sen o'zing o'z so'zing bilan ish qil.

Anushirvoni Odil.

Jasorat o'z qism: bittasi - qo'rqmaslik, to'qqiztasi diqqat va ehtiyotkorlik.

Hazrati Ali r.a.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Noyabr 2006, 12:17:04

Dunyoning g'ami qalbga zulmat bag'sihlaydi. Ohiratning g'ami esa qalblarga nur beradi.

Usmon ibn Affon r.a.

Kim solihlarning siyratiga nazar solsa, o'zining kamchiliklarini ko'radi va odamlardan orqada qolganini anglaydi.

Alisher Navoiy.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Noyabr 2006, 12:19:47

Ilm toliblari temirdan aso olsin,po'latdan kavush kiysin. So'ng hassasi sinib kovuchi yeyilib ketguncha ilm izlasin.

Dovud a.s.

Banda dunyo molidan bir narsaga erishsa, Alloh huzuridagi darajasidan, albatta, bir narsa kamayadi, garchi unga sahovat qilingan bo'lsa ham.

Ibn Umar.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Noyabr 2006, 12:22:15

Nafsning hohishlarini ijobat etaverish kishini halok qiladi.

Anas ibn Molik r.a.


Siringni dushman bilmasin desang, do'stingga aytma.

"Qobusnoma"dan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  25 Noyabr 2006, 19:17:42

Hotamdan: "œQaysi narsa ustiga amalingizni bino qildingiz?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "œTo‘rt narsa ustiga:
- boshqalarning rizqi menga o‘tmaganidek, mening rizqim ham mendan boshqaga o‘tib ketmaydi, deb bildim va shunga ishondim;
- bo‘ynimda farzlar bor va bu farzlarni o‘zimdan boshqa hech kim ado qilmaydi, deb bildim va ularning adosi bilan mashg‘ul bo‘ldim;
- bildimki, Rabbim meni har vaqt ko‘rib turadi, men Undan uyalaman;
- ajalim menga shoshib kelayotganini bildim va men ham unga shoshildim".

Qayd etilgan


Muslimaxon  25 Noyabr 2006, 19:17:50

Aytishlaricha, johillik alomati uchta:
1)   foyda bermaydigan narsalarni yig‘ish;
2)   halok qilinadigan gunohlarni qilish;
3)   qutqaradigan amalni tark etish.

Alloh taologa yuzlanuvchining alomati ham uchta:
1)   qalbini tafakkur uchun;
2)   tilini zikr uchun;
3)   badanini xizmat uchun fido qilmog‘i.

O‘zini aldaydiganlarning alomati uchta:
1)   xatolardan cho‘chimay, shahvatlarga shoshilish;
2)   uzoq orzu bilan tavbani kechiktirish;
3)   oxiratni amalsiz umid qilish".

Qayd etilgan