Hikmatlar shodasi  ( 359712 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 92 B


Munira xonim  15 Dekabr 2006, 14:18:27

"Birodaring haqqiga begunoh til bilan duo qil, rad bo'lmaydi. Ya'ni sening tiling uning haqqiga, uning tili esa sening haqqinga gunoh qilmagan bo'lsin.Birodarning birodarga duosi shu tarzda bo'ladi".

Xoja Ali Romitaniy.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2006, 14:22:11

"Olimlarning ziynati ilmlarining amallari bilan uyg'unligidir".

Imom Shofi'iy.

"Biror kishiga hizmat qilish lozim bo'lib qolsa naflibodatlarni tark etamiz.Chunki nafl ibodat insonning o'ziga foyda yetkazadi. Ammo boshqa bir kishiga  hizmat qilish, jamiyatga hizmat qilishdir. Buning savobi ko'proqdir".

Mahmud As'ad Jo'shon.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2006, 14:24:42

"Mayda narsalarga keragidan ortiq e'tibor beradiganlar, katta narsalarni eplolmaydiganlardir".

Aflotun.

"Ahloqiy fazilatlar odamning niyatida aks etadi".

Aristotel".

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Dekabr 2006, 09:36:16

"Ilmiga amal qilmagan olim boshqalarni kiyintirib o'zi yalang'och qolgan igna kabidir".

"Ko'p umr ko'rmiq johilga jaholatdan boshqa narsani orttirmaydi".

Imom G'azzoliy.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Dekabr 2006, 09:38:37

"Ey,insonlar! Men duolaringiz qabul bo'lmay qolishidan emas, balki duo qilmay qo'yishingzidan qo'rqaman".

Hasan Basriy.

"Musulmonlarning namozi tez orada vrachlarning retseptlari orasidan joy oladi".

Bernard Shou.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Dekabr 2006, 09:41:30

"Bobolarining dindorligi tufayli najot topishndan umid qilganlar,otasining yegani bilan qorin to'yishini kutgan kimsa kabidir".

Imom G'azzoliy.

"Chuqur fikrlar - aqlga qoqilgan p'olat mixdek, ularni sug'rib bo'lmaydi".

D. Didro.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Dekabr 2006, 09:46:03

"Men hotiram zaiflashayotgani haqida ustozim Vaki'ga shkiyat qildim. U meni gunohlardan saqlanishimni buyurdi, hamda shu narsani aytdiki, ilm nurdir. Alloh bu nurni osiylarga bermaydi!"

Imom Shofi'iy.

"Hushomadga o'ch odam - hushomadgo'ydir".

Shekspir.

Qayd etilgan


Tilla  21 Dekabr 2006, 16:12:02

****************************************************************
Umar raziallohu anhu  rivoyat qilurlarki.1 kuni ko'rsam Rasulalloh (s.a.v) quruq bo'yra ustida yonboshlab yotgan ekanlar. Bo'yraning naqshi muborak badanlariga tushib qolibdi.Shunda dedim;"Yo Rasulalloh ,Rum va Fors podshohlari Alloh ta'ologa ibodat qilishmaydi,lekin shunga qaramay,ularga bexisob noz-ne'matlar berilgan,xar-xil kiyimlarda,hursandlik bn umr kechiradilar.Siz Rabbul-'olamiynning Rasulisiz,nima uchun Alloh ta'olodan farovon rizq so'rab duo qilmaysiz ?"
Rasulalloh s.a.v ;"Yo Ibni Xattob,bu dunyo ularniki bo'lib,oxirat bizniki bo'lishidan norozimisan?"  dedilar....

Qayd etilgan


Laylo  23 Dekabr 2006, 00:30:51

Dunyoda hasad va ginadan og‘irroq ranj yo‘q. Chunki hasadchi kimsa odamlarning shodligidan payvasta g‘am ostida yuradi. O’zgalar rohatidan doimo zahmat tortadi.
Muhammad Husayn

Qayd etilgan


sultonxon  23 Dekabr 2006, 03:17:21

Ziqnalik-bu ojizlikdir.
(Ali r.a.)

Qayd etilgan