Hikmatlar shodasi  ( 359809 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 92 B


Munira xonim  07 Mart 2007, 07:36:22

Kimki Alloh taolo bilan sidq ila muomalada bo'lsa, Alloh azza va jalla unga hikmat ne'matini ato etadi.

Fuzayl ibn Iyoz.

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Mart 2007, 07:40:03

Banda Alloh azza va jalladan ilmi miqdoricha qo'rqadi. Oxiratga bo'lgan rag'bati miqdoricha dunyoning o'tkinchi ziynatlaridan chetlashadi.

Fuzayl ibn Iyoz.

Qayd etilgan


Laylo  10 Mart 2007, 06:52:13

Islom - Allohning amrlariga taslim bo‘lmoq va itoat etmoq demakdir. Lug‘at e’tibori ila iymon va Islom orasida farq bor, lekin Islomsiz iymon, iymonsiz Islom bo‘lmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir.

Imomi A’zam

Qayd etilgan


Laylo  10 Mart 2007, 06:52:40

Kufrga ketishning to‘rtta asosi bor: juda chuqurlashib ketish, o‘zaro kurash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh tortish, darz ketish, bo‘linish.

Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Laylo  10 Mart 2007, 06:53:07

Qalb kasallarini davolash besh ish bilan bo‘ladi: Qur’onni tadabbur bilan (ma’nosini anglab) tilovat qilish, kechasi tahajjud namozi o‘qish, saharlarda Allohga yolvorish, do‘stlar bilan suhbat va kam yeyish.

Ibrohim Havvos

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2007, 07:27:50

Sen ham bir hamir kabisan. Faqat insoniylik achitqisi bilan kamolga yetasan.


Narsaning ko'pligiga emas, unumdorligiga qara. Unumli narsa foydali bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2007, 07:28:59

Hamma o'ladi, sen ham o'lasan. Olib ketadiganing faqat amalingdir. Amaling bilan hashr qilinasan, amaling bilan jazolanasan yoki mukofatlanasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2007, 07:31:45

Inson molini dunyoda qoldirib, oxiratga amali bilan ketadi. Oxiratda sarmoyasi, moli uning keltirgan amali bo'ladi.


Avval nima eding? Keyin nima bo'lishingni o'yla.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Mart 2007, 07:29:31

Uch narsani unutgan odam oqil emas: dunyoning o’tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o’limning ofatlaridan hech kim omonda qolmasligini.
Hakim

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 09:06:40

Zolimning uyiga yaqinlashma, undan biror narsa so'rashni aslo hayolingdan o'tkazma, shunday qilsang mard bo'lib yashaysan. Zolimga yaqinlashsang, nomarda bo'lib yashaysan va shundayligingcha o'lasan.

Qayd etilgan