Hikmatlar shodasi  ( 359681 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 92 B


Munira xonim  21 Mart 2007, 09:08:10

Insonni umid yashatadi, umid sinsa inson mag'lubiyatga uchraydi.


Ixtiloflar paydo bo'lsa, janjallar kelib chiqadi.


Yahshilik qilish bilan mamnun bo'lgan kishi haqiqiy insondir.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 09:10:05

Manmanlikdan voz kechgan kishi haqiqiy insonga aylanadi.


Agar g'arb olami sharq dunyosiga kin-kudratsiz boqsalar edi, dunyoni besabab qonga botirmas edilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 09:12:12

Badqovoqlardan qoch. Tund yuzlilar Fir'avn suratlidir. Ular haqiqatni eshitmaydi, Iymon keltirmaydilar.


Bahs-munozarani haqiqatni bilish uchun qil, o'zingni ko'rsatish uchun qilma.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 09:17:42

Yahshi do'st topsang bahtli insonsan. Yahshi do'st dunyo hazinalarining eng yahshisidir.


Dunyo saodati yahshi-hayrli insonlar ila qoimdir. Yomon kishilar dunyoni odamlar uchun zindon qiladilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 09:21:33

Hamma joyda, har on o'lim seni kutib turagnini bilsangda, uzoq yashashni ko'nglingdan o'tkazasan. U bilan aldanasan.


O'zingdan yahshi foydalanishga harakat qil. Foydalanmasang bir kun falokatga duchor bo'lasan. Yomon foydalanishning jazosini olasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 09:23:04

Takabburlardan ilondan qochgandek qoch, senga yaqinlashgan kuni seni chaqadi.


Hayotda yahshilar bilan bo'l, yomonlar bilan kurash.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 20:50:11

Hamma bu olamga kelib ketadi. Sen ham kelding va bir kun ketasan.Qayerga ketishingni o'yla va Haqqa ko'ngil ber.


Sahar bo'lishi bilan hatto qushlar uyg'onadi, sen esa hanuz uyqudasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 20:52:48

Qur'oni karimning har bir oyati insonlarga xitob qiladi. Inson bo'lsang uni yahshi tingla va angla.


Hoji bo'lish, hoja bo'lish osondir. Qlabni Haqqa qaytarish esa qiyindir.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 20:54:32

Masxara qilgan ksihing senga javob qilmasa, demak bilki, u sendan insoniyliksa ustundir.


O'zini yahshi ko'rgan haqiqat eshigidan bir kun quviladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 20:56:15

Ilmga tolib bo'lgan bahtli bo'ladi. Jahlga tolib bo'lgan badbaht bo'ladi.


Seni falokat dengizidan qutqarishni istaggani qo'liga urma, qo'lidan o'p. Unga rahmat ayt.

Qayd etilgan