Hikmatlar shodasi  ( 359706 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 ... 92 B


Munira xonim  22 Mart 2007, 07:20:49

O'g'rini madh etgan o'g'ri, kofirni madh etgan kofir, mo'minni madh etgan mo'min bo'ladi.


Yoshlarni o'qitib, ularga ta'lim-tarbiya bermoq hayrli ishlarning eng yuksagidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 07:23:42

Har qanday oshkor va yashirin haqiqatga aql ilan erishiladi.


Aql insonni hayrli ishlarga, haqiqatga yetaklaydi,insof, iymonga ham kishi aql orqali erishadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 07:25:03

Kaltafahm kishilar uzoqni ko'rmasliklari bilan o'zlarini aldaydilar.


Allohning buyrug'ini tark qilgan kuning dunyo seni aldaydi. Demak sen, shayton amriga itoat qilgan bo'lasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 07:26:16

Faqir bo'lganing uchun emas, balki ibodatlarni ado etmaganing uchun yig'la.


Banda duo qilmasa bandalik lazzati unga tatimaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2007, 07:26:39

Kibrlikni tavoze' ila, ochko'zlikni qanoat ila, hasadni nasihat ila, ushlay olsang haqiqiy mo'min bo'lasan.
Molik ibn Dinor

Ey insonlar, ilm o‘rganinglar. Alloh taoloning huzurida Uning o‘zi sevgan bir libos bo‘lib, ilmning bir bobini o‘rgangan kishiga o‘sha libosni kiygizadi. Agar olim bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun uch marta tanbeh beradi. Garchi bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi).
Umar ibn Xattob

Qayd etilgan


Laylo  15 Oktyabr 2007, 05:51:52

Rabi’ ibn Huzaym aytganlar: "Qaysi bir amaldan Allohning yuzi istalmasa, u qurib, yo‘q bo‘lib ketguvchidir".

* * *

Imom Ahmad o‘g‘illariga nasihat qila turib, shunday deganlar: "Ey o‘g‘ilcham, yaxshilikni niyat qil, zero agar sen yaxshilikni niyat qilsang, doim yaxshilikda bo‘lasan".

Qayd etilgan


Laylo  15 Oktyabr 2007, 05:52:01

Ayyub as-Suhtiyoniy aytadilar: "Allohga qasamki, banda holati-fazilatining boshqalarga bilinmasligidan xursand bo‘lsagina sodiq-muxlis bo‘libdi".

* * *

Bir kishi Shaqiq ibn Ibrohimdan: "Odamlar meni solih deb aytishadi, solih yoki solih emasligimni qanday bilsam bo‘ladi?" - deb so‘radi. Shunda Shaqiq ibn Ibrohim: "Yashirin qiladigan ishlaringni solihlarga oshkor qil. Agar ular undan rozi bo‘lishsa, demak sen solihsan, bo‘lmasa solih emassan", - dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  15 Oktyabr 2007, 05:52:11

Muhammad ibn Yusuf al-Asbahoniy yemishlarini bir novvoydan sotib olishga odatlanmas ekanlar. Buning sababi so‘ralganda, u zot: "Ehtimol sizlar meni tanib qolib, haybatlanib, nonni arzonroq qilib berishingiz mumkin, unda men dini bilan kun ko‘radiganlardan bo‘lib qolaman", - degan ekanlar.

* * *

Surayya Rabi’ ibn Huzaym haqida aytadilar: "Rabi’ning barcha amali maxfiy edi. Agar u zot huzuriga biron kimsa kelib qolsa va o‘sha vaqt Mushafni ochib qo‘ygan bo‘lsalar, uni ko‘ylaklari bilan bekitib olar edilar".

Qayd etilgan


Laylo  15 Oktyabr 2007, 05:52:22

Ibrohim an-Naha’iy agar Mushafdan biron sura o‘qiyotgan bo‘lsalar va oldilariga biron kishi kirib qolsa, uni bekitib, yashirib qo‘yar edilar.

* * *

Ibn Muborak g‘azotga chiqsalar, kimliklari bilinmasin uchun yuzlarini yopinchiq bilan to‘sib olar ekanlar. Abdulloh ibn Sulaymon aytadilar: "Men yopinchiqning bir chetini ushlab, tortdim. Shunda u zot: "Ey Abu Amr! Siz bizni uyaltirib, sharmanda qiladigan kimsalardan ekansiz", - dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  15 Oktyabr 2007, 05:52:30

Ibn Muxayriz ko‘ylak sotib olish istagida chaqa pul bilan do‘konga kirdilar. Shunda bir kishi sotuvchiga qarab: "Bu Ibn Muxayriz bo‘ladilar, savdoni chiroyli qiling", - dedi. Shunda Ibn Muxayriz savdoni to‘xtatib, o‘sha do‘kondan chiqib ketdilar va: "Biz faqat pullarimiz bilan sotib olamiz, dinimiz bilan sotib oluvchi emasmiz", - dedilar.

* * *

Xalaf ibn Tamim aytadilar: "Men Sufyon as-Savriyni Makkada ko‘rdim, u zot atroflarida hadis o‘rganuvchilar ko‘payib ketganida: "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, men kabi insonga odamlarning hojati tushgani sabab Alloh bu ummatni yo‘q qilib yuborishidan qo‘rqaman", - dedilar".

Qayd etilgan