Umumiy bo'lim > Islom

Hikmatlar shodasi

<< < (2/183) > >>

Munira xonim:
Bizning jasadimiz uch qismdan iborat: Dil,til va vujud.
Dil - tavhid uchun.
Til - shahodat uchun.
Vujud esa - ibodat uchundir.

Munira xonim:
Allohning bir farishtasi har kuni:" O'lmoq uchun tug'ilinglar, foniy bo'lmoq uchun yig'ilinglar, harob bo'lmoqi uchun imorat quringlar", deb nido qilar ekan.Sen jannatga ketsang-u, azob farishtalari farzandlaringni jahannam o'tiga otsa yuraging bardosh beradimi? Shu narsani o'lmasingdan avval bir o'ylab ko'r!

Munira xonim:
Biz bu dunyoda faqir va bechorahol bo'lmoqlikdan qo'rqamiz-u, ammo ohiratda faqiru nochor va rasvoyi jahon bo'lmoqlikdan qo'rqmaymiz. Ohiratdagi faqirligimiz - solih amallarimizni kamligidandir.

Munira xonim:
"Sidq" haqida Alloh suygan bandalarning fikrlari:
Shaqiq Balhiy:" Allohning balolariga shuk qilmasa, u sodiq emasdir".
Molik ibn Dinor:"Allohning balolaridan lazzat olmasa, u sodiq emasdir".
Robi'a Adaviyya binti Ismoil:"Allohning balosi kelsa-yu uni kelganini banda sezmasa sodiq bo'la oladi".

Munira xonim:
" Allohning huzurida insonlarning eng afzali bo'l, nafs- shayton huzurida insonlarning eng yomoni bo'l, insonlarning huzurida ular bilan teng bo'l".

Hazrati Ali ibn Abu Tolib r.a.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version