Sufyoni Savriy aytadi: "œO’nta ish borki, ular jafodir:
1.kishi yoki ayol o’zi uchun duo qilsa-yu, ota-onasi va mo’minlar haqqiga duo qilmasa;
2.Qur’on o’qishni bilsa-yu, har kuni undan yuz oyat o’qimasa;
3.qabristondan o’tib, u yerdagilarga salom bermasa va duo qilmasa;
4.masjidga kirib, namoz o’qimasdan chiqib ketsa;
5.juma kuni shaharga tushib, juma namozini o’qimasa;
6.mahallaga bir olim kelsa-yu, uning ilmidan o’rganish uchun borilmasa;
7.ikki kishi yo’ldosh bo’lisha-yu, bir-birining ismini so’ramasa;
8.yigit ilm va odob o’rganmasdan, yoshligini bekor o’tkizsa;
9.ziyoratga chaqirilganda borilmasa;
10.o’zi to’q bo’lib, qo’shnisi och bo’lsa, taomidan hech narsa bermasa."
Dilmurod Qo’shoqov tarjimasi