Hazrati Umar (r.a.) bir kishining kimligini bilishni istadi. Odamlardan:
-Bu kishi xususida nimalar bilasizlar?! — deb so’radi.
-Ey mo’minlarning amiri! Men uni taniyman.
U yaxshi odam, - deb javob berdi birlari.
Shunda Umar (r.a.) unga bir necha savol berdi:
-Uni yaxshi taniysanmi?
-Ha, yaxshi taniyman.
-Nima, uning qo’shnisimisan?
-Yo’q, qo’shnisi emasman.
-Unda u bilan safarda birga bo’lib, go’zal axloqli ekanini o’shanda payqadingmi?
-Yoq, u bilan birga safarga chiqmaganman.
-Yo u bilan oldi-berdi qildingmi? Kishining kimligi savdo-sotiq ustida yaxshi bilani.
-Yoq, ey Umar, savdo-sotiq ham qilmadim.
-Sen uning masjidda namoz o’qiganini ko’rib, yaxshi deyapsan shekilli?!
-Ha!
Shunda Umar (r.a.) bunday dedi:
Ketaver yo’lingdan qolma. Sen bu odamni tanimas ekansan.
Bu hodisa ikkinchi xalifa Hazrati Umarning (r.a.) qiyomatgacha musulmonlarga qoldirgan go’zal sabog’idir.
Inchunin, bir hodisda: "œKishining namozi va ro’zasi sizni aldab qo’ymasin. Uning pul ustidagi muomilasiga qarang", deyilgan.