Said Ibn Jobir (r.a.) aytadi:
"œBir inson hayoti mobaynida ko’p yaxshiliklar qildi, ammo umri tugab, Allohga ro’baro bo’lganida o’sha yaxshiliklarni nomai a’molida ko’rmaydi. Keyin: "œYo Parvardigoro, mening yaxshiliklarim qani?", deb Allohdan so’raydi. Alloh aytadi: "œSen barcha yaxshiliklaringni o’zing g’iybat qilgan odamlarga topshirib qo’yding".
***
Hazrati Solih Mariy bir kuni: "œKimki eshikni astoydil taqillataversa, ertami-kech o’sha eshik baribir ochiladi", dedi. Shunda bir ayol so’radi: "œDemak, Alloh ham eshigini berkitib qo’yar ekanda". "œOfarin",-dedi Hazrati Solih,- hech kimning aqli yetmagan narsaga bir zaifning aqli yetdi".