Avf ibn Abdulloh aytadi: "œYaxshilik ahllarning o’zaro tavsiyalari ushbu uch kalmia edi:
-kim oxirati uchun amal qilsa, Alloh uning dunyosiga kifoya qiladi;
-kim Alloh bilan o’zining orasni isloh etsa, Alloh Taolo uning bilan odamlar orasini o’nglab qo’yadi;
-kim ichini isloh etsa, Alloh Subhonahu uning tashini isloh qiladi".
("œTanbehul g’ofilin" kitobidan).
* * *
Abu Hurayra (r.a.) Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œNamoz dinning ustunidir, unda o’n xislat bor: yuzning chiroyi, qalb munavvarligi, badan rohati, qalbda ulfatlilik, rahmat manzili, samo kaliti, tarozida og’irlilik, Robbimiz roziligi, jannat bahosi, jahannam oloviga parda bo’lish. Kim namozini mukammal ado etsa, dinini barpo qilibdi, kimki tark qilsa, dinini barbod qilibdi".