Forumga kitob joylash qoidalari  ( 14003 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  04 Dekabr 2007, 07:33:09

Forumga kitob joylash qoidalari:

1. Mavzu nomini aniq keltiring. Uning muallifini ham mavzu nomini yozganingizdan so'ng nuqta qo'yib yozing. Mavzu va kitob nomini KATTA harf bilan yozing. Ba'zi kitoblar haqida qisqacha izohni qavs ichida ham berishingiz mumkin.
Masalan: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy

2. Mavzuning birinchi postida kitob, uning muallifi, muharriri, tarjimoni, qayerda chop etilganligi, nashriyoti, yili, nima haqdaligi haqida ma'lumotlar qoldiring.

3. Kitobning bo'lim, bob va asosiy mavzularini qora hardda bering. Shuningdek Qur'oni karim oyatlarini ham qora harfda chop eting.

4. Hadisi sharif, she'rlar va ba'zi iqtiboslarni egilgan harfda bering.

5. Har bir abzatsdan keyin 1 qator tashlang.

6. Bir postda 3-4 ta, agar qatorlari ko'p bo'lsa, 1-2 ta abzats berish mumkin.
 
7. Har bir mavzuni alohida postda bering.

8. Imloviy xatolarni bartaraf etib, forumga kiritishdan avval tekshirib chiqing.

9. Mavzu tugagandan so'ng uning mundarijasini oxirgi post qilib joylang va uni 1-postga ham ilova qiling.

Qayd etilgan


Hadija  13 Fevral 2009, 17:20:29

Assalam alaykum...

Alloh rozi bo'lsin, qilayotgan hayirlik amallaringizni o'z ajri ila mukofotlasin...

Admin janoblari, sizdan yana kitob so'rab murojaat qilyapman, m-n b-sa yana biror kitob bersangiz tahrir u-n, o'zim u-n juda foydalik narsalarni olyapman ham o'qib, ham tahrir qilib.
Ziyouz.com saytidagi ayrim kitoblarni o'qib ularni ham boshqa saytlarga joylashtirsa bo'ladimi, bunda mualliflik huquqi talab qilinmaydimi?!

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Fevral 2009, 18:00:21

Va alaykum assalom!

Inshaalloh, sizga kitob jo'nataman.

Ziyouzdagi kitoblarni boshqa forumga joylashdan avval PMda bir so'rab olsangiz. Chunki ba'zi kitoblar faqatgina ziyouz da joylanishi uchun berilgan.

Horun Yahyo, Tog'ay Murod, A'zam Obid, Nazar Eshonqul, Salomat Vafo kabi mualliflarning asarlarini bemalol boshqa saytlarda joylashtirishingiz mumkin. Mualliflari tarqalishiga ruxsat berishgan.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  13 Avgust 2013, 10:30:04

Assalomu alaykum! Forum kutubhonasiga Imom G'azzoliyning "Muhabbat, shavq, uns va rizo" kitobini joylasak degandim. Ko'pchilikka foydali ish bo'lardi. Chunki bu kitob juda ham yaxshi kitob. Men o'zimdagisini yo'qotib qo'ydim. Agar kimdadir bor bo'lsa, men skanner qilishga imkon topishim mumkin.

Qayd etilgan