Oila uchun nima muxim, jamiyat uchunchi?  ( 15699 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  04 Dekabr 2007, 16:44:14

Assalomu alaykum aziz userlar.

Har bir user ushbu mavzu uchun o'zlarining fikrlarini bildirishi mumkin.

Avvalo o'zim boshlasam.

Birinchi navbatda har bir oila uchun tinchlik va bir -biriga mehir muxabbat bo'lishi kerak. Oila boshliqlari hamisha birdamlikda harakat qilishi va hech ham oddiy narsalar uchun janjal chiqarmasliklari kerak. oila tinch bo'lsa jamiyat uchun ham yaxshi bo'ladi.
Jamiyat uchun oilalarning birdamligi, yakdilligi va o'zaro hurmatliligi juda ham muxum deb o'ylayman. Jamiyat bu davlatning bir bo'lagi. Har birimiz jamiyat uchun o'z hissamizni qo'shishimiz kerak. Jamiyat ravnaqi har bir inson uchun katta baxt deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Dekabr 2007, 19:51:55

Oila faravonligi uchun - mehr, muhabbat, Iymon, taqvo, halollik, bir-birini tushunish muhim.

Jamiyat uchun esa, shunday oilalarni ko'pligi muhim...

Qayd etilgan


ibrohim  05 Dekabr 2007, 20:47:59

Oilada tinchlik-totuvlik bo'lsa, jamiyatda ham xuddi shunday bo'ladi.

Qayd etilgan


gayrat17  06 Dekabr 2007, 12:54:04

yana qo'shimcha ko'p pul bo'lishi kerak.

Qayd etilgan


Ansora  07 Fevral 2010, 23:34:24

Oila-jamiyatning kichkina bir ko'rinishidir. Oilada tinchlik-farovonlik bo'lmasa jamiyatga ham bu aks etadi...

Qayd etilgan


JaviK  22 Fevral 2010, 09:24:09

Oila-bu ikki inson turmush qurgandan keyin vujudga kelgan bo`lim, ikki inson o`rtasida mehr, vafo, iymoniylik, insofiylik, bir birini tushunish, yahshi yomon kunida bir biriga dalda bo`lish kerak shunday oilalar baxtli deb o`ylayman.

Jamiyat- esa shunday oilalarni yig`indisi hisoblanib, oilalar baxtli ekan jamiyat albatta tinch va farovon bo`ladi

Qayd etilgan


Usmon  23 Aprel 2011, 22:50:54

Dildosh gazetasi xodimlari bog'chadagi kichkintoylar o'rtasida so'rov (opros) o'tkazishibdi. Diqqatimni mana bu savol va unga bo'lgan javoblar o'ziga tortdi:

Bola nima uchun ota-onasi yoki kattalardan xafa bo'ladi?
- Agar meni urishsalar, xafa bo'laman;
- Adam oyimni xafa qilganlarida, men ham xafa bo'laman;
- Agar adam hech narsa olib kelmasalar xafa bo'laman
- Agar kimdir oyimni xafa qilsa, men ham xafa bo'laman
- Adam sigaret cheksalar, ichsalar xafa bo'laman.

Farzand onasini sevish, uni hurmat qilish, farzandning o'ziga bo'lgan muhabbat, unga bo'lgan e'zozni belgilab berar ekan.... menimcha....

Qayd etilgan


ummugulsumm  24 Aprel 2011, 01:13:13

OILA VA JAMIYAT BIR BIRI BILAN UZVIY BOGLIQ BARCHAMIZ UCHUN OILA VA JAMIYATIMIZ TINCHLIGI BIRINCHI URINDA TURSA KIRE DEB UYLAYMAN




Qayd etilgan


AbdulAziz-Solih  24 Aprel 2011, 09:17:24

Assalamu alaykum wr wb.Bir ozgina tasavvur va tafakkur qilib ko'rsak:Jamiyatni bir daraxt,oilalarni esa uning tomirlari deb!Biz inshaAlloh farzandlarimizni solih va solihalar qilib tarbiya qilib bu Jamiyat atalmish daraxtni gullab yashnashiga o'z hissamizni qo'shsak,qanchalikdir o'z farzni ado qilgan bo'lamiz inshaAlloh!Lekin hozirgidek Alloh panoh bersin farzandlarimizni yengil yelpi tarbiya qilsak bu daraxt tagidan sekinlik bilan chiriy boshlaydi albatta!Keyin bunaqa jamiyatni qachondir tanazzulga yuz tutishi aniq!Lekin biz hamisha yaxshilikni umid qilamiz!

Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2011, 11:45:03

Muhammad Amin, uylanmasdan oldin sunday degan ekansiz, uylangandan keyin fikrlaringiz o'zgardimi?

Assalomu alaykum aziz userlar.

Har bir user ushbu mavzu uchun o'zlarining fikrlarini bildirishi mumkin.

Avvalo o'zim boshlasam.

Birinchi navbatda har bir oila uchun tinchlik va bir -biriga mehir muxabbat bo'lishi kerak. Oila boshliqlari hamisha birdamlikda harakat qilishi va hech ham oddiy narsalar uchun janjal chiqarmasliklari kerak. oila tinch bo'lsa jamiyat uchun ham yaxshi bo'ladi.
Jamiyat uchun oilalarning birdamligi, yakdilligi va o'zaro hurmatliligi juda ham muxum deb o'ylayman. Jamiyat bu davlatning bir bo'lagi. Har birimiz jamiyat uchun o'z hissamizni qo'shishimiz kerak. Jamiyat ravnaqi har bir inson uchun katta baxt deb o'ylayman.


Qayd etilgan