"Yangi yil" haqida:Forumchilarni fikri....  ( 33685 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B

Munira xonim  12 Dekabr 2007, 08:19:30

Va alaykum assalam va rahmatullhi va barakatuh!!!
Muslima, ALloh sizdan rozi bo'lsin.
Qalblarni larzaga soladigan bu ma'lumotlaringiz uchun tashakkur.
Haqiqatan juda ajoyib ma'lumotlar....
Alloh ajri mukofatini eng saralari ila sizni siylasin.

Qayd etilgan

ikbaljohn  15 Dekabr 2007, 21:39:41

Xurmatli Munira xonim va forumning faol ayol-qizlari!
Orangizda hech kim 8-mart-Xalqaro xotin qizlar bayrami uchun sovg'a olmaganmi?Yoki zagsga oq libosda chiqib,turmush o'rtog'izngizning qo'liga tilla uzuk taqmaganmisiz?
Hech bo'masa, 1-iyun, Bolalar kunida farzandingizni parkka opchiqmagan bo'lsangiz?
Va oxirgisi, tug'ilgan kunlarga bormaganmisiz?
PS:Birortangiz shu savollarning barchasiga yo'q deb javob bersangiz, unda baxslashamiz:)

Qayd etilgan

Seyfullah  15 Dekabr 2007, 23:04:31

Assalomu-alaykum hurmatli dindoshim Ikbaljohn savollarizni barchasiga yo'q deb men javob bera olaman.Alhamdulillah bunday ishlardan Alloh asragan.Farzandlarimni dam olish joylariga hayit  kunlari yoki o'zimga qulay fursatda olib chiqaman.Bu uchun insonlar o'ylab topgan qandaydir kunni kutib o'tirmayman. Kop vaqtlarda dam olish joylariga juma kuni chiqamiz.Va oylaymanki bunday bayramlarga qanashmagan ayol qizlar bilan bahslashib o'tirishdan manfaat yoq.(AGAR JAVOBIM KIMGADIR NOO'RIN YOKI QATTIQ TUYULSA ROZI BOLASIZ.lEKIN ALLOHGA HAMDLAR BO'LSIN YUQORIDAGI SAVOLLARNI BARCHASIGA BEMALOL YOQ DEB AYTA OLAMAN)
Assalomu a'leykum !
Alloh rozi bo'lsin, sizlarday muslima ayollar bor biz erkaklar har qayda boshimizzi bemalol tik ko'tarib yura olamiz. Barcha muslim birodarlarizga muslima, tushungan ayollar va islomda buyurílgan barcha Farz va Sunnat amallarni bajaradigan islomiy qiz-o'g'il farzandlar nasib qilsin. Alloh haq yo'lidan barchamizni adashtirmasin. Amiin

Qayd etilgan

Rukhiya  16 Dekabr 2007, 00:23:10

Xurmatli Munira xonim va forumning faol ayol-qizlari!
Orangizda hech kim 8-mart-Xalqaro xotin qizlar bayrami uchun sovg'a olmaganmi?Yoki zagsga oq libosda chiqib,turmush o'rtog'izngizning qo'liga tilla uzuk taqmaganmisiz?
Hech bo'masa, 1-iyun, Bolalar kunida farzandingizni parkka opchiqmagan bo'lsangiz?
Va oxirgisi, tug'ilgan kunlarga bormaganmisiz?
PS:Birortangiz shu savollarning barchasiga yo'q deb javob bersangiz, unda baxslashamiz:)
Assalamu aleykum!
Avvalo Iqboljohn bu savollarni nima maqsadda berganizi qisman fahmlar turibman.
Yuqorida yozganlarizga "YO'Q" shularni barchasini qilmaganman,deb javob beradigan muslima Opalarimiz etarligina "Alhamdulillah"
Men ham bemalol bu gaplarizga yo'q deb javob beraolaman."Alhamdulillah"
Hali turmush qurishmagan,yoki yangi hayot ostonasida turgan Opa-singillar.Hoyu havaslarga berilmasdan Alloh qaytargan ishlardan saqlaninglar!
Yangi hayor ostonasiga ilk qadamlaring Alloh buyurganidek bo'lin, ilk bosqichdan qoqilmasdan o'tib olsalaring
Inshaolloh ohirigacha hayirli bo'ladi.
Zero tuy,bir kunda o'tib ketadi,lekin keyinchi .........Ohirimiz nima bo'ladi??
Barchamizni gunoh masiyatlardan Alloh(swt)ning o'zi hivzu himoyasida saqlasin.

Qayd etilgan

mutaallimah  16 Dekabr 2007, 03:50:21

Assalomu alaykum!
Iqtibos
Orangizda hech kim 8-mart-Xalqaro xotin qizlar bayrami uchun sovg'a olmaganmi?
Yo'q!!! hech qachon olmaganman va olmayman ham!! InshaAlloh!

Iqtibos
Hech bo'masa, 1-iyun, Bolalar kunida farzandingizni parkka opchiqmagan bo'lsangiz?
Yo'q!!! Hech qachon aynan shu kunni poylab dam olishga chiqqan emasmiz !! Ota-onam uchun ham men va ukalarim uchun ham Hayitdagi dam olishdan qadrlirog'i Yo'q!!!

Iqtibos
Va oxirgisi, tug'ilgan kunlarga bormaganmisiz?
Yo'q!!! Hech qachon bormaganman BORMAYMAN ham!!! InshaAlloh!!

Iqtibos
PS:Birortangiz shu savollarning barchasiga yo'q deb javob bersangiz, unda baxslashamiz :)
Marhamat!!! Men siz bilan bahslashishga tayyorman!!
1.Sizni bunday baxsni boshlashga nima majbur etdi?!
2.Baxslashib g'olib bo'lishingizga ishonasizmi?!

PS: Tepadagi bir savolingizga javob berishga yoshlik qilarkanman.. Lekin 1000% aytishim mumkin haqiqiy ISLOMIY oilalar nasorolarning unday be'mani odatlari ustiga qurilmaydi!!!!!

Qayd etilgan

Munira xonim  16 Dekabr 2007, 09:32:46

Xurmatli Munira xonim va forumning faol ayol-qizlari!
Orangizda hech kim 8-mart-Xalqaro xotin qizlar bayrami uchun sovg'a olmaganmi?Yoki zagsga oq libosda chiqib,turmush o'rtog'izngizning qo'liga tilla uzuk taqmaganmisiz?
Hech bo'masa, 1-iyun, Bolalar kunida farzandingizni parkka opchiqmagan bo'lsangiz?
Va oxirgisi, tug'ilgan kunlarga bormaganmisiz?
PS:Birortangiz shu savollarning barchasiga yo'q deb javob bersangiz, unda baxslashamiz:)

Assalmau alaykum.
Birinchidan siz bilan bahslashish niyatim yo'q.
Ikkinchidan shuncha opa-singillarimizni javoblari yetarli edi, menimcha. Lekin birinchi bo'lib menga murojaat qilganingiz uchun javob berishga qaror qildim.
Men hech qachon 8-martda sovg'a olmaganman.Bundan keyin ham olmayman,Inshaalloh.
Turmush qurganimga 12yil bo'ldi, to'yda umuman rasmiy nikohga borgan emasman. Shar'iy nikohdan uch oy o'tib rasmiy nikohdan o'tgani borganmiz.
Turmush o'rtog'imni avvalgi hayotini bilmayman, lekin menga uylanganidan keyin umuman uzuk taqqan emas.
Farzandlarimni kattasi 11,kichigi 7yosh. Ular juda ko'p marta parkka olib borganman,lekin buning uchun 1iyunni kutmaganman va bu kuni hech qachon parkka bormaganmiz.
Tug'ilgan kunga kelsak, 12yoshimda bir dugonamni tug'ilgan kuniga borganman,onamdan yashirib,lekin kelib onamga aytganimdan keyin qattiq tanbeh eshitganman. Shundan keyin umuman bormaganman.

Bu narsalarni siz bilan bahslashish yoki qilgan amallarimni ko'z-ko'z qilish uchun yozmadim.
Savolingizga yarasha javobni berdim,Inshaalloh.
Bu mavzuda "Yangi yil" haqida ham, boshqa narsalar haqida ham faqat va faqat diniy hukmlar, musulmonning qanday bo'lishi haqida haq gaplarni yozilgan.
Haq gaplarni ko'rib hazm qilolmasdan, shularni yetkazuvchilarga nisbatan "qo'pol" deguvchilarga Allohning O'zi kifoya qilsin.
Alloh taolo barchamizga Musulmonga va mo'minga yarashadigan amallarni qilishlikni nasib qilsin.
Alloh taolodan bu muborak oyning hurmatidan duolarimizni ijobatini tilab qolamiz.Amiyyn!!!

Qayd etilgan

ikbaljohn  16 Dekabr 2007, 13:56:18

Forum ayollari va qizlari xujumga o'tishibdi-yu :)
Mastura singlim.Diydor opa,Munira opa,Important!Javoblaringiz uchun rahmat.Maniyam baxslashgim yo'q.
Yuqoridagi barcha savollarga javobingiz "yo'q" bo'lsa, unda tasanno aytishdan boshqa ilojim yo'q.
Lekin 31-dekabr oqshomida, oilaviy jam bo'lib,bir dasturxon ustida televizordan beriladigan yaxshi kinolarni tomosha qilib o'tirishimiz nasorolarga taqlid bo'lsa,unda bilmadim :)
Manimcha, hammasi niyatga qarab bo'lsa kerak.
Vaqt bemalol bo'lganda, yana fikrlarimni batafsilroq bayon qilaman

Qayd etilgan

Munira xonim  17 Dekabr 2007, 09:52:32

Assalamu alaykum.
Ikbaljohn, sizga birodarlik, dindoshlik maslhatini bersam hafa bo'lmaysiz, degan umiddaman.
Bu gaplarni samimiy tarzda, siz orqali barcha musulmon birodar aka-ukalarimizga va opa-singillarimizga yo'llamoqchiman.
31-dekabr kuni oila atrofida dasturxon atrofida yig'ilib, yaxshi kinolarni ko'rish(agar yaxshi kino bo'lgan taqdirda ham) nasorolarga taqlidni o'zi. Ularga ergashish. Agar shunday o'tirishni xohlasangiz nima uchun boshqa kuni emas, masalan, 1-dekabr yoki 5-yanvar emas, aynan 31-dekabr o'tirish kerak. Bu ishingiz meni bu ishim nasorolarga taqlid emas, deb tilda aytib, qalban o'shalarga o'xshashaga olib boradi.
Bu ishlarni o'rniga yangi yilga yetgan insonlarning barchasi, yana bir yil umrim o'tdi, yana bir yil o'limga yaqinlashdim, bu yilda qanday savob ishlar qildim va qanday gunohlar....deb shu gunohlariga tavba qilib, ibodatu istig'forlar bilan tunni o'tkazsa qanday yaxhsi bo'lardi.
Bu ishni aslida hammamiz har kuni qilishimiz lozim. Chunki ertangi kungacha yashashimizga hech kim kafolat bera olmaydi.

PS:Bu so'zlarim kimningdir shaxsiyatiga tegish uchun aytilgani yo'q. Bu gaplarim samimiy va barcha musulmon birodarlarimga xayrli oqibat tilganim uchun ham aytildi.
Alloh taolo barchamizni mag'firat qilsin.
Chin mo'min va mo'minalarni safini ko'paytirsin.
Bu duolarimiz ijobatini shu muborak oy va ulug' kunlar haqqi, Alloh taolodan tilab qolamiz!!!

Qayd etilgan

Usmon  17 Dekabr 2007, 17:34:07

AaA BbB ... XXX YYY ZZZ AaA BbB ...

Qayd etilgan

Mahzunabonu  17 Dekabr 2007, 18:45:10

AaA BbB ... XXX YYY ZZZ AaA BbB ...
ReDiance,namuncha ma'noli post qoldiribsiz,o'zi bir qatorgina,lekin gij-gij ma'noya,lekin bundey aqlli gapga mani aqlim ojizlik qildi,iltimos tushunganlar bormi,tarjima qilib yuborila ::)

Qayd etilgan