"Yangi yil" haqida:Forumchilarni fikri....  ( 33707 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muslimа  18 Dekabr 2007, 08:10:16

Assalomu alaykum!
Yaqinlashib kelayotgan ayyom barcha dindoshlarga muborak bo'lsin!

Xurmatli Munira xonim va forumning faol ayol-qizlari!
Orangizda hech kim 8-mart-Xalqaro xotin qizlar bayrami uchun sovg'a olmaganmi?Yoki zagsga oq libosda chiqib,turmush o'rtog'izngizning qo'liga tilla uzuk taqmaganmisiz?
Hech bo'masa, 1-iyun, Bolalar kunida farzandingizni parkka opchiqmagan bo'lsangiz?
Va oxirgisi, tug'ilgan kunlarga bormaganmisiz?
PS:Birortangiz shu savollarning barchasiga yo'q deb javob bersangiz, unda baxslashamiz:)

Hurmatli, Iqboljon aka, man savolizga yuqorida muslima opa-singillarim kabi javob bera olmiman!
8-martda sovg'a olganman, maktabda qizlarga bollar 8-martda, qizlar yigitlarga 14-yanvarda sovg'a qilishardi.
Tug'ilgan kunga ham borganman, o'zizm ham bir vaqtlar do'stlarim bilan nishonlaganman!
Lekin oq ko'ylak kiyib, tilla uzuk taqib, erkagu ayol aralash to'y bo'lishini hech qachon hohlamaganman!
Bu qilgan ishlarimdan biror inson zoti oldida uyalmiman. Faqat Alloh taolodan hidoyat so’rab, boshqa o’sha ishlarni qaytib qilmaslikni so’rayman. Chunki hammaga ham to’liq Islomiy muxitda katta bo’lish baxti nasib qilavermaydi"¦ Alloh taolo bandasiga istagan vaqtida Hidoyat beradi. Alhamdulillah deymanki, Allohni marhamati ila Haq yo’lni tanib, shu yo’lni tanlaganimdan beri va haqiqiy bayramlarni bilganimdan keyin bular man uchun Allohni in’om qilgan kuniga aylandi halos. Aslida Allohning in’om qilgan har bir kuni bayram.
   Siz bergan savollarga balki chin muslimalardek javob bera olmasman, lekin buni ham Allohning marhamati dib bilaman! Chunki agar o’sha kunlarni ko’rmaganimda, bugungi kunlarim man uchun bu qadar totli bo’lmasdi, Vallohu a’lam.
   To’g’ri aytdiz, Iqboljon aka, haqiqatda ko’p narsa niyatga bog’liq. Lekin musulmon banda Alloh taoloning buyruqlarini va Rasululloh salallohu alayhi vassallamning ko’rsatmalarini qalbdan tasdiq qilib, amalda ham bajarishi lozim.
   Akajohn, baxslashamiz dibsizmi?"¦ :)
Gaplarimdan hafa bo’mesiz digan umiddaman! :)

Qayd etilgan


ikbaljohn  18 Dekabr 2007, 16:20:10

Opajon va singiljonlar!
Barchangizga rahmat javoblaringiz uchun!
Bundan keyin Yangi yilni nishonlamayman lekin baribir 31-dekabr oqshomida uydegila bilan billa o'tiraman :)
Sababi: 3-4 oyda uyga boraman o'zi.Shu borishimam Hayitda va 31dekabrga to'g'ri keladi.Boshqa payt ilojisi bo'lmayapti.
Barchanigizni bayram bilan tabriklayman.
OFF: Muslima,singiljohn :). Gaplaringizdan umuman hafa bo'lganimi yo'q!

Qayd etilgan


lolo  23 Dekabr 2007, 02:01:15

manga so'z qolmapti ham


raxmat qizlar, Alloh sizlardan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  30 Dekabr 2007, 01:30:47

Биз Ииндамай туриш иймон заифлиги белгиси, лекин мусулмон киши доим зийрак ва тадбирли бслиши керак. Зеро, А асулуллоҳ :
«Осонлаштиринг, қийинлаштирманг! Хушхабар айтинг, қизиқтиринг, нафратлантирманг (диндан бездирманг)!» (Бухорий ривости).

Ҳар бир даъватчи Аллоҳ субҳонаҳу ва таолонинг: «А оббингиз йслига ҳикмат, чиройли насиҳат билан чақиринг хамда гсзал нарсалар билан баҳс қилинг!» (Ааҳл: 125) ссзларини ёдда тутсин.






Alloh rozi bo'lsin, juda ham go'zal fikrlar.

Qayd etilgan