"Yangi yil" haqida:Forumchilarni fikri....  ( 33688 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Munira xonim  08 Dekabr 2007, 09:00:15

Assalamu alaykum.
Bu mavzuda bahslar ko'payib ketganligi uchun, bu mavzuni ochishga qaror qildim.
Bu yerda Forum qonun-qoidalarini buzmagan holda, bir-birimizni hurmat qilgan holatda fikrlarimizni bildiramiz. Noto'g'ri fikrda bo'lgan musulmon birodarlarimizni fikrlarini to'g'rilashga, Alloh qodir qilganicha harakat qilamiz.
Albatta, Hidoyat va Tavfiq Allohdandir!!!
Biz faqat ojiz qullarmiz va O'zidangina madad so'rab bu ishni boshlaymiz.
Bitta birodarimizni to'g'ri yo'lga tushishiga sababchi bo'lsak ham, dunyodagi eng bahtiyor insonlardan bo'lamiz, Inshaalloh.
Bu yerda hamma forumchilar o'z fikrlarini, mulohazalarini, savollarini qoldirishlari mumkin.

Bu yerda har qanday shaxsiyatga tegadigan, insonni haqorat qiladigan postlar darhol o'chiriladi...
Marhamat, o'z fikrlaringiz bilan qatnashing...
Alloh barchamizni Haq yo'lga boshlasin...

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Dekabr 2007, 09:09:44

Rasululloh s.a.v:"Kimki o'zini qaysi qavmga o'xshatsa, Qiyomat kuni o'sha qavm bilan birga turgiziladi".

Bu hadisi sharifni deyarli hammamiz bilamiz. Bu hadis juda ham mashhur hadilsrdan biri ekanligini ham bilamiz.
Lekin nimagadir bu hadisni hayotga tadbiq etolmay, unga amal qilolmay qiynalamiz. Buning sababi nima? Bunga kim yoki nima sababchi?
Bunga o'zimiz va nafsimiz sababchi... Nafsimizni aytganini qilgimiz keladi. Bunga o'rganib qolganmiz. Buni hayotimizdan chiqarib tashlash shunaqa qiyinmikin? Yo'q, aslo. Agar qalbimizda iymonimiz kuchli bo'lsa, QIyomatda haqiqiy mo'minlar va siddiqlar qatorida bo'lishni xohlasak, bu juda oson ishga aylandi,Inshaalloh.
Biz nima uchun hayit bayramlarimizga shunday tayorgarlik ko'rmaymiz?
Boshqa mavzuda shu haqida bahs ketganida bir birodarimiz, hamma odamlar bozorga chiqib, yangi yil uchun sovg'a salomlar, haridlar qilishadi, degan fikrlarini berganlar. Bu juda ham achinarli hol. Bu dahshatli manzara. O'zini musulmonman deguvchi insonlar nasroniylar eng katta bayramini nishonlash uchun vaqtlarini, mablag'larini sarflab, evaziga katta gunohlarni sotib olishadi.
Lekin ular, Hayit bayramlarini ham shunday o'tkazish uchun, boshqalarga sovg'a slaom ulashish, yetimlarni holidan xabar olish uchun yoki Alloh yo'lida Qurbonlik so'yib, uni beva bechoralarga tarqatish uchun shunchalik mablag' sarflasharmikin...?

Qayd etilgan


Rukhiya  08 Dekabr 2007, 23:45:34

Assalom Alaykum.!
Avvalo Hayrli  ishlarizda Alloh(swt)ning o'zi ajr savoblar nasib etsin.
Albatta siz tepada yozgan gaplarizda jon bor.Manimcha har birimiz ohirat g'amida yashasak, va bu dunyoning utkinchi ekani xaqida bir chuqur muloxoza qilsak yaxshi bo'lar di.Bu dunyo lazzatlari ozirat lazzatlari oldida xech narsa arzimas bir matox ekanini fikrlab ko'rsak!.Bu dunyoga berilib oxiratni unutmaylik.Biz nimaga oxirat ishiga Allohning xukmlariga shu qadar beparvolik bepisandlik bilan qaraymiz.Yana musilmonchilikni da'vo ham qilib qo'yamiz.Kimga qarshi chiqayotganimiz bir o'ylab ko'raylik!Bu dinyoning bir kunda o'tib ketadigan uyin kulgisidan keyin kelaridan a'zobga shu qadar tayyormizmi?A'zobdan qutilib qolishimizga kim kaffolat baraoladi?
Bu dunyo lazzatlarini yo'q qilib yuboruvchi oxirat azobini , o'limni ko'p eslashlikimiz kerak.
Iltimos Yangi yil kutish taraddudidagi insonlar, bu so'zlarimizi yuzaki o'qib chiqib ketmaylar.Bir oz muloxaza qilshilaring uchun o'zlaringa vaqt berilar.Naxot-ki shu foniy dunyoning lazzatlariga shu qadar maxliyo bo'lsilar.
Oxiratda bizi nimalar kutadi,keyin.Shu vaqtgacha gunox ekanini bilmagan birodarlarimiz,balkim endi o'zlarini yig'ishtirib olishar.Bilib turib,o'qib turib ham baribir nishonlamanglar,iltimos.O'zlaringni shu bir tuban qavmlarga taqqoslab,ularning qavmidan bo'lib qolishdan saqlaninglar!
Bilib turib ham gunox bu ochiqdan ochiq Allohga qilingan isyon,bexurmatsizlik emasmikin?!
Boshqalar qilyapdi deb qilmaylik,ular a'zoblarimizni engillatib berolmaydi.
Biz aytdik amalimiz ham o'zimizga yarasha.Ilohim aytganlarimizga a'mal qilish sizu bizga nasib etsin.
ALLOHdan qo'rqib turib bo'ysinmaydigan qalbdan panox berishini so'rab qolaman.
Inshaolloh qabul qilguvchilar topilib qolar!
Yana bir bor bu dunyo lazzatlarini yo'q qilib yuboruvchi oxirtdagi Allohning a'zobini O'YLANG!   

Ey mo‘minlar, to‘la holdagi islomga kiringiz! (Ya’ni, islomning ba’zi hukmlariga itoat qilib, ba’zilariga itoat qilmaydigan kimsalardan bo‘lmangiz)! Va shaytonning izidan ergashmanglar! Shubhasiz, u sizlarning ochiq dushmaningizdir. (Baqara 208 oyat)



Qayd etilgan



Usmon  10 Dekabr 2007, 10:58:49

Ozgina ma'lumot berib yuboring iltimos??!!!! Yangi yil kechasi Iso Masihni tug'ilgan kunlarimi? (Manimcha bu kun Rojdestvo - 25 dekabrda nasroniylarni o'zi nishonlaydi) Iso Masih Islomda ham payg'ambarmi?  Yana yangi yilni musulmon bayram kayfiyatida o'tkazvotgan bo'lsa, Iso Masih tug'ilgan kunlari uchunmi? Yoki «Shukr, yana bitta yilni ko'rish nasib qildi » degan ma'nodami? Avvaldan rahmat

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Dekabr 2007, 13:38:31

Ozgina ma'lumot berib yuboring iltimos??!!!! Yangi yil kechasi Iso Masihni tug'ilgan kunlarimi? (Manimcha bu kun Rojdestvo - 25 dekabrda nasroniylarni o'zi nishonlaydi) Iso Masih Islomda ham payg'ambarmi?  Yana yangi yilni musulmon bayram kayfiyatida o'tkazvotgan bo'lsa, Iso Masih tug'ilgan kunlari uchunmi? Yoki «Shukr, yana bitta yilni ko'rish nasib qildi » degan ma'nodami? Avvaldan rahmat

Assalamu alaykum.
Shaxsan men Iyso a.s.ni qaysi kunda tug'ilganlarini bilmayman.
Lekin men Iyso Masih Islomda ham payg'ambarmi? degan savolingizga hayron qoldim...
Axir Musulmonlar hamma payg'ambarlarni, shuningdek Iyso a.s.ni ham payg'ambar va Allohning quli, bandasi deb tan olishadi. Va bunga Iymon keltirishgan-ku...
Musulmonlar nima uchun yangi yilni bayram qilishini ularni o'zidan so'rash kerak...
Meni fikrim: Agar har yilga yetgani uchun shukr keltirib bayram qiladigan bo'lsa, nima uchun har tongga yetgani uchun shunday bayram qilmaydi? Nima uchun avvalda bizni ruslar bosib olishidan oldin, chin e'tiqodli bo'lgan ota-bobolarimiz bu bayramni nishonlashmagan? Nima biz ulardan shukr qilishda o'tib ketganmizmi?
Musulmonlar nima uchun yangi yilni bayram qilishadi? Ular nafslarini quli bo'lib qolganliklari uchun, iymonlari zaif bo'lganligi uchun, ba'zilari esa bilmaganliklari uchun (bundaylar juda kamchilikni tashkil etadi), yana ba'zilari o'zlarini saxiyliklarini ko'rsatish uchun, dinlarini bilmaganliklari, Qiyomatni unutganliklari, Oxiratda KOFIR qavm bilan birga turgizilishlarida qo'rqmaganliklari uchun nishonlashadi...
Qisqa qilib aytganda, meni bunday insonlarga rahmim keladi...
Ularni haqqiga doimo duo qilaman.
Tanalari tuproqqa aylanmasdan, ko'zlari tuproqqa to'lmasidan, "Afsus..." chekib qolmaslaridan avval Alloh taolo ularga HAQ yo'lni topishlariga imkon bersin!!!
Amiyyn...

Qayd etilgan


Usmon  11 Dekabr 2007, 10:28:20

Meni fikrim: Agar har yilga yetgani uchun shukr keltirib bayram qiladigan bo'lsa, nima uchun har tongga yetgani uchun shunday bayram qilmaydi? Nima uchun avvalda bizni ruslar bosib olishidan oldin, chin e'tiqodli bo'lgan ota-bobolarimiz bu bayramni nishonlashmagan? Nima biz ulardan shukr qilishda o'tib ketganmizmi?
Bo'pti o'zi bu forumda eng adashgani o'zimakanman. Bunaqa joylada post qoldirmaslikka harakat qilaman!! Bilasmi, Munira xonim, ota-bobolariz arablar istilosidan avval qaysi bayramni nishonlashgan, bayram kabi otkazishgan???? Balki, bu Navro‘z, balki Mehrjondir. Ular Hayit haqida tasavvurgayam ega bo'lishmagandir. Yangi yilga kelse, buyam xuddi shunga o'xshash 70 yilda orttirilgan ko'nikmalardan biri deb qabul qilaman. Buni ustida tortishishni foydasi yo'q manimcha. Bu ketishda bahslashib yurvuradi ikki toifa to o'sha kungacha.... Man etmoqchi bo'ganim:
1. "Yangi yil" ni nasroniy diniga umuman aloqasi yo'q! Diniy bayram emas.
2. Siz etgan o'sha Kofir qavmda insoniylikda ba'zi «musulmonlar»dan qolishmidiganlari bordir, ajrini faqat Olloh bilguvchi, qaysi bandaga nima loyiq ko'riladi faqat o'ziga ayon.
3. (Diydor opaga) Siz butun bir qavmni ustidan hukm chiqarishga haqqiz yo'q edi. Homiyingni dushmani deganizda nimani nazarda tutganizi tushundim, biroq esizda bo'lsin (xohlasez yo'q), hech qachon ma'lum odamga berilgan sifatni butun boshli jamiyat, qavmga berib bo'lmidi!!!
4. Bundan muhimroq mavzula haqida bosh qotirgan yaxshiroq
5. (Munira opaga) Rahmim keladi deganizda, mani nazarda tutgan bo'sez, kelmay qo'yaqolsin, faqatgina bir zotni rahmiga muhtojman.
6. Postga javob berish shart emas, faqatgina mani avatarimni tagida "yomon" degan so'zni bosib yuborsez bo'ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2007, 20:41:50

Assalomu alaykum Rediance va uning gaplarini qalban tasdiqlayotgan birodarlar!

Iqtibos
Ota-bobolariz arablar istilosidan avval qaysi bayramni nishonlashgan, bayram kabi otkazishgan?Huh Balki, bu Navro‘z, balki Mehrjondir. Ular Hayit haqida tasavvurgayam ega bo'lishmagandir. Yangi yilga kelse, buyam xuddi shunga o'xshash 70 yilda orttirilgan ko'nikmalardan biri deb qabul qilaman.

To'g'ri, ota-bobolarimiz Islom kelmasidan avval butga ham cho'qinishgan, olovga ham. Boshqa turli bayramlarni ham qilishgan. Islom kelishi bilan esa bu xurofotlar yo'qolib bora boshlagan. Oldingi xurofotlar uchun ota-bobolarimizni ayblolmaymiz. Chunki ularga hali u payt Islom kelmagan edi.

Endi Yangi yilga keladigan bo'lsak, bu bayram kofir bosqinchilari tomonidan ataylab, bizning yurtlarimizda ham targ'ib qilingan. Aynan shu bayram kirgan mahal aholi Islom diniga e'tiqod qilardi va hammalari Yangi Yilning nasorolar bayrami ekanligini bilardi. Iymonnining sustlashuvi natijasida esa bu bayram odatga aylanib qoldi. Bu sabab bilan esa oldingisidan farqli o'laroq odamlarni ayblasak bo'ladi, chunki, ko'pincha ular o'z bilganlari holda o'zlari uchun ma'qul yo'lni garchi kufrga olib borishi mumkin bo'ls-da, har doim qidiradilar.

Iqtibos
1. "Yangi yil" ni nasroniy diniga umuman aloqasi yo'q! Diniy bayram emas.

"Yangi yil Iyso alayhissalomning tug’ilgan yillaridan hisob olib boradigan nasoro qavmlar tomonidan asos solingan bayram."
Iqtibos muallifi: Shayx Muhammad Sodiq MUhammad Yusuf.
Agar, yo'q, Yangi yil nasorolarni bayrami emas, deb Shayxga qarshi gapirmoqchi bo'lsangiz, bemalol!

Iqtibos
Ozgina ma'lumot berib yuboring iltimos??!!!! Yangi yil kechasi Iso Masihni tug'ilgan kunlarimi?  (Manimcha bu kun Rojdestvo - 25 dekabrda nasroniylarni o'zi nishonlaydi) Iso Masih Islomda ham payg'ambarmi?  Yana yangi yilni musulmon bayram kayfiyatida o'tkazvotgan bo'lsa, Iso Masih tug'ilgan kunlari uchunmi?

"Xristian tarixchilarning aytishlaricha, Iyso alayhissalom 25 - dekabrda tug’ilganlar. U zot tug’ilgan yilni birinchi yil deb hisoblangan. Ammo yil yangilanishi oy boshidan, ya’ni, Iyso alayhissalomning mavludlaridan keyingi birinchi oyning boshlanishidan olingan."
Iqtibos muallifi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

Iqtibos
Yana yangi yilni musulmon bayram kayfiyatida o'tkazvotgan bo'lsa, Iso Masih tug'ilgan kunlari uchunmi? Yoki «Shukr, yana bitta yilni ko'rish nasib qildi » degan ma'nodami?

Nima farqi bor? Siz nasorolar odatini qilayapsiz. O'shalardek ish tutyapsiz. Sizga yana bir misol:
Hindistonda Holy degan bayram bor: hammalariga rang sepib, bayram qilishadi. Buyam jahon bayrami. Bu bayramni 1 milliarddan oshiq kishi nishonlaydi.
Nega siz bayram qilmaysiz? Bayram qildingiz ham deylik: kimgadir o'sha rangdan sepdingiz. Endi aytasizmi: man Holy bayramini nishonlaganim yo'q, ha, bir qo'limga rang tushib qolgandi, shu bilan sizni bo'yamoqchi bo'ldim. G'alati-a?

Iqtibos
Siz etgan o'sha Kofir qavmda insoniylikda ba'zi «musulmonlar»dan qolishmidiganlari bordir, ajrini faqat Olloh bilguvchi, qaysi bandaga nima loyiq ko'riladi faqat o'ziga ayon.

Kimlarni maqtayapsiz, birodar, insoniylikning o'zi bilan banda Allohga yaqin bo'lib qolmaydi. Eng asosiy narsa iymon va ibodatdir. Alloh taolo esa kofir qavmlarni hidoyat qilmas. 
Alloh taolo "Tavba" surasida marhamat qiladi:
"Ularga bu xunuk ishlari chiroyli (ma’qul) ko‘rindi. (Chunki) Alloh kofir qavmni hidoyat qilmas." (37-oyat)

Endi yana Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning fatvolariga quloq tutamiz:
Bu kabi masalalarni birovdan so‘rashdan oldin, har bir odam o‘zi o‘ylab ko‘rsin. Bu narsa qachon paydo bo‘lgan, kim tarafidan, nima uchun. Hozir unga kim amal qilmoqda, nima uchun va hokazalarni o‘rgansin. Xulosa qilsin. O’shanda o‘zining ko‘ngli o‘ziga fatvo beradi.

Biroz ehtiyotkorlik bilan berilgan bu fatvodan farosatli odam o'ziga xulosa chiqarib olaveradi. Mabodo o'ylagingiz kelmasa, yoki nafsingiz oldida "hijolat" bo'layotgan bo'lsangiz, biroz tushuntirib o'tay:
Shayx aytyaptilar:
Bu narsa qachon paydo bo‘lgan, kim tarafidan, nima uchun.
Javobi yuqorida keldi: Nasorolar tomonidan, Iyso alayhissalomning tug'ilgan kunlarini nishonlab, diniy bayram qilish maqsadida...

Hozir unga kim amal qilmoqda, nima uchun?
Hozir bunga barcha nasorolar amal qilmoqda. Diniy bayramlari bo'lganligi uchun. Bir maza qilib, kayfu safo qilish uchun, to'yib-to'yib, bo'kib-bo'kib aroqqa, ma'siyatga g'arq bo'lish uchun...

Xulosa esa sizdan. Agar yana nafsingiz "Ey, nimalar qilyapsan, eee bo'lo'radi-da" deb qo'ymayotgan bo'lsa, istalgan sahih olimdan Yangi yilning hukmini so'rang. Kerakli javobni olasiz.
Alloh barchamizni To'g'ri Yo'ldan adashtirmasin!

Qayd etilgan


Muslimа  12 Dekabr 2007, 08:04:50

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!
Bizlarni Haq yo’lga boshlagan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar bo’lsin!
Bizga Allohning Haq dinini yetqizgan sayyidul avvalin va oxirin Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga to Qiyomatgacha salovatu salomlar tinimsiz yog’ilib tursin!

Avvalo Munira opajon bu mavzuni ko’tarib chiqqaniz uchun sizga tashakkur, Alloh rozi bo’lsin!

Yuqoridagi fikrlarni o’qib chiqib, shilarga qo’shimcha qilgan holda quyidagilarni aytmoqchidim. Alloh taolo O’zining mo’min bandalariga shu qadar ko’p bayramlarni ato qilganki, bu bayramlarni hayri va barokatidan musulmon banda uchun o’zga din vakillarining bayramlariga havas qilishning hojati qolmaydi. Qaysi bayramlar deysizmi? Hozir ayrimlarini sanab o’taman, inshaAlloh, bilmagan birodarlarimizga ham foydasi tegib qolar!!!
Unda boshladik :)
Avvalo Alloh taolo ikki Hayit ayyomini bizga bayram deya e’lon qildi. Ikkala Hayitning hayri va barokati mo’min banda uchun dunyo ahllarining barcha bayramini birlashtirsa ham ularning birontasidan ustun kelaolmaydi.(!) Bu bayramlar yilda bir marotabadan nishonlanadigan va birini hursandchilik bilan nishonlab Allohdan keyingisiga ham sog’ omonlikda yetkazishini so’rab, intiqlik bilan kutiladigan bayramlar!
Endi, agar musulmonlar taqvimiga nazar solsak, yilning deyarli har bir oyida musulmonlar uchun nishonlashga arzidigan biror bir sana mavjud.
Masalan,
Rajab oyi — bu oyda "œRag’oyib va Meroj" nomli ikki kecha bor. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam: "œRajab oyi Allohning, Sha’bon oyi mening, Ramazon oyi ummatimning oyidir" [/i] deb marhamat qilganlar.

Sha’bon oyi - Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam oyi hisoblanadi. Bu oyda Barot kechasi bo’lib, bu kechaning fazilati cheksizdir.

Ramazon oyi — oylar sultoni. Bu oyning fazilati haqida ortiqcha gapirish shart emas. Butun bir oy to’liq musilmon, mo’minlar uchun bayram. Chin mo’min uchun Ramazon oyi haqiqiy najot oyidir. Butun bir oyni bizlarga bayram qilib nasib etgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!

Shavvol oyi — bu oyni hayrini birgina hadis bilan ifodalasa bo’ladi. Abu Ayyub al Ansoriydan: Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam deganlar: "œKim Ramazon ro’zasini tutib, ketidan Shavvol oyida olti kun ro’za tutsa bir yil ro’za tutgandek bo’ladi" (yani bir yil ro’za tutgan savobini oladi) (Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja)

Zulhijja oyi — Haj oyi hisoblanadi. Bu oyda Islom arkonlaridan biri Haj farzi ado etiladi. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam: "œAlloh nazdida kunlarning ulug’I va amallarning afzalrog’i o’n kunlikda qilinganlaridir" [/i] deganlar. (Zulhijja oyining birinchi o’n kunligi nazarda tutilgan).

Robi’ul avval oyi — (Mavlud kechasi). Robi’ul avval oyining 12 kechasi Mavludun Nabiy kechasidir. Olamlar faxri Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bu kechada tug’ilganlar. Bu kecha u zotning hurmati uchun ummatiga rahmat va marhamat yomg’ir kabi yog’ilgan kechadir.

Jumadul avval - Jumadus soniy oylari — bu oylarda qazo namozlari bo’lgan insonlar qazo namozlarini o’qishlari kerak. Nafl ibodatlar qilish ham juda fazilatlidir.

Muharram oyi — bu oy qadr qiymati bilan Ramazon oyidan keyin turishligi uning qanchalik muborak oy ekanligini bildiradi.

Bu oylar fayzi, ulardagi muborak kechalarning fazilati haqida ko’p gapirsa bo’ladi. Chunki har bir oyning hayri va barokati cheksiz. [/i]

Musulmonlarning haftada bir nishonlaydigan bayrami ham bor. Albatta bu Sayyidul ayyom JUMA kunidir. Har hafta JUMA kunini haqiqiy bayram sifatida nishonlaymiz.

Musulmonlarning har bir bayrami toat-ibodat, ro’za, namoz, Qur’on o’qish bilan nishonlanadi, bizlarni o’zga din vakillaridan ajratib turuvchi hislat ham ana shudir. Alhamdulillah!
O’zimizda yilda ikki bor, har oy va har hafta nishonlanadigan bayramlar mavjud ekan, o’zgalarni bayramlarini nishonlashga ne hojat?
[/i]
Yoki ayrim birodarlarimizga bu ham kamlik qilarmikin??? "œBu ham kam, shuning uchun o’zgalarni bayramlarini ham nishonlaymiz"¦" deguvchilarga so’nggi so’zim:

Ne bo’lgay yashashni sal oson qilsang?
Qil sig’magan ko’ngling shu’laga to’lsin!
Har namoz orasin Ramazon bilsang,
Bir kunda besh Hayit muborak bo’lsin!


Musulmonning kuniga besh marotaba Hayit ayyomidek muborak bayrami bor. Bu namoz vaqtidir. Bayramlarimizni ham ibodatga aylantirgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin! Bizdek bayrami ko’p bo’lgan ummat bormikin? Ho’sh, nega endi o’z bayramlarimiz bo’la turib o’zgalarning bayramlarini nishonlaymiz?[/i]

Bu gaplarim bilan o’zga din vakillarini bayramlariga qarshi chiqmoqchimasman, also. Shunchaki, bilmaydigan musulmon va muslima birodarlarimga "œAvval o'zimizni haqiqiy bir yilda ikkibor, muqaddas oylarda, har hafta va har kun besh mahal nisonlanishni lozim bo'lgan bayramlardan boshlaylik" dimoqchiman halos.
Alloh hech birimizni O’zining Haq yo’lidan adashtirmasin! Gaplarim cho’zilib ketgan bo’lsa uzr, rozi bo’laslar!
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!

P.S. Shu kunga qadar boshqa din vakillarini musulmonlarni bayramida ro’za tutib, namoz o’qiganlarini ko’rmadim. Lekin o’zgalarni bayramlarini ular kabi nishonlaydigan musulmonlarni ko’pini ko’rdim"¦
Hidoyat va tavfiq yolg’iz Allohdan!

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Dekabr 2007, 08:10:30

Assalamu alaykum.
Abdulaziz,ALloh sizdan rozi bo'lsin!!!
Haqiqiy hujjatlar bilan javob qilganingiz uchun!!!
Bu narsadan endi forumchilarimiz to'g'ri yo'lni tanlashadi degan umiddamiz!!
Tavfiq Allohdandir!!!

Qayd etilgan