Namoz va Duo burchagi
Namoz va Duo burchagi oilaviy bolalar hamda ota onalar uchun foydali ma'lumotlar to'plami bo'ladi degan niyyatda qilingan mashg'ulot natijasi. Namoz va Kundalik kerakli zikrlar, namoz vaqtlari haqida o'rganishgan mo'ljanllangan. Quyidagi qisqacha shu proektimiz haqida:
Nimalar o'rganishimiz mumkin?
1 Namoz Qismi:1. Namoz nomlari arab tilida.
2. Namoz vaqtlarini rasmlar orqali kun/tunning qaysi qismidaligini o’rganamiz
3. Kunlik/haftalik namoz vaqtlarini yozib turishni, soatdan namoz vaqtlarini topishni.
4. Kunlik 5 vaqt namozdan keyin aytiladigan zikrlarni. Bu eslatma uchun qilingan. Ba’zan namozdan keyin odam chalg’iydi, nimadir bo’lib namozdan keyingi zikrlar qolib ketadi. Shunday paytlarda ko’zi mana shu namoz burchagiga tushsa ushbu eslatmani ko’rishi va zikrlarni aytishi mumkin. Masalan bamdod/shom namozidan keyin:
Allohumma innee deb boshlanadigan duo
Astag’firulloh (3)
SubhanAllah, Allohu Akbar, Alhamdulillah (33 marotaba)
An Nas, Al Falaq, Al Ihlos suralarini (3 marotaba) o’qishlik
la ilaha illa Allohu wahdahu laa shareeka lah... zikrini 10 marotaba o’qishlik kabilarni eslatib turadi.