Jahon xalqlari maqollaridan  ( 111999 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 50 B


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:12:26

"¢ Ishongan bolta oyoqni chopar.

(koreys xalq maqollaridan)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:12:33

"¢ Igna boradigan joyga ip ham boradi.

=====

"¢ Boshingga loyiq qalpoq kiy.

(koreys xalq maqollaridan)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:12:39

"¢ Duming uzun bo'lsa, tutilasan.

=====

"¢ Odam bir marta o'ladi.

(koreys xalq maqollaridan)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:12:45

"¢ Go'zal chehra ortida xunuk qalb borligini bilib bo'lmaydi.

=====

"¢ Yaxshi erning xotini ham yaxshi bo'ladi.

(koreys xalq maqollaridan)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:12:56

"¢ Go'dak va ahmoq rostgo'y bo'ladi.

=====

"¢ Mehnat baxtning onasidir.

(koreys xalq maqollaridan)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:13:06

"¢ Inson yeyish uchun yashamasligi kerak. Balki yashash uchun yeyishi lozim.

=====

"¢ Xudo erta uyg'onadigan odamga yordam beradi.

(koreys xalq maqollaridan)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:13:14

"¢ Pul bilan baxt yasab bo'lmaydi.

=====

"¢ Tabiat eng buyuk tabibdir.

(koreys xalq maqollaridan)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:13:22

"¢ Do'sti yo'q odam - baxtsiz odamdir.

=====

"¢ Ahmoqlikni davolaydigan dori yo'q.

=====

"¢ So'z pichoqdan o'tkir.

(koreys xalq maqollaridan)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:13:32

Odam yuragi bilan, daraxt ildizi bilan baquvvat.
Gruzin maqoli
***
Dili ochiqqa yo'l ham ochiq.
Turkman maqoli

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:13:42

Qalb ko'zdan oldin sezadi.
Arab maqoli
***
Bir-biriga o'xshagan aft bo'lmaganidek, bir-biriga o'xshagan qalb ham bo'lmaydi.
Xitoy maqoli
***
Barmoq og'rig'ini qalb sezadi, qalb dardi esa pinxon kezadi.
Habash maqoli

Qayd etilgan