Jahon xalqlari maqollaridan  ( 168562 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 50 B


Robiya  01 Aprel 2008, 16:46:01

Ko’z ko’r bo’lsa ham, aql ko’r bo’lmasin.   Arman maqoli

Qayd etilgan


Robiya  01 Aprel 2008, 16:47:31

Aqlli xalqqa intilsa, nodon — o’z qarindosh-urug’lariga intiladi.   Qirg’iz maqoli

Qayd etilgan


Robiya  01 Aprel 2008, 16:48:12

Dono olg’a bora turib, orqaga qarab qo’yar.   Pushtu maqoli 

Qayd etilgan


Robiya  11 Aprel 2008, 11:54:05

Qo’quv — vahimani jilovlayolmagan kishi, o’z maqsadlariga erisholmaydi.  Arab maqoli


Qayd etilgan


Robiya  11 Aprel 2008, 11:54:29

Doimo o’limdan qo’rqib yuradigan kishi, tiriklar orasidagi o’likdir.  Arman maqoli

Qayd etilgan


Robiya  11 Aprel 2008, 11:56:00

Bo’ridan qo’rqqan to’qay bormas.  Rus maqoli

Qayd etilgan


Jakonda  11 Aprel 2008, 20:50:07

Better go to bed supperless, then rise in debt.
Tarjimasi: Ertalab qarz bilan uyg'ongandan ko'ra, kechki ovqatsiz tuna.

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 15:00:55

* Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi.

* Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir. Xitoy maqollari

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 15:05:19

*  Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi.
*  Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan. Xitoy maqollari

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 15:10:00

*  Tog'larga chiqmagan, uzoqlarni ko'rolmas.
*   Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko'z bilan ish tut.  Xitoy maqollari

Qayd etilgan