Jahon xalqlari maqollaridan  ( 111805 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 50 B


AbdulAziz  30 Sentyabr 2007, 06:15:49

Kongo maqoli
- Ayol soya kabidir. O'zini ta'qib etgandan qochadi, undan ketganning orqasidan chopadi.

Venger maqoli
- Tutqunlik tugagan joyda baxtiyorlik boshlanadi.

Misr maqoli
- Ishqning dardi uzum kabi totlidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Oktyabr 2007, 07:27:38

Mo'g'ul maqoli
- Insonni tashi bilan kutib olinadi, ichi bilan kuzatiladi.

Niger maqollari
- Kichik g'amlar gaoiradilar, katta dardlar tilsizdir.
- Uyingda halovatda bo'lishni istasang, oilangni butun qil.

Peru maqoli
- Erkak yoshini yashirib, ayol esa yashirmay qo'ygan paytda qarishni boshlaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Oktyabr 2007, 07:28:29

Rumin maqoli
- Kimdir sizni bir marta aldasa ayb unda. Ikkinchi marta aldansangiz, ayb sizdadir.

Rus maqollari
- Insonni kiyimiga qarab kutib olishadi, bilimiga qarab hurmat qiladilar.
- Tulki tushida toqvu ko'rarkan.

Chili maqoli
- Go'zallik tabiatning ayollarga bergan ilk hadiyasi, ayni paytda qaytarib olgan ilk narsasisir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2007, 07:21:48

Tayland maqoli
- Uylanish bir qal'a kabidir. Tashqaridagilar unga kirish uchun, ichkaridagilar undan chiqish uchun urinadilar.

Tibet maqoli
- Qanchalik oz yuksakda uchsang, tushganingda shu qadar oz ranjiysan.

Venesuela maqollari
- Ayollar kulgilari kelganda kuladilar, istagan paytda yig'laydilar.
- Baxt hammaning hayotida bir marta bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Oktyabr 2007, 06:13:51

Yugoslav maqoli
- Bir shaklda tug'ilib, ming bir shaklda o'lamiz.

Yunon maqollari
- Och qolmagan inson nonning qadrini bilmas.
- Jahannamga olib boradigan yo'lda yurish osondir.
- Birovning haqi yeyilsa ham, hazm bo'lmaydi.
- Hamir qilishni hohlamagan besh kun un elarmish.
- Oq soch aqlning emas, qarilikning ishorasidir.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:47:09

Abadiy yaxshilikka intilmovchi va faqat xudbinlikqiluvchi kishi afsusga sazovor axmoqdir.Hayotni yeb-ichish,uxlash va lazzat ko’rishdan iborat deb bilgan kishining hayvondan nima farqi bor?              Hind hikmatlari.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:47:38

Yomon odamning do’sti bo’lguncha,yaxshi odamning dushmani bo’lish afzal.   
                                                                                         Yapon maqoli.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:48:03

 Halollik bozorda sotilmas.                                Arman maqoli.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:48:28

 Vijdondan bo’lak hamma narsani suv bilan yuvib tozalash mumkin.
                                                                                          Gruzin maqoli.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:48:51

Chiroyli tovus o’z parlarini ehtiyot qilar,
 Vijdonli kishi o’z shonu-sharafini saqlar.
                                                                           Xitoy maqollari.

Qayd etilgan