Jahon xalqlari maqollaridan  ( 168631 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 50 B


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:51:35

Oqar suvda kir bo'lmas.

* * *

Oqil pulga sotilmas.

* * *

Aqlsiz boshning jazosini oyoqlar oladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:51:45

Oziqsiz yo'lga chiqqanning ikki ko'zi el to'rvasida bo'ladi.

* * *

Oyoq sig'magan joyga bosh suqilmas.

* * *

Otdan tushdi, eshakka mindi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:51:57

Otlar tepisharkan,orada eshaklar ezilar.

* * *

Otning yaxshisi orqadan kelmas.

* * *

Otilgan o'q orqaga qaytmas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:52:19

Olov bo'lmagan yerdan tutun chiqmas.

* * *

Olov tushgan yerni yoqadi.

* * *

Ot sohibiga o'xshab kishnar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:52:33

Ot yetti kunda, it yegan zahoti unutar.

* * *

Ot o'lar maydon qolar,
Yigit o'lar shon qolar.

* * *

Ot bo'ladigan toy yurishidan ma'lum.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:52:45

Ot qornidan, yigit burnidan ma'lum.

* * *

Mashaqqatsiz ishq bo'lmas.

* * *

Aslini inkor etganning nasli bo'sh bo'lar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:53:02

Asli qanday bo'lsa, nasli shunday bo'ladi.

* * *

Aslini inkor etgan haromzodadir.

* * *

Arpa ekib bug'doy kutma.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:53:19

Ari chaqmagan bolning qadrini qayerdan bilsin.

* * *

Izlagan topar, ingragan o'lar.

* * *

Izlagan balosiniyam, davosiniyam topar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 13:53:40

Axmoqning qorni to'yguncha ko'zi yo'lda bo'ladi.

* * *

Onasiga boqib qizini ol,
Ipiga boqib bo'zini ol.

* * *

Ona kabi yor, Bag'dod kabi diyor bo'lmas.

* * *

Oltinning bahosini sarrof biladi.

* * *

Oltin qilich temir eshikni ochar.

Turk xaql maqollaridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Sentyabr 2007, 05:52:15

Amerika maqollari
- Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi.
- Birlashish boshlanishdir, birlikka erishish taraqqiyotdir, birlikda ishlash mufaffaqiyatdir.
- Jasur odamning boqishi qo'rqoqning qilichidan ko'proq dushmanni titratadi.
- Qiyinchilik seni qiynaguncha, sen qiyinchilikni qiyna.

Qayd etilgan