Jahon xalqlari maqollaridan  ( 168577 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 50 B


AbdulAziz  22 Sentyabr 2007, 05:52:51

Nemis maqollari
- Yiqilmoq ayb emas, yiqilib qolmoq ayb.
- Ko'zlar o'zlariga, quloqlar boshqalarga ishonadilar.
- Qadah ichiga dengizga g'arq bo'lganlardan ko'p kishi g'arq bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Sentyabr 2007, 08:07:59

Xitoy maqollari
- Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi.
- Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.
- Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi.
- Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan.
- Tog'larga chiqmagan, uzoqlarni ko'rolmas.
- Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko'z bilan ish tut.

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Sentyabr 2007, 08:08:43

Arab maqollari
- Aybiga iqror bo'lganni avf et.
- Yigit urushda, do'st dardda, komil inson g'azabda ma'lum bo'ladi.

Alban maqoli
- Qarz berarkansan, yo pulni, yo do'stni yo'qotasan.

Avstraliya maqoli
- Ishq bilan aksirish hech qachon yashirilmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Sentyabr 2007, 07:46:48

Belgiya maqoli
- Haqiqiqy sevgi ayriliqda unutilmas.

Boliviya maqoli
- Sevish kamon chalik kabidir, bilmagan yomon kuylar chiqaradi.

Bolgar maqollari
- Ko'kdagi yulduzlarni emas, yerdagi suruvlarni ko'proq sana.
- Kular yuz oltin kalitga o'xshaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Sentyabr 2007, 07:47:11

Daniya maqollari
- Kichik baliq o'lgunga qadar katta baliq bo'lishni umid qiladi.
- Kar er bilan ko'r xotin baxtli juftlikdir.
- Va'dalar mamlakatida inson ochlikdan o'ladi.

Fransuz maqollari
- Fursati kelmaguncha iste'dodlar oz ishga yaraydi.
- Har aqlsizga hayron bo'lish bilan boshqa bir aqlsiz maydonga chiqadi.
- Ideallar yulduzlar kabidir, ularni tutib bo'lmaydi, ammo qorong'i kechalarda yo'limizga ular rahbarlik qiladilar.
- Otalar tabiat yaratgan bankirlardir.
- Toza vijdon kabi yumshoq yostiq yo'qdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Sentyabr 2007, 07:24:42

Hind maqollari
- Boshqalardan ustun bo'lishimiz muhim emas. Asl muhim bo'lgan narsa, kechagi holimizdan ustunligimizdir.
- Do'stingini tez-tez ziyorat eting, chunki ustida yurilmagan yo'llar tikan va butalar bilan qoplanadi.
- Quvvatiga ishonib zaiflarni xor qilganning quvvati boshiga balo bo'ladi.

Gollandiya maqollari
- Bir marta uylanish vazifa, ikkinchi marta uylanish ko'ngil ochish, uchinchisi azobdir.
- Bir umr eshakka minishdan bir yil otga minish yaxshidir.
- Yotoqqa yotish bilan muammolar kiyimda qoladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Sentyabr 2007, 07:25:44

Irlandiya maqoli
- Odam eng ko'p sevgilishini, eng yaxshi shaklda oilasini, eng uzun muddat onasini sevadi.

Ingliz maqollari
- O'ylamasdan gapirish, nishonga olmay o'q otishga o'xshaydi.
- Telbalar aqllilarning yetti yilda javob berolmagan savollarini bir kunda so'raydilar.
- Shuhrat qobiliyatning soyasidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2007, 06:37:10

Ispan maqoli
- It bilan yotgan burga bilan uyg'onadi.

Shotland maqoli
- Insonlar yashab qaridik deydilar, holbuki yashamasdan qariydilar.

Shved maqollari
- Yoshning go'zal yuzi bor, qarining go'zal ruhi bor.
- Eski sevgi zanglamaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2007, 06:42:28

Kanada maqoli
- Aprel yomg'ri may gulini ochirar.

Keniya maqoli
- Bir yolg'on qanchalik tezkor bo'lsa bo'lsin, haqiqat uni ortda qoldiradi.

Kolumbiya maqoli
- Eski ishqlar yonib, so'ngan ko'mir kabi tez g'oyat tez olov oladi.

Qayd etilgan


Hayothon  29 Sentyabr 2007, 20:45:10

Ikki yamon zanjir kesar (uzbek halq maqoli)


Yahshi otga bir qamchi Yamon otga 10 kamchi(uzbek maqoli)


Qayd etilgan