Assalomu alaykum, Buxoroliklar!  ( 129290 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 37 B


Robiya  28 Iyun 2008, 12:26:49

Assalomu alaykum!
 Uchrashuv yuqori pallalarda davom etyapti. Uchrashuvga Navoiy viloyatidan ajoyib yuserkalar Fatima (Ozoda) hamda NafisaBonular, Buxoro viloyatidan Odila (Nafisa), Fahita Honiy hamda men (Robiya :)) qatnashyapmiz.
  Uchrashuv Bahovuddin Naqshband ziyoratgohida boshlandi. U yerni ziyorat qilib, forumdoshlar haqqiga ham duo qildik.
  Hozir esa Eski shahar, Ark va madrasalarni aylanib bo'ldik.(Mir arab madrasasi, Ulug'bek madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, toqilar,...)
  Hozir esa biror yerda o'tirib yengilgina tamaddi qilmoqchimiz. Shunday ekan, hali uchrashuv davom etadi.... :)

Qayd etilgan


Fatima  28 Iyun 2008, 12:40:48

Assalomu alaykum!
Hozir mana anchagina joyni Robiya opam aytganlariday aylanib, kezib chiqdik.
Umuman olganda, BUxoro judayam chiroyli viloyat ekan. Ilgari shu paytgacha kelmaganimga afsusulanib ketyapman. Shunday chiroyli shaharga yaqin yashab yurgan ekanman-u, bir marta ham borib ko`rmagan ekanman. 
Lekin uchrashuv zo`r bo`lyapti, uchrashuvga kelmoqchi bo`lganlar hali bemalol kelishlari mumkin, uchrashuv  davom ettirish niyatimiz bor.

PS: Buxorga kelmaganlarga, bu yerga kelishlarini taklif qilardim.

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyun 2008, 15:40:43

Mana uzoq kutgan uchrashuvimiz bir kundayoq tugadi, nihoyasiga yetdi.

Hozirgina hammani uy-uyiga jo'natib keldim. Fahita Honiy bilan ikkimiz Fatima va NafisaBonuni marshrutkaga o'tqazib,ularni kuzatgach, o'zimiz ham sekingina uyga yo'l oldik. Men esa yo'l-yo'lakay internetga tushib qoldim, uchrashuv yakunlaridan sizlarni boxabar qilish uchun.

 Aytganimdek, zo'r joyda o'tirdik... Labi-Hovuzni eshitgan bo'lsangiz kerak!? Mana shu yerda to'rt qiz maza qilib ovqatlandik, suhbatlashdik, atrofni tomosha qildik (rasmga ham tushirdik, tez kunlarda ularni ham kiritaman).

 O'tirib shu narsa xayolimga keldi, shu paytgacha nega bu yerga kelmagan ekanman-a...? Afsuslanib, ham uyalib ketdim. Qayoqdan-qayoqqa turistlar keladiyu, o'zimiz shu yurtda yashab turib bora olmasak,... Ollohga shukr, bugungi uchrashuv sabab,shahrim bilan yana bir marta diydorlashdim :).
 Turistlarning hayrat to'la ko'zlarini,shahar obidalarini tinmay rasmga tushirishlarini ko'rib, shunday degim keldi: "Yurtim, jonajon Buxorom, aziz O'zbekistonim! Senga hech qachon ko'z tegmasin. Doim hozirgidek chiroyli, boshqalarni o'zingga maftun etaver!..."

 PS.: boshqa barcha yuserlarni qadimiy shahrimiz Buxoroga taklif etaman. Buxoroga xush kelibsizlar...

Qayd etilgan


Muzayyana  30 Iyun 2008, 12:16:10

Assalomu alekum!
O'xxo' Buxoroliklar ko'rinishidan juda maza qilgan ko'rinasizlar.
Sizlarga juda juda xavasim keldi.
Inshaallox kiyingi uchrashuvlarda man xam qatorlaringda bo'lsam......
Robiya opa sizdan uchrashuv vaqtida tushgan rasmlarini
ko'rishni so'rasam bo'ladimi a?
Iltimos opajon....

Qayd etilgan


Robiya  04 Iyul 2008, 13:19:37

Assalomu alaykum!
 Qiziquvchan singiljonim, albatta,rasmlarni Sizga yuboraman.

Qayd etilgan


Mr.Twister  25 Iyul 2008, 15:37:46

Salom, Men Allohga shukurlar aytamanki Buxorodanman va Ziyo.uz forumi a'zosiman

Qayd etilgan


Robiya  25 Iyul 2008, 15:47:46

Salom, Men Allohga shukurlar aytamanki Buxorodanman va Ziyo.uz forumi a'zosiman

Vaalaykum assalom Mr.Twister! Forumga xush kelibsiz. O'zingizning ibratli, foydali postlaringiz bilan forum faoliga aylanasiz degan umiddamiz.

Qayd etilgan


Munavvara  03 Avgust 2008, 14:16:06

Assalomu alaykum bu forumda Buxoroliklarni ko'rganimdan judayam hursandman Alloh rozi bo'lsin sizlardan!

Qayd etilgan


Mr.Twister  04 Avgust 2008, 15:11:57

Buxoro ahli doim o`zining intelekti bilan ajralib turishgan.

Qayd etilgan


Mr.Twister  21 Avgust 2008, 15:20:35

Nimagadir Buxorolik userlar sal sustlashib qoldik.

Qayd etilgan