2007-yili, iyun oyini boshida Istambuldan 5 kishi O'zbekiston sayohatiga borgandik, albatta rahbar kamina:)
Buxoroda kezar ekanmiz, yo'l bo'yi o'rikzorlarni ko'rdik. Eng boshda meni yuragim ezildi, daraxtdan o'rik yemaganimga yillar bo'lgandi. Mehmonlarimni ko'zlari ham "o'rik tera boshladi". Shofyorga aytib mashinadan tushdik. O'rikzorni egasi ayol kishi ekan, 4 farzandi bor. Suv qo'yishgani uchun biroz loy edi bog'.
Ayol opaxonga mehmonlar Istambuldan dedim, ko'zlari porladi:)
Biz, dedim xohlaganimizcha yesak, pulini bersak bo'ladimi:) albatta puli muhim emas, marhamat dedilar shirin Buxoro shevasida. Mehmonlar bilan mazza qilib o'rik yedik:)
Pul berdik olmadilar opa, Alloh u kishini asrasin, o'riklariga barakot bersin, deb duo qilaman har esimga tushganida.
Mehmonlarim o'g'illarini qo'liga pul berishdi chidamay, "muzqaymoq yeysan" deb