Muallif Mavzu: Fikrlash haqida  ( 23510 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

_Otabek_

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 14
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 114
Re: Fikrlash haqida
« Javob #15 : 13 Noyabr 2006, 11:41:56 »
O'tmishimizni tanishda xizmat qilishi uchun yozilgan darsliklarda asosiy o'rinni haqiqatdan ham bir davlatning boshqalarini bosib olishi, ichki ziddiyatlar, qo'zg'olonlaru zulm epizodlari egallaydi. So'ngra, qishloq xo'jaligi - yer-suv munosabatlari, iqtisodiyot haqida hikoya qilinadi. Ilm-fan taraqqiyoti, madaniyat va san'at haqida esa o'sha ma'lum bir tarixiy davrni qamrab olgan darslarning so'nggida muxtasar to'xtalib o'tiladi.
Sanalarini yodlash bilan albatta ish bitmaydi, aytaylik abiturient testlarni boplab yodladi va o'qishga kirib ham oldi deylik, ammo u olgan bilimi kitobni chuqur mutolaa qilganchalik mustahkam emas - tez orada yodidan ko'tarilib ketishi mumkin.   
Vatanimizda o'sib ulg'aygan, olamshumul asarlar yaratgan ulug' olimlarimizning merosini o'rganishimiz, ularning ibratli ishlaridan saboq olishimiz muhim albatta. Shuning uchun ham tarixni o'qiymiz, o'qitamiz. Lekin, shuniyam qo'shimcha qilish kerakki, ana shu g'ala-g'ovurga to'la siyosiy voqealar ham ham bizni hushyorlikka undaydi, bir vaqtlar bizning yerlarda ma'lum mansabdor shaxslar, hukmdorlarning yo'l qo'ygan xatolari, xoinliklari oqibatida sodir bo'lgan fojialar (masalan, xonliklar davrini olaylik) bizga hayotiy dars vazifasini o'taydi. Va albatta, bugungi kunda ro'y berayotgan siyosiy jarayonlarni kuzatgan kishi mana shu katta o'yin ishtirokchilarining bundan yuz yillab muqaddam jahon siyosatida tutgan o'rnini, uning azaliy maqsadlari, yutuqlari va mag'lubiyatlarini, umuman, tarixini yaxshi bilsa, bugungi voqealarga o'zining to'g'ri, ob'ektiv bahosini bera oladigan bo'ladi. Shuning sababdan ham, katta siyosatchilar tarixdan yaxshi xabardor kishilardir...       
Tarixda insonni hayratga soluvchi, unga ko'pgina tilsimlar kalitini ochuvchi voqea-hosisotlar bisyor. Bir faylasuf aytgan ekan, "Malika Kleopatraning burni biroz puchuq yoki uzunroq bo'lganda tarix umuman boshqacha bo'lgan bo'lardi"...

Abdulholiq

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 46
  • Jins: Erkak
  • Allohdan tugamaydigan ilm so'rayman.
Re: Fikrlash haqida
« Javob #16 : 09 Iyul 2007, 19:03:44 »
bir firk
Tarih fani nima uchun kerak?
hozircha ikkita javobi bor aqlimda
1. Tarihda bolgan voqealarni (kopgina hollarda urushlar- qiziq holat nimagadir urushlar tinchlik vaqtlari kam) sanalari yodlashlikdan iborat
2. Tarihda otgan buuyuk insonlarni qilgan ishlaridan ibrat olishlikni organish.

hayotimizda esa qaysi biri bolmoqda...  SIZ JAVOB bering...
(hamma narsani OZING hal bilan bolamaydi....)  Sal firklash kerakmi deman... :)

Bu savolingizga uzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy(Rahmatli) javob berganlar:"Moziyga qarab ish ko'rmoq hayrlidir".
Olov o'tinni eb bitirgani kabi hasad ham go'zal amallarni eb bitiradi.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: Fikrlash haqida
« Javob #17 : 04 Yanvar 2008, 19:19:03 »
Mavzu boshida yozilga gaplar Abdulaziz akaga nisbatan qancha hurmatim baland bo'lmasin, baribir ruschasiga Чуж deb atalishini aytib o'tmoqchiman. Nega???
Chunki aytib o'tilgan o'sha "eski" 400 yillik ta'lim tizimi mohiyatan o'zi nima? Insoniyat tamadduni qay tarzda kechmoqda? Aynan shu ta'lim tizimi orqali o'z vazifasini bajarayotgan "bilim tashuvchi" - ustozlar orqali emasmi? Bunaqa o'qitilishining sababi esa oddiy.
Maktabda matematika o'qitiladi va buning sababi - 30 o'quvchining hammasi matematik bo'lishi uchun emas. Balki bu fan ularda aynan siz aytgan "Fikrlash", mantiqiy Fikrlashni o'rgatar??
Erkin fikrlash haqidagi so'zlar ham boyagi iboraga mos desa bo'ladi. Bolada ijodkorlik xususiyatini o'stirish o'qituvchi vazifalarining bittasi. Bu hozirgi ta'lim tizimida yomon yo'lga qo'yilmagan.
Shablonlarga kelsak, izlagan albatta topadi. Shablon bo'yicha ishlamoqchimisiz? Marhamat, tiqilib yotibdi. Lekin undan foydalanishni xohlamasangiz, hech kim zo'rlayotgani yo'q.
To'g'ri, bizda ta'lim tizimi "mukammal" deyishdan ancha yiroqman. O'zimni kuzatishimdan kelib chiqsam, bunga asosiy sabab - mentalitetimiz. Bunga hozirgi 15-25 yoshlar orasidagi avloddan ham ko'ra ulardan bir pog'ona yuqoridagilarga to'g'ri keladigan "ayb" kattaroqqa o'xshab qoldi. Bunaqasiyam hamma zamonlarda bo'lgan. Har doim insoniyat bir narsadan norozi :)

lolo

  • Mehmon
Fikrlash haqida
« Javob #18 : 04 Yanvar 2008, 23:38:41 »
Tarih fani nima uchun kerak?
1. Tarihda bolgan voqealarni (kopgina hollarda urushlar- qiziq holat nimagadir urushlar tinchlik vaqtlari kam) sanalari yodlashlikdan iborat
2. Tarihda otgan buuyuk insonlarni qilgan ishlaridan ibrat olishlikni organish.
Jamiyatimizda biz foydalanayotgan har bir narsa o'zining tarixiga ega. Har bir narsaning tarixini bilishning zarari yo'q, ammo buni bilmaslik esa bilimsizlik hisoblanadi. Tarixdagi urushlar, yoki o'sha davr madaniy, siyosiy ahvoli va hokazolar odamning dunyoqarashini ancha shakllantiradi.

Imron

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 23
  • -oldi: 69
  • Xabarlar: 99
  • Jins: Erkak
Re: Fikrlash haqida
« Javob #19 : 05 Yanvar 2008, 00:57:04 »
Тарихнинг дунё ва охират учун фойда бўладиганини ўрганинглар, биродарларим. Қиёмат куни бизга берилган энг улуғ неъматлардан бири - вақтдан, яъни умрдан, уни нималарга сарфлаганимиздан ҳам сўраламиз.

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: Fikrlash haqida
« Javob #20 : 05 Yanvar 2008, 01:13:15 »
O'tmishsiz kelajak yo'q. O'z vatanimiz tarixini bilmasdan turub Vatanimiz kelajagini yarata olmaymiz. Oq va qorani gunox va savobni tarix o'rgatadi
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

Mars

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 65
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 254
  • Jins: Erkak
    • Mars07
Re: Fikrlash haqida
« Javob #21 : 23 Fevral 2008, 02:33:10 »
Assalomu alayku men bu mavzuni unchalik tushunmadim.Yani biror narsani o'rganishlik fikirlashlikmi
yo ko'p gapirish fikirlashlikmi yoki ko'p savol berishlikmi?

 

Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13223
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin
Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 334578
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
G'ijduvon haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 11116
So'nggi javob 05 Iyul 2009, 17:03:30
muallifi MSJON
Kogon shahri haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 14905
So'nggi javob 30 Aprel 2013, 16:45:52
muallifi levdeo
Buxoro shahri haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 48472
So'nggi javob 14 May 2010, 15:50:58
muallifi AbdulAziz