Fikrlash haqida  ( 37612 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


kamalabloom  13 Avgust 2006, 03:29:21

Hozir odamlarda fikrlash uchun vaqt yo'q:D
Yosh bolalarda undan ham battar. TV, komp, radio, video o'yinlar -hamma-hammasi bolalarning vaqtini olib qo'yadi. Bu asosiy sabab bo'la olmasa ham , har holda shu narsa ham ta'sir ko'rsatadi. Umuman olganda, bekorchi narsalarga vaqt va e'tibor fikrlashni susaytirib qo'yadi.

Qayd etilgan


Mas'ud  13 Avgust 2006, 07:06:01

Assalamu alaykum...Fikrlash to'g'risida mavzu ochib yahshi ish qilibsiz...Shu o'rinda men sizning ba'zi fikrlaringizga e'tiroz bildirmoqchi edim..."matematik bo'lmasak matematikani 1% bilsak etadi..."...Kechirasiz-u, lekin men Sizning bu fikringizga qo'shila olmayman.Inson to'g'ri fikrlashi uchun uning bilimlar hajmi juda katta va keng qamrovli bo'lishi zarur. Fikrlashning qanchalik yuqori saviyada ekanligi uning qanchalik ilmiy asoslashishni anganligiga bog'liq.Agar Siz biror narsa haqida fikrlayotgan bo'lsangiz, uni faqatgina bir fan nuqtai nazaridan qarashingizga haqqingiz yo'q, shunday emasmi? Fikrlashimizning hamma tomondan ob'ektiv bo'lishi uning shunchalik to'g'riligidan dalolat beradi. Nimaga ko'pchilik Amerikaliklarni "Dump" (ahmoq) deyishadi?...Chunki ular aynan bir tomonlama fikrlaydi...Chunki ular bir tomonlama bilimga egalar. Amerikalik Biznesmen oddiygina qorin og'rig'i uchun tetratsikilin ichishni bilmaydi va shuning uchun shaxsiy vrachiga pul to'laydi...Bu uning fikrlash doirasi torligidan dalolat bermaydimi?...Bu uning bir tomonli bilimga ega bo'lganligi qanchalik noto'g'ri ekanini anglatmaydimi???...Inson bilim doirasi qanchalik keng bo'lsa, shunchalik chuqur mulohazali bo'ladi...Bu, albatta shaxsiy fikrlarim edi...qanday e'tirozlar bo'lsa, marhamat, javob berishga tayyorman

Olloh bilguvchiroqdir....


hurmat ila...

Qayd etilgan


Samo  09 Oktyabr 2006, 22:52:48

Salom

yana ayrim fikrlar...

hamma inson matematik yoki fizik boladimi? yani shu sohada olim bolib yetishib chiqadimi?
maktabda 1 sinfda sog bolib kelgan bola 10 sinfga borganda ; maktab bitiruvchilarning 85-90 % kasalmand...
Nima uchun BAND qilishlik falsafasi asosida shuncha kop darslar qoyilgan?
nima uchun rus maktabda oqigan bola koproq yahshi ozlashtiradi ozbek maktabdagiga qaraganda? balki dars soatlari kamligidandir?
Nima uchun maktab davridan boshlar ONGOSTI shaklida vaqtdan unumSIZ foydalanish singdirilib boriladi...
hamma ham matematik yoki fizik olim bolmaydiku.
Ozimizda katta fizik olimni aytgan sozlari:" agar maktab dasturiinn (fizika) haqiqatan 5 bahoga oqib chiqsa 11 sinfni ohirida olim bolishi kerak bolar edi."
hamda ERUDITLIK bu degani fikrlash emas.
nima uchun kallamizni INTERNET qilishimiz kerak?
nima uchun maqsadimizni aniq ravsahn qilib harakat qilmaymiz?
nima uchun avvalgi davrda 20 yoshga kelib inson bir kasb egasi bolib bemalol oz turmushini otkaza olar edi hozir esa aksariyat 30 yoshga kelsa ham onasini bolasi bolib qolmoqda?


JaruleUZB  bu savollar javob beraolasizmi?

PS ham har hil fikrlaydi degan gapga javob
YOQ
insonlar ikkiga bolinadi
buyuklar
kichiklar
har doim kichiklar buyuklarni orqasidan kelgan!!!
shuning uchun ham dunyoda 6 mlrd fikr yoq
juda kam !
ozimni fikrim deydiganlarga kelsak
hamma narsa Odam a.s orgatilgan edi...
shu narsadan hikmat qidiraylik....






Qayd etilgan


_Otabek_  02 Noyabr 2006, 15:31:51

Ha endi, har holda inson bu ongli mavjudot, albatta u har qanday vaziyatda fikrlab, shunga yarasha harakat qiladi. Gap uning qay y'osinda tafakkur qilishida. Ta'lim tizimimizga kelsak, unda darhaqiqat shunday islohotlar qilish kerakki, toki o'sib kelayotgan avlod atrofdagi voqealarga teran nazar tashlab, ularga o'z munosabatini bildira olsin. Dunyoqarashi tor, xaritadan Angliyani ko'rsata olmaydigan yoki O'zbekiston Tinch okeanidagi orollarda joylashgan, undagi odamlar kompyuter tugul hali telefon nimaligini bilishmaydi desangiz, "ha, bu haqda eshitgan edim" deb qo'yga o'xshab boshini sarak-sarak qiladigan g'arb yoshlariga o'xshab qolmasligi kerak. Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, maktablarda hozir berilayotgan turli-tuman bilim massasi o'quvchini mayib qilib qo'ymasligi kerak. O'qituvchilar o'quv rejasi qolipiga tushish uchun, aytaylik Qoraxoniylar sulolasi haqida 1 ta darsda gapirib berishlariga to'g'ri keladi. Shu mavzu bo'yicha o'quvchilar (~30 ta) bilimini esa kelasi soatning 1-yarmida 'tekshirib' ko'radi. Agar aksar maktablarimiz bolalari paxta kampaniyasiga jalb etilishini hisobga olsak, vaziyat o'ta bir achinarli holatda ko'z oldimizda namoyon bo'ladi. Kelajagimiz bunyodkorlari har xil fanlardagi katta-katta mavzularni (katta deyishimizga sabab, darsliklardagi mavzular o'ta siqiq holatda; 6-sinf uchun 'Jahon tarixi' darsligini ko'rganmisiz? nafaqat, 6-sinf o'uvchisi, balki katta yoshdagi kishi ham arang tushunadi...) bir o'tirishda 'ho'plab' yuborishlariga to'g'ri kelmoqda. O'zim dars berganman - eng a'lochi, birinchi qatorda o'tiradigan o'quvchilar ham mavzuni yodlab olib, aytib berishadi, xolos... Qo'shimcha adabiyot tavsiya qilaman desangiz, vaqtlari yetmaydi sho'rliklarning - boshqa fanlardan ham tayyorgarlik ko'rishlari, ayrimlari repetitorlarga qatnashlari kerak. "Mening fanimni o'qi, odam bo'lasan", deb bo'lmasa... 
Aytilgan gaplar nafaqat maktab ta'limi, balki o'rta-maxsus va oliy ta'lim tizimimizga ham taalluqli masala, deb o'ylayman.
Menga berilgan bakalavr diplomiga ilovada 58 ta fan yozilgan. Bu - maxsus kurslar va amaliyotlardan tashqari. Chet ellardagilar buni ko'rib g'oyatda hayron qolishsa kerak, chunki ularda bunday emas. O'zimizga berilgan ko'pgina fanlarning befoyda ekanligini mana, hozir bildim, ilgari o'zimizcha aytardik, "hay o'qiylik shularniyam, kelajakda asqotib qoladi", deb. Garchi o'sha 2-darajali fanlarning aksar imtihonlarida cho'ntak kavlashga to'g'ri kelgan bo'lsa ham. Shuncha vaqt, harakat, davlatning va talabaning mablag'i, asablar bekorga ketgan va ketmoqda ham.
Gapning po'stkallasi, hozirgi paytda kishilarimizning fikrlash tarzi qay tarafga qarab og'ib borishi ko'pgina omillar qatorida ta'lim tizimiga bog'liq. Hali aytadigan gaplar ko'p, ammo shusiz ham ko'p narsa yozib qo'ydim.
Fikr almashishda davom etamiz...     

Qayd etilgan


Samo  12 Noyabr 2006, 15:59:08

bir firk
Tarih fani nima uchun kerak?
hozircha ikkita javobi bor aqlimda
1. Tarihda bolgan voqealarni (kopgina hollarda urushlar- qiziq holat nimagadir urushlar tinchlik vaqtlari kam) sanalari yodlashlikdan iborat
2. Tarihda otgan buuyuk insonlarni qilgan ishlaridan ibrat olishlikni organish.

hayotimizda esa qaysi biri bolmoqda...  SIZ JAVOB bering...
(hamma narsani OZING hal bilan bolamaydi....)  Sal firklash kerakmi deman... :)

Qayd etilgan


_Otabek_  13 Noyabr 2006, 11:41:56

O'tmishimizni tanishda xizmat qilishi uchun yozilgan darsliklarda asosiy o'rinni haqiqatdan ham bir davlatning boshqalarini bosib olishi, ichki ziddiyatlar, qo'zg'olonlaru zulm epizodlari egallaydi. So'ngra, qishloq xo'jaligi - yer-suv munosabatlari, iqtisodiyot haqida hikoya qilinadi. Ilm-fan taraqqiyoti, madaniyat va san'at haqida esa o'sha ma'lum bir tarixiy davrni qamrab olgan darslarning so'nggida muxtasar to'xtalib o'tiladi.
Sanalarini yodlash bilan albatta ish bitmaydi, aytaylik abiturient testlarni boplab yodladi va o'qishga kirib ham oldi deylik, ammo u olgan bilimi kitobni chuqur mutolaa qilganchalik mustahkam emas - tez orada yodidan ko'tarilib ketishi mumkin.   
Vatanimizda o'sib ulg'aygan, olamshumul asarlar yaratgan ulug' olimlarimizning merosini o'rganishimiz, ularning ibratli ishlaridan saboq olishimiz muhim albatta. Shuning uchun ham tarixni o'qiymiz, o'qitamiz. Lekin, shuniyam qo'shimcha qilish kerakki, ana shu g'ala-g'ovurga to'la siyosiy voqealar ham ham bizni hushyorlikka undaydi, bir vaqtlar bizning yerlarda ma'lum mansabdor shaxslar, hukmdorlarning yo'l qo'ygan xatolari, xoinliklari oqibatida sodir bo'lgan fojialar (masalan, xonliklar davrini olaylik) bizga hayotiy dars vazifasini o'taydi. Va albatta, bugungi kunda ro'y berayotgan siyosiy jarayonlarni kuzatgan kishi mana shu katta o'yin ishtirokchilarining bundan yuz yillab muqaddam jahon siyosatida tutgan o'rnini, uning azaliy maqsadlari, yutuqlari va mag'lubiyatlarini, umuman, tarixini yaxshi bilsa, bugungi voqealarga o'zining to'g'ri, ob'ektiv bahosini bera oladigan bo'ladi. Shuning sababdan ham, katta siyosatchilar tarixdan yaxshi xabardor kishilardir...       
Tarixda insonni hayratga soluvchi, unga ko'pgina tilsimlar kalitini ochuvchi voqea-hosisotlar bisyor. Bir faylasuf aytgan ekan, "Malika Kleopatraning burni biroz puchuq yoki uzunroq bo'lganda tarix umuman boshqacha bo'lgan bo'lardi"...

Qayd etilgan


Abdulholiq  09 Iyul 2007, 19:03:44

bir firk
Tarih fani nima uchun kerak?
hozircha ikkita javobi bor aqlimda
1. Tarihda bolgan voqealarni (kopgina hollarda urushlar- qiziq holat nimagadir urushlar tinchlik vaqtlari kam) sanalari yodlashlikdan iborat
2. Tarihda otgan buuyuk insonlarni qilgan ishlaridan ibrat olishlikni organish.

hayotimizda esa qaysi biri bolmoqda...  SIZ JAVOB bering...
(hamma narsani OZING hal bilan bolamaydi....)  Sal firklash kerakmi deman... :)

Bu savolingizga uzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy(Rahmatli) javob berganlar:"Moziyga qarab ish ko'rmoq hayrlidir".

Qayd etilgan


Usmon  04 Yanvar 2008, 19:19:03

Mavzu boshida yozilga gaplar Abdulaziz akaga nisbatan qancha hurmatim baland bo'lmasin, baribir ruschasiga Чуж deb atalishini aytib o'tmoqchiman. Nega???
Chunki aytib o'tilgan o'sha "eski" 400 yillik ta'lim tizimi mohiyatan o'zi nima? Insoniyat tamadduni qay tarzda kechmoqda? Aynan shu ta'lim tizimi orqali o'z vazifasini bajarayotgan "bilim tashuvchi" - ustozlar orqali emasmi? Bunaqa o'qitilishining sababi esa oddiy.
Maktabda matematika o'qitiladi va buning sababi - 30 o'quvchining hammasi matematik bo'lishi uchun emas. Balki bu fan ularda aynan siz aytgan "Fikrlash", mantiqiy Fikrlashni o'rgatar??
Erkin fikrlash haqidagi so'zlar ham boyagi iboraga mos desa bo'ladi. Bolada ijodkorlik xususiyatini o'stirish o'qituvchi vazifalarining bittasi. Bu hozirgi ta'lim tizimida yomon yo'lga qo'yilmagan.
Shablonlarga kelsak, izlagan albatta topadi. Shablon bo'yicha ishlamoqchimisiz? Marhamat, tiqilib yotibdi. Lekin undan foydalanishni xohlamasangiz, hech kim zo'rlayotgani yo'q.
To'g'ri, bizda ta'lim tizimi "mukammal" deyishdan ancha yiroqman. O'zimni kuzatishimdan kelib chiqsam, bunga asosiy sabab - mentalitetimiz. Bunga hozirgi 15-25 yoshlar orasidagi avloddan ham ko'ra ulardan bir pog'ona yuqoridagilarga to'g'ri keladigan "ayb" kattaroqqa o'xshab qoldi. Bunaqasiyam hamma zamonlarda bo'lgan. Har doim insoniyat bir narsadan norozi :)

Qayd etilgan


lolo  04 Yanvar 2008, 23:38:41

Tarih fani nima uchun kerak?
1. Tarihda bolgan voqealarni (kopgina hollarda urushlar- qiziq holat nimagadir urushlar tinchlik vaqtlari kam) sanalari yodlashlikdan iborat
2. Tarihda otgan buuyuk insonlarni qilgan ishlaridan ibrat olishlikni organish.
Jamiyatimizda biz foydalanayotgan har bir narsa o'zining tarixiga ega. Har bir narsaning tarixini bilishning zarari yo'q, ammo buni bilmaslik esa bilimsizlik hisoblanadi. Tarixdagi urushlar, yoki o'sha davr madaniy, siyosiy ahvoli va hokazolar odamning dunyoqarashini ancha shakllantiradi.

Qayd etilgan


Imron  05 Yanvar 2008, 00:57:04

Тарихнинг дунё ва охират учун фойда бсладиганини срганинглар, биродарларим. Қиёмат куни бизга берилган снг улуғ неъматлардан бири - вақтдан, съни умрдан, уни нималарга сарфлаганимиздан ҳам ссраламиз.

Qayd etilgan