Umumiy bo'lim > Madaniyat

So'zlashish madaniyati

Sahifalar: (1/5) > >>

Foniy:

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda so'zlashish madaniyati, odoblari,.. haqida fikrlashamiz.

Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
So'zda sehr bor, she'rda esa hikmat.

Kishining go'zalligi - uning tilidan bilinur.

Sizlarning yaxshilaringiz - xushxulq, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa og'zini to'ldirib, ezmalik ila ko'p gapiruvchilaringizdir.

Odamlar bilan xushmuomala bo'linglar. Odamlarga qattiqqo'llik qilib behayo so'zlamanglar!


Amina:

Umuman olganda suzlashuv madaniyati  kishilarda tassurot qoldirishning eng muhim belgisi hisoblanadi. kishilar bilan muloqot qilish jarayonida har bitta gapni uylab gapirish kerak.Iloji boricha kuproq xushmuomala bolish kerak. Ayrim "muomalaga tushunmaydigan insonlar" yonida esa iloji boricha suzlamay turish ma`qulroq. Kop gapirishdan kora oz suzlash foydali. yoki sukut saqlash am kishining obruyiga katta ta`sir kursatsa ajab emasa.

Robiya:

" Senga nimaiki demasinlar, hech kim bilan, xuddi uning sen bilan so'zlashishga haqqi yo'qday, gaplashma "  Qadimgi Misr hikmati

 Chindan ham so'zlashuvda manmanlik qilgan kishi o'z suhbatdoshi uchun noqulayliklar tug'diradi. Suhbat jarayonida hammaga teng nazar bilan qarash kerak.

lolo:

Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug' qasri ustunlaridan biri bu so'zlashishdir. So'zlashishning qimmatbaho gavhari esa muloyimlik va odobdir. Axloq arkining yuqorisida o'tiruvchilarning aytishicha, insoniyatning kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so'zlash bo'lib, bu bog'ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarlarigina yoza oladi. Til har bir aql sohibi fazilati xazinasi kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so'zlari orqali ma'lum bo'ladi.

Har kim kam so'zlasa yaxshidir so'zi,
Undayin kishida inson fazli bor.
Behuda so'zlovchi palid zabondir,
Ko'p so'zda ko'p ma'no bo'lmaydi zinhor.

Bir kishi bir hakimning ziyoratiga bordi, hakimning yonida behuda so'zlarni haddan ziyod so'zladi va nihoyat u o'z so'zlarini: "endi so'zlashni bas qilay" deb yakunlagan edi, hakim unga shunday javob qaytardi: "Y'oq, sen so'z so'zlaganing yo'q!"

Behuda so'zlarni so'z deb bo'lmaydi,
So'z ulki, eshitgan olsin bir foyda.
So'zlasang, so'zingni ko'p uzoq qilma,
Malollik yetadi uzaygan joyda!

P.S. So'zlashda besabab va bemavridlik kaliti bilan takallum qulfini ochmaslik lozimki, so'z gavhari to'g'ri va aniq bo'lsa-da, bevaqt va bemahal aytilsa idrok bozorining gavharshunoslari nazarida e'tibordan chetda qoladi va hech kim uni eshitishga rag'bat qilmaydi.

Robiya:

Jahonni ko’p ko’rgan keksa suhandon,
O’ylab ko’rib, so’ngra so’z boshlar ravon.
O’ylamasdan so’zga dam urma hecham,
Soz so’zlagil,kechroq so’zlasang ne g’am.
Yaxshi o’ylab, so’ngra so’zga ur nafas,
To’xtat suhbatdoshing demasidan "œbas",
Nutqi — la hayvondan ajralur inson,
Puch so’zlasa undan yaxshidir hayvon.




Sahifalar: (1/5) > >>

Go to full version