Muallif Mavzu: So'zlashish madaniyati  ( 33465 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shuhrat_

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 701
  • -oldi: 658
  • Xabarlar: 705
  • Jins: Erkak
  • Shuhrat Mamadaliyev.
Re: So'zlashish madaniyati
« Javob #15 : 23 Avgust 2011, 00:48:11 »
Oqil bo`lsang so`z aytmagin
navbat berilmagan yerda
Baribir borar joyimiz qora tuproq qabr,
insonga azaldan azizdir umr,
dunyo lazzati gohida ko`pu gohida kam,
boriga shukr qil,
yug`iga sabr!

Oymoma

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 121
  • -oldi: 153
  • Xabarlar: 122
  • Jins: Ayol
Re: So'zlashish madaniyati
« Javob #16 : 23 Avgust 2011, 04:06:23 »
   Assalomu alaykum, yuqorida telefon orqali sözlashish odobini juda chiroyli yoritib beribdilar, buning uchun tashakkur!

Bilishimcha hurmatli kishilar bilan, ota-ona, ustozlar bilan turib gaplashish odobdan.. Agar ular ötirgan xolda bölsa ikki tizzani tiragan (butunlay ötirmagan xolda) sözlashgan yaxshiroq.. Bu ularga ehtiromni bildiradi..
الحمد لله علي كل حال

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 673
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Re: So'zlashish madaniyati
« Javob #17 : 23 Avgust 2011, 04:34:52 »

                 :asl3:
 
Alisher Navoiyning "Mahbub- ul qulub" asarida til haqidagi fikrlar:
" Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz. Ko’p bemaza so’zlaydigan ezma kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshiylarcha baqirmog’i – eshakning bemahal hangramog’i. xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushushi mumkin bo’lgan g’am uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki, “nafasning joni bor…”
O’zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o’xshaydi. Baxt bag’ishlovchi toza ruh manbai ham til; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilini tiyolgan odam – donishmand, oqil; so’zga erk bergan odam – beandisha va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi; til bilan dil yaxshi bo’lsa, yana yaxsshi. Til bilan dil insondagi eng yaxshi a’zolardir. Bo’stonda gulsafsaar, gulg’uncha va rayhonlar eng yoqimli gullardir.
Odam tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzzalligi bilinadi. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir.
Til shirinligi ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa foydalidir . chuchuk til achchiqqa aylansaa, ko’pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa, harom bo’ladi. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam halvofurush kabi sevimlidir".

Soz'durki nishon berur o'likka jondin,
So'zdurki nishon berur jong'a jonondin.
Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Bilki guhari sharifroq yo'q ondin.


Dono xalqimizda "So'zdan so'zning farqi bor, o'ttiz ikki narxi bor" degan purma'no maqol bor. Suhbatlashish madaniyati insonning dunyoqarashidan kelib chiqadi deb o'ylayman. Shu o'rinda har bir so'zni kerakli o'rinda, kerakli joyda turli xil ishlatish kerak. Bu so'zlarni ishlatish ham eshituvching yoshiga , dunyoqarashiga, qabul qilishiga moslanmog'i darkor. So'zlashni bilgan inson tinglashni ham bilishi lozim.
Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: So'zlashish madaniyati
« Javob #18 : 25 Noyabr 2011, 22:54:51 »
Til birla dilning birligi,
Shudir yurakning hurligi.
Shudir irodang zo'rligi,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

Olgin Navoiydan madad,
Jomiyni sevgil beadad.
Sehri Fuzuliy toabad,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

Navoiydek rost so'zlagin,
Bobur kabi soz so'zlagin.
Bedil kabi oz so'zlagin,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

(Iqbol Nazariy)
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: So'zlashish madaniyati
« Javob #19 : 08 Dekabr 2011, 09:52:05 »
Gapni tonnalab olingu grammlab soting.

Gap qancha yaxshi bo'lsa, u shuncha qisqa bo'ladi.

Birov gapni yog'lab gapiradi, birov tikanak bog'lab gapiradi, ...odam gapni qay tarzda gapirganiga emas, nima deganiga qaralsa, durust bo'lar...

("Abdulla Qahhor hikmatlari"dan)
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 999
Javob: So'zlashish madaniyati
« Javob #20 : 13 Mart 2013, 17:22:10 »
menimcha har kim tinglash madaniyatini o'zida hosil qilib olsa so'zlashish ,madaniyati o'z-o'zidan shakllanaveradi

UZBEKIA

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 1
Javob: So'zlashish madaniyati
« Javob #21 : 25 Yanvar 2015, 23:26:16 »
Har bir inson ya'ni sharq farzandi o'zini sharqlik ekanligini unutmasa menimcha hamma narsa balansga tusharmidi...

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 285
  • -oldi: 372
  • Xabarlar: 309
  • Jins: Erkak
Javob: So'zlashish madaniyati
« Javob #22 : 02 Fevral 2015, 17:50:47 »
Shu yerda mening ham postim bo'lsin...

mantig'i bilan amal qilmasak, ortiqcha gapirmagan bo'lamiz, balki.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Javob: So'zlashish madaniyati
« Javob #23 : 08 Fevral 2015, 17:36:25 »
Биров билан суҳбатлашаётганда телефонини унисини босиб бунисини босиб, қўлида ўйнаб ўтириш гапираётган одамга катта беҳурматлик айниқса ота онани олдида ўтирган пайтда. «Буниси албатта сўзлашиш эмас эшитиш маданияти » :-D
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Rahmatnoma


AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Javob: So'zlashish madaniyati
« Javob #24 : 16 May 2018, 02:26:50 »
So'zlashish madaniyatining eng chiroylisi o'rni kelganda jim turish bo'lsa kerak )))
Never say "never"

 

Bilim olish madaniyati

Muallif shoirBo'lim Madaniyat

Javoblar: 26
Ko'rilgan: 23456
So'nggi javob 21 Iyun 2009, 19:17:45
muallifi Abdullah_Hayrullah
Kiyinish madaniyati

Muallif MargilanetsBo'lim Madaniyat

Javoblar: 128
Ko'rilgan: 73052
So'nggi javob 27 Aprel 2012, 17:00:25
muallifi Ansora
Axloqning bir bo‘lagi yoxud mobil telefondan foydalanish madaniyati

Muallif Ulugbek-UzBo'lim Madaniyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 8525
So'nggi javob 19 Sentyabr 2008, 21:48:39
muallifi Mr.Twister
O'zbek madaniyati haqida yangi blog

Muallif uzbekguyBo'lim Madaniyat

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5856
So'nggi javob 22 Oktyabr 2008, 22:47:19
muallifi ZUBAIR
Ovqatlanish madaniyati

Muallif HabibBo'lim Salomatlik

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 17832
So'nggi javob 16 Fevral 2011, 21:27:27
muallifi yoqutxon