Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 505637 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 20 B


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:46:31

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 101-110

Adabiyot
101. Noza: "œAlvido qurol" asari muallifi kim?
Javob: Ernest Xeminguey. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Musiqa
102. Noza: Torli kvartet musiqa asbobining otasi hisoblanadigan kompozitor kim?
Javob:  Frans Yozef Gaydn Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

San'at
103. Noza: Lyudvig Van Betxovenning "œQahramonlik simfoniyasi" asari kimga bag’ishlangan?
Javob: Napoleon Banopartga bag'ishlangan. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Futbol
104. Jadid: Fransiyaning eng qari futbol klubi qaysi?
Javob: Gavr shahrining "Gavr" futbol klubi. Hozirda ikkinchi divizionda o'ynaydi. 1872 yilda tashkil etilgan. Bekmirzo 5 ball; Jadid 1 ball.

Futbol
105. Jadid: "Kattanachio" deb nima ataladi? (futbolda)
Javob: Bu umumlashgan himoya bilan, gol urish bilan kontaratakaga o'tishdir. Buni Italiyaliklar ishlab chiqqan. AbdulAziz 5 ball; Jadid 1 ball.

Tarix
106. Jadid: "Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi" asari muallifi kim?
Javob: Herman Vamberi. Kumushbibi 5 ball; Jadid 1 ball.

Topishmoq
107. Jadid: "...1970-yili kosmosda qora yulduz paydo bo`ldi..." Gap nima haqida bormoqda? (Ba`zi tinish belgilarini ishlatmadim, yo`qsa javobi oson bilinib qoladi)
Javob: Gap futbol qiroli Pelening AQShning "Kosmos" jamoasiga o`tishi haqida bormoqda. Jadid 1 ball.

Tarix
108. Jadid: Dunyoda birinchi imperiyaga asos solgan podsho kim?
Javob: Doro II. Jadid 3 ball.

Aforizm
109. Jadid: "Moskva - Osiyoning go`zal poytaxti" deb ta`kidlagan mashhur shaxs kim?
Javob: Fransiya imperatori Napaleon Banopart. Jadid 1 ball.

Tarix
110. Feruza: O'zining so'nggi kunlarini Muqaddas Yelena orolida o'tkazgan buyuk imperator kim?
Javob: Napoleon Bonapart. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:46:50

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 111-120

Matematika
111. Feruza: Zamonaviy matematika asoschilari kimlar?
Javob: Ingliz olimi Isaak Nyuton va nemis olimi Leybnits. Feruza 1 ball.

Futbol
112. Otabek: O'zbekiston Oliy Ligasidagi "To'palang" jamoasi qaysi viloyat sharafini himoya qiladi?
Javob: Sariosiyo, Surxondaryo viloyati. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
113. Otabek: "Kal'cho"... Ushbu so'z qaysi davlat chempionatiga nisbatan ishlatiladi?
Javob: Italiya. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
114. Otabek: Karlos Valderrama o'z vaqtida qaysi terma jamoada to'p surgan?
Javob: Kolumbiya. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Ekologiya
115. Muxbir: Chekuvchilar soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadigan davlat qaysi?
Javob: Nauru davlati bo'lib, aholisning 54 %i kashandadir (61 % erkaklar, 47 % ayollar). Manba: Jahon sog'likni saqlash tashkiloti (World Health Organization). Mohinur 5 ball; Muxbir 1 ball.

Biologiya
116. Muxbir: Dendrologiya fani nimani o'rganadi?
Javob: Qadimiy o'simliklarni. Kumushbibi 5 ball; Muxbir 1 ball.

English
117. Muxbir: Choose the appropriate name for animal young. For ex. cat-kitten; dog-pup, puppy, whelp; sheep lamb;
bear-...; camel-...; goat-...; kangaroo-...; rabbit-...?
Answer: bear-cub; camel-calf, colt; goat-kid; kangaroo-joey; rabbit-bunny. Kumushbibi 5 ball; Muxbir 1 ball.

Kino
118. Muxbir: 1995-2003-yillarda eng yaxshi film nominatsiyasi bo'yicha Oskar mukofotini qo'lgan kiritgan filmlar qaysi?
Javob: 1995 - "Sheryurak" ("Braveheart"). 1996 - "Inglizcha qanoat" ("The English Patient"). 1997- "Titanik" ("Titanic"). 1998 - "Shekspir sevgisi" ("Shakespeare in Love"). 1999 - "Amerikacha go'zallik" ("American Beauty"). 2000 - "Gladiator" ("Gladiator"). 2001 - "Tafakkur o'yinlari" ("A Beautiful Mind"). 2002 - "Chikago" ("Chicago"). 2003 - "Uzuklar qiroli: Qirolning qaytishi" ("The Lord of the Rings: The Return of the King"). Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Futbol
119. Jadid: 1960-yil 4-aprel kuni "Paxtakor" jamoasi SSSR chempionatlari tarixidagi ajoyib rekord sohibi bo`ldi. Gap nima haqida bormoqda?
Javob: 1960-yil, 4-aprel kuni "Paxtakor" jamoasi SSSR Chempionatlari tarixidagi ajoyib antirekordni qayd etishgan. Ular bir uchrashuvda o`z darvozalariga uch bor gol urib qoyishgan. Jadid 1 ball.

Musiqa
120. Noza: "œSaksafon" musiqiy asbobini o’ylab topgan shaxs?
Javob: Belgiyalik Adolf Saks tomonidan 1840-yilda kashf qilingan. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:47:10

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 121-130

Tarix
121. Noza: Respublikamizda eng birinchi tashkil etilgan xiyobonning nomi va u nechanchi yilda tashkil etilgan?
Javob: O’zbekiston Xalq Xiyoboni. 1977 yilda barpo qilingan. Noza 3 ball.

Ajoyibotlar
122. Noza: Sayyoramizdagi eng keng ko’cha qaerda joylashgan?
Javob: Monumental Axis ko'chasi (Brazilia). Bu ko'chaning eni 250 metr, uzunligi esa 2,4 kilometr, 160 ta automashina yonma-yon yurishi mumkin. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

San'at
123. Noza: "œO’zbek maqomchilar ansambli" ning asoschisi kim?
Javob: Yunus Rajabiy. Mohinur 3 ball; Kumushbibi 2 ball; Noza 1 ball.

Fizika
124. Noza: Vaqtni to’g’ri ko’rsatadigan soat?
Javob: Xronometr. Qaysar 5 ball; Noza 1 ball.

Fan
125. Noza: Nurfologiya nima?
Javob: Buyrak xastaligini o’rganuvchi fan. Noza 1 ball.

Adabiyot
126. Noza:  "œGulliver"dagi uchuvchi orol nomi?
Javob: Laputa. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
127. Noza: "œSigaretalar poytaxti" nomini olgan shahar?
Javob: Binegen. Noza 3 ball.

Tibbiyot
128. Noza: Ilk plastik operatsiya qachon va qaerda o’tkazilgan?
Javob: 1814 yilda londonlik xirurg Jozef Karpyu tomonidan birinchi plastik operatsiya o'tkazilgan. Qaysar 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
129. Noza: Amur Temurning 4 farzandi?
Javob: Amir Temurning 4 ta o'g'li bo'lgan: 1. Muhammad Jahongir. 2. Umarshayx mirzo. 3. Mironshoh. 4. Shohruh mirzo. Feruza 5 ball; Noza 1 ball.

Futbol
130. Otabek: 90-yillarning oxirlarida qaysi terma jamoada Oliver ismli uch nafar futbolchi to'p surgan?
Javob: Germaniya. Assalom 5 ball; Otabek 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:47:43

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 131-140

Tilshunoslik
131. Bekmirzo: Inglizchada ayollarga nisbatan qo'llanadigan Mrs. qaysi so'zning qisqartma formasi?
Javob: Mistress. Kumushbibi 5 ball; Bekmirzo 1 ball.

Tilshunoslik
132. Bekmirzo: Ingliz tilida bitta so'z bor - barcha harflari alfavit tartibida izma-iz kelib yoziladigan eng uzun inglizcha so'z. Bu qaysi so'z?
Javob: Almost so'zi yozilganida harflari alfavit tartibi bo'yicha ketma-ket keladigan eng uzun Inglizcha so'z hisoblanadi. Kumushbibi 5 ball; Bekmirzo 1 ball.

Tarix
133. Assalom: Prezident bo'lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo'lga Amerika prezidenti kim?
Javob: Ronald Reygan. 50 dan ortiq filmda rol o'ynagan. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Islom tarixi
134. Assalom: Musulmonlikni qabul qilgan birinchi qul kim edi?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a. Behzodbek 5 ball; Assalom 1 ball.

Adabiyot
135. Assalom:  Rustamning sevgilisi ismi nima? ("œShohnoma"œ)
Javob: Taxmina. Mohinur 5 ball; Assalom 1 ball.

Astronomiya
136. Assalom:  Neptun sayyorasini kashf etgan olim?
Javob: Neptun sayyorasi 1845 yili fransiyalik olim Jan Jozef Laverye tomonidan kashf qilingan. Noza 5 ball; Assalom 1 ball.

Fizika
137. Assalom: Zelinskiyning olamshumul ixtirosi.
Javob: Gazniqob. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
138. Feruza: AQSH tarixida eng yosh prezident kim?
Javob: Teodor Ruzvelt. 42 yoshida prezident bo'lgan. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Astronomiya
139. Noza: Yulduzlarning halokatli to’qnashishi nima deb ataladi?
Javob: Kollaps. Noza 3 ball.

Kimyo
140. Noza: Eng mustaxkam modda?
Javob: Tellur. Noza 3 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:48:10

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 141-150

Musiqa
141. Noza: Odatda o’z qo’shiqlarini ijro etuvchi shoir-xonanda?
Javob: Bard. Noza 3 ball.

Atamashunoslik
142. Noza: "œSemiotika" nima?
Javob: Belgilarni o'rganuvchi fan. Maknuna 5 ball; Noza 1 ball.

Sonlar
143. Noza: 10 6 — Million; 10 9— Milliard; 10 51 - ?
Javob: Seksdetsillion. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
144. Noza: Dunyodagi eng katta vokzal?
Javob: Perronlar soni bo'yicha dunyodagi eng katta vokzal New Yorkdagi Grand Central Terminal eng katta vokzal hisoblanadi (33 gektar, bir vaqtni o'zida 1043 vagon joylashishi mumkin). Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
145. Noza: "œKomila" taxallusida ijod qilgan shoira?
Javob: Nodira. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Sport
146. Noza: Bil’yard o’yini qachon va qayerda kashf etilgan?
Javob: 1429 yilda Fransiyada. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
147. Noza: Galaktika markazidagi yulduzlar "œbuluti" nima deb ataladi?
Javob: Galo. Qaysar 5 ball; Noza 1 ball.

Sport
148. Noza: Basketbol o’yini qachon va kim tomonidan kashf etilgan?
Javob: 1891 yilda James Naismith omonidan kashf etilgan. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Siyosat
149. Muxbir: Daniya parlamenti qanday ataladi?
Javob: Folketing. Muxbir 1 ball.

Geografiya
150. Muxbir: Dunyodagi eng baland vulqon?
Javob: Kilimanjaro. Muxbir 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:48:35

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 151-160

Fizika
151. Muxbir: Galileo Galileyning mashhur ixtirosi.
Javob: Teleskop. Muxbir 1 ball.

Tarix
152. Muxbir: Rossiya Romanovlar sulolasining oxirgi vakili kim?
Javob: Nikolay II. Muxbir 1 ball.

Islom tarixi
153. AbdulAziz: Ka'batullohda Qur'oni karimni birinchi marta tilovat qilgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud r.a. Margilanets 5 ball

Islom
154. AbdulAziz: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Abu Bakr va Umarni Qur'oni karimda zikr etilgan payg'ambarlarga o'xshatganlar. Savol: Aynan qaysi payg'ambarga o'xshatganlar va nima uchun?
Javob: Hazrati Abu Bakrni Ibrohim a.s. ga muloyimliklari uchun, hazrati Umarni Muso a.s.ga cho'rtkesarligi uchun o'xshatganlar.  Margilanets 5 ball

Adabiyot
155. AbdulAziz: "œShum bola" qissasi 1936 yili "œMushtum" jurnalida qanday nom bilan bosilgan edi?
Javob: "œDovdirash". Shoir 5 ball

Jamiyatshunoslik
156. AbdulAziz: Hozirgi kunda qochoqlarga eng ko'p boshpana bergan davlat qaysi?
Javob: Eron. Afg'oniston va Iroqlik 1 868 000 kishiga boshpana bergan. Manba: BMTning qochoqlar bo'yicha oliy komissarligi (UN High Commissioner for Refugees (UNHCR). Bekmirzo 5 ball

Mifologoya
157. AbdulAziz: Qadimgi greklarning uyqu xudosi kim? Uni rimliklar qanday atashar edi?
Javob: Gipnoz (rimliklarda Somnus). Kumushbibi 5 ball

San'at
158. AbdulAziz: 22 yoshida "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist", 27 yoshida "Xalq artisti" unvonini olgan buyuk o'zbek san'atkori kim?
Javob: Botir Zokirov. Bekmirzo 5 ball
 
Iqtisod
159. Assalom: Butan davlatining pul birligi?
Javob: Ngultrum. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Aholishunoslik
160. Assalom: Musulmonlar eng ko'p yashaydigan davlat qaysi?
Javob: Indoneziya. 182,2 million musulmon istiqomat qiladi. Manba: Britannica Encyclopedia. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:48:56

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 161-170

Iqtisod
161. Assalom: Germaniya, Kanada, Hindistonning eng boy kishilari kim?
Javob: Germaniyaning eng boy kishisi - Karl Albrecht, 18.5 mlrd.$ mablag'i bor; Kanadaning eng boy kishisi - Kenneth Thomson va oilasi, 17.9 mlrd. $; Hindistonning eng boy kishisi - Lakshmi Mittal, 25 mlrd $. Manba: Forbes jurnali. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Iqtisod
162. Assalom: Jahonning eng yosh milliarderi kim?
Javob: Germaniyalik Albert von Thurn und Taxis 21 yoshda. Uning mablag'i: 2 mlrd. $. Manba: Forbes jurnali. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Sport
163. Assalom: Birinchi olimpiada o'yinlari qachon va qayerda o'tkazilgan?
Javob: Eramizdan avvalgi 776 yilda Gretsiyaning Olimp tog'ida o'tkazilgan. Maknuna 3 ball; Muxbir 2 ball; Assalom 1 ball.

Kino
164. AbdulAziz: Berlin xalqaro film festivalida 2000-2004 yillarda g'olib bo'lgan filmlarni toping.
Javob: 2000 - Magnolia (United States); 2001 - Intimite (Intimacy) (France); 2002 - Sen To Chihiro No Kamikakushi (Spirited Away) (Japan) (cowinners) Bloody Sunday (United Kingdom); 2003 - In This World (United Kingdom); 2004 - Gegen Die Wand (Germany). Maknuna 5 ball

Musiqa
165. AbdulAziz: Bill Klintonning ijro etadigan sevimli musiqa asbobi?
Javob: Bill Klinton AQSh prezidentlari ichida yagona - saksafon chala oladigan san'atkordir. Feruza 5 ball

Astronomiya
166. Muxbir: Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Uni Sharqda qanday nomlar bilan atashadi?
Javob: Merkuriy. Uni Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu deb atashgan. Noza 3 ball; Maknuna 2 ball; Muxbir 1 ball.

English
167. Muxbir: Choose the appropriate collective names for animals. For ex. Cats-clowder, clutter; Dogs - litter, kennel.
Foxes-? Horses-? Lions-? Monkeys-? Sheep-?
Answer Foxes - leash, skulk; Horses - pair, team, herd, stable; Lions - pride; Monkeys - troop; Sheep - drove, flock. Kumushbibi 5 ball; Muxbir 1 ball.

Din tarixi
168. Muxbir: Xristianlikka o'tgan birinchi Rim imperatori?
Javob: Konstantin (274-337). AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

TV tarixi
169. Muxbir: Televideniyeda chiqish qilgan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Franklin Delano Ruzvelt 1939 yil aprelda TVda chiqqan. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
170. Muxbir: Misrdagi Asvon to'g'oni va Nil daryosini bog'laydigan Nasser ko'li kimning nomiga qo'yilgan?
Javob: 1956-1970 yillarda Misr prezidenti bo'lgan Jamol Abdul Nosir.  Mohinur 5 ball; Muxbir 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:49:15

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 171-180

Geografiya
171. Feruza: Aniq soatlar mamlakati qaysi?
Javob:  Shveysariya. AbdulAziz: 5 ball; Feruza 1 ball.

Biologiya
172. Feruza: 16-asrda mikroskopni yaratgan olim kim?
Javob:  Mikroskop 1590 yili daniyalik Zaharias Jannsen tomonidan kashf qilingan. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
173. Feruza: Boburiylar sulolasidan bo'lgan bu shoh davrida imperiya inqirozga yuz tutgan, bu shaxsning qilgan ishlari oldin yuritilgan siyosatga "bolta urgan". Ga kim haqida ketmoqda?
Javob:  Avrangzeb. Margilanets 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
174. AbdulAziz: Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" asarining asl nomi nima edi?
Javob: "La commedia" ("Komediya") bo'lgan. 1555 yili nashr qilinganda unga "ilohiy" so'zi qo'shib qo'yilgan. Bekmirzo 5 ball

Geografiya
175. AbdulAziz: Dunyodagi eng chuqur botiq - O'lik dengizligini bilamiz. Bu dengiz dengiz sathidan 408 metr pastda joylashgan. Savol: O'lik dengizidan keyin qaysi botiq eng chuqur hisoblanadi?
Javob: Turfon botig'i (Shinjon, Xitoy). Dengiz sathidan 154 metr pastda joylashgan. Mohinur 5 ball

Siyosat
176. AbdulAziz: 1940-yili maktab yoshidagi bola AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga 10 dollar so'rab xat yo'llaydi. U keyin mashhur siyosatchi bo'lib yetishadi. Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Kuba yetakchisi Fidel Kastro (1926 yilda tug'ilgan). Bekmirzo 5 ball

Tarix
177. AbdulAziz: Rim imperatori Gay Yuliy Sezar o'zining mashhur "Keldim. Ko'rdim. G'alaba qozondim!" iqtibosini qachon va nima munosabat bilan aytgan?
Javob: Eramizdan avvalgi 47 yili Kichik Osiyo hukmdori Pontiy ustidan qozongan tezkor g'alabasi munosabati bilan aytgan. Bekmirzo 5 ball

Tibbiyot
178. AbdulAziz: Sharqda Jolinus nomi bilan mashhur bo'lgan qadimgi yunon fizigi, tabibi kim?
Javob: Galen (129-199). Feruza 5 ball.

Geografiya
179. Feruza: O'z vaqtida Sevardning "Muz qutisi" deb atalgan joy qayer?
Javob: Alyaska. Maknuna 5 ball; Feruza 1 ball.

Fizika
180. AbdulAziz: Rim katolik cherkovi tomonidan o'ldirilgan mashhur italian fizigi va astronomi? Birinchi termometrni yasagan olim?
Javob: Galileo Galiley (1564-1642). Kumushbibi 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:49:43

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 181-190

Islom tarixi
181. AbdulAziz: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. tomonidan jannatiyligi bashorat qilingan 10 sahoba kimlar? ("Ash'arai mubashshara")
Javob: Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Abrurahmon ibn Avf, Talja ibn Ubaydulloh, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn al-Jarroh. Qaysar 3 ball; Margilanets 2 ball.

Geografiya
182. AbdulAziz: Dunyodagi eng baland sharshara qaysi davlatda joylashgan. Uning balandligi qancha?
Javob: Ahxel sharsharasi Venesuelada, 979 metr. Feruza 5 ball.

Siyosat
183. AbdulAziz: Sobiq AQSh prezidenti Hillari Klintonning yoshlikdagi orzusi ... bo'lish edi. U bu haqda yordam so'rab, shu soha tashkilotiga yozganda, ular "qizlardan ... chiqmaydi" deb javob qilishadi. Gap qaysi soha haqida ketmoqda?
Javob: Hillari Klinton yoshligida NASAga "qanday qilib astronavt bo'lish mumkin?" deb xat yozadi. Ular esa "qizlardan astronavt chiqmaydi", deb javob berishadi. Feruza 5 ball.

Biologiya
184. AbdulAziz: "Biologiya" so'zini birinchi bo'lib qo'llagan va fanga kiritgan olim kim?
Javob: Fransuz botanigi Jan-Batist Lamark (1744-1829). Feruza 5 ball

Musiqa
185. AbdulAziz: 20 ta farzandning otasi bo'lgan (birinchi xotinidan 7 ta, ikkinchisidan 13 ta) mashhur mumtoz bastakor (kompozitor) kim?
Javob: Iogann Sebastyan Bax (1685-1750). Bekmirzo 5 ball

Tarix
186. AbdulAziz: Sobiq SSSR yetakchisi Yozef Stalinning yoshlikdagi laqabi nima bo'lgan?
Javob Koba. Koba - Gruziya mustaqilligi uchun kurashgan xalq qahramoni bo'lib, Stalin maktab davrida u haqda qiziqib o'qiydi. Keyinchalik o'z tengqurlaridan uni Koba deb atashlarini talab qiladi. Feruza 5 ball

Astronomiya
187. AbdulAziz: Yupiterning eng katta yo'ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
Javob: Ganimed. 1610 yilda kashf qilingan, diametri 5262 km ni tashkil etadi. Feruza 5 ball

Islom tarixi
188. AbdulAziz: Har bir musulmon bilishi shart bo'lgan savol: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning 5 ta ajdodlarini sanang.
Javob: Muhammad ibn Abdulloh - Abdulloh ibn Abdulmutallib - Abdulmutallib ibn Hoshim - Hoshim ibn Abdumannof - Abdumannof ibn Qusay - Qusay ibn Murra - ... - Ismoil ibn Ibrohim alayhissalom. Maknuna 5 ball

Geografiya
189. AbdulAziz: Balandligi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadigan cho'qqi qaysi?
Javob: K2 (Godvin Osten tog'i), Xitoy - Jammu va Kashmirda joylashgan, balandligi 8611 metr. Feruza 5 ball

Topishmoq
190. Margilanets: Ovqat qilayotganda qozonga birinchi nima tushadi?
Javob: Nazar. Feruza 5 ball; Margilanets 1ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:50:00

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 191-200

Topishmoq
191. Margilanets: Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo'lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?
Javob: Sartarosh. AbdulAziz 5 ball; Margilanets 1 ball.

Geografiya
192. AbdulAziz: Afrika, Antarktida, Osiyo, Evropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Janubiy Amerikaning eng baland cho'qqilarini aniqlang.
Javob: Kilimanjaro, 5895 metr (Afrika); Vinson Massif, 4897 metr (Antarktida); Everest, 8850 metr (Osiyo); Elbrus, 5642 metr (Evropa); Mak Kinli, 6194 metr (Shimoliy Amerika); Jaya, 5030 metr (Okeaniya); Cierro Akonkagua, 6960 metr (Janubiy Amerika). Bekmirzo 5 ball

Sport
193. AbdulAziz: Muz hokkeyi bo'yicha birinchi jahon chempionati qachon o'tkazilgan? Unda qaysi davlatlar medallar sovrindori bo'lishgan?
Javob: 1920 yilda Belgiyaning Antwerpen sharida o'tkazilgan. Unda Kanada - oltin, AQSh - kumush, Chexoslavakiya - bronza medalini qo'lga kiritgan. Bekmirzo 5 ball

Tarix
194. Muxbir: AQShning yollanib o'ldirilgan ikkinchi prezidenti kim?
Javob: Jeyms Garfild. 1881 yil, 4 mart kuni prezident bo'ladi. 1881 yil, 19 sentabr kuni o'ldiriladi.  Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Siyosat
195. Muxbir: Kanada tarixidagi eng yosh bosh vazir kim?
Javob: Jo Klark, 39 yoshida bosh vazir bo'lgan. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Tarix
196. Muxbir: Oq Uyda yashagan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Jon Adams (1797-1801 yillarda prezidentlik qilgan). Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
197. Noza: Dunyodagi eng tez yurar poezd qaerda?
Javob: Dunyodagi eng tez yurar poezd Frantsiyada . u TGV deb ataladi, 200 km ni 1 soatda bosib o’tadi. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
198. Noza: Sayyoralar orasida bir sayyora bor, uning yo’ldoshlari shu sayyoraga juda yaqinligi bilan mashhur. U qaysi sayyora?
Javob: Marsning 2 yo'ldoshi - Fobos va Demos. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Botanika
199. Noza: Quyoshning yerdagi yo’ldoshi deb nom olgan o’simlik?
Javob: Kungaboqar. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
200. Noza: Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?
Javob: Dunyoning Elektr tarmog'iga ulangan eng birinchi tramvay liniyasi 1881 yil 16 mayda Berlin shahridagi Lichterfelde degan rayonda ishga tushiriladi. Unda Werner von Siemens (shu nomli firmaning asoschisi) tomonidan qurilgan, uzunligi 4,3 metr bo'lgan vagonlar 2,5 kilometr bo'lgan masofada 20 km/h tezlikda yurishadi. Bu tramvaylar 5 PS - 5 ot kuchiga ega bo'lishgan. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Qayd etilgan