Muallif Mavzu: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 375314 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #105 : 10 Sentyabr 2007, 02:27:06 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 271-280

271. Islom tarixida birinchi marta imom va muazzinlarga maosh belgilagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

272. Islom tarixida birinchi marta qattiq hajviya yozganlarni jazolagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

273. Islom tarixida birinchi marta ayollar ismini she'rlarda madh etishni ta'qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

274. Islom tarixida birinchi marta "Nikohi mu'ta"ni ta'qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

275. Islom tarixida birinchi ayol qullarni sotishni ta'qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

276. Islom tarixida birinchi marta Madinadagi Rasululloh masjidlarini kengaytirgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.

277. Halifalar ichida eng ko'p halifalik qilgani kim?
Javob: Hazrati Usmon ra.

278. Halifalar ichida eng boyi kim edi?
Javob: Hazrati Usmon r.a.

279. Islom tarixida birinchi marta Alloh yo'lida hijrat qilgan sahoba kim?
Javob: Hazrati Usmon r.a.

280. Islom tarixida birinchi bo'lib "Amiral-muslimiyn" nomiga sazovor bo'lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Jahsh r.a.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #106 : 10 Sentyabr 2007, 02:27:26 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 281-290

281. Yaqinda sport statistikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar antiqa ma’lumotlarga ko‘ra, shu bugunga qadar o‘tkazilgan barcha qishki Olimpiada o‘yinlarida qaysi qit’a davlatlaridan hech bir sportchi g‘olib bo‘lmagan?
Javob: Afrika.

282. Ushbu mamlakatda 706 million ishchi kuchi mavjud. Bu esa butun Yevropa ahlidan uch, Shimoliy va Janubiy Amerika qit’alari aholisidan ikki barobar ko‘p demakdir. Gap qaysi mamlakat haqida ketyapti?
Javob: Xitoy.

283. Aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar qaysi davlatda yashaydilar?
Javob: Olimlar lyuksemburgliklarni, aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar deb topishdi. Qiziqarlisi, sayyoramizdagi eng saxiy kishilar ham mazkur davlat fuqarolari sanalarkan.

284. Dunyodagi eng iste’dodli kishilar  qaysi yurt fuqarolari? Bu yurtning har million fuqarosiga uch nafar Nobel mukofoti sovrindori to‘g‘ri kelishi bunga yaqqol misol bo‘la olar ekan.
Javob: Irlandiya.

285. Tili eng uzun hayvon qaysi?
Javob: Jirafa nafaqat bo‘yi, balki tili ham eng uzun hayvonlardan biri bo‘lib, tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning naz­dida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.

286. Qish va yoz chillalari qaysi oydan boshlanadi va qancha davom etadi?
Javob: Qish chillasi 25 dekabrdan 6 fevralgacha. Yoz chillasi 25 iyundan 6 avgustgacha.

287. Abu Nasr Forobiy Arastuning qaysi mashhur asariga sharh yozgan?
Javob: Metafizika. Ma'lumotlarga ko'ra, Ibn Sino bu asarni 11 marta o'qib tushunmagan, keyinchalik esa Forobiyning sharhidan so'ng hammasiga tushungan.

288. Dunyo tarixida birinchi bosh vazir ayol kim?
Javob: Sirimavo Bandrananke 1960 yilda Shri Lankada bosh vazir bo'lgan.

289. Yilning eng uzun va qisqa kunlari qaysi kunga to'g'ri keladi?
Javob: Eng uzun kun 21-22 mart. Eng qisqa kun 22 dekabr.

290. Ularning har ikkisi ham hokimiyat tepasiga 44 yoshda kelgan. 52 yoshida Rossiyaga hujum qilgan. Ularning tug'ilishi va hokimiyat tepasiga kelishida 129 yil farq bor. Har ikkalasi ham Rossiyadan mag'lub bo'lgan. Gap kimlar haqida ketyapti?
Javob: Napoleon va Gitler.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #107 : 10 Sentyabr 2007, 02:27:37 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 291-300

291. Hijriy-qamariy yil hisobining birinchi oyi qaysi?
Javob: Muharram.

292. Islom konferensiyasi tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat masalalari qo'mitasi (ISESCO) tomonidan 2007 yilda jahonning 4 ta shahri Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilindi. Bular orasida Toshkent ham bor. Qolgan 3 ta shahar qaysi?
Javob: Liviya poytahti Tripoli shahri, Senegal poytahti Dakar va Marokashning uchunchi yirik shahri bo'lgan Fez shaharlari bu nomga sazovor bo'lishdi.

293. Yurtimizning 3 ta shahrida Ulug'bek madrasasi mavjud. Ular qaysilar?
Javob: Samarqand, G'ijduvon, Buxoro.

294. Yurtimizning 2 ta shahrida Ko'kaldosh madrasasi mavjud. Ular qaysilar?
Javob: Toshkent va Buxoroda.

295. Samarqanddagi Registon maydoniga kim asos solgan?
Javob: Mirzo Ulug'bek.

296. Alisher Navoiy qaysi shaharda dunyoga kelgan?
Javob: Hirotda.

297. Toshkent metrosining nechta stansiyasi mavjud va qaysilar?
Javob: Hozirda 3 liniyada 29 ta stansiya ishlayapti.

298. Dunyodagi eng baland teleminora qaysi?
Javob: Kanadadagi CN Tower teleminorasi. Balandligi 553 metr.

299. Angliyada kutubxonalardan eng ko'p o'g'irlanadigan kitob qaysi?
Javob: Ginnessning rekordlar kitobi.

300. BMT tomonidan yashash uchun eng qulay mamlakat deya tan olingan davlat qaysi?
Javob: Kanada.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #108 : 10 Sentyabr 2007, 02:27:54 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 301-310

301. Adolf Gitler yozgan mashhur kitob qaysi?
Javob: Mein kampf (Mening kurashim).

302. "Junglidan kelgan odam" degan ma'noni anglatuvchi hayvon nomi?
Javob: Orangutan.

303. Qaysi AQSh prezidenti o'zini mudofaa qilishlaridan (ohrana) voz kechgan edi?
Javob: Richard Nikson.

304. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell nima uchun o'z onasi va xotiniga biron marta ham telefon qilmagan?
Javob: Bellning onasi va xotini tug'ma kar bo'lishgan.

305. Dastlab o'z onasini, ona o'limidan 3 yil so'ng o'z xotini o'ldirishga buyurgan, Rimga o't qo'ygan va oxir-oqibat o'zini o'ldirgan Rim imperatori kim edi?
Javob: Neron.

306. Abort qilishga va fohishaxonalarga rasman ruxsat berilgan yagona musulmon davlati qaysi?
Javob: Tunis.

307. 1983 yilda bironta ham odam tug'ilmagan dunyodagi yagona davlat qaysi?
Javob: Vatikan.

308. Leonardo da Vinchi aslida hayotda qaysi kasb bilan shug'ullangan?
Javob: Harbiy-injener.

309. 1979 yil 18 fevralda Sahroi kabir tarixida bo'lmagan voqea yuz berdi. O'shanda qanday hodisa yuz bergandi?
Javob: Qor yoqqan.

310. Bu sayyoraning ekvatorial diametri 143884 km ni tashkil etadi. Uning massasi Yernikidan 318 baravar og'ir. Gap qaysi sayyora haqida ketyapti?
Javob: Yupiter.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #109 : 10 Sentyabr 2007, 02:28:06 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 311-320

311. 1799 yili Napoleon Bonapart tomonidan 10 kunlik motam e'lon qilingan va butun Fransiya motam tutgan edi. O'shanda qaysi mashhur shaxs vafot etgan edi?
Javob: Jorj Vashington.

312. Undan foydalanishni arablar 7 asrning ikkinchi yarmida boshladilar. Yevropaliklarga bu g'aroyib mahsulot 13-14 asrlarda ma'lum bo'ldi. 17 asrda Yevropada uni keng iste'mol qila boshlashdi. Gap nima haqda ketayapti?   
Javob: Kofe.

313. "Liliput" so'zi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Jonatan Sviftning Gulliverning sayoxatlari asarida asar qahramoni Liliputiya mamlakatiga borib qoladi. U yerning aholisi mitti odamlar bo'ladi.

314. AQSh prezidentlari ichida eng kam muddat hokimiyatni boshqargani kim?
Javob: Villiam Garrison. U innaguratsiyadan 1 oy o'tib, pnevmaniyadan vafot etadi.

315. Bu hayvonni yevropaliklar birinchi marta ko'rganda "tuyapard" deyishgan, ya'ni tuya va leopardning gibridi. Aslida bu hayvon qaysi edi?
Javob: Jirafa.

316. 4 yoshida Qur'oni karimni to'la yod olgan olim kim?
Javob: Ibn Sino.

317. Yaponlar bu ichmlikni zaharga tenglashtirishgan. Bu ichimlik qaysi?
Javob: Sovuq choy, yaponlarni tekshiruvlariga ko'ra, issiq choydagi foydali moddalar, sovib qolganida inson uchun zararli bo'lgan moddaga aylanarkan.

318. Bu rus adibi 6 yoshida fransuz, nemis, ingliz tillarida gaplashgan. Bu kim?
Javob: Tolstoy.

319. “Oliv'ye” salati qaerdan kelib chiqqan?
Javob: “Olive” salatini XIX asrning 60-yillarida frantsuz oshpazi Lyusen Olive kashf qilgan. Lyusen Parijdagi eng obro‘li restoranlardan birining xo‘jayini edi. Restoranning eng mashhur taomi ham aynan “Olive” salati edi. Salat retseptini Lyusen Olive to o‘limiga qadar sir saqladi. Shunga qaramasdan, 1904 yili salatning retsepti qayta kashf etildi. Salatning tarkibi quyidagicha edi: 2 ta bulduruq qushi, buzoq tili, tuzlangan qora ikra, salat bargi, 25 ta qaynatilgan qisqichbaqa, yarim banka pikuli sabzavoti, yarim banka soya, 2 ta bodring, kavar, 5 ta tuxum.

320. “Napoleon” torti tarixini bilasizmi?
Javob: 1912 yili Moskvada Napoleon Bonapartning Rossiyadan quvilishi katta tantana bilan nishonlandi. Bu yubiley munosabati bilan turli pishiriqlar dasturxonga taqdim etildi. Bu yerda yangi pishiriq ham paydo bo‘lgandi. Krem bilan bezatilgan, Napoleonning mashhur shlyapasini eslatuvchi, uchburchak ko‘rinishli tort ko‘pchilikning e’tiborini tortgandi. O‘shanda hamma bu tortni Napoleon nomi bilan atagandi. Garchi hozirda bu pishiriq to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lsa-da, hamon “Napoleon” nomi bilan ataladi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #110 : 10 Sentyabr 2007, 02:28:18 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 321-330

321. Birinchi marta Umid burnini kim aylanib o‘tgan?
Javob: Bartolomeo Dias.

322. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni “Katta Bill” deb atashgan?
Javob: AQSh prezidentlari ichida eng og‘ir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning og‘irligi 352 funt bo‘lganligi bois uni “Katta Bill” deb atashardi. Shuning uchun ham prezident uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun mazsus eshik, og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina tennis o‘ynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft so‘nggi prezident sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.

323. Birinchi marta “Qahramon ona” ordenini kimga berishgan?
Javob: “Qahramon ona” fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944 yilning 27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar “Qahramon ona”lar ichida 1-raqamli orden Moskva viloyatining Mamontoka qishlog‘ida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bo‘lishgan. 1-raqamli orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya a’zolari topilmagan. Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bo‘lishgan. Anna ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Ko‘pfarzandli onani Moskvadan qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan. Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.

324. Pomidorning vatani qayer?
Javob: Braziliya.

325. Kofening vatani qayer?
Javob: Efiopiya.

326. Qaysi golland dengizchisi Avstraliya va Okeaniyani, Tasmaniyaning janubiy va sharqiy qirg‘oqlarini kashf qilgan va Yangi Zelandiyaga yetib borgan?
Javob: Abel Tasman.

327. Prezidentligi vaqtida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti kim?
Javob: Prezidendlik muddati paytida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti Uliss Grantdir. AQShning 17-prezidenti o‘z otida tezlikni oshirgani uchun 20 dollar miqdorida jarimaga tortilgan.

328. 1913 yili avtomobilsozlikda konveyerlar paydo bo‘ldi. Uning kashfiyotchisi kim?
Javob: Genry Ford.

329. Asl ismi Lesli Lanch King bo‘lgan AQSh prezidenti kim?
Javob: AQShning 38-prezidenti Gerald R. Ford.

330. Eng uzun mo'ylov, eng uzun tirnoq kabi bema'ni rekordlar mualliflari qaysi davlat fuqarolaridir?
Javob: Hindiston.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #111 : 10 Sentyabr 2007, 02:28:39 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 331-340

331. Eng uzoq umr ko’rish bo’yicha qaysi davlat aholisi birinchi o’rinda turadi?
Javob: Andorra.

332. O’zbekistonda aholini ro’yxatga olish birinchi marta qaysi yili amalga oshirilgan?
Javob: 1865 yili.

333. Grekchadan “binafsha” degan ma’noni anglatuvchi modda?
Javob: Yod.

334. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?
Javob: Rentgen nurini kashf qilgan olim - Rentgen.

335. Professor unvonini olgan birinchi o’zbek olimi kim?
Javob: Abdurauf Fitrat.

336. Pashshada 19 ta, olmaxonda 22 ta, bo’rida 42 ta, kitda 60, quyonda 28ta, shilliqqurtda 25 000 ta. Bu nima?
Javob: Tish.

337. Dunyoda eng birinchi tramvay qaerda paydo bo’lgan?
Javob: 1832 yili Nyu yorkda ot qo'sgilgan tramvaylar paydo bo'lgan.

338. Interpolga kim asos solgan?
Javob: Monako shahzodasi Albert.

339. O’tgan asrlarda bolta Rossiyada qaysi kasb egalarini ramzi hisoblangan?
Javob: O't o'chiruvchilar.

340. Norma Jin Bekker qaysi mashhur aktrisaning haqiqiy ismi?
Javob: Merilin Monro.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #112 : 10 Sentyabr 2007, 02:28:52 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 341-350

341. Odam organizmidagi eng kuchli muskul qaysi muskil hisoblanadi?
Javob: Til.

342. O’zbek maqomchilar ansamblining asoshisci kim?
Javob: Yunus Rajabiy.

343. Komila taxallusi bilan ijod qilgan shoira kim?
Javob: Nodirabegim.

344. 22 yoshida “O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist”, 27 yoshida “Xalq artisti” nomini olgan buyuk o’zbek sana’tkori kim?
Javob: Botir Zokirov.

345. Yagona saksafon chala oladigan AQSH prezidenti kim?
Javob: Bill Klinton.

346. “Hijron” tahallusi bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy.

347. Spartada bu turdagi erkaklar eng past toifa erkak sifatida qaralgan. Bular qanday erkaklar edi?
Javob: Bo'ydoqlar.

348. Eng uzoq vaqt suvsiz yashay  oladigan jonzot?
Javob: Kalamush.

349. Yura olmaydigan qush qaysi?
Javob: Kolibri.

350. Injilda faqatgina bitta uy hayvoni haqida aytilmagan, bu qaysi hayvon?
Javob: Mushuk.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #113 : 10 Sentyabr 2007, 02:29:06 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 351-360

351. Kenguru – qanday qilib bu nomni olganini tarixini bilasizmi?
Javob: Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan “Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi g‘alati hayvon nima?” deb so‘rashgan, ular esa “Kenguru” deya javob berishgan. Bu so‘z “Tushunmaymiz”, degan ma’noni anglatadi.

352. Boshqa davlatlar bilan eng ko'p chegaradosh mamlakat  qaysi?
Javob: Xitoy.

353. Dunyodagi barcha mamlakatlar orasida reklama uchun mablag' sarflaydigan davlat qaysi?
Javob: AQSh.

354. Xitoyda 90 millionta kishini bog’lab turuvchi narsa bor. Bu narsa nima?
Javob: Li familiya egalari.

355. AQSh prezidentlari orasida eng bo’yi pasi va eng novchasi kim bo’lgan?
Javob: Eng bo'yi uzuni Linkoln, pasti Medison.

356. Servantes bilan Shekspirni hayotida bir kunda bir yilda bir hil voqea bo’lib o’tgan. Bu qanday voqea?
Javob: Ikkalasi ham bir kunda – 1616 yil 23 aprelda vafot etishgan.

357. Nobel mukofoti har yili qaysi kuni topshiriladi va marosimning aynan shu kuni o’tkazilishining sababi bilasizmi?
Javob: 10 dekabr, Nobel vafot etgan kun.

358. Dunyodagi 1-chi afisha qartda paydo bo’lgan?
Javob: Fransiya.

359. Billiard o’yini qaerda kashf  etilgan?
Javob: Xitoy.

360. Futbol bo’yicha I-chi Jahon chemoionati qachon va qaerda bo’lib o’tgan?
Javob: 1930 yil 13-30 iyulda Urugvayda.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #114 : 10 Sentyabr 2007, 02:29:20 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 361-370

361. Silvio Gazzani  jahon futboliga bir ish qilib katta hissa qo’shgan. U nima ish qilgan?
Javob: Italiyalik zargar jaxon chempionati kubogi oltin mabudani yaratgan.

362. Eng mitti davlat qaysi?
Javob: Vatikan.

363. Dunyodagi eng tez (minutiga 350 ta so`z) gapiradigan millat qaysi?
Javob: Fransuzlar.

364. Suvdan qo'rqish kasalligi qanday nomlanadi?
Javob: Gidrofobiya.

365. Dunyoda eng ko'p tarqalgan ism qaysi?
Javob: Muhammad.

366. Koala ayig'i kuniga necha soat uxlaydi?
Javob: 22 soat.

367. Oyga inson qadami nechanchi yilda qo'yildi?
Javob: 1969 yil, Nil Armstrong.

368. Insondan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Fil.

369. Qondagi zararli moddalarni tozalaydigan inson a'zosi qaysi?
Javob: Jigar.

370. Qadimgi Rimda agar bemor operatsiya paytida o'lsa, shifokorga qanday jazo berilgan?
Javob: Qo'lini kesib tashlashgan.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #115 : 10 Sentyabr 2007, 02:29:39 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 371-380

371. Pivo ichish bo'yicha qaysi davlat birinchi o'rinda turadi?
Javob: Chexiya.

372. Fransiyada qanday tasvirli qo'g'irchoqlar sotilishi taqiqlangan?
Javob: O'zga sayyoraliklar tasvirli qo'g'irchoqlar.

373. Qaysi shaharda Pinokkioga haykal o'rnatilgan?
Javob: Italiyaning Kollodi shahrida.

374. Qaysi hayvonlar ko'zi ochiq holda uxlaydilar?
Javob: Bo'ri va delfinlar.

375. Dunyo davlatlari bayroqlarida eng ko'p tasvirlangan hayvon qaysi?
Javob: Sher.

376. Italiya milliy bayrog'i kim tomonidan yaratilgan?
Javob: Napoleon.

377. Birinchi bo'lib qaysi davlatda jamoat joylarida sigaret chekish taqiqlangan?
Javob: Irlandiyada.

378. Samo jismlarining ellips orbita bo’ylab harakat qilishini  Keplerdan ancha oldin kim aytgan?
Javob: Beruniy.

379. “Qonun” asari olti asr mobaynida Fransiya va Italiya universitetlari tibbiyot fakultetlarida asosiy darslik bo’lib hizmat qilgan. Bu asar muallifi kim?
Javob: Abu Ali ibn Sino.

380. Bluetooth moslamasi qayerda ilk bor ishlab chiqarilgan?
Javob: Daniyada.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #116 : 10 Sentyabr 2007, 02:29:51 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 381-390

381. Inson yuragi bir yilda necha marta uradi?
Javob: 42 000 000 marta uradi.

382. Inson terisi har yili necha marta yangilanadi?
Javob: 3 marta.

383. Qaysi fransuz qiroli Quyoshli qirol nomi bilan mashhur bo'lgan?
Javob: Lyudovik 14.

384. Albert Eyshteynning vafoti paytida aytgan so'zlari u bilan birga qabrga ketgan. Nima uchun uning so'nggi so'zlarin saqlanib qolmagan?
Javob: Chunki Enshteyn nemis bo'lgan. Uni gapini tushunishmagan.

385. AQShning qaysi mashhur kishisi mamlakatning milliy ramzi sifatida kurka tovuq tayinlanishifa tarafdor bo'lgan?
Javob: Benjamin Franklin.

386. Insonning qaysi a'zosi kuniga 2 tonnaga yaqin qonni haydaydi?
Javob: Yurak.

387. Dunyodagi eng birinchi dorixona qachon va qayerda ochilgan?
Javob: Bag'dodda. 1000 yilda.

388. Rus knyazlari orasida birinchi bo'lib podshoh (Царь) unvoniga ega bo'lgan shaxs kim?
Javob: Ivan Grozniy.

389. U Italiyada - qirol, Ispaniyada - qirolning akasi, Germaniyada - protektor (homiy, himoyachi), Shveytsariyada - mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bo’lgan. gap kim haqida ketayapti?
Javob: Napoleon.

390. Viktor Gyugoning fikricha, qaroqchi va halol inson o'rtasida tinchlik o'rnatishning buyuk vositasi bor. Bu nima?
Javob: Pul.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #117 : 10 Sentyabr 2007, 02:30:07 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 391-400

391. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko'p qahva iste'mol qiladiganlar kimlar?
Javob: Shvedlar.

392. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o'yinni o'ynash uchun sigar qutisi va shampan vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo'lgan o'yin qaysi?
Javob: Stol tennisi.

393. Samuraylarning o'zini tutish kodeksi (qonun-qoidasi) nima deb ataladi?
Javob: Busido.

394. Yer sayyorasidan 330 marotaba katta. Gap nima haqida ketayapti?
Javob: Quyosh.

395. Mendeleyev oilada nechanchi farzand bo'lgan?
Javob: 17-chi.

396. Dunyoda bolalar salmog'i eng kam va eng ko'p bo'lgan mamlakatlar qaysi?
Javob: Germaniya-Keniya.

397. Dunyoda qariyalar salmog'i eng kam va eng ko'p bo'lgan mamlakatlar qaysi?
Javob: Qariyalar soni Shvesiyada esa eng ko'p (24 foiz) va Quvaytda eng kam (2 foiz) dir.

398. Dunyoning qaysi davlatlarida aholini ro'yxatga olish o'tkazilmagan?
Javob: Yaman va Qatar

399. 1918-1919 yildagi bu epidemiyadan AQSH va Yevropada 20 mln odam nobud bo’lgan. Gap qaysi kasallik haqida ketayapti?
Javob: Gripp.

400. Ma’muriy markazi Littl york bo’lgan bu AQSH shtati 1836-yil 15-iyunda 25-shtat deb e’lon qilindi?
Javob: Arkanzas
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #118 : 10 Sentyabr 2007, 02:30:21 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 401-410

401. 1945-yil 15-iyunda ingliz xarbiylari ushbu xind siyosatchisini ozod qilishdi?
Javob: Javaharla'l Neru.

402. 1999-yil 15-iyun Belgiyada kimyoviy moddalari ko’pligi uchun bu salqin ichimlikni sotish taqiqlab qo’yildi?
Javob: Coca-cola.

403. San-fransiskodagi “Oltin darvozalar” ko’pigini o’lim ko’prigi deb xam atashadi. Buning sababi nimada?
Javob: Ko'prikdan ko'pchilik o'zini tashlab vafot etadi.

404. 1885-yil 17-iyulda Fransiya sovg’asi sifatida AQSHga uni olib kelishdi?
Javob: Ozodlik haykali.

405. Yunon mifologiyasida aks sado ma’budasi?
Javob: Exo.

406. Yer shari iqlimlari tavsifini o’rganuvchi fan?
Javob: Klimatologiya.

407. Teador Ruzveltning xotini va onasi o’lgan kuni biz qaysi avliyoni yodga olamiz?
Javob: Avliyo Valentin.

408. “O’zbekfilm” kinostuditosi oldin qanday nomlangan?
Javob: 1925 yili "Sharq Yulduzi" nomi bilan tashkil etilgan.

409. Titanik filmida eng ko’p ishlatilgan so’z qaysi?
Javob: Rouz (Rose) so'zi.

410. Vashingtonda joylashgan bu bino 1800-yil 4-iyunda qurib bitkazildi?
Javob: Oq Uy.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #119 : 10 Sentyabr 2007, 02:30:46 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 411-420

411. 2007-yil 7-oyning 7-kunida ularning yangi talqini aniqlandi?
Javob: Dunyoning yangi yetti mo'jizasi.

412. Marakaybo ko’li qaysi davlat xududida joylashgan?
Javob: Venesuelada.

413. Asl isni Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf Ibn Zakiy Muayyad bo'lgan xamsanavis shoir kim?
Javob: Nizomiy Ganjaviy.

414. 1703-yil 27-mayda u Sankt-Peterburgga asos soldi?
Javob: Pyotr I.

415. Mashxurligi bo'yicha Pepsi va Koladan keyin 3-o'rinda turuvchi salqin ichimlik qaysi?
Javob: Fanta.

416. Bu so'z lotincha "vita" so'zidan olingan bo'lib, hayot degan ma'noni bildiradi?
Javob: Vitamin.

417. Bu so'zni lotinchadan tarjima qilsak "zaxar" degan ma'noni bildiradi?
Javob: Virus.

418. Hozirgacha eng ko'p saxnalashtirilgan  personaj kim?
Javob: Sherlok Xolms.

419. U olimpiada chempioni va olimpiadaning eri bo'lgan?
Javob: Filipp II.

420. Amerikaliklar xazillashib krestdan ko'ra sariq rangdagi bir xarfni ko'proq ko'rganmiz deyishadi. Bu lotin alifbosidagi qaysi xarf va u nimani bildiradi?
Javob: M (MacDonalds).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!

Muallif VаrzikiyBo'lim Intellekt

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 91096
So'nggi javob 30 Oktyabr 2018, 12:37:57
muallifi Majidov Murodjon
Ko'chirildi: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Darsxona

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8463
So'nggi javob 28 Aprel 2009, 07:44:59
muallifi AbdulAziz
Qiziqarli savol- javoblar :)

Muallif Mr.ZIBo'lim Intellekt

Javoblar: 204
Ko'rilgan: 114091
So'nggi javob 11 Avgust 2010, 13:58:34
muallifi Y_U_R_I_S_T
Windows operatsion tizimi bo`yicha savol-javoblar

Muallif MaxCmdBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 111
Ko'rilgan: 63151
So'nggi javob 01 Oktyabr 2013, 10:42:13
muallifi UlugbekFergana
Turli xildagi programmalar bo`yicha savol-javoblar

Muallif MaxCmdBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 84
Ko'rilgan: 59278
So'nggi javob 27 Dekabr 2012, 19:58:25
muallifi Abdulhafizaka