Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 379942 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 20 B


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:31:13

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 421-430

421. Ispaniya La-ligasining 1-chempioni qaysi jamoa bo'lgan?
Javob: Barselona.

422. Dunyodagi rangli dengizlarning soni nechta?
Javob: 4 ta: Qizil dengiz, Oq dengiz, Sariq dengiz, Qora dengiz.

423. Serra-Leone davlati bilan O'zbekiston bayrog'i deyarli bir xil. Bu bayroqlarni qaysi rang ajratib turadi?
Javob: Syerra Leone bayrog'ida ko'k rang tepada, qizil chiqiq, Oy, yulduzlar yo'q.

424. Daltoniklar asosan qaysi 2ta rangni ajrata olishmaydi?
Javob: Yashil va Qizil.

425. Quruqlikda yashovchi eng yirik yirtqich xayvon qaysi?
Javob: Oq ayiq.

426. AQSHning ushbu prezidenti "Derringer"  rusumli to'pponchadan otib o'ldirilgan. Bu qaysi president?
Javob: Avraam Linkoln.

427. AQSHning Nebraska shtatining  markaziga qaysi prezidentning  nomi berilgan?
Javob: Linkoln.

428. Qaysi osmon jismi "adashib qo'lgan yulduz" degan ma'noni bildiradi?
Javob: Planeta.

429. Yangi yilni 1-bo'lib, qaysi arxipelagda kutib olishadi?
Javob: Fiji.

430. Bu so'zni arabchadan tarjima qilsak "shirinlik" degan ma'no kelib chiqadi?
Javob: Holva.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:31:26

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 431-440

431. Qaysi oyga Rim imperatori Oktavianning nomi berilgan?
Javob: Avgust.

432. Sezar  boshiga Lavr gulchambarini taqib yurishining sababi nimada?
Javob: Sochi to'kilayotganini yashirish uchun.

433. Bu davlatda sportga juda katta e'tibor beriladi. Mamlakatda148ta stadion, 4700ta sport zali, 128ta suv kompleksi,1842ta TIR, 21000ta o'yin maydoni mavjud. Bu davlatning poytaxti qaysi shaxar?
Javob: Toshkent.

434. Dunyodagi eng keng sharshara Kon sharsharasi xisoblanadi. Ushbu sharshara Osiyo qit'asidagi qaysi davlatda joylashgan?
Javob: Laos.

435. Rasululloh s.a.v. uch xil narsadan bosh tortmaslikni buyurganlar. Ya'ni sizlarga taqdim yoki hadya qilingan uch narsadan. Bular nima?
Javob: Sut, mushk, yostiq.

436. Rasululloh s.a.v. insonning tanasini nimaga va uning boshini nimaga o'xshatganlar?
Javob: nsonning tanasini Iymonga, uning boshini esa sabrga o'hshatganlar.

437. Irlandiyada asosan pivo ishlab chiqaruvchi korhona direktori bo'lgan H'yu Biveru dunyoga mashhur kitobga asos solgan bu qaysi kitob?
Javob: Ginnesning rekordlar kitobi.

438. Musulmonlar orasidan eng birinchi ko'tariladigan narsa va oxiri qoladigan narsa nima?
Javob: Qiyomat yaqinlashgan sari mo'minlar orasida hush'u yo'qoladi namozni esa surati qoladi.Hushusiz namoz faqat suratdagina namoz bo'ladi.

439. Allohning yakkaligiga va Muhammad s.a.v. Allohning rasuli ekanliklariga maxfiy ravishda iymon keltirgan inson kim edi?
Javob: Najoshiy.

440. Qur'oni karimning bir surasining har bir oyati arab alifbosidagi "Yo"(Y) harfi bilan tugagan. Bu surani nomini toping.
Javob: "Al-Layl" surasi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:31:38

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 441-450

441. Qur'oni karimning bir surasining har bir oyatida "Alloh" lafzi kelgan. Bu sura qaysi?
Javob: Mujodala surasi.

442. Manbalardan bizga ma'lumki, Umar ibn Xattob r.a. halifalik davrilarida va keyingi halifalar zamonida Ko'fa shahri fuqorolari noroziliklar va shikoyatlar qilishda birinchi o'rinda bo'lishgan. Umar ibn Xattob r.a. davrlarida shikoyat va norozilikar bo'yicha "Ikkinchi Ko'fa" degan nomni olgan shahar qaysi?
Javob: Shom viloyatining Xims shahri.

443. "Tirik shahid" laqabini olgan sahobiy kim? Bu sahobiy ushbu laqabni qaysi g'azotda olganlar?
Javob: "œKim o‘lganidan keayin xam yerda yurgan kishini ko‘rmoqligi xursand qilsa, bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin." (Muhammad Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)dan. "Tirik shahid "qissasi esa Uhud jangida bo'lgan.

444. Abu Hurayra r.a.ning johiliyat davrida ismlari nima bo'lgan?
Javob: Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy.

445. Rasululloh s.a.v.ning ham amakilari, ham emikdoshlari bo'lgan sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

446. Rasululloh s.a.v. kimga, u iymon keltirganidan keyin ham,"meni ko'zimga ko'rinma",deganlar. Va o'zlari vafot etgunlaricha uning yuziga qaramaganlar. Bu kishi kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalibni qotili Vahshiy.

447. Shuhadolarning sayyidi, nomini olgan sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

448. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. qotili kim bo'lgan? U kimning quli bo'lgan?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttolibni qotillari ismi Vaxshiy bo'lib u Quraysh raislaridan biri Jubayr ibn Mut'imning quli edi.

449. Umar ibn Xattob r.a:"Ilmga liq to'la ko'zacha", degan ta'rifni qaysi sahobiyga nisbatan aytganlar?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

450. Abu Bakr Siddiq r.a.ning qizlari Ummu Gulsum qaysi sahobiyning zavjasi bo'lgan?
Javob: Talha ibn Ubaydullohning.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:31:51

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 451-460

451. Rasululloh s.a.v. bir sahobiy shahid bo'lganida, unga 70 marta janoza o'qiganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

452. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. kunyalari nima bo'lgan?
Javob: Abu Umora.

453. Rasululloh s.a.v.ning ashoblari orasidagi Qur'on hofizlari, bir hofizi Qur'onga:"Ichimizda Allohga eng yaqin bo'lgan hofizi Qur'on", deya ta'rif berishgan. Bu ulug' baxtning sohibi qaysi sahobiy bo'lgan?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

454. "Uning Islomi fath, hijrati nusrat va amirligi rahmat bo'ldi". Bu so'zlarni bir sahobiy boshqa bir sahobiyga nisbatan aytganlar. Bu ikki sahobiyni toping.
Javob: Bu so'zlar Umar r.a.ga nisbatan aytilgan.

455. Abu Hurayra r.a. kimni qo'llarida Islomni qabul qilganlar?
Javob: Tufayl ibn Amr.

456. AQShning 16- va 25-prezidentlari orasida qanday sirli bog‘liqlik bor?
Javob: AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1860 yili prezident bo‘ldi. 25-prezident Jon Kennedi esa 1960 yili prezidentlik vakolatini oldi. Bular orasi 100 yil, ularni o‘ldirgan qotillarning ham tug‘ilishi orasi 100 yildir. Ikala prezident ham juma kuni xotinlari ko‘z o‘ngida o‘ldirilgan. Kennedi va Linkolnning kotiblari ismi ham bir xil edi: Jonson. Qiziqarlisi ikala Jonsonning tug‘ilishi orasi ham 100 yil edi. Ikala kotib ham prezidentga o‘limi oldidan shu tadbirni qoldirishni maslahat bo‘rgan edi.

457. U katta plantator va quldor bo‘lgan edi. Filadelfiya Assambleyasi vaqtida (1787 yil) uning qo‘lida 216 nafar qul mavjud edi. Gap qaysi mashhur shaxs haqida ketayapti?
Javob: Jorj Vashington.

458. Qaysi Respublika 11ta  davlat tilliga ega?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz, afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.

459. Sayyoramizda "œeng ko’p mehnat qiluvchi halq" kimlar?
Javob: Ma'lum bo'lishicha yaponliklar sayyoramizda eng ko'p mexnat qiluvchi xalqdir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra har bir yaponlik yiliga o'rtacha 2096 soat ishlab chiqarishda band bo'lar ekan. Ikkinchi o'rinda - Shveysariya - 1966 soat, amerikalialar esa yiliga o'rtacha - 1909 soat ish bilan shug'illanib, dunyoda uchinchi o'rinni egallab turibdi.

460. Dunyoda eng ko’p ijro qilinadigan qo’shiq qaysi?
Javob: Haррy birthday to you.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:32:04

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 461-470

461. Qaysi Respublika 11ta  davlat tilliga ega?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz, afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.

462. Togo davlatida ayol kishiga qap otgan erkakka qanday jazo beriladi?
Javob: Togo davlatida ayol kishiga qap otgan erkak  unga uylanishga majbur bo’ladi.

463. Grek tilidan "œaqlsizlikni yomon ko’raman" degan ma’noni anglatuvchi soz?
Javob: Filosof (Faylasuf) so'zi.

464. Dunyodagi birinchi ovozli badiy film qaerda yaratilgan?
Javob: 1893 yil Amerikada "œDon Juan" filmi.

465. Dunyodagi birinchi kinoteatr qaerda ochilgan?
Javob: 1895 yil Parijda Konutsinov hiyobonidagi "œGrankafe" erto’lasida.

466. Ilk bor velopoygalar musobaqasi qaerda o’tkazilgan?
Javob: 1868 yil Parijda.

467. Mashhur yozuvchi Tohir Malikning "Murdalar gapirmaydilar" asarida keltirilgan futbolsevar insonning ismi nima?
Javob: Sarvar.

468. Bolalar adibi Hudoyberdi To'htaboyevni avtobiografik asari qaysi?
Javob: Besh bolali yigitcha.

469. Otasidan qolgan singillarini kelajagini o'ylab turmush ko'rgan ayolga uylangan sahobiy kim?
Javob: Jobir ibn Abdulloh.
   
470. Dunyoda Islom dinnidan so'ng ko'p insonlarni o'ziga ergashtirgan ikki din bor ular Nasoro dini hamda yahud dini bu ikki din vakillarining ham o'ziga hos musulmonlarnikidan ajralib turadigan salomlashish odatlari bor shu ularning o'zaro salomlashish odatlari qanday ekanligini bilasizmi?
Javob: Amr ibn Shuayb otasi orqali bobosidan rivoyat qiladi: Rosulullah sollallohu alayhi va sallam dedilar" "Bizdan boshqalarga o'zini o'xshatga bizdan emasdir. Yahud va nasoro(hristian)larga o'xshamanglar, yahudiylarning salomlashishi barmoqlar bilan ishora qilish, nasorolarning salomlashishi kaftlar bilan ishora qilish."

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:32:19

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 471-480

471. Dunyoda shunday davlat borki aholisi spirtli ichimliklarni isitib ichishadi. bu qaysi davlat?
Javob: Sake.

472. Lotin alifbosi xarflari: A,K,Q,J... Bu harflarni qayerda ko'rganingiz esingizga tushsa, yana 5ta yoki 9tasini yozing?
Javob: Bu xarflarni karta o'yinida ko'rgansiz. Qolgan 9 tasi 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10.

473. AQSh gazetalaridan birida shunday maqola chiqadi: "œMarsga uchib kelgan fazogirlar yerga qaytib kelishdi". Gazeta qaysi sanada chiqarilgan?
Javob: Bu gazeta 1-aprel kunida chiqarilgandi. Jurnalistlar hazillashib yozishgan.

474. Bu yunon olimi ilk bor yerning radiusini hisoblagan?
Javob: Eratosfen Kirenskiy.

475. Bu orollarning yarmi AQSHga, yarmi esa Buyuk Britaniyaga tegishli?
Javob: Virginiya orollari.

476. AQSHda 14-mart kuni qaysi bayram nishonlanadi? 
Javob: AQSHda shu kun PI(3.14) kuni deb e'lon qilingan.

477. Jon Lennonga Politsiyachilar sirenasi qaysi qo'shig'ini yaratishiga ilxom bergan?
Javob: Qo'shiqning nomi "Men Morjman" deb nomlanadi.

478. Bu mashxur yozuvchi 56-yoshida o'zining tu'g'ilgan kunida vafot etgan?
Javob: Uilyam Shekspir.

479. 1995-yil Yaponiya tarixida bu maxsulot guruchdan ko'ra ko'proq iste'mol qilingan?
Javob: Go'sht.

480. Oddiy askar Finipid  qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Marafon.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:32:34

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 481-490

481. Dunyodagi eng sovuq poytaxt shaxar qaysi?
Javob: Mo'g'iliston poytaxti Ulan-Bator.

482. Ulan-Batorda-Chingizxon, Varshavada-Shopen, Parijda-Sharl de Goll, Vashingtonda-Ronald Reygan. Gap nima xaqida ketayotganini bolgan bo'lsangiz RIMda kim ekanligini toping?
Javob: Bu shahardagi aeroportlarga mana shu insonlarning nomi berilgan. Rimda Leonardo Da Vinchi nomidagi aeroport mavjud.

483. Islomda eng birinchi tug'ilgan chaqaloq kim?
Javob: Ja'far ibn Abu Tolibning o'g'li.

484. AQSh prezidentlari qanday hayvonlarni boqishgan?
Jorj Vashington ...
Jon Adams ...
Abraxam Linkoln ...
V.Garrison ...
Teodor Ruzvelt ...
Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar ...?
Javob: AQShning ko‘p prezidentlari hayvonlarni boqishgan. Jorj Vashington — to‘tiqush, Jon Adams — alligator, Abraxam Linkoln — kurka, V.Garrison — echki, Teodor Ruzvelt — suvilon, Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar esa — zotdor itlar boqishgan.

485. AQSh tarixidagi yagona xorijlik birinchi xonim kim?
Javob: AQSh prezidentligi tarixida muxojirlardan ilk marta prezident Jon Adamsning xotini, asli angliyalik Luiza Jonson AQShning birinchi xonimi unvoniga sazovor bo‘lgan.

486. Dunyoda birinchi terish mashinkasini kim yasagan?
Javob: Peter Mitterxofer.

487. Elektr batareyasini kim kashf qilgan?
Javob: Alessandro Volta.

488. AQSh milliy bayramlaridan qaysi biri mamlakat tarixida «qora kun» bo‘lib saqlanib qolgan va nima uchun?
Javob: Amerikadagi eng katta milliy bayram — 4 iyul - Mustaqillik kunida mamlakatning ikkinchi, uchinchi va beshinchi prezidentlari (J.Adams, T.Jefferson, J.Monro) vafot etgan.

489. Birinchi marta qaerda plastik operatsiya o‘tkazilgan?
Javob: Qadimiy Misrda fir’avn chap oyog‘i barmog‘ini ulash uchun mo‘miyodan foydalanishgani haqida arxeologik ma’lumotlar mavjud. Ushbu plastik operatsiyada suyak va yog‘och bir-biriga ulangan. Fir’avn o‘limidan so‘ng uning sun’iy barmog‘i bilan birgalikda mo‘miyolangan va bu bizning davrimizgacha yaxshi saqlangan. Bu topilma jahon ilm maydonida katta sensatsiya bo‘ldi. Olimlar qadimiy Misrda hatto kosmetik operatsiyalyaar ham o‘tkazilmagan, deb hisoblardilar.

490. 13 yoshli Juletta Sara Berner necha yoshida o‘ynagandi?
Javob: 13 yashar Juletta rolini aktrisa Sara Berner 70 yoshida ijro etgandi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2007, 21:04:20

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 491-500

491. AQSh prezidentlari ro‘yxatida yagona katolik kim edi?
Javob: AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi AQSh prezidentlari ichida yagona katolikdir. AQShning boshqa prezidentlari protestantdir. Yana Jon Kennedi eng yosh AQSh prezidentlaridan biri sifatida ham mashhurdir. U 42 yoshida Qo‘shma Shtatlarni boshqargan.

492. O'zbekiston Respublikasining 3 so'mlik pulida qaysi obidaning rasmi bor?
Javob: Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasi.

493. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga:"Kunu tun, hohlagan vaqtingda mening xuzurimga kirishga senga ruxsat beraman", deb marhamat qilganlar. Bu gapni qaysi sahobiyga aytganlar?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

494. Rasululloh s.a.v.ning vafotlaridan payg'ambarlikni da'vo qilgan Musaylama kazzobni kim o'ldirgan?
Javob: Musaylama kazzobni Hamza ibn Abdumutallibni qotili Vahshiy o'ldirgan.

495. Futbol chempionati Italiyada "A" seriya,Angliyada -primer-liga,Ispaniyada - primero, Germaniyada - bundesliga, Gollandiyada - eredivizion, O'zbekistonda - oliy liga deb ataladi. Futbol chempionati Belgiyada qanday nomlanadi?
Javob: Jupiler League.

496. Futbol bo'yicha 1996 yilgi Osiyo Kubogi qaysi davlatda o'tkazilgan va finalda qaysi jamoalar to'qnash kelishgan?
Javob: BAA davlatida.F inalda Saudiya Arabistoni ve mezbonlar o'ynashgan. S.Arabistoni g'alaba qozongan.

497. Hozirda Angliyaning "Fulxem" klbida o'ynayotgan Rossiya terma jamoasi yarimhimoyachisi?
Javob: Aleksey Smertin.

498. Terek" futbol klubi qaysi davlat chempionatida qatnashadi?
Javob: Rossiya 1-ligasi.

499. Lui Xennepen qaysi sharsharani kashf qilgan?
Javob: Niagara.

500. AQShning eng kichik va eng katta shtatlari qaysi?
Javob: Eng kichik shtat - Rod Aylend. Eng katta shtat - Alyaska.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2007, 21:41:39

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 500-510

501. Tizza bo'g'imlari 4 ta bo'lgan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Fil.

502. Tomas Edison kolleksiyasida qaysi qushlardan 5000tasi bo'lgan?
Javob: To'tiqush.

503. Ekvador davlatinnig eng g'arbiy provinsiyasi qaysi hayvon nomi bilan ataladi?
Javob: Galapagos, toshbaqa.

504. Bulemiya qanday kasallik?
Javob: Ochofatlik kasalligi.

505. Futbol bo'yicha 2002 yilgi JCHda eng tezkor gol gol muallifi?
Javob: Bu gol Hakan Shukur tomonidan jahon chempionatida Koreya-Turkiya uchrashuvida Koreya darvozasiga 11 sekundda kiritilgan.

506. Tanasiga nisbatan eng katta miya qaysi jonivorga tegishli?
Javob: Chumoli.

507. Qaysi jonivorda rakka nisbatan immunitet mavjud?
Javob: Akula.

508. Ucha oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Ko'rshapalak.

509. Oynada o'zini taniy oladigan yagona hayvon qaysi?
Javob: Shimpanze.

510. Miyaning 80 foizi nimadan tashkil topgan?
Javob: Suv.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2007, 21:42:02

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 511-520

511. Janoza namozi necha rakaat?
Javob: Janoza namozi tikka turib o'qiladi. 4 takbirlidir.

512. Islomning shartlari nechta?
Javob: 5 ta: Kalimai shahodat, namoz, ro'za, haj va zakot.

513. Tahoratning farzlari qaysilar?
Javob: 4 ta: Qo'lini tirsaklarigacha yuvish, yuzini yuvish, boshning to'rtdan biriga mash tortish, oyoqni topuqlarigacha yuvish.

514. G'uslning farzlari nimalar?
Javob: 3 ta: Mazmaza (o'g'izga suv olib chayish), istinshoq (burunga suv olib chayish), badanning hamma joyiga suv tegizish.

515. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning ikkita qizlariga uylangan kim?
Javob: Hazrati usmon r.a.

516. Rasululloh SAVga hijrat payti cho'lda yo'l ko'rsatuvchi bo'lgan shaxs kim?
Javob: Suroqa ibn Molik.

517. Me'roj nima va bu kechada Payg'ambarimiz SAVning markablari nima edi?
Javob: Payg'ambarimiznng bir kechada uylaridan Masjidul aqsoga, so'ng samoga chiqqan kunlari. Markablari Buroq otidir.

518. Azonni tushida o'rgangan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Zayd.

519. Badr g'azotida musulmonlar qo'shini nechta edi va necha kishi shahid bo'lgan?
Javob: Musulmonlar qo'shini 300 ta edi, 14 kishi shahid bo'lgan.

520. Badr g'azotida mushriklar qo'shini qancha edi va qancha kofir o'ldirilgan?
Javob: Mushriklar qo'shini 1000 nafar edi, 70 kofir o'ldirilgan.

Qayd etilgan