Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 382714 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:44:57

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 721-730

721. Vafot etganda Rahmonning Arshi titragan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Muoz. r.a.

722. Shahid bo'lgandang so'ng farishtalar yuvgan sahobiy kim?
Javob: Hanzala r.a.

723. Payg'ambarimiz SAV qaysi sahobalarning orqasida namoz o'qiganlar?
Javob: Abu-Bakr Siddiq. Yana Abdurahmon ibn Avf r.a.ning ham orqalarida namoz o'qigan ekanlar.

724. Sahobalar bir-birlari bilan ko'rishganlarida va hayrlashayotganlarida qaysi surani o'qirdilar? Yordam: Imom Shofeiy bu sura haqida shunday degandilar: "Insonlarga dunyo va oxirat baxti uchun faqatgina ... surasi nozil etilganida ham yetardi."
Javob: Asr surasi.

725. Qubo masjidining Qur'ondagi nomi nima? Qaysi surada bu haqda bahs etiladi?
Javob: Munofiqlardan o‘n ikki kishi Abu Omir degan bir kofir kimsaning buyrug‘i bilan mo‘minlar orasini buzish niyatida masjid quradilar va musulmonlarga qarshi urushish uchun boshqa davlatlardan lashkar olib kelishga ketgan Abu Omirning yo‘liga ko‘z tutadilar. Ularning bu maqsadlari musulmonlarga ma’lum bo‘lib qolganidan keyin esa o‘z qilmishlaridan tonib, qasam ichadilar. Quyidagi oyatda Alloh payg‘ambariga bunday amr qiladi: 108. (Ey Muhammad), hech qachon u masjidda namozga turmang! Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa o‘zlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevar.
Taqvo asosiga qurilgan masjiddan murod Qubo masjidi ekan. Bu masjidni shuning uchun taqvo masjidi deyilar ekan.

726. Rasululloh SAV qaysi sahobiyga sir sifatida baz'i kimlarning munofiq ekanini bildirganlar?
Javob: Huzayfa ibn Yamoniy

727. Payg'amabarimiz salollohu alayhi vasallam tomonlaridan bizlarga qoldirilgan ikki omonat nima?
Javob: Qur'on va sunnat.

728. Yo hayot yo mamot, yo sharafli o'lim. Ushbu gapni qaysi tariqat asoschisi janga kirish oldidan aytgan?
Javob: Najmiddin Kubro, mo'g'ullarga qarshi jang oldidan.

729. Makkadan Madinaga eng birinchi hijrat qilgan sahobiy kim?
Javob: Abu Salama ibn Abdulasad r.a.

730. Qaysi tariqat asoschisi 63 yoshga to'lganda payg'ambar yoshiga yetdim, endi menga yashash gunoh deb er tagiga ya'ni g'orga kirib ketgan va aytishlaricha er tagida ham 30 yildan ortiq yashagan?
Javob: Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:48:14

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 731-740

731. Hazrati Hamza bilan Hazrati Umar r.a.lar nubuvvatning nechanchi yili, qaysi oyda Islomni qabul qilishgan? Va ularning Islomni qabul qilishlari orasida qancha vaqt o'tgan?
Javob: Bu ikki ulug' sahobiy Nubuvvatning oltinchi yili, Zulhijja oyida Islomni qabul qilganlar. Va ularning Islomga kirishlari orasida uch kun vaqt o'tgan.

732. Rasululloh sav arablar ichida yelkasi yerga tegmagan tengi yo'q pahlavonni ketma-ket uch marta yengganlar. Bu pahlavonni ismi nima edi?
Javob: Rukona ibn Abu Yazid.

733. Rasululloh sav,ning himoyalari uchun Abu Tolib Bani Hoshim va Bani Mutallib urug'larini yig'ib jiyanlari Muhammad sav himoya qilishga chaqirganida, ularni orasidagi mushriki ham, musulmoni ham jonu dillari bilan rozi bo'lishadi. Faqat bir kishi rozi bo'lmay Quraysh tomonga o'tib ketadi. Bu kim?
Javob: Abu Lahab.

734. Musulmonlarning Habashistonga ikkinchi hijratlari nubuvvatning nechanchi yili bo'lgan?
Javob: 7-yili.

735. Habashistonga qilingan ikkinchi hijratda necha sahobiylar ishtirok etgan?
Javob: 83 ta erkak va 18 ta ayol sahbiylar ishtirok etishgan. Jami 101 ta sahobiy. Manba: "Ar-rahiyqul maxtum', "Nurul yaqin", "Nurul basar".

736. Habashistonga ikkinchi marta hijrat qilgan musulmonlarni orqaga qaytarib olib kelish uchun qurayshiylar sovg'a salomlar bilan ikki kishini Najoshiy huzuriga jo'natishadi. Bu ikki kishi kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Robi'a va Amr ibn Os.

737. "Shaqqul qamar", ya'ni oy bo'linishi hodisasi nubuvvatning nechanchi yili bo'lgan?
Javob: 8-yili.

738. Bizga ma'lumki, Rasululloh savga va sahobiylarga ozor berish uchun ularni mushriklar uch yil qamal qilishgan. Amakilari Abu Tolib shu qamaldan qutulganlaridan keyin qancha vaqt o'tib vafot etgan?
Javob: Olti oy o'tgandan keyin.

739. Hazrati Hadicha r.a. bu qamaldan qutlganlaridan keyin qancha vaqt o'tib vafot etganlar?
Javob: Hazrati Hadicha r.a. uch yillik qamal tugagandan so'ng, 8 oy o'tib vafot etganlar.

740. Rasululloh sav Hazrati Hadicha r.a. vafotlaridan so'ng qancha vaqt o'tiganidan keyin, nubuvvatning nechanchi yili, qaysi oyida va kimga uylanganlar?
Javob: 1 oydan keyin, Nubuvvatning 10-yili, Shavvol oyida, Savda binti Zam'aga r.a. uylanganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:48:40

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 741-750

741. Do'zah necha qavatdan va har bir qavatning nomlari?
Javob: Hoviya, Jahm, Saqar, Lazo, Xutama, Sair, Jahannam

742. Jannat nechta va ularning nomlari?
Javob: 8 ta: Dorus - salom, Dorul - xuld, Jannat un -na'im, Jannat ul - a'din, Jannat ul - ma'vo, Jannat - Dorul Jalol, Jannat ul - Firdavs, Bog'i Eram.

743. "Marakana" stadionida to'p surgan birinchi o'zbek futbolchisi kim?
Javob: Birodar Abduraimov

744. Ashobi kirom orasida fiqhdagi ilm va darajalari bilan shuhrat topgan yetti sahobiy kim edi?
Javob: Hazrati Umar raziyallohu anhu, Ali raziyallohu anhu, Ibn Mas'ud raziyallohu anhu, Hazrati Oyisha raziyallohu anho, Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu.

745. U avvaliga Rasululloh SAV haqida hajviyalar yozdi. Keyin pushaymon bo'lib, Madinaga avf umidida keldi. Rasululloh s.a.v. huzurida musulmonlikni qabul etdi va Payg'ambar alayhissalomga atalgan mashhur "Burda" qasidasini o'qidi. Rasululloh s.a.v. mamnun bo'lib, egnilaridagi hirqani unga kiydirdilar. Bu mashhur shoir sahobiy kim?
Javob:  Shoir Ka’b ibn Zuhayr

746. U hasta onasining yonidan jilmagani sababli Payg'ambar alayhissalom bilan ko'risha olmadi. Shunday bo'lsa-da, Rasululloh SAV unga o'z hirqai saodatlarini vasiyat etdilar. Keyinroq hazrati Umar va hazrati Ali r.a. bu vasiyatni amalga oshirdilar. Hayotini zuhd va ibodat bilan o'tkazgan bu muborak zot kim?
Javob: Uvays  Al Qaroniy

747. Katta Badr g'azotida jang boshlanishida yakkama-yakka olishuvga mushriklardan Utba ibn Robia,  Shayba hamda o‘g‘li Validlar maydonga chiqishadi. Mahammad (SAV) ularga qarshi kimlarni maydonga chiqaradila?
Javob: Bu sahobiylar: Ubayda, Hamza va Ali rodiyallohu anhumlar edi

748. Ahli bayt deb kimlarga aytiladi?
Javob: Payg'ambarimiz SAVning oila a'zolariga nisbatan aytiladi.

749. Muallafai qulub deb kimlarga aytiladi?
Javob: Musulmon bo'lmasdan, qalblari islomga moil kimsalarga aytiladi.

750. Fosiq deb kimga aytiladi?
Javob: Kabira gunohni qilgan va sag'ira gunohlarni qilishda davom etayotgan kishiga.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:49:06

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 751-760

751. Karomat nima?
Javob: Alloh taoloning payg'ambaralardan boshqa valiy qullariga bergan marhamati, ularning qo'llari bilan amalga oshirilgan ishlar.

752. Dunyoda xalqi musulmon bo'lgan nechta davlat bor? Dunyodagi musulmonlarning soni qancha?
Javob: 46 ta davlat bor. Musulmonlar soni 1,5 milliarddan ortiqdir.

753. Zakot nima?
Javob: Boy bo'lgan musulmonning har yil o'z molidan 40/1 ini musuulmon yo'qsillarga berishi.

754. Zakot qachon farz bo'ldi? Zakot kimlarga berilmaydi?
Javob: Hijratning ikkijnchi yili (ro'zadan so'ng) farz qilindi. Zakot, ota, ona, bobo, buvilarga; o'g'il, qiz va nevaralarga, er va xotinga; zakot berishi shart bo'lgan kimsalarga, musulmon bo'lmagan faqirlarga, masjid, madrasa va shunga o'xsahagan inshootlar qurdirish va ta'mirtlash uchun zakot berilmaydi.

755. Necha gram oltin va kumushga zakot beriladi?
Javob: 80,18 gram oltinga va 661 gram kumushga zakot beriladi.

756. Dinimizga ko'ra musofir deb kimga aytiladi va musofirlikda farz namozlari qanday o'qiladi?
Javob: 15 kundan kop'roq kunga niyat qilib 90 kmdan ortiq joyga ketgan kishiga musofir deyiladi. Musofirlikda 4 rakaatlik farz namozlari ikki rakaat o'qiladi.

757. Qazo namozlari nima? Qaysi vaqtda qazo namozlari o'qilmaydi?
Javob: Vatida o'qilmagan besh vaqt namozni boshqa paytda o'qimoq. Qusyosh chiqishi, quyosh tikkaga kelishi, quyosh botishi paytida qazo namoz o'qilmaydi.

758. Janoza namozi kimlarga o'qilmaydi?
Javob: Chala va o'lik tug'ilgan chaqaloqlarga, bilib turib ota va onasini o'ldirgan qotillarga, qaroqchilarga, Allohga, Hazrati Payg'ambar SAVga, Qur'onga, Islomga qarshi chiqqanlarga janoza nakozi o'qilmaydi.

759. Tavakkul nima degani?
Javob: Bir ishni qilish uchun kerak bo'lgan moddiy va ma'naviy vasilalarning hammasini Allohga ishonib, unga topshirishdir.

760. Qarzi hasana nima?
Javob: Alloh rizosi uchun qarz berish.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:49:27

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 761-770

761. Ma'lum vaqt ichida sunnati ham qazo bo'ladigan namoz qaysi?
Javob: Bomdod namozi kun chiqishi bilan sunnati bilan birgalikda qazo bo'ladi.

762. Makka bilan Madina o'rtasidagi vodiyga nima deyiladi? Yasrib qaysi shaharning eski nomidir?
Javob: Makka bilan Madina o'rtasidagi vodiyga Hijoz deyiladi. Yasrib Madinaning avvalgi nomidir.

763. Tayyamum nima va u qachon buziladi?
Javob: Suv topilmagan paytda tahorat va g'usl uchun payg'ambara alayhissalom o'rgatgan tarzda tuproq bilan mash qilish tayammum deyiladi. Tayammum tahorat buzilganda, suv topilganda buziladi.

764. Rasuluoh SAV va u zotning do'stlari Makkada kimning uyida yashirincha to'planardilar?
Javob: Arqam r.a.ning uyida.

765. Qur'oni karim qaysi halifa davrida Mushaf holida to'plandi va qaysi halifa davrida ko'paytirilib taqatildi?
Javob: Hazrati Abu Bakr zamonida Mushaf holida to'plandi va hazrati Usmon davrida ko'paytirilib taqatildi.

766. Hijriy birinchi yil melodiydagi qaysi yilga to'g'ri keladi? Hijriy yil qaysi oydan boshlanadai va u necha kun?
Javob: Hijriy birinchi yil milodiy yil hisobida 622 yilga to'g'ri keladi. Hijriy yil Muharram oyidan boshlanadi, 354 kun.

767. Amali solih nima degani?
Javob: Allohning rizosi uchun qilingan hayrli amal, gunohlardan uzoq bo'lgan ish.

768. Jihod nima?
Javob: Musulmonlarning holati va imkoniyatiga ko'ra, Alloh yo'lida joni, moli, ilmi va kalomi bilan qilinadigan g'ayrat.

769. Makkadagi o'rtasida Ka'bai muazzama joylashgan jome' qaysi? Madinadagi rasulullohning qabri saodati joylashgan jomei sharifning nomi nima?
Javob: Makkadagi Masjidul Haramdir, Harami Sharif ham deyiladi. Madinadagi Masjidunn nabiydir. Harami Sharif va Masjidi Saodat ham deyiladi.

770. Payga'mbar SAV ilk bino etgan masjid qaysi?
Javob: Qubo masjidi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:49:54

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 771-780

771. Farishtalarning Allohga eng yaqin va buyuklari qaysilar?
Javob: Jabroil alayhissalom, Azroil alayhissalom, Mikoil alayhissalom, Isrofil alayhissalom.

772. Kiromin kotibin, Munkar va Nakir farishtalarining maqomi nima?
Javob: Kiromin kotibin farishtalari insonlarning savob va gunohlarini yozadilar. Munkar va Nakir qabrda savol-javob qiladigan farishtalardir.

773. Munofiq deb kimga aytiladi? Munofiqning alomatlari qaysi?
Javob: Musulmon ko'ringani holda kufrini va dushmanligini yashirgan kimsaga munofiq deyiladi. Alomatlari: so'zlasa yolg'on so'zlaydi, va'dasida turmaydi, omonatga xiyonat qiladi.

774. Madinada munofiqlarning boshlig'i kim edi?
Javob: Madina munofiqlarining boshlig'i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul edi.

775. Islom va shariat nima degani? 
Javob: Islom Allohning hukmiga va irodasiga taslim bo'lish degani. Shariat Haq yo'lidir, Islom nizomidir. Islom dinining bir-biridan ayrilmas qonunlari va prinsiplari shariat deyiladi.

776. Payg'ambarimiz SAV madinaga hijrat qilganlarida kimning uyiga tushdilar va u yerda qancha qoldilar?
Javob: Abu Ayyub Ansoriyning uyida 7 oyga yaqin qoldilar.

777. Rasululloh SAVga payg'ambarlik kelganining o'ninchi yili nima uchun huzun yili deb ataladi?
Javob: Chunki bu yili payg'ambarimiz SAVni himoya qilgan amakilari Abu Tolib vafot etdi. Uch kundan so'ng esa hazrati Hadicha oxirat diyoriga rixlat qildilar. Ikkalarining vafoti payg'ambarimiz SAVni qayg'uga soldi. Shuning uchun bu yil huzun (qayg'u) yili deb ataldi.

778. Fiqh nima degani?
Javob: Islom dini hukmlarini dalillar bilan o'rganadigan ilmdir.

779. Ka'ba atrofida yetti marta aylanib, ibodat qilishga nima deyiladi?
Javob: Tavof.

780. Matof va Maso deb nimaga aytiladi?
Javob: Matof: tavof etiladigan yer. Maso: Safo bilan Marva orasidagi say etiladigan yer.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:50:34

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 781-790

781. Istilom nima degani?
Javob: Hajarul Asvadga har kelishda qo'lni quloq barobarida ko'tarib, Allohu akbar deya salom berish.

782. Tilovat sajdasi qachon va qanday qilinadi?
Javob: Sajda o'yati o'qilganida yoki eshitilganida tilovat sajdasi qilinadi. Turib, takbir aytilib, sajdaga ketiladi, sajdada 3 marta subhana robbiyal a'lo deyilganidan so'ng, yana Allohu akbar deyilib, turiladi.

783. Bir musulmon boshqa bir musulmonning vafotini bilgan zamon nima deyishi kerak?
Javob: Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun. (Albatta, biz Allohnikimiz va unga qaytajakmiz)

784. Musulmonning boshqa bir musulmondagi 5 ta haqi qaysilar?
Javob: 1. Salomga alik olish. 2. Bemor bo'lsa, ziyoratiga borish. 3. Aksirsa, yarhamukalloh deyish. 4. Shar'iy bo'lgan da'vatiga quloq solish. 5. Vafot etganda janozasida qatnashish.

785. Aksirgan musulmon "Alhamdulillah" deyishi kerak. Yonidagi kimsa, bunga qanday javob beradi?
Javob: Yarhamukalloh (Alloh senga rahmati bilan muomala qilsin).

786. Hazrati Odam va Hazrati Havvo jannatdan haydalganlaridan so'ng Yer yuzida uchrashgan joylari qayer?
Javob: Arafotdagi Rahmat tog'i.

787. Yoqub alayhissalomning laqabi nima edi? Payg'ambarlarga qarshi eng katta zulmni qaysi qavm qilgan edi?
Javob: Yoqub alayhissalomning laqabi Isroil edi. Shu tufayli uz otning avlodlari "Bani Isroil" (Isroil o'g'illari) deyildi. payg'ambarlarga qarshi eng katta zulmni shu qavm qilgan edilar.

788. Hud payg'ambar qaysi qavmga yuborilgan va janobi Haq bu qavmni qanday jazolagan?
Javob: Hud alayhissalom Od qavmiga yuborilgan. Bu qavm shunday jazolangan: Avval qora bulut ko'rindi, so'ngra shiddatli bo'ron bo'ldi. Daraxtlarni ildizidan qo'porib, devorlarni yiqitib, qumlarni havoda uchirib, kofirlarni ko'ziga qum kirib ko'r qilib, hammasini yo'q qilgan edi. Ular qurgan ustunlar Irem shahrida bir tush bo'lib yo'q bo'ldi. 

789. Rasululloh s.a.v. Ka'b ibn Zuhayr r.a. ga sovg'a qilgan hirqa hozirda qayerda saqlanadi?
Javob: Istambulning To'pqopi saroyida muhofaza qilinadi.

790. Rasulluoh SAV Uvays al-Qaroniyga hadiya etgan hirqai saodat hozirda qayerda saqlanadi?
Javob: Istambuldagi Hirqai sharif jomesida.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:51:20

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 791-800

791. Musulmonnning boshqa musulmon oldida 5 ta haqi bor. Shular qaysilar?
Javob: 1. Salomga alik olish. 2. Bemor bo'lsa, ziyoratiga borish. 3. Aksirsa, yarhamukalloh deyish. 4. Shar'iy bo'lgan da'vatiga quloq solish. 5. Vafot etganda janozasida qatnashish.

792. Qaysi payg'ambar payg'ambar bo'lmasidan avval Shuayb alayhissalomning qizlariga uylangan?
Javob: Muso a.s.

793. Nuh alayhissalomning iymon keltirib, kemasiga mingan o'g'illarining ismlari nima?
Javob: Som, Xom, Yofas.

794. Samud qavmini qaysi payg'ambar hidoyatga chaqirgan. Bu qavmning oqibati nima bo'lgan?
Javob: Solih alayhissalom Samud qavmiga yuborilgan edi. Shahar xalqi mudhish bir sayha (ovoz) bilan sarosimaga tushdi. Qo'rquv va dahshat ichida hammalari o'ldilar. Faqatgina ularning tog'larni o'yib ishlagan uylari qoldi, xolos.

795. Madyan va Ayka xalqiga qaysi payg'ambar jo'natildi? Bu qavmning oxiri nima bo'ldi?
Javob: Shuayba alayhissalom yuborildi. Havoning issiqligidan nafas ololmay qoldilar. So'ngra quyoshga parda bo'lgan bir tuman ko'rindi, orqasidan qo'rqinchli zilzila bo'ldi. Binolari boshqalriga yiqildi. Yiqilgan joylarida hammalari o'ldilar. Ayka ahlining ustiga esa bu qora tumandan chaqmoqlar chaqdi va ular yonib kul bo'lib ketdilar.

796. Shis alayhissalomdan so'ng u zotga payg'ambarlik keldi. Ilm marta kalom bilan maktub yozgan va kiyim tikkan shu zotdir. So'nggida Janobi Haq tomonidan osmonda qoldirilgan bu payga'mbar kim?
Javob: Idris alayhissalom.

797. Islom odatiga ko'ra chaqaloq tug'ilganida nima ish qilinadi?
Javob: Chaqaloqning o'ng qulog'iga azon va chap qulog'iga qomat aytiladi va duo qilinadi.

798. Sadaqai Fitr nima?
Javob: Musulmonlarning o'zlari, bolalari va xizmatchilari uchun yo'qsillarga yordam qilish maqsadida, ramazon hayitidan avval beradigan sadaqadir. 

799. Qurbonlik qachon va qanday qilinadi?
Javob: Qurbonlikni so'yish Qurbon hayiti namozidan so'ng boshlanib, hayitning uchinchi kuni quyosh botishiga qadar davom etadi (Shofeiy mazhabiga ko'ra, 4-kuni ham so'yilsa bo'ladi). Qurbonlik qibla tomonga yotkilzilib, niyat qilinadi, takbir aytiladi va "Bismillahi. Allohu akbar" deb so'yiladi. Qasddan "bismillah"ni tark etilsa, bu qurbonlik go'shti yeyilmaydi.

800. Bid'at nima? U necha xil bo'ladi?
Javob: Payg'ambarimizdan so'ng qo'llanilgan odat bo'lib, yaxshi va yomon bid'at bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:51:56

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 801-810

801. Dinimiz ilm o'rganishni musulmonlarga nima uchun farz qilgan?
Javob: Chunki Islomning martabasi ilm yuksakligi bilan namoyon bo'ladi.

802. "Zamon o'tishi bilan Qur'on yosharaveradi" so'zlari kimga tegishli?
Javob: Badiuzzamon Said Nursiy.

803. Payg'ambar SAV tug'ilgan kechada qanday tarxiy voqealar yuz bergan?
Javob: Rasuli akram SAV tug'ilgan kechda Kisroning saroyidagi 14 ta ustun yiqilgan, ma'jusiylrning otashlari so'ngan va Savo ko'li qurigan.

804. Qamariy oylarni tartib bilan sanang.
Javob: Muharram, Safar, Rabiul-avval, Rabiul-ohir, Jumodul-avval, Jumodul-oxir, Rajab, Sha'bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa'da. Zulhijja.

805. "Hasbunalloh va ni'mal vakil" nima degani?
Javob: Alloh bizga yetar. U naqadar go'zal vakildir.

806. Rasululloh SAVning hadislariga ko'ra, kimlarning duoasi Alloh huzurida rad etilmaydi?
Javob: Ota va onaning farzadi haqiga qilgan duosi, bir musulmonning boshqa birodariga qilgan duosi, iftor qilgunga qadar ro'zadorning duosi, adolatli hukmdorning duosi.

807. Ulamolar unga bog'liq masalalarda eng ko'p ixtilof qilgan fan qaysi?
Javob: Fiqh

808. Sutra nima?
Javob: Sutra - bu namozhonning oldidan biror narsa o'tmasligi uchun qo'yilgan to'siqdir.Sutrani Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe'iy va Hanbaliy mazhabalari mustahab deganlar.

809. «Men o‘n olti yildan beri to‘yib ovqatlanmadim. Zero, to‘yib ovqatlanish badanni og‘irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi». Bu ibratli so'zlar kim tamonidan aytilgan?
Javob: Imom Shofeiy rahmatullohi alayh.

810. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko‘p bo‘lgan zotlar beshta deyiladi. Bular kimlar, nomlarini sanab o'ting.
Javob: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Molik, Sufyon Savriy.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:52:16

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 811-820

811. Zardusht so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Javob: "Sariq tuya mingan kishi" degan ma'noni bildiradi.

812. Hadislarni ilk bor yozib olgan sahobiy kim?
Javob: Abu Hurayra r.a.

813. Madinaliklardan birinchi bo'lib kim musulmon bo'lgan?
Javob: As'ad ibn Zurora r.a.

814. Siroti Mustaqim nima degani?
Javob: Eng to'g'ri yo'l - Islomiyat yo'li.

815. Hasanot va shayyiot nima degani?
Javob: Hasanot: yaxshi amallar, yaxshiliklar; shayyiot: yomonliklar, gunohlar, jinoyatlar. 

816. G'animat nima?
Javob: Jangda dushmandan olingan mol.

817. Islomda ilk g'animat va asir qachon olingan?
Javob: Ilk g'animat Abdulloh ibn Jahsh tomonidan olingan.

818. "Adolat davlatning tamal toshidir" so'zi kimga tegishli?
Javob: Hazrati Umar.

819. Qur'oni karimning boshqa ismlari qaysilar?
Javob: Kitob, Furqon, Mushaf, Burhon, Hablulloh, Hablul matin, Kalomulloh, Zikr, Hudo, Nur, Shifo.

820. Hadisi qudsiy deb nimaga aytiladi?
Javob: Rasululloh SAVning Qur'oni karimdan boshqa Allohdan rivoyat etgan so'zlari. Ma'nosi, so'z va ifoda Rasulullohga tegishlidir.

Qayd etilgan