Muallif Mavzu: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 373183 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #165 : 20 Fevral 2008, 07:55:57 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 871-880

871. Menga 2 ta qit'a nomini ayting, qaysiki 1-ma'nosi quyoshning chiqishi; 2-ma'nosi quyoshning botishi bo'lsin.
Javob: Osiyo va Yevropa

872. Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so'zni mashhur multfilmdan ko'p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so'zning ma'nosi "xavotirsiz yaxshi yashash" degani. Qaysi so'z?
Javob: Akuna matata

873. Bu sport turi rus tilidan "o'z o'zini himoya qilish" degan ma'noni beradi. Bu qaysi sport?
Javob: Sambo - samooborona bez orujiya

874. Koreys tiliga "poytaxt" so'zini tarjima qiling.
Javob: Seul

875. Bu poytaxt 2 ta shahar qo'shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi qo'shilgandan so'ng paydo bo'lgan. Bu qaysi shahar?
Javob: Budapesht

876. Bu shaharga mo'gullar asos solishgan. Uning ma'nosi "Saroy" degani. Siz menga bu qaysi shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.
Javob: Qarshi - Qashqadaryo viloyati markazi

877. Bu poytaxt shaharga o'sha davlatning 1 Prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt shahar?
Javob: AQSH poytaxti Washington

878. Nauru davlatini ko'pchilik eshitmagan bo'lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo'q. Lekin 1 sababga ko'ra u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O'sha sababni aniq ayting.
Javob: Bu mitti davlatning poytaxti yo'q

879. Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar va davlat?
Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan

880. Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi.
1. Aniq vaqt – ya’ni soat
2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura.
Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi?
Javob: Spidometr tezligi
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #166 : 20 Fevral 2008, 07:56:20 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 881-890

881. Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko'rsatkichi bo'yicha
1-o'rin:  Segareta maxsulotlari
2-o'rin:  Kiyim-kechak
Xo'sh 3-o'rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qalbaki CD va DVD disklar

882. Filipp Morris kompaniyasi o’z xodimlarining 40% iga  aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?
Javob: Ramazonda. Bu oyda sigaret km sotiladi.

883. Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?
Javob: Imperator tasviri tushirilganligi uchun.

884. 2002 yil Angola hayvonot bog’idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to’tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu operatsiya qanday nomlanagan?
Javob: Nuh kemasi

885. Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi. So’ng ovozi eshitiladi. So’ng shamolini xis  qilasiz. Ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Metrodagi poyezdning kelishi.

886. Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo’shsangiz kichrayadi. Nima u?
Javob: Chuqur

887. Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo’ygan: “Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey.” U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Tuxum

888. Karate Yaponiyada paydo bo'lganini bilasiz. Uning ma'nosi "Bo'sh qo'l" degani. Xo'sh unda yaponchasiga "Bo'sh ovoz" nima ekanligini toping.
Javob: Karaoke

889. Yunon tiliga "Sakkizinchi oy" degan so'zni tarjima qiling.
Javob: Oktyabr - "okta" - sakkiz

890. Bu ro'yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o'rin olgan. Shveytsiya poytaxti 67-o'rinda, Fransiyaniki 71-o'rinda, Daniya poytaxti 72-o'rinda. Yordam sifatida aytishim mumkin bu ro'yxatda insonlar nomi ham uchraydi.Bu qaysi ro'yxat?
Javob: Mendeleyev davriy jadvali. Unda 3 davlat poytaxtining eski nomiga qo'yilgan elementlar bor: Golmiy(Stokgolm), Lyutetsiy(Parij), Gafniy(Kopengagen)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #167 : 20 Fevral 2008, 07:56:34 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 891-900

891. Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926 yillarda mashhur rassom Salvador Dali o'qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?
Javob: Madrid

892. 1896 yil bu shahar poytaxt deb e'lon qilindi va uning nomi ham o'zgardi. Uning nomini ma'nosi "Sharq poytaxti". BU qaysi shahar?
Javob: Tokio

893. Bu poytaxt dunyoga ancha mashhur va yirik shahar hisoblanadi. Qizig'i bu shaharga qo'li uzun inson asos solgan deyishadi. Menga Poytaxtni emas, asos solgan insonni ayting. poytaxtni aytsangiz xisob emas.
Javob: Yuriy Dolgorukiy. Bu shahar Moskva edi.

894. 1 daraxt, daraxtda 12 shox, 12 shoxda 30 ta barg. Siz esa menga bu narsalar nima ekanligini aytishingizni xojati yo'q. Faqat menga o'sha daraxtdagi 5 meva nima ekanligini ayting. U 5 mevaning 3 tasi quyoshda, 2 tasi soyada turibdi.
Javob: 5 vaqt namoz.

895. Islom taraqqiyotiga oid so'ngi statistikaga ko'ra so'ngi vaqtlarda Muhammad ismi borgan sari ko'payotgan emish. Siz albatta bunga sabab musulmonlarning o'z farzandiga ixlos qilib shunday ism qo'ysa kerak deb o'ylayotgandirsiz. Yo'q. Bunga aniq boshqa sabab bor. Siz menga o'sha sababni ayting.
Javob: Islom dinini qabul qilgan boshqa din vakillari o'zlariga ko'proq shu ismni qo'yishmoqda.

896. AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko’rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab bo’lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Jakonda

897. Donetsklik shifokor Andrey Mazur o’zining Kesha laqabli to’tiqushiga 3 xil tilda bir necha so’z va raqmdan iborat bo’lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga o’zining to’tiqushini o’rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol quyidagicha, u to’tiqushiga bir necha so’z va raqamdan iborat bo’lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: Uy manzili (mabodo yo'qolib qolsa).

898. 1898 yili Ispaniya AQShdan mag’lubiyatga uchragandan so’ng Kubaga bo’lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o’zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo’lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko’chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi?
Javob: Xristofor Kolumb

899. Dunyoga mashhur Metro Golden Mayer kinokompaniyasining emblemasi o'kirayotgan sher ekanligidan xabaringiz bor. Buning ma'nosi nima? Nega aynan o'kirayotgan sher?
Javob: 1-ovozli kinoga va rangli lentaga ishora edi

890. "Ko'zlarim yo'lingda" filmining bosh qaxramonini kim o'ynagan va uning filmdagi kasbi nima edi?
Javob: Mirzabek Holmedov, kinochi
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #168 : 20 Fevral 2008, 07:56:48 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 901-910

901. Men sizdan qanday adabiy qahramonr kinoekranlarda eng ko'p paydo bo'lganini so'ramayman, faqat uning mashhur muallifini ayting.
Javob: Artur Konan Doyl. Gap Sherlok Xolms haqida ketayotgan edi. Uni 1200 dan ortiq aktyorlar o'ynagan.

902. 2007 yilda eng ko'p foyda olgan 5 ta  film ro'yxatida bu multfilm ham o'rin olgan. Qaysi multfilmligini aniq ayting.
Javob: Shrek 3 (to'rtinchi o'rinda)

903. Savol qisqa. Bu kinokompaniya emblemasi Pegas oti.
Javob: Tristar Pictures

904. Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
Javob: Kumush. Izoh: Gulchehra Jamilova Kumush rolini o'ynagan, Quruvchi kumush medallarni qo'lga kiritgan, Fasl-kumush qish, Estrada guruhi Serebro

905. Dominikana Respublikas aholisning 15 5izni oq tanlilar va yana 15 %ini qora tanlilar tashkil etadi. Qolgan 70 foizinichi?
Javob: Mulatlar

906. Tulin, Petrov, Karpov, Ivanov, Silin...  Bu ro’yxatda yana kim yetishmayapti?
Javob: Lenin (Bu Leninning taxalluslari...)

907. Polinezida, Maorida, Azorida, Oxotiya, Nipponida, Sunda, Lemuriya. Yetishmayotgan so’zni toping.
Javob: Atlantida

908. U 21-bobosi bilan Aleksandr Nevskiyga ulanadi. Uning qarindoshlari orasida Yaroslav Mudriy, Yuriy Dolgorukiy, Dmitriy Pojarskiy, Mixail Kutuzov, Modest Musorgskiy, Sergey Raxmaninov ham bor. Bu mashhur kishi kim?
Javob: Pushkin

909. Eynshteynga ko’ra bilimdan yuqori turuvchi narsa nima?
Javob: Fantaziya

910. Grek yong'og'ining mazasini ko'pchilik yaxshi biladi. Brazil yong'og'i ham mashhur. Qiziq, amerikaliklar rus yong'og'ini nima deb atashadi?
Javob: Semichka
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #169 : 20 Fevral 2008, 07:57:13 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 911-920

911. Qachonlardir ular Yevropada juda ko'p bo'lgan. Hozirda esa faqatgina Buyuk Britaniya, Irlandiya va AQShdagina saqlanib qolingan. Gap nima haqida ketyapti?
Javob: Grafliklar

912. Ularning nechta bo'lgani - noaniq. Ular qanday halok bo'lgani ham aniq emas, lekin ularni yeb qo'yishgan degan gaplar ham yuradi. Ular qayerni saqlab qolishgan edi?
Javob: Rim

913. Bu inson 1646 yili tug'ilgan. U diplomat, tarixchi, faylasuf, kimyogar, tibbiyotchi, mexanik va lingvist bo'lgan. U matematikada differensial hisoblash taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. Norbert Viner u haqda yozarkan, agar kibernetikaning otasi kim deb atash mumkin bo'lsa, aynan uni shunday atash kerak, degan. Bu kim?
Javob: Leybnits.

914. Bu hayvonning tili eng uzun hisoblanadi. Uning bu a'zosi og'izga ham emas, tomoqqa ham emas, ko'krak suyagiga yopishgan. Bu qaysi hayvon?
Javob: Chumolixo'r.

915. Bu inson Filippinda general-gubernator, AQShda mudofaa vaziri bo'lgan va soprtga judayam qiziqqan. Bu kim?
Javob: Duayt Filipp Devis.

916. XVIII asrgacha bu narsa faqatgina boylar xonadonida bo'lgan. Karnidal Reshelye undan saroyning aziz narsasi sifatida foydalangan. Hatto Parijdan tashqariga chiqsa ham uni o'zi bilan birga olib yurgan. Amerikada esa bu narsaga haykal qo'yilgan. Bu narsa ko'pchiliginizning uyimizda bor va inson hayotining ko'p qismi shunda o'tadi. Bu nima?
Javob: Karavot

917. Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi: “Bundan bir necha o’n yil oldin o’rtamiyona xavaskor rassom va yetuk reklama agentining uchrashganligini unutib bo’lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashga bir bahya qolgan”. Menga ularning ikkalasini ham ayting.
Javob: Gitler va Gibbels. Izoh: Gitler havaskor rassom, Gibbels esa reklama agenti bo'lgan

918. Qoraqalpog'istondan Toshkent viloyatini ayirsak qaysi viloyat qoladi? Izohini ham ayting.
Javob: Sirdaryo. Izoh: Bunda viloyatlarning avtomobil davlat raqamiga e'tibor berish kerak edi. Qoraqalpog'istonniki 23,  Toshkent viloyatiniki 11. Ularni ayirsak 11 ya'ni Toshkent viloyati qoladi.

919. Gruzinlarda "ore" - ikki, "ture" - qalb degan ma'noni beradi. Xo'sh unda "oreturat" nima degani?
Javob: Oreturat - ikki qalb degani. Bu so'z homilador ayollarga nisbatn ishlatiladi.

920. "Taqdir hazili" va "O'tgan kunlar". Bular safiga yana bir necha filmni qo'shsa bo'ladi. Xo'sh, ularda qanday bog'liqlik bor.
Javob: Bu filmlarning zamonaviy nusxalari ham suratga olingan.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #170 : 20 Fevral 2008, 07:57:44 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 921-930

921. Bu tarixiy shaxs hayoti haqida eng ko'p film ishlangan ekan. Bu kim?
Javob: Napaleon Bonapart

922. Men sizdan qaysi syujet eng ko'p ekranlashtirilganini so'ramayman, faqatgina unda mavjud bo'lgan poliz ekinini ayting.
Javob: Bu syujet Zolushka ertagidan olingan ekan. Ya'ni yigit qizning tuflisi yoki biror kiyimidan o'z sevgilisini topishi("Zumrad va Qimmat" filmini ham eslang). Undagi poliz ekini esa qovoq. U Zolushkaga foytun vazifasini bajargan.

923. Uning qabriga "Sening o'liming bizga ilhom bag'ishlaydi" deb yozilgan. Savol, bu kim?
Javob: Bryus Li.

924. Uning haqiqiy ismi Kong Sung. 6 yoshida Avstraliyaga ko'chib ketadi. Uning menga qora tanli sherigini ayting.
Javob: Kris Takker. Gap Jeki CHAN  haqida ketmoqda edi. Uning "Tig'iz payt" filmidagi sherigi esa Kris Takker

925. Xitoyliklarning bir gapi bor - Har bir qishloqda knyaz bor. Bu nimaga ishora?
Javob: Ism tanlash

926. 250 yil avval Yekaterina II bu narsani qidirib topishga buyruq bergan. Rossiya hududidan esa ulardan 180 tasi topilgan. Ulardan so'nggisi 1990 yilda topilgan bo'lib, "Sterlitamak" deb nomlangan. Bu narsa O'zbekistondan ham topilgan. Bu nima?
Javob: Meteorit

927. Qaysi davlatga birinchi avtomobil 1965 yili 40 ta odam tomonidan bambukdan yasalgan tashigichda olib kirilgan?
Javob: Nepal

928. Xitoylar har bir inson farzandi tug'ilarkan, bu san'atdan foydalanishi mumkin, deyishadi. Bu qaysi san'at bo'lishi mumkin?
Javob: Xiyoychasiga knyaz so'zi - "Von" bo'ladi. Har bir qishloqda Von degan ism uchrashiga ishora.

929. Ion dengizidagi kichik bir orol shohi, Jyul Vernning mashhur qahramoni, Alisher Navoiy, yozuvchi Innokentiy Annenskiy. Bularni bitta so'z bog'lab turibdi. Shu so'zni toping va izohlang.
Javob: Odissey, kapitan Nemo, Foniy, Nik TO (Annenskiy taxallusi) - ularning hammasi nomi "hech kim, yo'qlik" ma'nosini beradi.

930. Dunyoda qaysi millat eng ko'p baliq va baliq mahsulotlarini iste'mol qiladi?
Javob: Yaponiya
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #171 : 07 Iyul 2008, 18:37:56 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 931-940

931. Quro'ni Karimga 6000 betlik katta tafsir yozga bo'lishiga qaramay, o'z zamonasi ulamolari u haqida:"Uning tafsirida Qir'on tafsiridan boshqa hamma narsa bor" deyishgan.BU tafsir muallifi kim?
Javob: Farididdin Attor

932. Kim islom tarixida "islomni bid'atlardan qutqaruvchi" degan nom olgan?
Javob: Ahmad ibn Hanbal

933. Toshkent shahrining qadimiy nomlaridan biri Choch va Shosh. Nima sababdan Choch nomi 7-8 asrlarda Shosh nomiga o'zgargan?
Javob: Sababi arablar egallagandan so'ng, ularning alifbosiga monand ravishda "Ch" harfi "Sh" ga o'zgargan.

934. IX asrgacha Grenladiyada makon topgan vikinglar nima uchun XIV asrda u yerni tark etganlar.
Javob: Iqlimning keskin o'zgarishi sababidan (sovuqlashishi).

935. Qadimgi yunon mifologiyasida Quyosh bilan bog'liq bir necha qahramonlar mavjud. Ular Gelios, Apollon, Faeton. Yana bir qahramon borki, u avval quyosh aylanasini harakatga keltiruvchi iloh bo'lgan. U bizga hozir qaysi ism bilan ma'lum va Quyosh doirasi nima bilan almashgan?
Javob: Sizif va uning toshi.

936. Indoneziya 1945 yili mustaqillikni qo'lga kiritgan. Bu tarixiy voqeadan bir necha kun keyin bu yosh davlat hali u paytda davlat deb e'lon qilinmagan Monako knyazligidan rasmiy norozilik maktubi oldi. Bu norozilik sababi nima edi?
Javob: Bayrog'i aynan bir xil bo'lgan.

937. Bu fransuz rassomi 1822 yili bitta kartinada ko'p rasm ko'rsa bo'ladigan dioramani ixtiro qildi. Bu fransuz 17 yil keyin nimani ixtiro qilgan?
Javob: 1836 yili Lui Dagerr fotografiyani kashf etdi.

938. Antonio Xose Sukre Amerikadagi ispan koloniyalarining mustaqillikka uchun kurashi qahramonlaridan biri edi. Boliviya poytaxti, Venesuelada shtat uning sharafiga qo'yildi. Ekvadorda uning sharafiga nima nomlandi?
Javob: Pul birligini

939. 1781 yili parij operasi yong'in ichida qoladi. Arxitektor Lenuar yangi opera binosini barcha xavfsizlik choralarini qo'llab qurib bitkazadi. Lekin avvalgi yong'indan qo'rqib qolgan parijliklar yangi binodagi birinchi operaga borishni istamaydilar. Qanday qilib qirol Lyudovik XVI muxlislarni spektaklga yig'a olgan?
Javob: Bepul spektakl namoyish etgan.

940. Nitssa shahrida eng ko'p sigaret chekish bo'yicha konkurs o'tkzildi. Bir ishtirokchi yangi rekordni o'rnatib, birdaniga 60 ta sigaretni chekib yubordi. Lekin unga sovrini berishmadi. Nima uchun?
Javob: U o'lib qolgan.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #172 : 07 Iyul 2008, 18:38:20 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 941-950

941. Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo’ladi?
Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun
Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo’yishadi va tabiiyki, akatsiya o’z barglarining sonini me’yorigacha tiklab oladi

942. Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?
Javob: Agarda ular kasal bo’lsalar
Izoh: Shunday yo’l bilan ular o’zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko’rsatishgan

943. U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam beradi. Uni ayting.
Javob: Jirafa

944. Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar – o’ziga xos dinning tarafdorlari hisoblanishadi. Ularning dini zardo’shtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning ta’siriga uchragan. Yazidlar turmushida ta’qiqlar ko’p. Ular xo’roz, g’azol, baliq go’shti, qovoqni yeya olmaydilar. Ularga yo’talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko’k rangdagi kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo’g’inida “sh”, ikkinchi bo’g’inida esa “t” tovushlari bo’lgan so’zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so’zlardan qo’rqadilar?
Javob: Ular “shayton” so’ziga o’xshagani uchun

945. 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqarilgan mahsulotida balandlikni o’lchash qurilmasi, kompas, barometr, termometr kabi qo’shimcha qurilmalari bor. Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob: Vaqtni ko’rsatish
Izoh: Gap “TISSOT” kompaniyasi soatlari haqida bormoqda

946. Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho’yandan inson figuralarini yasash bilan shug’ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko’pgina shahrlarini bezab turibdi. U o’zining cho’yan figuralarini ko’pincha bir insonga o’xshatib yasaydi. Siz menga u insonning kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting.
Javob: Haykaltarosh
Izoh: U o’z haykallarini o’zidan olib yasaydi

947. Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?
Javob: G.Uelsning “Ko’rinmas odam”iga

948. Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi?
Javob: Fil

949. Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida “Erkak kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi – bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi” degan. Agar “Zakovat” bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin?
Javob: Galstuk
Izoh: “Zakovat” bilimdonlari o’yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka) taqishmoqda.

950. Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida yozib berishgan”. Bu qaysi mahsulotning reklamasi?
Javob: Kofe
Izoh: Gap NESCAFE kofesi haqida bormoqda
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #173 : 07 Iyul 2008, 18:38:51 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 951-960

951. Malayziyada “Sen qayerga ketyapsan?” deyishadi, bu savolga “Aylangani” deb javob berishadi. Yevrey “Sizga tinchlik” desa, fors “Quvnoq bo’l” deydi, Grenlandiyaliklar esa “Yaxshi ob-havo” deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?
Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom

952. Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda Tanzaniyada ushbu  hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan?
Javob: Sapyor

953. XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o’z asarlaridan birida quyidagicha fikrni aytadi:
“Sinor Dinero shubhasiz o’ta qudratlidir”
Kavedo “Sinor Dinero” deganda kimni nazarda tutgan?
Javob: Pul (Dinor)

954. Rivoyatlarga ko’ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni faqat ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun turuvchi?
Javob: O’limdan
Izoh: Bu Azroil farishta edi

955. Bu xalq o’zini inuit deb ataydilar, hammasi bo’lib ularning soni 115 ming kishini tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi xalq?
Javob: Eskimoslar

956. Ushbu mashxur qo‘shiq 1992 yil dunyo yuzini ko‘rdi, kompozitori Toni Britten ismli shaxs bo‘lgan  bu qo‘shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan. Qo‘shiq matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo‘shiqda siz “eng kuchlilar”, “buyuk voqea”, “hammasi erkaklar” kabi so‘zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo‘shiq haqida ketmoqda?
Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni

957. Frantsiyada Stendal davrida ushbu protsess boshlanishidan oldin 3ta sham yoqib qo‘yilgan va bu jarayon ushbu shamlar o‘chguncha davom etgan.Hozirda bizda ham ushbu jarayonning nihoyasiga yetishi 3 soni bilan bog‘liq. Gap qanday jarayon to‘g‘risida ketmoqda?
Javob: Auktsion (bolg‘achani 3 marotaba zarb bilan urish orqali tugatiladi)

958. O’zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va  yerdan kamida 2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima?
Javob: O’zbekiston bayrog‘i.(Bayroq to‘g‘risidagi qonunga muvofiq)

959. Yangi Gvineyaning papuas qabilasi aholisida yaqin qarindoshining o‘lganligiga motam ishorasi sifatida  o‘z qo‘l barmoqlaridan birini kesib tashlanganliklarini eshitgansiz.Yigirmanchi asrning 50-yillarigacha papuaslar orasida barcha barmoqlari yo‘q insonlarni ko‘plab topish mumkin edi.(ko‘pgina qarindoshlari o‘lganligi sababli).50-yillardan keyin papuaslar orasida 6-7 ta barmog‘i kesilganlarini uchratishimiz mumkin ediyu lekin barcha barmoqlari yo‘qlari deyarli uchramay qoldi. Bunga sabab nima bo‘lgan edi?
Javob: 50-yy dan keyin papuaslar xristian dinini qabul qila boshladi va tabiiyki cho‘qinish ritualini ijro etish uchun kamida 3 ta barmoq bo‘lishi talab etilardi.

960. Zurab Seritelining  Ulug‘ vatan urishiga (1941-45yy) bag‘ishlab qurgan Moskvadagi monumentining balandligi rosa 142 metr chiqadi. Nimaga Seriteli aynan shuncha balandlikni tanlagan?
Javob: Monumentning har 10 sm urushning bir kunini timsoli.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #174 : 07 Iyul 2008, 18:40:08 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 961-970

961. Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq holatda saqlashlarini aniq sababibini ayting?
Javob: yog‘och tiqinlar qurib qoladi va ichiga havo kirib vino buziladi.

962. Bill Xyulett va Deyv Pakkard o‘zlarining elektoritexnika sohasidagi kompaniyalariga asos solishgach, bir masala bo‘yicha qur’a tashlashgan. Qur’ada kim yutgan?
Javob: Xyulett
Izoh: Shundan so‘ng kompaniya nomida Xyulett nomi birinchi ishlatiladi

963. Qo‘shiqqa ko‘ra bir rassom bir aktrisani sevib qoladi va o‘z uyini, kartinalarini sotib, unga atab juda ko‘p miqdorda bir narsa sotib oladi.Endi siz o‘sha rassom nima sotib olganligini aniq qilib ayting?
Javob: Million million pushti atirgul

964. Yoz oylardan birida Moskva yaqinidagi pivo do‘konining tomiga osmondan katta bir jism qulab tushgan.Hozirgi kunda ushbu katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jism muzeyda saqlanmoqda.Endi siz ushbu jismni toping?
Javob: Olimpiada 80 ayig‘i.
Izoh: Katta ayiq shaklidagi havo shari osmonga uchirilgan edi

965. U 19 asrda paydo bo‘lgan va 20 asrdan yevropaga tarqalgan.Uning “andalus”, “kreol”, “argentina” kabi turlari mashhur.Yaxshilab o‘ylab uning arabchasini kim mashhur qilganini toping?
Javob: B.Zokirov. (tango)

966. Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan bo‘lib,undan o‘tish pullik  edi.Piyodalardan 1 tanga, otliqlardan 2 tanga, aravalardan 5 tanga olingan.Eng baland narx bir rubl nimalardan olingan?
Javob: Kemalardan

967. «Argumenti i fakti» gazetasida bir cherepitsa ishlab chiqaruvchi firma reklamasi chiqqan.Ushbu reklamada cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult qaxramonning xam rasmi bor. Qaysi qaxramon?
Javob: Karlson

968. 1888 yili AQShning Jeynsvill maktabi o‘qituvchisi o‘zining ishonchsiz va noqulay ish qurolidan voz kechib, uning yangi turini yaratadi. Endi ushbu insonnig familiyasini ayting?
Javob: Parker

969. 1760-y Strasburgda Mari ismli qizcha tug‘iladi.Yoshligidan haykaltaroshlikka qiziqqan Mari, keyinchalik Angliyaga ko‘chib ketadi va u yerda bir mashxur muassaga asos soladi.Endi manga ushbu frantsuz xonimining familiyasini ayting?
Javob: Madam Tyusso (Londagi mashxur muzeyga asos solgan)

970. 1940 y.y.da Shvetsiyada yangi metall qotishmali relsga ega bo‘lgan o‘sha davrda dunyodagi eng tez yurar poezd liniyasi ishga tushadi.Ko‘p o‘tmay bir mashhur inson shunday relslardan 3-4 km. uzunlikdagisiga buyurtma berib, sotib oladi. Yaxshilab o‘ylab ko‘ringda ushbu insonning familiyasini ayting?
Javob: Uold Disney (Disneylend uchun)
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #175 : 07 Iyul 2008, 18:41:39 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 971-980

971. Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o‘zbekchasiga “quruq” deb nomlagan?
Javob: O’sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.

972. Har yili Gannibal shahrida bir festival bo‘lib o‘tadi,u yerda o‘tadigan devor bo‘yash bo‘yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladi.Endi o‘ylab ko‘rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?
Javob: Mark Tven

973. 1ta Yaguar, 2ta it, 1ta qunduz, 4ta ayiq, 1ta burgut, 4ta boyqush, 1ta o‘rdak, 1ta o‘rdakburun, 1ta yexidna, 1ta yenot,  bir bola va bir qiz, 1ta quyon,1ta koyot 1ta bo‘ri hamda 2ta yunon ma’budi. Ushbu qatordagi bog‘liqlikni toping?
Javob: Olimpiada talismanlari.

974. Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi.Qaysi inventar?
Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.

975. Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan.Nima sifatida?
Javob: Sham sifatida.

976. Nepalliklar tilida u "Samarmatxa" - "Olamlar onasi" degan ma'noni anglatadi. Ular nimani shunday nomlashadi?
Javob: Jamalungma cho'qqisi

977. Qadimgi yunon faylasufi Diogen savollarga antiqa javob bergani bilan mashhurdir. Unda sen qaysi davlatga tegishlisan deya so'raganlarida, u o'zidan keyin ko'pchilik foydalangan mashhur javobni beradi. U javob qanday edi?
Javob: "Men - tinchlik fuqarosiman".

978. Qadimgi Rusda bir g'aroyib odat bo'lgan ekan. O'z qarzini to'lamagan odamni katta maydonga odamlarni chaqirib, bog'lab qo'yib, uni yaxshilab chirmashar ekan. Nima uchun qarz egalari uning bu azoblardan qattiqroq baqirishini xohlashgan?
Javob: Uning yaqinlari yoki qarindoshlaridan biri bu hayqiriqni eshitib uning qarzini to'lashi uchun.

979. XVIII asrda bu mahsulot saroyda desert sifatida dasturxonga tortilardi. Uni iste'mol qilishdan avval qaynatib, so'ng shakar qo'shib yeyishardi. Hozirda esa uni biz juda ko'p iste'mol qilamiz. Bu qaysi mahsulot?
Javob: Kartoshka

980. Nikolay Lobachevskiy, Konstantin Siolkovskiy, Lev Tolstoy, Bulat Okudjava, Aleksandr Soljenitsin, Yuliy Kim, Stiven King. Ularni qanday qilib hamkasb deb atashimiz mumkin?
Javob: Ular hammasi maktab o'qituvchisi bo'lishgan.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #176 : 07 Iyul 2008, 18:42:10 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 981-990

981. Aleksandr Pushkinga graf Zavadovskiy o'zining doimiy daromadlari haqida gapirganda, shoir: "Men sizdan boyroqman, menda 36 ta doimiy daromad manbai mavjud". Ulardan birinchisini ayting.
Javob: "A". U harflarni aytgan

982. Mashhur angliyalik yozuvchi Grem Grin "dunyoning eng yaxshi turistik tashkiloti" deya nimani nomlagandi?
Javob: MI-6 Britaniya razvedka xizmatini.

983. Rasululloh SAVning uzuklarida qaysi yozuv bor edi?
Javob: Alloh, Rosul, Muhammad

984. To'rt xalifaning kumush uzuklarida qanday yozuv bor edi?
Javob: Hazrati Abu Bakrning uzuklarida "Alloh naqadar go'zal qudrat sohibidir",
Hazrati Umarning uzuklarida "Yo Umar, senga voiz va nasihatchi bo'lgan o'lim bordir",
Hazrati Usmonning uzuklarida "Yo balo va musibatlarga sabr etasan va yo nadomat etasan",
Hazrati Alining uzuklarida "Mulk Allohnikidir" degan yozuv bor edi.

985. Yevropaliklardan uch asr avval kichik qon aylanish sistemasini kashf etgan musulmon olimi kim?
Javob: Ibnun Nafis

986. Astronom, matematik, fizik, geograf, botanik; dunyoning shar shaklida ekanligini va Quyosh atrofida aylanishini Kopernikdan 500 yil avval isbot etgan buyuk musulmon turkiy olimi kim?
Javob: Abu Rayhon Beruniy

987. Dunyoning eng mashhur 20 ta astronomidan biri, trigonometriyaning asoschisi, sinus va kosinusni ilk marta qo'llagan musulmon olimi kim?
Javob: Battoniy (858-929)

988. Nyutondan ancha avval differensial hisobni kashf etgan, algebraik geometriyaga asos solib, Yerning diametri va ikki meridian orasini aniq hisoblab chiqqan musulmon olimi kim?
Javob: Sobit ibn Kurra

989. 88 yil Franklarning qo'lida qolgan Quddusni ishg'ol etib, saliblarga qarshi eng katta zarbani bergan musulmon hukmdori kim?
Javob: Salohiddin Ayyubiy

990. Qodisiya jangi qaysi xalifa zamonida bo'lgan? Bu jangda musulmonlarning qo'mondoni kim bo'lgan? Bu jangda musulmonlar kimlarga qarshi urush qilganlar.
Javob: Hazrati Umar zamonida, hazrati Payg'ambarimiz SAVning tog'alari Sa'd ibn Abu Vaqqos qo'mondonligida, Rustam qo'l ostidagi Eronga qarshi urush qilganlar.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #177 : 07 Iyul 2008, 18:42:44 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 991-1000

991. Qur’oni karimda 114 ta sura, 6236 ta oyat borligi ma’lum. Suralarning ba’zilari Makkai mukarramada va ba’zilari Madinai munavvarada nozil qilingan Makkada nechta sura va nechta oyat va Madinada nechta sura va nechta oyat nozil qilingan?
Javob: Makkada 91 ta sura, 478 ta oyat; Madinada 23 ta sura, 1456 ta oyt nozil qilingan.

992. Janob Rasululloh sallallohu alayhi vassallam nozil bo’lgan oyatlarni o’z vaqtida yozib borib, kelgusida bir mukammal Mushafi Sharif sifatiga keltirish uchun sahobai kiromlardan to’rt kishini kotib qilib olgan ekanlar. Bu ulug’ ishni bajarish bahtiga muyassar bo’lgan sahobalar kimlar?
Javob: Ali ibn Abu Tolib; Muoviya ibn Abu Sufyon; Ubay ibn Kayb; Zayd ibn Sobit (Alloh ul zotlardan rozi bo’lsin).

993. Hazrati Umar roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: O’n yarim yil

994. Hazrati Usmon roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: 12 yil

995. Hazrat Ali karamullohu vajhahu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob:  hijratning 45 yili shahid bo’ganlar

996. Shekspirning "Antoniy va Kleopatra" degan dramasi borligini bilamiz. Antoniyning ismi nima edi va Kleopatra nechanchi edi?
Javob: Mark, Kleopatra VII

997. 3 mlrd 100 mln. funtsterling turadigan "Qirol Xolid" 1983 yili Ar-Riyod yaqinida ochilgan. 221 kv.km joy egallagan "Qirol Xolid" nimaning nomi?
Javob: Aeroport

998. Bu orolni ingliz kapitani Metyu Flinders 1802 yili ochib, uni bir jonivor nomi bilan ataydi. Bu jonivor mashhur bir davlat gerbida ham tasvirlangan. orol nomi nima?
Javob: Kenguru oroli (Avstraliya gerbida rasmi bor)

999. 1936 yili jahonda 3 ta milliarder mavjud edi. Ular: Endryu Uilyam Mellon, Genri Ford... Uchinchisi kim?
Javob: Rokfeller

1000. 387 yilning 18 iyul kuni rimliklar qo'shini Alliya daryosi bo'yida keltlardan mag'lub bo'ladi. Shundan keyin bu kunni ular nima deb nomlashgan?
Javob: Qora kun
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #178 : 07 Iyul 2008, 18:43:23 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1001-1010

1001. 17.987.547 - bu yorug'likning vakuumdagi tezligi. Uning o'lchovini belgilang.
Javob: Km/min.

1002. Vay Ale-Ale tog'i, Kauai oroli, Gavai, 350 kun. Mana shu faktlarni bir-biriga qo'shsa nima hosil bo'ladi?
Javob: Vay Ale-Ale tog'i, Kauai oroli, Gavaida yiliga 350 kun yomg'ir yog'adi.

1003. Qadimgi skandinavlarda agar shoh yoki harbiy qo'mondon o'lsa, uning hamma boyliklari va ... si bilan birgalikda dahmalarga ko'mishgan. Nuqta o'rnini to'ldiring.
Javob: Kema

1004. AQShlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort, Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni nima birlashtirib turadi?
Javob: Bu tennischilar "Grand Slam" unvoni sazovorlari bo'lishgan.

1005. Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemalarisi bu "Uch barg" hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?
Javob: Uch barg ma'nosi, "Adidas"ning uch qit'ada o'z kompaniyalari borligini aks ettiradi.

1006. Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?
Javob: Baseball sportida bu atamalar keng ishlatiladi

1007. Rossiyalik "Tarzan" laqabli sportchi kim?
Javob: A. Popov

1008. 1974 yil Kuba poytaxti Gavanada bo'lib o'tgan boks bo'yicha Jahon Chempionati finalida hamyurtimiz Rufat Risqiyev kimni mag'lub mag'lub etgan?
Javob: Bunda vatandoshimiz Luis Felipe Martinez ni mag'lubiyatga uchratib jaxon chempionligini qo'lga kiritgan

1009. Boksni hamma yaxshi bladi. Lekin boks tushunchasi nafaqat sport turi, balki bir sport turidagi shu sport jihozlari turuvchi joyni ham anglatadi.  Bu qaysi sport turi?
Javob: Formula 1

1010. Futbolda "La-ola" degan atama bor. Bu qanday tushuncha?
Javob: La ola -  To'lqin degan ma'noda keladi. Bu muxlisalarning o'ziga xos to'lqinsimon ko'rinish xosil qilishi
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #179 : 07 Iyul 2008, 18:43:41 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1011-1020

1011. 2008 - yil MDHda qanaqa yil deb e'lon qilindi?
Javob: "Adabiyot va kitobxonlik yili"

1012. Qubbatul ilm va adab nomi bilan mashhur bo'lgan shahar?
Javob: Shahrisabz

1013. "Chog'ir va Bang munozarasi", "Dahnoma" asarlari muallifi kim?
Javob: Yusuf Amiriy

1014. Rossiyada 2008 yil qanday yil deb e'lon qilindi?
Javob: Oila yili

1015. Qadimda Balx, Vahsh nomlari bilan atalgan daryo?
Javob: Amudaryo.

1016. Salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohini yo'q qilgan sarkarda kim?
Javob: Amir Temur. Izmir (Turkiya) shahrini egallashi bilan, Yaqin Sharqdagi eng so'nngi salib qarorgohini yo'q qilgan.

1017. Andijon davlat Universiteti kimning nomida?
Javob: Zahiriddin Muhammad Bobur

1018. Bu narsani biz deyarli har kuni o'z uyimizda, balki o'zimizga tegishli buyumda ham ko'rishimiz mumkin. Bu narsani lotinchadan tarjima qilsa, "hasharot mo'ylovi" degan ma'noni bildiradi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Antenna

1019. Chingizxon va Xorazmshohlar urushiga turtki bo'lgan qabix ishni  amalga oshirgan shoxning ismi.
Javob: Dаstlаb 1216-yildа Chingizхоn huzurigа Хоrаzmshоh Bаhоuddin Rоziy bоshchiligidа o`z elchilаrini yubоrаdi. Bungа jаvоbаn Chingizхоn o`z elchilаrini хоrаzmlik sаvdоgаr Mаhmud Yalоvоcl bоshchiligidа Хоrаzmgа yubоrаdi.
1218-yili Chingizхоn sаvdо vа elchi kаrvоnlаrini tаyyorlаb Хоrаzmshоhgа yubоrаdi, lеkin O‘trоr shаhrigа yеtgаndа Muhаmmаdning rоziligi bilаn, O‘trоr shаhrining nоibi Inаlхоn fаrmоnigа binоаn kаrvоn tаlаnаdi vа оdаmlаri qirib tаshlаnаdi. Chingizхоn Sultоn Muhаmmаddаn аybdоrlаrni jаzоlаshni vа Inаlхоnni tuttirib, uning iÑ…tiyorigа jo‘nаtishni tаlаb qilib, Ibn Kаfrоj Bug‘rоni ikki ishоnchli mulоzimi kuzаtuvchilаri bilаn Хоrаzmshoh huzurigа elchi qilib yubоrаdi. Хоrаzmshоh Chingizхоn tаlаbigа jаvоbаn elchini o‘ldirishni vа u bilаn kеlgаn ikkitа mulоzimning sоqоl-mo‘ylоvlаrini qirib, shаrmаndа qilib qаytаrib yubоrishni buyurаdi. Bu vоqеаlаr Chingizхоn vа Хоrаzmshоh dаvlаtlаri o‘rtаsidа sаvdо аlоqаlаri vа elchilik munоsаblаri tаmоmilа uzilgаnini bildirаr edi.

1020. Bular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta, bizda esa 7 ta bo'lsa, ko'pchilikka yoqadigan oxirgisini toping.
Javob: Hafta kunlari, oxirgisi Yakshanba.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

 

Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!

Muallif VаrzikiyBo'lim Intellekt

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 89893
So'nggi javob 30 Oktyabr 2018, 12:37:57
muallifi Majidov Murodjon
Ko'chirildi: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Darsxona

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8414
So'nggi javob 28 Aprel 2009, 07:44:59
muallifi AbdulAziz
Qiziqarli savol- javoblar :)

Muallif Mr.ZIBo'lim Intellekt

Javoblar: 204
Ko'rilgan: 111748
So'nggi javob 11 Avgust 2010, 13:58:34
muallifi Y_U_R_I_S_T
Windows operatsion tizimi bo`yicha savol-javoblar

Muallif MaxCmdBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 111
Ko'rilgan: 62563
So'nggi javob 01 Oktyabr 2013, 10:42:13
muallifi UlugbekFergana
Turli xildagi programmalar bo`yicha savol-javoblar

Muallif MaxCmdBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 84
Ko'rilgan: 58789
So'nggi javob 27 Dekabr 2012, 19:58:25
muallifi Abdulhafizaka