Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 506076 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 20 B


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:07:47

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 401-410

Atamashunoslik
401. Noza: Sharqda o’simliklar dunyosi nima deb atalgan?
Javob: Nabotat. AbdulAziz; Noza 1 ball.

Futbol
402. Otabek: "Arsenal" (Angliya) dan tashqari yana qaysi MDH mamlakatida shu nomdagi jamoa bor?
Javob: Ukraina. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
403. Otabek: "Barselona" (Ispaniya) ning shvetsiyalik xujumchisi?
Javob: Larssen. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
404. Otabek: Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanining 1-ligaga o'tish turnirida qatnashgan jamoasi qaysi?
Javob: "Akmal". Otabek 3 ball.

Astronomiya
405. Assalom: Qaysi rangdagi yulduzlar eng yorqin va issiq bo'ladi?
Javob: Ko'k yulduzlar yuzasidagi harorat 400 000 C° ni tashkil etadi. Quyosh yuzasidagi harorat esa 6000 C°. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Biologiya
406. Assalom: Hujayra kim tomonidan va qachon kashf etilgan?
Javob: 1665 yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po'stlog'idagi po'kak to'qimadan yupqa kesmalar tayyorlab, mikroskop yordamida kuzatganda, hujayrani kashf etdi. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
407. Assalom: Shamol kuchini o'lchovchi 12 ballik shkala qanday ataladi?
Javob: Bofort shkalasi.  Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
408. Assalom: Suvning tiniqligi qaysi asbob yordamida aniqlanadi?
Javob: Suvning tiniqligi Sekki gardishi orqali aniqlanadi (diametri 30 sm). AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Astronomiya
409. Assalom: Quyoshning diametri qancha? Quyosh va Yer o'rtasidagi masofa necha km.ni tashkil etadi?
Javob: Quyoshning diametri - 1 400 000 km. Quyosh va Yer o'rtasidagi masofa - 150 000 000 km. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
410. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi eng chuqur botiq qaysi?
Javob: Mang'ishloq yarim oroli (Qozog'iston)dagi Qoragiyo (Botir) botig'i dengiz sathidan -132 metr pastda joylashgan. Feruza 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:08:10

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 411-420

Geografiya
411. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi eng baland cho'qqi qaysi?
Javob: Hindiqush tog'laridagi Tirichmir cho'qqisining balandligi 7690 metrni tashkil etadi. Assalom 5 ball.

Geografiya
412. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi a) eng uzun va b) havzasining maydoniga ko'ra eng katta daryo qaysi?
Javob: a) Eng uzun daryo Sirdaryo - 3019 km, b) havzasining maydoniga ko'ra eng katta daryo - Amudaryo (309 ming kv.km) Feruza 5 ball.

Geografiya
413. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi Orol dengizidan keyin eng katta ko'l qaysi?
Javob: Balxash ko'li, maydoni - 18,3 ming kv.km. Feruza 5 ball.

Geografiya
414. AbdulAziz: O'rta Osiyodagi eng katta suv ombori qaysi?
Javob: Buxtarma suv omborining maydoni - 5500 kv.km, suv hajmi esa - 53000 mln. kub metrni tashkil etadi. Bekmirzo 5 ball.

Siyosat
415. Maknuna: 154 ta davlat rahbari ishtirok etgan eng yirik sammit qachon bo'lib o'tgan?
Javob: 2005 yil 14-16 sentyabr kunlari New York shahrida BMTning 60-yillik yubileyiga bag'ishlangan va tashkilot tarixidagi eng katta yig'ilishi bo'lib o'tgan va unda 154 ta Davlat va Hukumat rahbarlari ishtirok etishgan. Bekmirzo 5 ball;  Maknuna 1 ball.

Siyosat
416. Maknuna: Dunyoda bosh vazirlarning eng yirik sulolasi qaysi?
Javob: Hindiston 1947 yilning avgust oyida o'z mustaqilligini qo'lga kiritganidan keyin mashhur siyosatchi Javoharla'l Neru mamlakat bosh vaziri etib tayinlangan edi. U bu mansabni o'limiga qadar, ya'ni 1964 yilgacha egallab turgan. 1966-1977 va 1980-1984 yillarda esa mamlakatni uning qizi Indira Gandi boshqardi. gandi xonim tansoqchilari tomonidan otib o'ldirilganidan keyin uning to'ng'ich o'g'li rajiv Gandi 1984 yilgi saylovlarda g'olib chiqib, besh yil davomida bosh vazir lavozimini egallab turgan. 1989 yilda uning ham joniga qasd qilishgan. Shamshir 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
417. Maknuna: Buyuk Britaniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik muddati kimga tegishli?
Javob: Qirolicha Viktoriya 1837 yildan 1901 yilga qadar, ya'ni 63 yilu, 216 kun mobaynida mamlakatni boshqargan. Feruza 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
418. Maknuna: Hozirgi kunda hayot bo'lgan monarxlardan eng uzoq hukmronlik muddati kimga tegishli?
Javob: Thailand qiroli Bhumibol Adulyadej Rama IX. U 1946 yil 9-iyunda 19 yoshligida taxtga o'tirgan. Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
419. Maknuna: Salomlashish bo'yicha rekordchi prezident kim?
Javob: 1907 yil, 1 yanvar kuni AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt o'ziga xos rekord o'rnatdi. U Oq uyga to'plangan 8513 nafar odam bilan qo'l berib salomlashib chiqqan. Shamshir 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
420. Maknuna: Dunyo tarixidagi eng yosh mer kim?
Javob: 1988 yilning 3 mayida Sheyn Mak AQShning Janubiy Dakota shtatidagi Kestlvud shahrining meri etib saylangan. O'shanda u endigina 18 yoshni qarshilagandi. Bu lavozimni u 8 yil egallab turgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:08:35

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 421-430

Siyosat
421. Maknuna: Dunyodagi eng semiz monarx kim?
Javob: Tongo qiroli Taufa'axau Tupouning vaznini 1976 yili mamlakatdagi yagona yirik va ishonchli aeroport tarozisida o'lcha ko'rishgan edi: qirolning vazni 209,5 kg ekan. Shundan so'ng qirol tinmay sport bilan shug'ullanib turgan. 1985 yilda uning vazni 139,7 kg. tosh bosdi. 1993 yilda esa 127 kg.ga ozgan. Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
422. Maknuna: Qayerda va nima sabab bilan 3 hafta ichida 5 ta prezident almashgan?
Javob: 2001 yil dekabr oyida Argentina iqtisodiy inqirozga uchraganini e'lon qilgan edi. O'shanda uch hafta mobaynida roppa-rosa 5 ta prezident almashgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
423. Maknuna: Mamlakat ayollariga saylov huquqini bergan dunyodagi birinchi davlat qaysi?
Javob: Yangi Zelandiyada 1883 yil 19 sentyabrida ayollar ham saylovda qatnashishgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Siyosat
424. Maknuna: Eng ko'p suiqasd uyushtirilgan davlat rahbari kim?
Javob: XX asrda Fransiya tarixida ulkan o'rin tutgan prezident Sharl de Gollga qarshi 1944-1966 yillar ichida 31 marotaba suiqasd uyushtirilgan. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Futbol
425. Otabek: Yaqinda Rossiyaning "Zenit" klubi bilan shartnoma imzolagan janubiy korealik futbolchining ismi-sharifi nima?
Javob: Xyon Yon Min. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.

Futbol
426. Otabek: Terma jamoamiz bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy Koreyaning qaysi jamoasini Koreya Kubogi g'olibligiga olib kelgan?
Javob: Koreyaning "Yukong" Jamoasi. Otabek 3 ball.

Futbol
427. Otabek: Koreyaning Chunnam viloyati sharafini himoya qiladigan jamoa?
Javob: "Chunnam Dragons" jamoasi. Otabek 3 ball.

Tarix
428. Otabek: "Qassob amir" laqabini olgan Buxoro amiri kim?
Javob: Amir Nasrullo. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Tarix
429. Otabek: Qang' tepaligi yodgorligi qayerda joylashgan?
Javob:  Toshkent viloyati, Oqqo'rg'on tumani. Muxbir 5 ball; Otabek 1 ball.

Tarix
430. Otabek: Buxoro amiri Said Olimxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
Javob: 1910-1920 yillar. Feruza 5 ball; Otabek 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:09:30

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 431-440

Tarix
431. Otabek: Abdurauf Fitratning mashhur asari qahramoni, Buxoro hukmdori?
Javob: Abulfayzxon. AbdulAziz 5 ball; Otabek 1 ball.

Musiqa
432. Noza: "œAl—madhad ilm miaat al musiqiy" ("œMusiqa san’atiga kirish") asari muallifi?
Javob: Abu Ali ibn Sino. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Biologiya
433. Noza: Xitoy olmasi?
Javob: Apelsin (ma'nosi "Xitoy olmasi"). AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Madaniyat
434. Noza: "œAbdullajon" filmi nechanchi yilda sur’atga olingan?
Javob: Rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan 1991-yilda suratga olingan. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Fizika
435. Noza: Gidrostatikaga asos solgan olim?
Javob: Arximed. Maknuna 5 ball; Noza 1 ball.

Musiqa
436. Noza: Erkaklarning ton bilan bas orasidagi ovozi nima deb ataladi?
Javob: Erkaklarning Bass va Tenor oralig'idagi ovozi bariton deb ataladi. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
437. AbdulAziz: Pomir va Tyanshan tog'larining eng baland cho'qqisi qaysi?
Javob: Pomir tog'larining eng baland cho'qqisi - Ismoil Somoniy (7495 metr), Tyanshan tog'ining eng baland cho'qqisi - G'alaba (7439 metr). Feruza 3 ball, Assalom 2 ball.

Geografiya
438. AbdulAziz: Dunyodagi eng chuqur ko'l qaysi?
Javob: Baykal. Eng chuqur joyi - 1637 metr. Feruza 5 ball.

Geografiya
439. AbdulAziz: Dunyodagi eng uzun g'or qaysi?
Javob: AQShning Kentukki shtatidagi Flint-Mamont g'orining uzunligi - 345 km.ni tashkil etadi. Qaysar 5 ball.

Geografiya
440. AbdulAziz: Dunyodagi eng chuqur g'or qaysi?
Javob: Fransiyadagi Jan-Bernar g'orining chuqurligi 1,5 km.ni tashkil etadi. Shahina 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:09:49

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 441-450

Geografiya
441. AbdulAziz: Ilk shamol tezligini o'lchovchi asbobni kim kashf qilgan?
Javob: 1667 yili angliyalik Robert Kuk anemometrni kashf etgan. Assalom 5 ball.

San'at
442. Noza: 1514 yilda yozilgan "œXattotlar va musavvirlar haqida risola" asari muallifi?
Javob: Sultonali Mashhadiy. Noza 3 ball.

Kimyo
443. Noza: Ilk "œOrganik kimyo" haqidagi kitob qachon kim tomonidan yozilgan?
Javob: I. Bertseluis, 1827 yili. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.


Kimyo
444. H2O, H2S, H2Se, H2Te- kislorod gruppachasidagi elementlarning vodorodli birikmalari. Ularning umumiy nomi nima deb ataladi?
Javob: Xal'kovodorodlar. Noza 3 ball.


Biologiya
445. Noza: Kartoshkaning vatani qayer?
Javob: Janubiy Amerika. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.


Kimyo
446. Noza: 300 yil muqaddam mikroblarni mikroskop ostida birinchi bo’lib ko’rgan olim?
Javob: Gollandiyalik olim A. Levenguk. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.


Siyosat
447. Maknuna: Dunyoning eng yosh qirolichasi kim?
Javob: Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdulla (1970 yil, 31 avgustda tug'ilgan) dunyodagi eng yosh qirolichadir. U mamlakat qiroli Abdulla Bin Husaynga 1993 yilning 10 iyunida turmushga chiqqan. 199 yil 7 fevral kuni Iordaniya qirolichasi deb e'lon qilinganida esa endigina 28 yoshda edi. Feruza 5 ball; Maknuna 1 ball.

Kino
448. Maknuna: Mashhur "Sprut" filmida Komissar Kattani rolini ijro etgan italiyalik mashhur aktyor kim?
Javob: Mikele Plachido (1946-yilda tug'ilgan). Muxbir 5 ball; Maknuna 1 ball.

Kino
449. Maknuna: "O'zbekiston" kanali orqali namoyish etilgan ajoyib koreys seriali "Saroy javohiri"ning asli nomi nima?
Javob: "Buyuk Tangem" Qaysar 5 ball; Maknuna 1 ball.

Biologiya
450. Maknuna: a) Arpa va bananning
b) Soya va tariqning
c) 50% madaniy o'simliklar, jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlarining
d) Bug'doy, suli, dukkaklilar, zig'ir, sabzining
e) Go'zaning
f) Ananasning
g) Karam, qand lavlagi, bedaning
vatani qayer?
Javob: a) Efiopiya.
b) Sharqiy Osiyo.
c) Janubiy Osiyo.
d) G'arbiy Osiyo.
e) Markaziy Amerika.
f) Janubiy Amerika.
g) O'rta Yer dengizi. Assalom 5 ball; Maknuna 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:10:14

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 451-460
     
Astronomiya
451. Maknuna: Qaysi sayyora yashil tusda?
Javob: Uran. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Tarix
452. Feruza: Amir Temur kimni o'zining piri deb hisoblagan?
Javob: Sayyid Baraka. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
453. Feruza: Bog'ibihishtni Amir Temur qaysi o'g'lining farzandiga in'om qilagan?
Javob: Mironshohning farzandiga. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
454. Feruza: Kimga uylanib, Mirzo Ulug'bek "Ko'ragon" unvoniga sazovor bo'lgan?
Javob: Og'obegim. Maknuna 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
455. Feruza: Ulug'bekning rasadxonasidagi birinchi darsni kim o'qigan?
Javob: Shamsiddin Muhammad Havofiy. Maknuna 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
456. Feruza: Birinchi mustaqil Afg'on davlatining hukmdori kim bo'lgan?
Javob: Ahmad Shoh Durroniy - 1747 yilda Xuroson hududida mustaqil qirollikka asos soladi va shu tufayli Afg'oniston davlatchiligi asoschisi hisoblanadi. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
457. Shoir: "Don Kixot" romanida Don Kixotning asli ismi nima edi?
Javob: Alonso Kihano. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
458. Shoir:  "Don Kixot"ning oti nomi nima edi?
Javob: Rossinant. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
459. Shoir:  Don Kixotning sevgan yori Syulsineyaning kasbi nima edi?
Javob: Cho'chqaboqar. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
460. Shoir:  Dantening "Ilohiy komediya" asarining "Do'zax" qismini o'zbek tiliga kim tarjima qilgan?
Javob: Abdulla Oripov. Maknuna 5 ball; Shoir 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:10:47

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 461-470

Adabiyot
461. Shoir:  "Ilohiy komediya"da Danteni safarga undagan Rim adibi kim edi?
Javob: Vergiliy. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
462. Shoir:  "Ilohiy komediya"dagi shaytonning nomi nima?
Javob: Lyutsifer. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.
 
Adabiyot
463. Shoir: "Ilohiy komediya"da Dante izlagan qiz kim?
Javob: Beatriche. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
464. Shoir: Gyotening "Faust" tragediyasida hayotdan rozilik ramzi bo'lgan shoir qanday edi?
Javob: "Bir dam to'xta, bu dam go'zal dam, bu dam o'tib ketmasin!" AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
465. Shoir: "Faust"dagi shaytonning nomi nima?
Javob: Mefistofel. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
466. Shoir: "Faust" tragediyasida Faustga shayton tanishtirgan ruhoniyning qizi kim edi?
Javob: Margarita. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
467. Shoir: "Faust" tragediyasida Faust bilan Yelenadan tug'ilgan o'gil kim edi?
Javob: Evffarion. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

O'zbekiston tarixi
468. AbdulAziz: O'zbekistonda aholini ro'yxatga olish qachon bo'lib o'tgan. Unda O'zbekiston aholisi qanchani tashkil etgan?
Javob: 1865 yili, shu paytda O'zbekiston aholisi soni 3 320 000 kishini tashkil etgan. Assalom 5 ball.

O'zbekiston tarixi
469. AbdulAziz: 1983 yili 1200 yilligi nishonlangan buyuk alloma kim?
Javob: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. Qaysar 5 ball.

Adabiyot
470. AbdulAziz: Janni Rodarining piyozboshli qahramoni kim?
Javob: Chippolino. Feruza 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:11:05

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 471-480

Adabiyot
471. AbdulAziz: "Doktor Voyjonim" (Doktor Aybolit) muallifi kim?
Javob: Chukovskiy. Feruza 5 ball.

Sport
472. AbdulAziz: Bir necha marta shashka bo'yicha jahon chempioni bo'lgan kiyevlik sportchi kim?
Javob: Kuperman. Maknuna 5 ball.

Adabiyot
473. Shoir: Alber Kamyuning "Begona" povestining bosh qahramoni kim?
Javob: Merso. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
474. Shoir: Antik dunyo afsonasiga ko'ra o'zi barobar toshni qoyaga olib chiqishdek og'ir jazo berilgan qahramon kim edi?
Javob: Sizif. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
475. Shoir: Gabriel Garsia Markesning "Tanholikning yuz yili" romani qahramoni Ursula kampir necha yil yashaydi?
Javob: 115 yil. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
476. Shoir: "Islom qo'zg'oloni" dramatik poemasi muallifi kim?
Javob: Persi Bishi Shelli. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
477. Shoir: Emil Zolyaning "Hamal" romani asli nomi nim?
Javob: Jerminal. Qaysar 5 ball; Shoir 1 ball.

O'zbekiston tarixi
478. AbdulAziz: II jahon urushida 14 ta yetim bolani o'z tarbiyasiga olgan toshkentlik oila?
Javob: Shomahmudov Shoahmad va Shomahmudova Bahri oilasi. Feruza 5 ball.

Informatika
479. AbdulAziz: Birinchi mexanik hisoblash mashinasi ixtirochisi kim va qachon kashf qilgan?
Javob: 1641 yili fransiyalik olim Blez Paskal mexanik hisoblash mashinasini kashf qildi. Muxbir 5 ball.

Madaniyat
480. AbdulAziz: Rossiyadagi eng katta muzey qaysi?
Javob: Ermitaj muzeyi. 1764 yili tashkil etilgan. Bu yerda 3 milliondan ortiq madaniyat va san'at yodgorligi mavjud. Maknuna 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:11:18

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 481-490

Tarix
481. AbdulAziz: II jahon urushining 13 ta "qahramon shahar"larini sanang.
Javob: Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Volgograd, Sevastopol, Odessa, Novorossiysk, Tula, Kerch, Smolensk, Murmansk, Brest qal'asi. Maknuna 5 ball.
 
Tarix
482. AbdulAziz: Amir Temur davlatining bayrog'i rangi qanday edi?
Javob: Moviy rangda. Feruza 5 ball.

Adabiyot
483. Shoir: "O'tkan kunlar" romani voqealari nechanchi hijriy yildan boshlanadi?
Javob: 1264-hijriya, dalv oyining 17-nchisi qishki kunlarning birida Marg'ilon shahri... AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
484. Shoir: "O'tkan kunlar"da Ziyo shohichining o'gli?
Javob: Rahmat. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
485. Shoir: "O'tkan kunlar"da Hasanali otani Otabekning bobosi kimdan va qanchaga sotib olgan?
Javob: Erondan kishi o'g'irlab keluvchi bir turkmandan 15 tillo barobariga. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
486. Shoir: Ziyo shohichining uyidagi suhbatda Otabek o'ris shaharlaridan qaysi biriga borganligini gapiradi? U hozir qaysi shaharga to'g'ri keladi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Shamay, hozirgi Semipalatinsk. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
487. Shoir: Azizbekdan oldin Toshkent hokimi kim edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Salimsoqbek. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
488. Shoir: Yusufbek hoji xonadonining cho'risi kim edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Oybodoq va Hanifa. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
489. Shoir: Kumushbibi Otabekni ariq bo'yida uchratganda necha yosh edi?
Javob: O'n yettini qo'yib, o'n sakkizga qadam bosgan edi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
490. Shoir: "O'tkan kunlar"da Marg'ilon hokimi kim edi?
Javob: O'tabboy qushbegi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:11:31

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 491-500

Adabiyot
491. Shoir: Kumushni turmushga uzatish marosimi - qizlar majlisi qayerda bo'ladi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Kumushning tog'asinikida. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
492. Shoir: Otabek nikoh marosimida domlaning "Kumushbibi Mirzakarim qizini shar'iy xotinliqg'a qabul qilasizmi?" savoliga nechanchi so'roqda "Qabul qilaman" deb javob beradi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Ul birinchi so'roqdayoq — «uchib, qo'nib qabul qilamiz» deb javob bermakchi bo'lsa ham biroq xalqning— «ulib turg'an ekan» deb qiladirg'an ta'nasidan cho'chib, javob bermaydir. Yana bir qayta yuqoridag'i «siz kim falonchi...» jumlasi domla tarafidan takrorlanadir. Kuyavlarga uchunchi so'roqda javob berish odat hukmida bo'lsa ham, Otabek bu takallufka chidalmaydir. Go'yo uchunchi so'roq o'rnig'a «Endi olmas ekansiz Kumushbibini...» deb majlis buziladirg'andek seziladir-da, hamma tovshi-ni qo'yib, barchag'a eshitdirib «Qabul qildik!» deb yuboradir. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
493. Shoir: Toshkandni muhosara qilg'uchi qo'qonliklar - qipchoqlar lashkari amiri kim edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Normuhammad qushbegi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
494. Shoir: Xonlik zamonida hudaychining vazifasi nima edi?
Javob: Adyutant ma'nosida, xon kelishi oldidan xalqni ogohlantirib o'tadigan bek. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
495. Shoir: Otabek va qutidorni Marg'ilonda dordan kim va nima asrab qoladi?
Javob: Kumush olib kelgan xat. Uni Otabekning Yusufbek hoji yozgan edi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
496. Shoir: Zaynab kimning qizi edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Olim ponsadning. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
497. Shoir: Otabek Usta Olimga o'zini kim deb tanishtiradi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Shokirbek. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
498. Shoir: Kumushbibini ikkinchi nikohga kimga uzatishmoqchi bo'ladi. Kuyov kimning o'g'li edi?
Javob: Komilbek, Salim sharbatdorning o'g'li edi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
499. Shoir: "O'tkan kunlar"da Otabek, Abdulla Qodiriyning o'zlari ham bir necha marta tungan Marg'ilondagi ziyoratgoh-mozor qaysi?
Javob: Xo'ja Ma'oz. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Madaniyat
500. AbdulAziz: Tarixda "Xattotlar sultoni" nomini olgan xattot kim?
Javob: Sultonali Mashhadiy. Feruza 5 ball.

Qayd etilgan