Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 423949 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 20 B


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:31:20

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 121-130

Adabiyot
121. Qadimgi grek xalqlarining "Illiada" va "Odissey" dostonlarini kim yozgan?
Javob: Gomer

Tilshunoslik
122. "Muxosara" so'zining ma'nosi nima?
Javob: Qamal

Islom
123. Samud qavmining Payg'ambari Solih a.s. Quroni Karimning necha joyida zikr qilingan?
Javob: To'qqiz joyida zikr qilingan.

Islom
124. Bu dunyoda Alloh taolo yaratgan ikki narsa bor. Ular hech qachon dam olmay yurishadi. Bu ikki narsa nima?
Javob: Bu ikki narsa - Oy ila Kundir.

Islom
125. Bu dunyoda bir daraxt bor. Bu daraxtni mevasini Jannatda ham payg'ambarlar yeb do'st tutishadi. Bu daraxt nima?
Javob: Bu daraxt - Xurmo.

Islom
126. Alloh taolo tomonidan payg'ambarlarga necha noma tushgan? Va bu nomalar qaysi payg'ambarlarga tushgan?
Javob: Alloh taolo tomonidan nomalar Hazrati Odam a.s. Hazrati Shis a.s. Ibrohim a.s. va Hazrati Idris a.s. larga tushgan.

Islom
127. Qur'oni Karimni nima uchun "Furqon" deya atashadi?
Javob: Bu muqaddas kirobning "Furqon" deb atalishiga uning bo'lim-bo'lim, ajralib - ajralib nozil bo'lgani sabab bo'lgan. Chunki boshqa Ilohiy kitoblar birdaniga nozil qilingan.

Islom
128. So'fiylik qaysi payg'ambardan qolgan? Shokirlik qaysi payg'ambardan qolgan? Zokirlik qaysi payg'ambardan qolgan? Oriflik-chi?
Javob: So'fiylik - Odam Safiyullohdan. Shokirlik(Shukr qilish) Nuh a.s.dan. Zokirlik Zakariyo a.s. dan. Oriflik esa - Hazrati Ayyub a.s.dan qolgan.

Islom
129. Nechta payg'ambar podshohlik qildilar? Mag'ribdan mashriqqacha necha kishi podshohlik qilgan? Ulardan nechasi mo'min, nechasi kofur bo'lgan?
Javob: To'rtta payg'ambar podshohlik qildi: 1. Sulaymon a.s. 2.Hazrati Yusuf a.s. 3. Hazrati Iskandar Zulqarnayn. 4. Hazrati Muhammad s.a.v. Mag'ribdan Mashriqqacha to'rt kishi podshohlik qilgan. Ikki mo'min, ikkisi kofir. Mo'min: 1. Hazrati Sulaymon a.s. 2. Hazrati Iskandar. Kofir: 1. Shaddod. 2. Namrud.

Islom
130. Fil voqeasida Paygambarimizning bobolari Abdulmuttolib bilan Abrahaning urtasida bir ajoyib suhbat bulgan. Bu suhbatda Abdulmuttolib Abrahadan uz ehtiyojini suragan.  Abraha...  seninig dek viqorli insondan buning dek mayda narsani surashingni kutmagan edim dedi shunda Abdulmuttolib Abrahaga qanday javob bergan edi?
Javob: Tuyalarini so'ragan. Nega Ka'bani so'ramaysan deganda, Ka'ba Allohniki, uni o'zi saqlab oladi degan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:31:31

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 131-140

Islom
131. Paygambarimizning (s.a.v) azvoji muhtaramalari orasida bir ayol bulganki doimiy bir sifati bilan boshqalari orasida maqtangan u ayolning ismi nima? Va maqtanishiga sabab bulgan sifatlari nima edi?
Javob: Zaynab onamiz hammangizning nikohingizni insonlar o'qigan. Mening nikohimni Alloh o'qigan deb maqtanar edilar.

Islom
132. Dunyodagi eng katta zulm nima?
Javob: Bizni yaratgan va rizqlantirgan ALLOHga shirk keltirishdan kattaroq zulm yo'q.

Islom
133. Eng katta omonatni bilasizmi?
Javob: Eng katta omonat ahdga vafo qilmoqlik.

Islom
134. Kechirilmas xiyonat qaysi?
Javob: Omonatga qilingan xiyonat eng katta hamda kechirilmas  xiyonat.

Islom
135. Oilada farzand tugildi ... ota-onaning dunyo va ohiratda qarzdor bulishiga sabab bulgan birinchi ish? U nima?
Javob: Qulog'iga azon aytib, ism berish.

Tarix
136. Sud zalida ulimga hukm qilingan bir mahkum: "Men harbiy bulganman umrimning songgi daqiqasida ojiz gunohkorga uhshab osilishimni istamayman balki harbiylarga hos tarzda otib o'ldirilishimni surayman" degan. Bu so'zlar qaysi taniqli shaxsga tegishli?
Javob: Saddam Husayn

Adabiyot
137. "Hech birovga xolis hizmat qilganmisiz" bu sozlar qaysi mashhur ozbek yozuvchisining mashhur asaridan olingan?
Javob: G'afur G'ulomning "Yodgor" qissasidan olingan.

Islom
138. Paygambarimiz (s.a.v) ning davrlarida paygambarlik da'vo qilgan kishi kim? Va uning da'vosiga nima sabab bulgan?
Javob: Musaylama kazzob

Islom
139. U 7 yoshida qur'onni komil yod oldi, 8 yoshida odamlarga imomlik qildi, 9 yoshidan boshlab hadis yig'di. Kunlardan bir kun otasi tushida uni payg'ambar alayhissalomning qo'llari orasida qo'lidagi idishdan toshchalar olib payg'ambar qo'llariga tashlayotganini ko'rdi. Shunda payg'ambarimiz unga qarab o'g'ling tez orada islomdan ko'p narsalarni o'rganadi islom shariatidan dars beradi dedilar. U qaysi olim?
Javob: Abu Ja'far Muhammad ibn Jariyr At-Tobariy

Islom
140. Hajjul mabrurning jazosi nima?
Javob: Paygambarimiz sollaallohu alayhi vasallam: {va hajjul mabrur laysa lahu jazaun illa aljannah} ya'ni qabul bo'lgan hajning jannatdan uzga jazosi yo'qdir, deb marhamat qildilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:31:42

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 141-150

Islom
141. Imom Muslim tug'ilgan shaharning nomi?
Javob: Nishopur

Islom
142. Olam yaralganidan beri payg'ambarlardan boshqa uch insonga siddiqlik sifati berilgan ular kimlar?
Javob: Abu Bakr Siddiq, Oisha siddiqa, Maryam binti Imron

Tarix
143. O'zbekistonda 1993 yil qanday nom bilan atalgan edi?
Javob: Ahmad Yassaviy yili

Tarix
144. YUNESKO tomonidan butun dunyoda 2007 yil qanday yil deb e'lon qilindi?
Javob: Jaloliddin Rumiy yili

Tarix
145. Turkmanboshi Saparmurod Niyozov qaysi shaharga dafn etildi?
Javob: O'zi tug'ilib o'sgan Qipchoq shahrida qurdirgan masjid yaqiniga dafn etildi.

Atamashunoslik
146. Gazeta so'zining asl ma'nosi nima? Qaysi tildan olingan?
Javob: Tanga, italyan tilidan.

Adabiyot
147. Gomerning "Illiada" dostonida Sparta va Troya urushiga sababchi bo'lgan go'zal kim edi?
Javob: Yelena

Islom
148. Ma'lumki Payg'ambarimiz ayollarni uyda o'qilgan namozlarini afzal deb marhamat qilganlar lekin bir namozda ayollarni erkaklar orqasida turib o'qishlikka buyurganlar. Bu qaysi namoz?
Javob: Hayit namozlari.

Tarix
149. O'zbekiston BMTga qachon a'zo bo'lgan?
Javob: 1992 yil 2-mart

Adabiyot
150. «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» dostoni muallifi kim?
Javob: Shota Rustaveli

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:31:53

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 151-160

Tarix
151. Konstantinopol (Istanbul)ni fath qilgan musulmon fotihi kim?
Javob: Turk sultoni Fotih Mehmet Ikkinchi

Texnologiya
152. Eng birinchi SMS qaysi davlatdan jo'natilgan?
Javob: Finlandiya

Islom
153. Rasululloh SAVni ilk daf’a emizgan ayol kim edi?
Javob: Rasululloh s.a.v.ni birinchi bo'lib uch kun onalari Omina, keyin esa amakilari Abu Lahabning joriyasi Suvayba ismlik ayol emizgan.

Islom
154. Rasulullohga Abu Tolibning uyida enagalik qilgan ayol kim edi?
Javob: Ummu Ayman.

Islom
155. Imom Buxoriyning "Sahihul Buxoriy" kitobidagi bir hadisda bayon etilishicha, payg‘ambarlarning hammalari qaysi hunar(kasb) bilan shug'ullanishgan?
Javob: Cho'ponlik.

Islom
156. Qalam surasining 10-16-oyatlarida ta'riflangan qasamxo‘r, past, tuhmatchi, g‘iybatchi, baxil, haddidan oshgan, gumroh, qo‘pol, ustiga-ustak otasi noma’lum odam kim edi?
Javob: Holid ibni Validning otasi mushrik Valid ibni Mug'ira

Islom
157. Asadulloh (Allohniung sheri) laqabli paxlavon sahobiy kim edi?
Javob: Amir Hamza

Islom
158. Madinaga birinchi bo'lib hijrat qilishga chiqqan sahoba kim?
Javob: Abu Salama

Islom
159. Muhojirlar orasida Madinada tug'ilgan birinchi chaqaloq kim?
Javob: Abdulloh ibn Zubayr r.a.

Islom
160. Badr g'azotida muslmonlar bayrog'ini kim ko'targan edi?
Javob: Mus’ab ibn Umayr

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:32:03

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 161-170

Islom
161. Badr g'azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo'lgan edi?
Javob: 14 kishi

Islom
162. Badr g'azoti qaysi oyda bo'lgan edi?
Javob: Ramazon

Islom
163. Sahoba Abdulloh ibn Mas'ud "Men payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomninig ashoblari orasida dunyoga mehr qo'ygan inson yo'q deb o'ylardim hattoki uhud jangidagi bir oyat tushgunicha degan ekanlar. U qaysi suraning qaysi oyati?
Javob: Oli-Imron surasining 152-oyati, vallohi a'lam:
152. Alloh o‘z va’dasining ustidan chiqdi — sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (payg‘ambar alayhis-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi ko‘rgan narsani (ya’ni g‘alabani) ko‘zingizga ko‘rsatib qo‘yganidan keyin payg‘ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. So‘ngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g‘alaba qilish o‘rniga mag‘lubiyat tomonta) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon egalariga fazlu marhamat sohibi bo‘lgan zotdir.

Islom
164. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga: "Ummatim orasida halol va haromni eng yahshi biluvchi inson',-deya ta'rif berganlar. Bu sahobiy kim edi?
Javob: Muoz ibn Jabal

Islom
165. Rasululloh s.a.v:"... qiyomat kuni ulamolarning imomi bo'ladi', deganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Muoz ibn Jabal

Islom
166. Birinchi hijriy yilning ilk kuni nechanchi melodiy yil,oy va kuniga to'g'ri keladi?
Javob: Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga to'g'ri keladi.

Islom
167. Oyisha r.a. ta'rifi bilan "o‘z qavmi uchun g‘oyat sharofatli ayol" bo'lgan, Rasulullohga turmnushga chiqqanidan keyin butun qavmi musulmon bo'lgan mo'minlar onasi kim edi?
Javob: Juvayriya binti Horis

Islom
168. Habashistonga hijrat qilgan, biroq ko‘p o‘tmay gumrohlashib nasroniy diniga kirgan murtad kim edi?
Javob: Ubaydulloh ibn Jahsh

Islom
169. Xaybar g'zaotida Rasululloh SAV: "Ertaga bayroqni shunday bir odamga tutqazamanki, u xudo bilan payg‘ambarni jon-dildan sevadi. Bunday odamni Olloh bilan payg‘ambar ham yaxshi ko‘radi", dedilar. Muhojirlar bilan ansorlar o‘sha suyukli kishi o‘zlari bo‘lib chiqishini orzu qildilar. Ertasi kuni Rasululloh bayroqni kimga topshiradilar?
Javob: Ali ibn Abu Tolib

Islom
170. Payg'ambar alayhissalom: "Sening aqlli odamligingni bilardim, fahmu farosating seni hidoyatga yetaklashidan umidvor edim", deb kimga marhamat qilganlar?
Javob: Xolid ibn Valid r.a.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:32:19

Islom
171. Payg'ambar alayhissalomga bag'ishlangan mashhur "Qasidai burda"ning muallifi kim?
Javob: Ka'b ibn Zuhayr

Islom
172. Rasululloh s.a.v.ga farz hisoblangan, biz ummatlariga esa sunnat hisoblangan namoz qaysi?
Javob: Tahajjud namozi

Islom
173. Rasululloh s.a.v.ga farz bo'lgan, ummatlariga esa sunnat bo'lgan amal qaysi?
Javob: Misvok ishlatish.

Islom
174. Rasululloh SAV qatnashgan eng so'nggi g'azot qaysi edi?
Javob: Tabuk g'azoti.
 
Islom
175. Rasululloh SAV qatnashgan eng so'nggi g'azotda bayroqni kimga tutkazgan edilar?
Javob: Rasululloh SAV qatnashgan eng so'nggi Tabuk g'azotida bayroqni Abu Bakr Siddiq r.a.ga topshirgan edilar. Bu xalifalikni Abu Bakrga o'tkazilishiga dalolat edi.

Islom
176. Rasululloh SAV mol-mulki ko'payishjini duo qilib, bashorat bergan, vafot etganda, to‘rt xotinining har biriga sakson ming dinordan meros tekkan sahoba kim edi?
Javob: Abdurahmon ibn Avf

Islom
177. Payg'ambarimizning sirlari deb nom olgan sahoba kim nima uchun shunday nom olgan?
Javob: Huzayfa ibn Yamon - "Sirrun nabiy" (ya'ni payg'ambarimiz u zotga bir sirni aytganlar)

Islom
178. Avval juda faqir bo'lib, keyin badavlat bo'lib ketgan, bir kunda 30ta qulni ozod qilgan sahobiy kim?
Javob: Abdurahmon ibn Avf

Islom
179. O'z ta'limoti bilan shialik imomatiga asos solgan, halifalik faqat Ali r.a. avlodlariga tegishli, degan g'oyani ilgari surgan sahobiy kim?
Javob: Abu Zarr G'iforiy

Islom
180. Malumki, musulmon kishi uchun eng kerakli ilmlardan biri bu aqoid ilmidir. Agar insoning aqidasi to'g'ri bo'lsa u hech qachon adashmaydi, inshaalloh. "Aqida" so'zining manosi nima?
Javob: Bu so'z arabcha "aqd" - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash degan ma'noni bildiradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:23:00

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 181-190

181. Qur'oni Karim tafsiri bo'yicha katta bilimga ega bo'lganliklari uchun "tarjimanul Qur'on" laqabini olgan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos

182. Rasululloh s.a.v: "Kim jang qilmoqchi bo'lsa ... kabi jang qilsin", deganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Osim ibn Sobit

183. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga "Muborak honadonni muborak kishisi" deya tarif berganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Sobit ibn Qays al-Ansoriy

184. Qur'onda har bir surani o'qishdan avval Allohni ismi zikr qilinadi lekin bir sura bor uni o'qishdan avval Allohning Rahmon va Rahimlik sifatlari tilga olinmaslik kerak bu qaysi sura?
Javob: Tavba surasi.

185. Alloh bizni nima uchun yaratdi? Bunga Quroni Karimdan dalil keltiring.
Javob: Bismillahir rohmanir rohiym. "Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim" (Vaz-zoriyot, 56).

186. Rasululloh SAV "Olloh senga najot bersin, badaningdagi soch va tuklaringni barokatli qilsin", deya duo qilgan, duoning sharofati bilan yetmish yil umr ko‘rib, dunyodan xuddi o‘n besh yashar boladek navqiron bo‘lib o‘tgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Qatoda

187. Muhammadning  s.a.v. eng sevimli nabiralari, Hazrati Ali va Hazrati Fotimalarning  r.a. farzandi arjumandlari Imom Hasaning qotili kim? Va bu qotil qaysi sahobiy tomonidan yollangan?
Javob: Tarixiy asarlarda kelishicha, Imom Hasanning r.a. qotili o'zining ayoli Qays ibn Eshyos qizi Jiyda bo'lgan. Va buni Muoviya ibn Abu So'fyon yollagan.

188. Imom Husayn r.a. va u zotning qarindoshlarini qatl qilish uchun yuborilgan lashkar orasidan Imom Husayn tomonga bir ksihi o'tadi. Bu kishi ushbu fojeada birinchi shahidlikka erishadi. Bu kishini ismi nima?
Javob: Bu zot Riyoh o'g'li Huyur.

189. Islom olamida pochtani tashkil qilgan sahobiy kim?
Javob: Hazrati Umar.

190. Bizga ma'lumki inson avvali tuproqdan yaratilgan va yana tuproqqa aylanadi. "Tuproq" so'zi bilan tugaydigan sura qaysi???
Javob: Bu sura "Naba'" surasi bo'lib, uning so'nggi oyati shunday: 40. (Ey Makka kofirlari), darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe’ bo‘ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o‘zi qilib o‘tgan narsani (ya’ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko‘rur va kofir kimsa: «Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam-(u muhaqqaq boshimga tushadigan azobdan qutulsam)», deb qolur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:23:21

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 191-200

191. Rasululloh s.a.v. shunday deganlar:"Bu surani avvalgi o'n oyatiga, kimda kim to'la holda rioya qilib umr o'tkazsa, u shubhasiz jannatning eng ulug'i sanalgan Jannatul Firdavs merosh'ori bo'ladi....". Bu sura qaysi?
Javob: Mo'minun surasi.

192. Qaysi sura "Ummul qur'on" deya sharaflanadi?
Javob: "Fotiha" surasi.

193. Yahudiylar kim birinchi bo'lib Islom dinini qabul qilgan?
Javob: Abdulloh ibn Salom.

194. Uhud jangida ko'pgina ashoblar shahid bo'lganlar.Uhud jangidan keyin makkalik Sulofa sahobiylardan birining boshi uchun yuzta tuya va'da qilgan bu sahobiy kim edi?
Javob: Osim ibn Sobit.

195. Boshi uchun yuzta tuya va'da qilingan sahobiyni Alloh o'z fazlu marhamati bilan go'zal tarzda boshini mushriklar qo'liga tushishdan saqlaydi bu "muhofza" sababi bo'lgan jonzotlar qaysi jonzotlar?
Javob: Osim ibn Sobit.

196. Maqomi Ibrohimda Rahmon surasini ochiq-oshkor o‘qigan, Qur'oni karimni Makkada qurayshlar orasida eng avval yoygan buyuk sahobiy kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.

197. Rasululloh SAV hayotlarida oxirgi marta uylangan mo'minlar onasi kim?
Javob: Hazrati Maymuna.

198. Rasululloh SAV:"Meni Yaratgan Rabbimga qasamki, undan  boshqa hech birlarining yotoqlarida menga vahiy kelmaydi', dedilar. Rasululloh s.a.v. bu muborak so'zlarida qaysi mo'minlar onasini nazarda tutganlar?
Javob: Payg'ambarimiz bu so'zlarida ummul mu'minin Oishani (Roziyallohu anho) nazarda tutganlar.

199. Fir'avnning ayoli, hazrati Osiyo r.a.ni Allohga bo'lgan iymonlari uchun Fir'avn juda og'ir jazolar bilan jazolaydi. Shunda Osiyo onamiz Allohga bir ulug' duo qilib yolboradilar. Alloh taolo u zotning duolarini ijobat qiladi. Bu muborak duo Qur'oni Karimning qaysi surasining nechanchi oyatida kelgan?
Javob: Bu muborak duo Tahrim surasining 11 oyatida kelgan. 11. Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular o‘zlari haqiqiy mo‘min bo‘lsalar, yaqin odamlarining kofir holda bo‘lishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi. O’shanda (ya’ni, Fir’avn u ayolning Muso payg‘ambarga iymon keltirganini bilib qolgach, azoblagan chog‘ida) u: «Parvardigorim, O’zing men uchun huzuringda — jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin», dedi.

200. Birinchi shohlardan bo'lgan sahoba?
Javob: Muoviya r.a.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:24:21

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 201-210

201. Mo'minlar onalarining eng yoshi ulug'i kim edi?
Javob: Savda onamiz.

202. Shunday amal borki insonlar uchun juda qiyin ko'rinadi lekin Ibn Sirriyn uni juda oson deb tariflagan osonligi shundaki shubhani tark etish bilan u amalga erishish mumkin u qanday amal?
Javob: Taqvo.

203. "Harsanglarni toshlarni ko'tardim lekin.....ko'ra og'irroq narsani ko'rmadim" Ali ibn abu Tolib. Ali raziyallohuga ogirlik qilgan narsa nima?
Javob: Qarz.

204. Bir g'azotdan qaytishayotganida Mo'minlar onasi Oyisha r.a.ni badnom qilish va Rasululloh s.a.v.ga g'amginlik yetkazish uchun munofiqlar Oyisha r.a.ga tuhmat qiladilar. Allohning sinovi tugagach, Oyisha r.a. Qur'oni Karim, Allohning ulug' kalomlarining guvohligida oqlanadilar. Bu oyatlar qaysi suraning nechanchi oyatlari?
Javob: Nur surasining 11-21-oyatlari.

205. Rasululloh S.A.V vafot etganlariga Oysha r.a necha yoshda bo'lganlar?
Javob: Hijratning ikkinchi yili Hz. Oyisha 9 yoshlarida Rasulullohga nikohlangan bo'lsalar, demak, Rasululloh SAV vafotlarida 17-18 yosh bo'ladilar.

206. Rasululloh s.a.v.ning eng sevikli farzandlari, Ali r.a. zavjalari, Imom Hasan va Shahidlar Sultoni deb ta'riflangan Imom Husaynning onasi bo'lgan Forima r.a. necha yoshlarida vafot etganlar?
Javob: 29 yosh.

207. Bizga ma'lumki Qiyomatda barcha bandalardan birinchi so'raladigan narsa bu amallarning eng buyugi NAMOZ dir. Savol shunday:Qiyomatda insonlarning (birinchi inson bilan ikkinchi inson) o'rtasidagi birinchi bo'lib ajrim qilinadigan narsa nima?
Javob: Qiyomat kunida bir inson bilan ikkinchi inson o'rtasidagi birinchi ajrim qilinadigan narsa, bu - QONdir,ya'ni nohaq to'kilgan qonlardir.

208. Payg'ambarimiz Muhammad SAV hadislarida ta'kidlangan "O’zi halol-u, lekin Allohga eng yomon ko‘rilgan narsa" nima?
Javob: Taloq.

209. Rasululloh davrlarida yashab u zotni umuman ko'rmagan inson kim deb ataladi?
Javob: Tobein.

210. Nuh payg'ambar kemasi to'xtagan tog' nomi nima?
Javob: Ju'di.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:24:47

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 211-220

211. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning o'gillari Abdullohning yana qanday ismlari bo'lgan?
Javob: Tohir, Toyyib.

212. Islom olamida Andalusiya deb qayerni aytishadi?
Javob: Portugaliya va Ispaniya.

213. Islomiy ramz sifatida hiloldan foydalanish kimdan va qachondan boshlangan?
Javob: Usmoniy imperiyasidan boshlangan.

214. Abdulloh ismi bilan ataluvchi mashhur 5 ta sahobani sanang.
Javob: 1. Abdulloh ibn Umar.r.a. 2. Abdulloh ibn Abu Bakr. r.a. 3. Abdulloh ibn Mas'ud r.a. 4. Abdulloh ibn Abbos.r.a. 5. Abdulloh ibn Amr ibn Os r.a.

215. Masjidul haromni ilk bor kengaytirib ta'mirlagan shaxs kim?
Javob: Masjid ul-Haromni ilk bor ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Ka'batulloh atrofidagi uylarni sotib olib, buzdirib kengaytirganlar. Ka'baga sahn qoldirib, atrofidan devor oldirganlar. Shundan keyin ham u bir necha marta ta'mirlanib, kengaytirildi. Hozirgi kunda masjidning to‘qqizta mezonasi (minorasi), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor.

216, Hazrati Umar ibn Hattob r.a. bir kishi haqida so'z ketganda doimo shunday deganlar:"Bizning sayyidimiz va sayyidimizni ozod qilgan inson". Savol: Bu so'zlarda kelgan ikki sayyid - sahobiyni toping?
Javob: Bilol Habashiy.

217. "Mukotaba" so'zining ma'nosi nima?
Javob: Fiqhda o‘zini o‘zi sotib olishi haqida yozma bitim tuzgan qul (cho‘ri).

218. Islomda birinchi kamon otgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos ra.

219. Usmon ibn Affon r.a. shahid ketganlaridan keyin, musulmonlar halifa bo'lishni taklif qilishgan, u rad qilgandan keyin:"Agar sen halifa bo'lishga rozi bo'lmasang, seni qatl qilamiz",deyishganida ham halifalikka rozi bo'lmagan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Umar.

220. Sahobalar bir sahobiyga:"Changalida arslonni tutgan inson", deya ta'rif berishgan. Bu ta'rif sohibi bo'lgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos.

Qayd etilgan