"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 941-950
941. Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo’ladi?
Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun
Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo’yishadi va tabiiyki, akatsiya o’z barglarining sonini me’yorigacha tiklab oladi
942. Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?
Javob: Agarda ular kasal bo’lsalar
Izoh: Shunday yo’l bilan ular o’zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko’rsatishgan
943. U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam beradi. Uni ayting.
Javob: Jirafa
944. Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar — o’ziga xos dinning tarafdorlari hisoblanishadi. Ularning dini zardo’shtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning ta’siriga uchragan. Yazidlar turmushida ta’qiqlar ko’p. Ular xo’roz, g’azol, baliq go’shti, qovoqni yeya olmaydilar. Ularga yo’talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko’k rangdagi kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo’g’inida "œsh", ikkinchi bo’g’inida esa "œt" tovushlari bo’lgan so’zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so’zlardan qo’rqadilar?
Javob: Ular "œshayton" so’ziga o’xshagani uchun
945. 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqarilgan mahsulotida balandlikni o’lchash qurilmasi, kompas, barometr, termometr kabi qo’shimcha qurilmalari bor. Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob: Vaqtni ko’rsatish
Izoh: Gap "œTISSOT" kompaniyasi soatlari haqida bormoqda
946. Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho’yandan inson figuralarini yasash bilan shug’ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko’pgina shahrlarini bezab turibdi. U o’zining cho’yan figuralarini ko’pincha bir insonga o’xshatib yasaydi. Siz menga u insonning kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting.
Javob: Haykaltarosh
Izoh: U o’z haykallarini o’zidan olib yasaydi
947. Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?
Javob: G.Uelsning "œKo’rinmas odam"iga
948. Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi?
Javob: Fil
949. Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida "œErkak kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi — bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi" degan. Agar "œZakovat" bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin?
Javob: Galstuk
Izoh: "œZakovat" bilimdonlari o’yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka) taqishmoqda.
950. Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida yozib berishgan". Bu qaysi mahsulotning reklamasi?
Javob: Kofe
Izoh: Gap NESCAFE kofesi haqida bormoqda