Muallif Mavzu: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 375277 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #180 : 07 Iyul 2008, 18:44:33 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1021-1030

1021. 1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli dramaturg Bernard Shou nomidan o'zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2 ta bo'lib, Shou "Do'stingiz bilan premyeraga keling, agar bo'lsa" deb xat yozib yubordi. Shunda Cherchil javob qaytardi: "Hozir vaqtim yo'q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar......."
Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Javob: Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar yana pyesangiz bo'lsa. (Ya'ni yana premera bo'lsa)
Izoh: Uinston Cherchil ancha kibrli inson bo'lib, yaqin do'stlari bo'lmagan. Bernard Shou esa uning ustidan kulish uchun shu gaplarni yozgan. Cherchill ham gapga usta bo'lib, unga ajoyib javob qaytargan. Shouning pyesalari soni kam bo'lgani uchun shunday javob qaytargan.

1022. 1821 yili Taleyranga bu haqida aytishganida, "Bu endi e'tiborga molik voqea emas, shunchaki bir xabar" deb, nimani nazarda tutgan edi?
Javob: Napaleonning vafot etgani haqidagi xabar

1023. 1978 yil noyabrda Tokiodagi ko'p qavatli binolardan birining yuqori qavatidan bir dona tuxum tashlab yuborildi. Ko'pchilik guvohi bo'lgan bu voqeadagi tuxumning oddiy tuxumlardan qanday farqi bo'lgan?
Javob: U pastga tushganda sinib ketmagan

1024. Andijon davlat Tillar pedagogika instituti kimning nomida?
Javob: Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon.

1025. Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o’qish vaqtida o’quvchilar o’zlarini o’qituvchi o’rniga qo’yib ko’rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo’yishlari ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini ayting.
Javob: U atayin xatolar bilan chop etilgan

1026. Mallarang bo’yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo’l bilan olinadi. Ammo tabiiy bo’yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo’yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o’sha bo’yoqning tabiiy manbasini yozib bering.
Javob: Karakatitsa. Izoh: "Kapitan Vrungel sarguzashtlari"da Vrangelning raqibini kemasi "Qora Karakatitsa" bo'lgan

1027. Fiat, Pejo, Reno va Shevrole. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni topib aytasiz.
Javob: Oxirgi xarfi "T" bilan tugaydi: FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET

1028. Dunyoda juda ko’plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to’yingan hujayra va to’qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo’lgan hujayra va to’qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi?
Javob: Robin Gud

1029. Hududi kattaligi jihatidan – 110 o’rin, aholi soni bo’yicha – 73-o’rin, Xalqaro savdo hajmi bo’yicha – 15-o’rin, Valyuta zahirasi bo’yicha – 6-o’rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo’yicha – 4-o’rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga ko’ra dunyoda 1-o’rin. Siz bu qaysi davlat ekanligini yozib bering.
Javob: Shveytsariya

1030. Qaysi qurol o’z nomini inglizcha “aylantirmoq” so’zidan olgan?
Javob: Revolver
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #181 : 07 Iyul 2008, 18:46:36 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1031-1040

1031. Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sobori ajoyib arxitektura mo’jizasi bilan qurilgan ekan. Uning gumbazi o’rtasida dumaloq teshik bor.Bu joydan soborga quyosh nuri tushib turadi. Ammo, qanchalik g’alati tuyilmasin, u yerdan bironta ham yomg’ir yoki qor tomchisi ichkariga tushmas ekan. Bunga sabab nima?
Javob: Sababi o'sha teshikdan doimiy ravishda issiq xavo chiqib turadi. Shuning uchun u yomg'ir va qor tomchilarini qaytaradi va bug'lantirib yuboradi.

1032. Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo’yilgan:
Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o’ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo’ygan. Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo’lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni – mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan. 1 daqiqadan keyin, siz menga ushbu olimlarning “mijozini” yozib bering.
Javob: Mona Liza - Jakonda

1033. Yaqinda TNT kanali orqali efirga uzatilgan “Taksi” ko’rsatuvining 1 sonida “Qiyin savollar” toifasi bo’yicha berilgan savoldan na’muna:
Savol quyidagicha: “Ishonish qiyin bo’lsa ham uning ko’zi ko’rmas bo’lgan ekan. Bu to’g’rimi?”
Yo’lovchilar esa uzoq o’ylab “Ha” deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham “U qanaqasiga ko’r bo’lishi mumkin?” deb javob noto’g’riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning millati yapon bo’lsa, unda menga uning to’liq ismini va kasbini ayting.
Javob: Akiro Kurasava, rejissyor. ("Dersu Uzala" filmini eslang)

1034. Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini) Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og’irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi mumkin?
Javob: Poetik va she'riy dostonlarni. Sababi ular katta hajmda bo'ladi.

1035. Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko’pincha tor doirada bo’ladi. Masalan: Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan. Xuddi shunga o’xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko’rsatuvchi strelka ixtiro qilgan?
Javob: Yurak pulsni o'lchash uchun

1036. Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. U xozir bir o’yinning ramzi. Xo’sh bu qaysi o’yin?
Javob: "Nima? Qayerda? Qachon?" o'yinining ramzi. Gap Boyo'g'li haqida ketmoqda.

1037. Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark  shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin?
Javob: Saylovdan oldin

1038. O O T T F F S S ........
Bu xarflar ro’yxatida qaysi xarf ortiqcha va nima uchun?
Javob: Birinchi O harfi ortiqcha. Sababi bu ro'yxat ingliz raqamlarining bosh harflari edi. One, Two,Thre, Four, Fife......

1039. Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo’yicha chempionlar ko’p. Lekin ular orasida 1900 yili chempion bo’lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa sportchilardan farqli o’laroq u narsani birinchi bo’lib qo’llagan va chempion bo’lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?
Javob: U ilk bor quyi startni boshlab bergan, ya'ni tizzalab yugurgan

1040. 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar yozim qo’yilgan. Masalan: “A”, “Б” va h.k. Mantiqiy o’ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting
Javob: "Л" harfi. Bu harflar u konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. 12 harf esa bu "Л" harfi.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #182 : 07 Iyul 2008, 18:47:36 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1041-1050

1041. Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina  I jahon urushiga kelib uning targ’iboti keng ko’lamda bo’lgan va uning qulayligi urushda o’z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o’sha ixtirochining ismini ayting.
Javob: King Kemp Jillet. Xavfsiz ustara ixtirochisi

1042. Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko’rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo’q. Ulug’ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Dengizlar. Sargossa dengizining chegarasi yo'q.

1043. Yaponlarda “be” o’tirmoq degani. Xo’sh unda “teribe”  qanday tarjima qilinadi?
Javob: Televizor

1044. Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?
Javob: Mashhur masalchi Krilovning haykali

1045. Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan. Savol, u nima?
Javob: Bizon.

1046. 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin. U nima?
Javob: Neft

1047. AQShda u  o.k.y., Yaponiyada  y.o.k., bizda esa  k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Sanalarning yozilishi edi. Bizda kun, oy, yil yoziladi. Ularda esa aksincha

1048. 1958 yili Shvetsiyada bo’lgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo’lish uchun qur’a tortish marosimi bo’lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo’lingan. Bunda 1-guruh “G’arbiy Yevropa”, 2-guruh “Sharqiy Yevropa”, 3-guruh  “Amerika” deb nomlangan. Xo’sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?
Javob: Buyuk Britaniya. Sababi o'sha yili B.Britaniyaning 4 ta davlati ham chiqishgan edi.

1049. Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa…  Jumlani to’diring.
Javob: Qizingdan ayrilasan

1050. Sigir - 4, cho’chqa - 8, tipratikan – 10, yaguar – 11, ko’rshapalak – 20. Xo’sh, bu ko’rsatkich insonda o’rtacha nechaga teng?
Javob: 7-8 soat. Gap uxlash haqida ketmoqda
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #183 : 07 Iyul 2008, 18:48:36 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1051-1060

1051. Bu ro’yxat boshida  Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?
Javob: Orollar soni bo'yicha

1052. Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?
Javob: Namoz o'qigani kelgani uchun.

1053. Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Hushtak

1054. Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan. Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.
Javob: Gap Rim Papalari haqida edi. Xozirgisi Benidikt XVI, oldingisi Ioan Pavel II

1055.  1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko’chilik norozi bo’lgan. Ular mazkur islohat tashkilotchisi bo’lgan lordning uyiga borib “Bizning 2,5 …mizni qaytaring” deya aytishgan. Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?
Javob: Ular Grigoriy kalendariga o'tgan va o'shanda sana 17 fevraldan 1 mayga o'tgan.

1056. AQShda har bir shtatning o’z “Tayms”i bor. Masal, “New York Tayms”, “Los-Angeles Tayms” va h.k. Unda aytingchi “Tundra Tayms” gazetasi qayerdan chiqadi?
Javob: Alyaska

1057. Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, yana qayerga borganda ular bronjelet kiyib olishadi?
Javob: Futbol uchrashuvlariga

1058. XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 – Sobor, 2 – Luvr. 3 – qism    qanday nomlangan?
Javob: Sarbonna

1059. 85 yoshdagi mashhur Akademik uylanmoqda. U o’z to’yida qadah so’zi aytmoqda: “Sevgi misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman”. Bu kimning to’yi edi?
Javob: Jak Iv Kusto

1060. Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
Javob: Semizlik
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #184 : 10 Iyul 2008, 09:59:36 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1061-1070

1061. 1996-yilning Fevral oyida "USA Today" degan gazeta bir insonni portretini "Insoniyat uchun turib bera oladimi?"  degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning portreti chop etilgan edi?
Javob: Garri Kasparov. U o'sha yili kompyuterga qarshi o'ynagan

1062. Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo'lmasada dunyo bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam beradi. Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketayapti?
Javob: Google

1063. Stiven Frayning bir hazili bor, 50 yoshda vafot etgan Gabriel, o'zini 122 yoshda deb hisoblagan, :-)) savol, Gabrielning familiyasi nima edi?
Javob: Farengeyt. Sababi Farengeyt shkalasi bo'yicha 50 Selsiy daraja (C) 122 ga teng.

1064. Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib Britaniyaga sotuvga qo'ydi, biroz vaqt o’tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida kitob sotuvchiga xat yozdi va o'z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib ko’rmoqchi bo'ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi, uning xati birgina "!" belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo’lgan?
Javob: "?"

1065. Dunyoning turli shaharlarida har xil adabiy qahramonlarga o‘rnatilgan haykallarni uchratish mumkin. Mamlakatimizdagi bir shaharda esa Alisher Navoiyning “Hamsa” sidagi qahramonlardan biriga o‘rnatilgan haykalni ko‘rish mumkin. Men sizdan u qaysi shahar ekanligini so‘ramayman, siz menga o‘sha adabiy qahramonning ismini ayting.
Javob: Farhod.

1066. Dunyoda hech qaysi “botqoqlik” uchalik mashhur bo‘lmagan. Uning uzunligi 74 km, 1300 m gacha, havzasining maydoni 5 ming km2. Ushbu “botqoqlik”dagi 42 ta orolda dunyodagi eng go‘zal shaharlardan biri joylashgan. Qaysi shahar?
Javob: Sankt-Peterburg. Neva-fincha botqoqlik degani.

1067. O’zbek tilida turli boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Shulardan biri frantsuz tilidagi abonner ya’ni yozilmoq so‘zidan olingan. Bu so‘zni yilda bir marta eslanishini nazarda tutgan holda u nimaga nisbatan amalga oshirilishini ayting.
Javob: Gazeta va jurnallarga.

1068. 1921 yilgacha ishonchli bo‘lgan shahar birdaniga nomini o‘zgartiradi. 1997 yilga kelib o‘z o‘rnini oq qabrga bo‘shatib berdi. Bu voqealarning barchasi qaysi davlatda sodir bo‘ldi?
Javob: Qozog‘iston.

1069. Diqqat savolda tushirib qoldirilgan so‘z bor. 19 asrlarda yashagan qozi Abdunabi Hotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida: “Asar yozishdan maqsadim uning oqila, fahmli, ilm va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir... Tushirib qoldirilgan so‘z vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni hasratu firoq bilan shu tariqa o‘tishini noshukurlik deb bildi.”. Tushirib qoldirilgan so‘zni bitta so‘z bilan yozib bering. 
Javob: Umarxon.   

1070. Odatda biror narsaning sinishi yoki sindirilishi baxtsizlikka yo‘yiladi. Lekin uni sindirish albatta rozilikka, yaxshilikka olib keladi. Nimaning sinishi yaxshi belgi hisoblanadi?
Javob: Non. 
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #185 : 10 Iyul 2008, 09:59:55 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1071-1080

1071. Frantsiyaning Bezanson shahrida fotografiya bilan qiziquvchi rassomning oilasida 1862 yili birinchi o‘g‘il tug‘ilganida unga Ogyust deb ism berishadi, oradan ikki yil o‘tib ikkinchi o‘g‘il Lui dunyoga keladi. Ular ulg‘aygach o‘z otalarining familiyasini butun dunyoga mashhur qilishadi. Siz menga o‘sha rassomning familiyasi qanday bo‘lganini ayting.
Javob: Lyumer.

1072. O’zining san’atdagi ilk qadamlarini u kabutarlarni tasvirlashdan boshlagan, aniqrog‘i o‘z otasi chizgan kabutarlarga oyoqchalar chizib qo‘yishdan boshlagan. Keyinchalik esa mashhur rassom bo‘lib yetishgach, u o‘zining bu qushga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyish qildi. Siz gap kim haqida ketayotganini anglagan bo‘lsangiz, u asosan rassomchilikning qaysi yo‘nalishida ijod qilganini yozib bering.
Javob: Kubizm. 

1073. Mashhur yunon haykaltaroshining ismiga hukmdorlik titullaridan birining nomini qo‘shadigan bo‘lsak, mashhur hukmdorning uchinchi o‘g‘lining nomi kelib chiqadi. Siz menga o‘sha mashhur hukmdorning kim ekanligini ayting.
Javob: Amir Temur.  (Miron - shoh)

1074. Balxning janubiy tarafidagi shahar yonida joylashgan otashparastlarning qadimiy butxonasi, 1972 yilda mamlakatimizda vujudga kelgan shaharcha, 1980 yilda tashkil etilgan tuman,  Farg‘ona viloyati Furqat qishlog‘idagi qishloq va oliy liga futbol jamoasi aynan bir hil ataladi. Qanday ataladi?
Javob: Navbahor.

1075. O’z mahsulotini jahon bozoriga chiqarib sotish oson ish emas va bu ishni hamma ham eplayvermaydi. Lekin bir shaharning aholisi hohlagan paytida o‘z mahsulotini u sifatli bo‘ladimi, sifatsiz bo‘ladimi, jahon standartlariga javob beradimi yo‘qmi baribir jahon bozoriga olib chiqib sotaveradi. Bu qaysi shahar?
Javob: Namangan.

1076. Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muyyad boshlab bergani an’anani keyinchalik boshqalar ham davom ettirganlar. Siz menga uning boshlab bergan an’anasi bilan bog‘liq sonni ayting.
Javob: 5. Yuqoridagi shaxs Nizomiy Ganjaviy.

1077. Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bu nima?
Javob: Baobab daraxti.

1078. «Deyli telegraf» gazetasining 1976 yil 29 iyul sonida «Qanday qilib omadsiz bo‘lib, xech narsa qilmaganlik uchun pul olinadi?» sarlavxasi ostida material chop etilgan. Bu maqola kimlar xaqida edi?
Javob: Tilanchilar xaqida.

1079. Hindistonda xar oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari, ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida ham davlat qaramog‘ida bo‘lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular shartnomani buzishsa,ularni qamoq va jarima jazosi kutadi. Ular kimlar?
Javob: Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.

1080. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Z. Tursunxo‘jaevning yozishicha, agar ushbu maqolga amal qilinsa, xosildorlik gektariga 3 tsentnerdan 6 tsentnergacha yuqori bo‘ladi. Bir daqiqadan keyin shu maqolni aytib bering.
Javob: «Yer xaydasang kuz xayda, kuz xaydamasang yuz xayda».
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #186 : 10 Iyul 2008, 10:01:38 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1081-1090

1081. Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima?
Javob: Til.

1082. Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?
Javob: Reklama.

1083. U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday daraxt?
Javob: Tut daraxti.

1084. O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» ida shunday yozilgan: «Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?
Javob: Vaqt.

1085. Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak». Nimani?
Javob: Tokqaychi.                                   

1086. Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Islom.

1087. Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.

1088. Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo.

1089. Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Javob: Sher na’rasi.

1090. Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabi lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi?
Javob: Ayollarga.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #187 : 10 Iyul 2008, 10:01:59 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1091-1100

1091. Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida «ichmaydi» degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?
Javob: Koala.

1092. Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi marta-nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon?
Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.       

1093. Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?
Javob: Parranda go‘shti.

1094. Bu moslamani  ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?
Javob: Lift.

1095. Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining “shoxchasi”ga qarab “Merining qo’zichoqlari bor edi” deb qichqiradi. Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting.
Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi)

1096. 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko’cha dahasida yashovchi Mamatxo’ja va Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o’gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki ishlar boshqarmasida saqlanayotgan “delo”ning 91-betini o’qiyman:
“Maxbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o’pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi natijasida 3-statsionarda vafot etdi.”
Bu kim edi?
Javob: Usmon Nosir

1097. Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)

1098. Qo’l yozmadan na’muna keltiraman:
“Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak xosil qiladi hamda bulutlar orasiga  ko’tariladi.”
Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.
Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot

1099. Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?
Javob: Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda)

1100. Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?
Javob: Soqoli bilan
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #188 : 10 Iyul 2008, 10:02:13 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1101-1110

1101. Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi sport?
Javob: 2-kishilik Kort Tennisi

1102. U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish uchun konsertlar qo’ya boshlagan. So’ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh qahramon va uning qotilini ayting.
Javob: Bo’g’irsoq va Tulki

1103. Har birimiz yoshligimizda juda ko’p ertaklar eshitganmiz. Yalmog’iz kampir, ko’rinmas odam va h.k. Siz esa menga olti oyoqli, bir boshli, ikki ko’zli va dumi bor mavjudod muallifini ayting.
Javob: Mayn Rid (“Boshsiz chavandoz”)

1104. Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o’sha ikkita davlatni ham ayting.
Javob: Daniya – Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo’yicha Yevropa Chempioni bo’lgan.

1105. Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Qani bir yaxshilab o’ylab ko’ringchi o’sha xatda qaysi 3 ta so’z yozilgan bo’lishi mumkin.
Javob: Vini Vidi Vichi (Keldim, ko’rdim, g’alaba qildim)

1106. Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o’rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo’lgan?
Javob: Timsohlar

1107. Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar o’tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?
Javob: Rimning  1000 yilligini

1108. Uning asarlari nomida besh, o’n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million raqamlarini uchratish mumkin. U kim?
Javob: J.Vern

1109. AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm.ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblar og’irligini

1110. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil  bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.
Javob: Soat
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #189 : 10 Iyul 2008, 10:02:30 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1111-1120

1111. Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning boshqaruvchisi kim?
Javob: Yason

1112. Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo’ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi

1113. Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo’lishgan. Lenin va Xrushyov esa bo’lmagan. Bu qaysi mansab?
Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar)

1114. A, K, Q, J, ..... qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, .....(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet (Jack))

1115. Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
Javob: Temir yo’l qurishga

1116. “Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon restoranida u qo’shni stolda o’tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo’lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo’lgani uchun arzonroq to’laydi. Buni sababini so’raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo’sh ofitsiant qanday javob bergan?
Javob: Biz xozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo’ldi.

1117. Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday xazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni(pechat) ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo .....ni emas. Xo’sh Xitoyliklar nima qilishmagan?
Javob: Amerikani ochishmagan

1118. Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.

1119. Buni qarangki sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs kim?
Javob: shaxmatchi (Gambit – bu “chalmoq” degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda g’alabaga erishiladi)
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #190 : 13 Yanvar 2010, 18:31:26 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1121-1130


1121. Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan Olim chiqadi,
Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan ........
davomini to‘ldiring.
Javob: Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan ........ shoir chiqadi.

1122. Dunyodagi eng aqlli jonivor - baliq. Birinchidan - soqov, ikkinchidan....
davomini to‘ldiring.
Javob: doimo dumini likkillatadi

1123. Odam qancha ko‘p qiziqsa, shuncha ko‘p o‘qiydi. Qancha ko‘p o‘qisa, shuncha ko‘p biladi. Qancha ko‘p bilsa, ..................
davomini to‘ldiring.
Javob: Shuncha yashashi qiyin bo'ladi

1124. 1 Nyu York, AQSh 468
2 Parij, Fransiya 368
3 London, Buyuk Britaniya 270
4 Tokio Yaponiya 217
5 Moskva, Rossiya 171
Bu qator qanday qator?
Javob: Metropolitenlar bekatlari soni

1125. U haqda nomdor mashshoqlar shunday derdilar: “Bu bolakay hammamizning shuhrat yulduzlarimizni xiralashtiradi”. Uning tinimsiz mehnati tufayli dunyo san'at olami 700 ga yaqin betakror san’at namunalari bilan boyidi. U kim?
Javob: Motsart

1126. Bu hayvon tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar uning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi. Bu qaysi hayvon?
Javob: Buqalamun

1127. Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, U Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro qilingan. U nima?
Javob: Shprits

1128. Aleksandr Makedonskiyning onasining ismi?
Javob: Olimpiyada

1129. Dunyodagi tillarning aksariyatida bu so`zi “M” harfi bilan boshlanadi. Bu qaysi so'z bo'lishi mumkin?
Javob: Ona

1130. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — Nima uchun?
Javob: Ular kar bo'ishgan
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #191 : 13 Yanvar 2010, 18:37:13 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1131-1140

1131. Uning nomi ixtirochisi nomidan kelib chiqqan ekan. 1841 yil Belgiyalik Entoni ____ yaratgan bu cholg'u asbobi keyinchalik ___ning ovozi-______ deyila boshlangan. Bu nima?
Javob: Entoni Saks - Saksofon.

1132. Jeyms Naysmit tomonidan u 2 ta olma savatini tepaga ilib qo'yish natijasida paydo bo'lgan. U nimani ixtiro qilgan?
Javob: Basketbol

1133. Uni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan. U nimani yaratgan?
Javob: Velosiped

1134. Bu mashina 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan. Bu qanday "mashina" ?
Javob: Ayollar yaxshi ko'radigan mashina - tikuv mashinasi.

1135. Gvadelupa, Gibraltar, Monako, Nauri, Singapur va Bermud. Bu maskanlar 100 foiz _____ talabiga javob beradigan dunyodagi sanoqli joylardir. Qaysi talabga?
Javob: 100 % shahar talabiga javob beradi

1136. Inson tarqatishi mumkin bo'lgan eng baland tovush qichqiriq emas, balki u ekan. U ayrimlarda naq 69 detsibelga yetar ekan. U nima?
Javob: Xurrak

1137. Har yili bir paytda Yerning bu qismi 10 trillion tonnaga og‘irlashadi. Nima uchun, qachon  va bu yerning qaysi qismi?
Javob: Antarktida muzlaganda

1138. Aniqlanishicha, bu ro'yxatning ikkinchi o'rinida burgutlar, undan keyin otlar, sigir va fillar tasvirlanar ekan. Birinchi o'rinda nima tasvirlanadi va bu qanday ro'yxat?
Javob: Birinchi o'rinda sher. Bu gerbda tasvirlangan hayvonlar

1139. Bir rivoyatga ko'ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Ular shaharga nom bergan

1140. Eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik shamollash, eng keng tarqalgan yuqmaydigan kasallik-chi?
Javob: Karies
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
« Javob #192 : 13 Yanvar 2010, 18:51:31 »
"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1141-1150

1141. Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya butun dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan. 2007 yili kompaniya nomidan «computer» (kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin. Bu qaysi kompaniya?
Javob: IBM

1142. Bir rivoyatga ko'ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Muchal, 12 ta hayvon suvdan o'tgan.

1143. Sahroi Kabir cho‘llarida yiliga 160 ming muqim, vertikal va gorizontal nimalar kuzatiladi?
Javob: Sarob

1144. Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha nima bilan aniqlanardi?
Javob: Ungacha uy egasining ismi bilan atalgan. Masalan, Janob Smit xonadoni....

1145. Benjamin Franklin uni shunday ta’riflagan: “U – o‘choqqa o‘tin, qozonga - go‘sht, dasturxonga – non, davlatga – daromad, hamyonga – pul, tanaga – kuch, ustga – kiyim-bosh, miyaga – aql, oilaga – farovonlik baxsh etadi”. Bu ta’rif insonning irodasiga bog‘liq qaysi xislatga tegishli?
Izoh: buni zamonaviy muammolarning oldini olishdagi eng yaxshi xislat deb atash ham mumkin. Yana bir yordam: musulmonlarga bu xislatning keragi yo‘q.
Javob: Hushyorlik (mast emaslik)

1146. XVIII asrda yashagan Rossiya malikasi Yekaterina II o‘zini tanqid qilgani uchun o‘sha davrdagi mashhur rus tarixchisi Nikolay Novikovni 1792 yil 1 avgustda 15 yilga qamoqqa hukm qildi. Ammo bir tabiiy sababga ko‘ra, Novikov 4 yildan keyin ozodlikka chiqdi. Bu qanday sabab edi?
Javob: Yekaterina II 1796 yil vafot etgan. O’rniga imperator Pavel I kelgan. Keyin u Novikovni ozod qilgan.

1147. Gi de Mopassan, Aleksandr Dyuma, Sharl Gunolar unga qarshi edi. Hattoki Mopassan uning “badbashara” qomatini ko‘rmaslik uchun Eyfel minorasining doimiy mijoziga aylandi. Chunki u Eyfel minorasidan ko‘rinmas edi. U nima?
Javob: Eyfel

1148. “U ahmoq uchun og‘ir yuk, johil uchun qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir”. Fransua Volter inson hayotining qaysi davrini shunday ta’riflagan?
Javob: Keksalik  davrini

1149. 1856-1860 yillarda AQShning 15-prezidenti bo‘lgan Jeyms Byukenen shu kungacha bo‘lgan barcha 44 prezident ichida nimasi bilan farq qilgan? Ushbu farq uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lgan.
Izoh: Shaxsiy hayotiga tegishli farq uning oilaviy holati bilan bog‘liq bo‘lgan.
Javob: Bu  yerda gap  shundaki,  u  bir  umr  bo'ydoq  o'tgan  yagona  prezident  sanaladi, ya'ni  uylanmagan.

1150. Qur'oni karimni tafsir qilishni qaysi sahoba boshlab berganlar?
Javob: Abdulloh ibn Abbos
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

 

Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!

Muallif VаrzikiyBo'lim Intellekt

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 91061
So'nggi javob 30 Oktyabr 2018, 12:37:57
muallifi Majidov Murodjon
Ko'chirildi: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Darsxona

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8463
So'nggi javob 28 Aprel 2009, 07:44:59
muallifi AbdulAziz
Qiziqarli savol- javoblar :)

Muallif Mr.ZIBo'lim Intellekt

Javoblar: 204
Ko'rilgan: 114058
So'nggi javob 11 Avgust 2010, 13:58:34
muallifi Y_U_R_I_S_T
Windows operatsion tizimi bo`yicha savol-javoblar

Muallif MaxCmdBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 111
Ko'rilgan: 63143
So'nggi javob 01 Oktyabr 2013, 10:42:13
muallifi UlugbekFergana
Turli xildagi programmalar bo`yicha savol-javoblar

Muallif MaxCmdBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 84
Ko'rilgan: 59274
So'nggi javob 27 Dekabr 2012, 19:58:25
muallifi Abdulhafizaka