"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 191-200
Topishmoq
191. Margilanets: Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo'lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?
Javob: Sartarosh. AbdulAziz 5 ball; Margilanets 1 ball.
Geografiya
192. AbdulAziz: Afrika, Antarktida, Osiyo, Evropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Janubiy Amerikaning eng baland cho'qqilarini aniqlang.
Javob: Kilimanjaro, 5895 metr (Afrika); Vinson Massif, 4897 metr (Antarktida); Everest, 8850 metr (Osiyo); Elbrus, 5642 metr (Evropa); Mak Kinli, 6194 metr (Shimoliy Amerika); Jaya, 5030 metr (Okeaniya); Cierro Akonkagua, 6960 metr (Janubiy Amerika). Bekmirzo 5 ball
Sport
193. AbdulAziz: Muz hokkeyi bo'yicha birinchi jahon chempionati qachon o'tkazilgan? Unda qaysi davlatlar medallar sovrindori bo'lishgan?
Javob: 1920 yilda Belgiyaning Antwerpen sharida o'tkazilgan. Unda Kanada - oltin, AQSh - kumush, Chexoslavakiya - bronza medalini qo'lga kiritgan. Bekmirzo 5 ball
Tarix
194. Muxbir: AQShning yollanib o'ldirilgan ikkinchi prezidenti kim?
Javob: Jeyms Garfild. 1881 yil, 4 mart kuni prezident bo'ladi. 1881 yil, 19 sentabr kuni o'ldiriladi. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.
Siyosat
195. Muxbir: Kanada tarixidagi eng yosh bosh vazir kim?
Javob: Jo Klark, 39 yoshida bosh vazir bo'lgan. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.
Tarix
196. Muxbir: Oq Uyda yashagan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Jon Adams (1797-1801 yillarda prezidentlik qilgan). Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.
Geografiya
197. Noza: Dunyodagi eng tez yurar poezd qaerda?
Javob: Dunyodagi eng tez yurar poezd Frantsiyada . u TGV deb ataladi, 200 km ni 1 soatda bosib o’tadi. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.
Astronomiya
198. Noza: Sayyoralar orasida bir sayyora bor, uning yo’ldoshlari shu sayyoraga juda yaqinligi bilan mashhur. U qaysi sayyora?
Javob: Marsning 2 yo'ldoshi - Fobos va Demos. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.
Botanika
199. Noza: Quyoshning yerdagi yo’ldoshi deb nom olgan o’simlik?
Javob: Kungaboqar. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.
Geografiya
200. Noza: Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?
Javob: Dunyoning Elektr tarmog'iga ulangan eng birinchi tramvay liniyasi 1881 yil 16 mayda Berlin shahridagi Lichterfelde degan rayonda ishga tushiriladi. Unda Werner von Siemens (shu nomli firmaning asoschisi) tomonidan qurilgan, uzunligi 4,3 metr bo'lgan vagonlar 2,5 kilometr bo'lgan masofada 20 km/h tezlikda yurishadi. Bu tramvaylar 5 PS - 5 ot kuchiga ega bo'lishgan. Bekmirzo 5 ball; Noza 1 ball.