Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 506056 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 20 B


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:51:33

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 201-210

Tarix
201. Noza: "œToshkent kurant soati" nechanchi yilda qurilgan?
Javob: Toshkent kurant soati 1947 yili qurilgan. Noza 3 ball.

Zoologiya
202. Margilanets: Ucha olmaydigan qush qaysi?
Javob: Pingvin. Shoir 5 ball; Margilanets 1 ball.

Islom tarixi
203. Margilanets: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nechta o'g'illari bor? Ularni sanang.
Javob: 3 ta. Ibrohim, Qosim, Abdulloh. Assalom 5 ball; Margilanets 1 ball.
 
Topishmoq
204. Noza: Ushbu rasmda nima tasvirlangan?

Javob: Kislorodning elektron formulasi. Noza 3 ball.

Tilshunoslik
205. Assalom: Dunyoda eng ko'p gaplashiladigan 5 ta tilni tartib (unda gaplashuvchilar soni bo'yicha) bilan yozing.
Javob: 1. Xitoy tili - 1,212,560,000; 2. Arab tili - 422,039,637; 3. Hind tili - 366,000,000; 4. Ingliz tili - 341,000,000; 5. Ispan tili - 322,200,000. Manba: Summer Institute of Linguistics. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Geografiya
206. Assalom: Dunyoda maydoni bo'yicha Sahroi kabirdan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi cho'l qaysi?
Javob: Gobi. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Geografiya
207. Assalom: Dunyoda kattaligi jihatdan Kaspiy dengizidan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi ko'l qaysi?
Javob: Yuqori ko'l. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Astronomiya
208. Assalom: Saturn sayyorasining eng katta yo'ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
Javob: Titan. 5150 km. Noza 5 ball; Assalom 1 ball;

Jamiyat
209. Assalom: AQShdagi eng katta kutubxona qaysi?
Javob: Kongress kutubxonasi. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Adabiyot
210. Shoir Alisher Navoiyning so'nggi asari qaysi?
Javob: Mahbubul-qulub. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 11:52:17

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 211-220

Adabiyot
211. Shoir Mahmudho'ja Behbudiy qaysi shaharda tug'ilgan?
Javob: Samarqand. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
212. Shoir Mavlono Lutfiy Navoiyning qaysi g'azali uchun butun umrlik ijodini almashmoqchi bo'lgan?
Javob: "Orazin yopqoch ko'zimdin...". Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
213. Shoir "O'tkan kunlar"da Usta Olimning qaynisi, Saodatning ukasi ismi nima edi?
Javob: Sayfi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Tarix
214. Shoir Bobur necha yoshida taxtga o'tirgan?
Javob: 12 yoshida. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Texnologiya
215. Bekmirzo: Yangi ixtirolar odatda patentlashtiriladi. Bizning kundalik hayotimizda asosiy aloqa vositasiga aylangan Telefon patenti uchun 1876-yilda 2 amerikalik ixtirochi bir-biriga nisbatan 2 soatlik oraliqda ariza topshirishadi. Patent kimga va Telefon apparatiga qanaqa nomer berilgan?
Javob: 1876-yilning 7-mart kuni amerikalik Alexander Graham Bell telefon kashfiyotini patent ofisiga jo'natadi. 10-mart kuni esa sinab ko'radi. Belldan ikki soat keyin Elisha Gray ham tekefonga patent uchun ariza topshiradi. Telefon 174465 raqamli patent bilan ro'yxatdan o'tkazilgan. Assalom 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

San'at
216. Bekmirzo: Dunyodagi eng qimmat 3 ta rasmni (kartina) tartib bo'yicha sanang!
Javob: 1. Pikasso "Trubkali bola" - 102.2 mln $. 2. Vinsent van Gog "Doktor Gashe portreti" - 82.5 mln $. 3. Renuar "Mulen de la Gallet" - 78.1 mln $. Noza 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

Adabiyot
217. Assalom: Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning asl ismi nima?
Javob: Samuel Klemens. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
218. Assalom: "Time" jurnali tomonidan "yil odami"ni qo'lga kiritgan birinchi amerikalik qora tanli kim?
Javob: Martin Lyuter King (1929-1968). Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Siyosat
219. Assalom: "Little Magician" va "Red Fox of Kinderhook" nomi bilan mashhur bo'lgan AQSh prezidenti kim?
Javob: Martin Van Buren, 1837-1841 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
220. Assalom: Pokiston davlatining tashilotchisi va birinchi lideri kim?
Javob: Muhammad Ali Jinnah (1876-1948). Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 19:59:40

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 221-230

Sport
221. Assalom: Birinchi qishki olimpiada o'yinlari qachon va qayerda o'tkazilgan?
Javob: 1924 yilda Fransiyaning Chamonix sharida o'tkazilgan. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball;

Adabiyot
222. Assalom: Mashhur irland millatparvari va shoirasi Speranza qaysi masshur shoirning onasi edi?
Javob: Oskar Uayld (1854-1900). Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
223. Feruza: Fransiyaning eng birinchi prezidenti va ayni paytda 3-imperatori bo'lgan shaxs kim?
Javob: Napoleon III. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball;

Adabiyot
224. Shoir: Chingiz Aytmatovning qaysi asari qahramoni Ona Yer bilan suhbatlashadi?
Javob: "Somon yo'li". AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
225. Shoir: "œJamila" qissasida Jamilaning sevgan yori? (Ch. Aytmatov)
Javob: Doniyor. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
226. Shoir: "œAli bobo va 40 qaroqchi" ertagini tarjima qilgan adib?
Javob: Abdulla Qahhor. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
227. Shoir: O‘zbek adabiyotidagi birinchi "œroman" deb atalgan, ammo roman nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydigan asar qaysi edi?
Javob: "Zaharli hayot", Hamza Hakimzoda Niyoziy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
228. Shoir: Adib Ahmad Yugnakiyning "œHibatul-haqoyiq" ("œHaqiqat sovg’alari") asari kimga bag'ishlanadi?
Javob: Farg'ona hokimi Dod Sipohsolorbekka. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Tarix
229. DjDilshodbek: Gitler bilan Napoleon Bonapart o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
Javob: Ularning dunyoga kelishi vaqti orasi 100 yil va ikkalasi ham dunyoni bosib olishni havas qilgan. Bekmirzo 5 ball; DjDilshodbek 1 ball;

Tarix
230. DjDilshodbek: Dunyo joylashishiga qarab oldin ikki hil nazaryaga bo'lingan. Ular qaysilar?
Javob: 1. Yer - olam markazi. 2. Quyosh - olam markazi. DjDilshodbek 3 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 20:00:21

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 231-240

Tarix
231. Maknuna: "Il milione" nomi bilan mashhur sayyoh kim?
Javob: Marko Polo. 1254-1324. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball;

Ximiya
232. Maknuna: Nobel mukofotini olgan birinchi ayol kim?
Javob: Mariya Kyuri. 1867-1934. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball;

Musiqa
233. AbdulAziz: Qaysi buyuk mumtoz bastakor umuman uylanmagan?
Javob: Lyudvig van Betxoven. Assalom 5 ball;

Adabiyot
234. AbdulAziz: Adabiyot yo'nalishida Nobel mukofoti sohibi bo'lgan rus yozuvchilarini sanang.
Javob: Ivan Alekseyevich Bunin 1933-yili, Boris Pasternak 1958-yili, Mixail Sholoxov - 1965-yili, Aleksandr Soljenitsin - 1970-yili Nobel mukofotini olishgan. Feruza 3 ball; Shoir 2 ball

Siyosat
235. AbdulAziz: Hind millatparvari Mohandas Gandi Janubiy Afrikadan Hindistonga qaytganida uni "Mahatma" deb atay boshlashgan. "Mahatma" so'zining ma'nosi nima?
Javob: Sanskrit tilidan "Buyuk qalb" degan ma'noni anglatadi. Feruza 5 ball;

Tilshunoslik
236. AbdulAziz: 5-oy - May atamasi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Maya - Qadimgi rimliklarning bahor xudosi nomidan. Bekmirzo 5 ball;

Adabiyot
237. Shoir: Ilk turk dostonnavisi bo'lgan adib kim?
Javob: Yusuf Xos Hojib. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
238. Shoir: Bizga ma'lumki Nosiruddin Rabg'uziy "œQisasul-Rabg’uziy" degan asar yozgan. Yana qaysi adib "œQisasul—anbiyo" degan asar yozgan?
Javob: Abu Is'hoq Nishopuriy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
239. Shoir: "Suhayl va Guldursun" dostoni muallifi kim?
Javob: Sayfi Saroyi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
240. Shoir: Alisher Navoiy tomonidan "Malikul-kalom" deya ta'riflangan shoir kim?
Javob: Mavlono Lutfiy. Qaysar 5 ball; Shoir 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 20:01:00

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 241-250

Adabiyot
241. Shoir: Oltin O’rda hukmdorlaridan Muhammad Xo’jabekka bag'sihlangan asar qaysi va uning muallifi kim?
Javob: "Muhabbatnoma", Xorazmiy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Geografiya
242. AbdulAziz: AQShning 9 ta "millioner" shaharlarini tartib bilan sanang.
Javob: 1. New York City (NY) - 8,008,278; 2. Los Angeles (CA) - 3,694,820; 3. Chicago (IL) - 2,896,016; 4. Houston (TX) - 1,953,631; 5. Philadelphia (PA) - 1,517,550; 6. Phoenix (AZ) - 1,321,045; 7. San Diego (CA) - 1,223,400; 8. Dallas (TX) - 1,188,580; 9. San Antonio (TX) - 1,144,646; Bekmirzo 5 ball;

Zoologiya
243. AbdulAziz: Qaysi sobiq Fransiya prezidenti sharafiga zebra turi nomi berilgan? (XIX asr)
Javob: Jules Grevi. (1879-1887 yillarda prezident bo'lgan.) Feruza 5 ball;  

Astronomiya
244. AbdulAziz: Yuriy Gagarinning kosmosga birinchi safari qancha minut davom etgan?
Javob: 108 minut. Bekmirzo 5 ball;

Adabiyot
245. Shoir: Alisher Navoiy lirik merosining umumiy hajmi qancha misrani tashkil etadi?
Javob: 50000 misradan ortiq. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
246. Shoir: Navoiyni "G'azal mulkining sultoni" deb kim ta'riflagan?
Javob: Maqsud Shayxzoda. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
247. Shoir: "Bobur - yo'lbars" romanini kim yozgan?  
Javob: Harold Lemb. Nyu-York, 1961-yilda chop etilgan. Noza 5 ball; Shoir 1 ball;
 
Tarix
248. Feruza: Birinchi bug' temir yo'li qaysi shaharlar o'rtasida qurilgan?
Javob: 1825 yilda Angliyaning Stokton va Darlington shaharlari o'rtasida (39 km masofa) qurilgan. Paravozning tezligi soatiga 15-17 km ni tashkil etgan. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
249. Feruza: Angliya va Niderlandiyada dengiz ilmini o'rganib, kemasozlik ustaxonalarida ishlagan rus shohi kim?
Javob: Buyuk Pyotr I. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
250. Feruza: "Defitsit xonim" deb laqab olgan fransuz malikasi
Javob: . Feruza 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 20:02:53

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 251-260

Adabiyot
251. Shoir: XX asrda "Xamsa" yozgan o'zbek adibi kim?
Javob: Barot Boyqobilov. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
252. Shoir: Alisher Navoiyning ustozi Jomiyga bag'ishlab yozgan asari qaysi?
Javob: "œXamsatul-mutahayyirin" ("œBesh hayrat", 1494). Noza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
253. Shoir: "Boburnoma"ni rus tiliga kim tarjima qilgan?
Javob: Mixail Salye. Noza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
254. Shoir: "œHazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon" (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan taniqli o'zbek shoiri, davlat arbobi kim?
Javob: Shayboniy. Noza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
255. Shoir: Bilamizki, Muhammad Solih "Shayboniynoma" dostoni muallifi hisoblanadi. Yana qaysi adiblar "Shayboniynoma" asarini yozishgan?
Javob: Binoiy va Muhammad Haydar. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
256. Assalom: Ma'lumki, Paulo Koeloning "Alximik" asari o'zbek adabiyotida 3 marta tarjima qilindi. Ushbu tarjimalar qaysi adiblar tomonidan amalga oshirilgan?
Javob: Ozod Sharafiddinov, Aziz Said, Ahmad Otaboy. Ahmad Otaboy va Aziz Sad tarjimalari kitob holida bosilib chiqdi. Ozod Sharafiddinov tarjimasi esa "Jahon adabiyoti" jurnalida bosildi. Kumushbibi 5 ball; Assalom 1 ball;

Islom
257. Assalom: Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda qaysi payg'ambarlar bilan uchrashadilar?
Javob: 1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
257. Assalom:  Mahalliy aholi «Abul Havl — dahshat otasi» deb ataydigam Misrdagi mashhur obida qaysi?
Javob:  Bosh qismi odam boshiga о'xshatib ishlangan sher shaklini eslatuvchi Sfinks haykali. Kumushbibi 5 ball; Assalom 1 ball;

Tarix
258. Maknuna: Ikkinchi jahon urushi qaysi yili, qaysi kun, qaysi voqea bilan boshlandi?
Javob: Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentabrda nemis qo'shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan. Feruza 5 ball; Maknuna 1 ball;

Tarix
259. Maknuna: Fashist vahshiylari tomonidan 4 milliondan ortiq kishining yostig'i quritgan konslager qaysi edi?
Javob: Osvensim (Polsha). Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball;

Tarix
260. Maknuna: Ikkinchi jahon urushida:
a) qancha davlat qatnashgan?
b) qurolli kuchlarga qancha odam safarbar qilingan?
c) qancha odam o'ldirilgan, yarador bo'lib o'lgan?
d) qancha odam yarador va mayib bo'lgan?
e) qancha moddiy talofat yetkazilgan?
Javob: a) 60 dan ortiq;
b) 110 milliondan ortiq kishi;
c) 50 milliondan ortiq kishi;
d) 90 milliondan ortiq kishi;
e) 4000 milliard $; Bekmirzo 3 ball; Maknuna 3 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 20:03:30

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 261-270

Adabiyot
261. Shoir: Jahonotin Uvaysiy Marg'ilonning qaysi mahallasida tug'ilgan?
Javob: Childuxtaron. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
262. Shoir: Amir Umarxon yozgan doston qaysi?
Javob: "Umarnoma". Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
263. Shoir: Mohlaroyim Nodira kim tomonidan qatl etiladi?
Javob: Buxoro amiri - Nasrulloxon. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
264. Shoir: O'zbek adabiyotida "XIX asr Navoiysi" deb kimni atashadi?
Javob: Ogahiy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
265. Shoir: "œZaynul-arab", "œYusuf va Zulayho", "œLayli va Majnun", "œO’g’uznoma", "œSayyid Nasimiy", "œSa’d Vaqqos"  dostonlari muallifi kim?
Javob: Nurmuhammad Andalib. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Fizika
266. AbdulAziz: Ma'lumki tabiatdagi moddalar yetti holatda bo'ladi. Ular qaysilar?
Javob: 1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati. Maknuna 3 ball; Qaysar 2 ball.

Falsafa
267. AbdulAziz: Qadimgi va o'rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo'l deya ta'riflaganlar. Bu fanlar qaysilar?
Javob: 1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa. Bekmirzo 5 ball.

Falsafa
268. AbdulAziz: Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o'ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular qaysilar va vazifasi qanday?
Javob: 1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq ho'jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi. Bekmirzo 5 ball.

Texnologiya
269. Bekmirzo: Eng birinchi Atom bombasi qachon va qayerda portlatilgan?
Javob: Qo'ziqorin holatidagi bulutni eslatuvcjhi birinchi atom bombasi sinovi 1945 yil, 16 iyul kuni Alamagordo (New Mexico) yaqinida o'tkazilgan edi. Sinov sifatida portlatilgan ilk atom bombasi tarixda Trinity-Test nomi bilan mashhur bo'lib, unung portlash kuchi 20 KiloTonnani tashkil etgan... (Hiroshimani yakson etgan "Little Boy" 13 KiloTonna, Nagasakini kul qilgan "Fat man" esa 20 KiloTonna portlash kuchiga ega bo'lishgan...) AbdulAziz 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

Geografiya
270. Bekmirzo: Dunyoning eng baland nuqtada joylashgan rasmiy chegara posti qayerda va u dengiz sathidan qancha balandlikda joylashgan?
Javob: Bu chegara posti Pokiston va Xitoy o'rtasidagi Khunjerab dovonida joylashgan bo'lib, dengiz sathidan 4740 metr balandlikda joylashgan. Assalom 3 ball; Bekmirzo 3 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 20:03:57

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 271-280

Geografiya
271. Bekmirzo: AQSh davlat bayrog'ida 13 ta hoshiya bor (7 ta qizil va 6 ta oq rangli). Bu hoshiyalar nimani anglatadi?
Javob: AQSH bayrog'idagi 13 hoshiya Qo'shma Shtatlarda dastlab tashkil topgan koloniyalar ramzi hisoblanadi. 50 yulduz esa hozirdagi shtatlar ramzidir. AbdulAziz 5 ball; Bekmirzo 1 ball;

Geografiya
272. Bekmirzo: Dunyoda ikkita davlatning bayrog'ida old va teskari taraflarida farq bor. Bu qaysi davlatlarning bayroqlari va ulardagi farq nimadan iborat?
Javob: a) Paragvay davlatining bayrog'i. Bayroqning o'ng va teskari tarafidagi farq: bayroqning o'ng tarafida davlat gerbi, teskari tarafida esa Paragvay Moliya Vazirligining emblemasi tasvirlangan.
b) G'arbiy Sahro [Westsahara] davlatining bayrog'i. Bayroqning o'ng tarafida Yarim oy va Yulduz tasvirlangan, teskari tarafida esa yo'q. Bayroqdagi uchburchak ham odatdagiga qaraganda bayroqning o'ng burchagiga joylashtirilgan... Assalom 3 ball; Bekmirzo 3 ball;

Tarix
273. Feruza: "Buyuk Temur tarixi", "Temur qarorgohi", "Samarqandga saforot kundaligi" asarlarining muallifi.
Javob: Klavixo. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
274. Feruza: "Aflotuni zamon" deb nom qozongan mashhur matematik va astronom kim?
Javob: Qozizoda Rumiy. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball;

San'at
275. Feruza: Kim Alisher Navoiyning hassaga tayangan, qomati bir muncha bukchaygan holatidagi rasmini chizgan?
Javob: Mahmud Muzahhib. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
276. Feruza: Sohibqiron Amir Temur kimni hayotlik chog'ida o'ziga valiahd qilib tayinlagan?
Javob: Jahongir mirzoning o'g'li Pirmuhammadni. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
277. Feruza: G'arbda "katolik dinining himoyachisi" deb nom qozongan temuriyzoda kim?
Javob: Mironshoh. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball;

Adabiyot
278. Feruza: XVII asrning ikkinchi yarmi buyuk fransuz dramaturgi, komediya teatrining asoschisi kim?
Javob: Jan Batist Molyer. Maknuna 5 ball; Feruza 1 ball;

Tarix
279. Maknuna: II-jahon urushida Germaniya kommunistlari yetakchisi kim edi?
Javob: Ernst Telman. Bekmirzo 5 ball; Maknuna 1 ball;

Tarix
280. Maknuna: Fashist qo'shinlaridan ozod etilgan Polshaning birinchi shahri qaysi?
Javob: Xelme. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 20:04:41

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 281-290

Tarix
281. Maknuna: Ma'lumki Natsistlar Adolf Gitlerni "Fuhrer" deb atar edilar. Shu so'zning ma'nosi nima?
Javob: Mutloq hokim (absolute leader). AbdulAziz 3 ball; Kumushbibi 2 ball; Maknuna 1 ball;

Adabiyot
282. AbdulAziz: Solih va Rahima qaysi asarning bosh qahramonlari?
Javob: Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov" dramasi. Shoir 5 ball.

Adabiyot
283. AbdulAziz: "Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo'lsa, biz o'limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz!" deb o'z vasiyatini qoldirgan buyuk o'zbek millatparvari kim edi?
Javob: Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919). Kumushbibi 5 ball.

Pedagogika
284. AbdulAziz: Abdulla Avloniy o'zbek pedagogikasiga qanday yangiliklar kiritdi?
Javob: Turkistonda birinchilardan bo'lib maktabga geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlarini kiritdi. Bir dars bilan ikkinchisi o'rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o'tishdagi imtihonni joriy etdi. Shoir 5 ball.

Jurnalistika
285. AbdulAziz: "Yashasin Xalq jumhuriyati!" shiori bilan chop etilgan XX asr boshlaridagi gazeta qaysi. Uning tashkilotchisi va muharriri kim edi?
Javob: "Turon". Abdulla Avloniy. Kumushbibi 5 ball.

Adabiyot
286. AbdulAziz: "œJahon yo‘qsullari, Yer kurrasining ishchi-dehqoni, yashaylik, birlashaylik, yashnataylik shonli Sho‘roni" deya hayqirgan shoir kim edi?
Javob: "œJahon yo‘qsullari, Yer kurrasining ishchi-dehqoni, yashaylik, birlashaylik, yashnataylik shonli Sho‘roni!" deb yozgan edi oktyabr to'ntarishlaridan keyin, shoir So'fizoda.
Ammo hayotdagi norasoliklar, "qizil saltanat"ning adolatsiz siyosati, xalq hayotidagi parokandalik yuqoridagi umidalarni chilparchin qilib tashladi. Xususan, Muhammadsharif So'fizoda, keyinchalik ushbu jamiyat ravnaqiga gumon bilan qarab asarlar yaratdi. Oqibatda qatag'on yillarining avj pallasida xasta ekanligiga, salkam 70 ga kirganiga qaramay So'fizoda qamoqqa olinadi va qurbon bo'ladi. AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
287. Shoir: XIX asrda ijod qilgan qaysi xorazmlik adib mohir bastakor va musiqashunos bo'lgan?
Javob: Komil Horazmiy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
288. Shoir: "Hijron" taxallusi bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
289. Shoir: Gorkiyning "Ona" romanini o'zbekchaga tarjima qilgan adib kim?
Javob: Abdulhamid Cho'lpon. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
290. Shoir: Abdulla Qahhor "O'g'ri" hikoyasiga qanday epigraf qo'llagan?
Javob: Otning o'limi - itning bayrami. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 20:05:27

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 291-300

Astronomiya
291. AbdulAziz: Eng yorqin yulduz qaysi?
Javob: Xabbl teleskopi yordamida kashf etilgan bu yulduz Yerdan ko'rinmaydi. Pistol yulduzi Quyoshdan 10 mln. baravar katta bo'lib, Quyosh bir yilda chiqaradigan energiyani u atigi 6 sekundda chiqaradi. Astronomlarning aniqlashicha, bu yulduz Yerdan 25000 yorug'lik yili uzoqda joylashgan (Quyoshdan 325 baravar ko'p). AbdulAziz 2 ball;

Astronomiya
292. AbdulAziz: Yerdan ko'rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?
Javob: Yerdan 8,64 yorug'lik yili (1 yorug'lik yili - 9,5 trln. km ga yaqin) masofada joylashgan Sirius yulduzi Yerdan ko'rinadigan eng yorqin yulduz hisoblanadi. Yer bilan Sirius o'rtasidagi masofa taxminan 80 trln. km.ni tashkil etadi. Siriusning og'irligi Quyoshnikidan 2,14 baravar, yorug'ligi esa 24 baravar kuchli hisoblanadi.  Feruza 5 ball;

Astronomiya
293. AbdulAziz: Quyosh sistemasiga kirmaydigan eng katta sayyora qaysi?
Javob: 2001 yil yanvarida ochilgan HD168443 sayyorasi Yerdan 123 yorug'lik yili uzoqda bo'lib, u Quyosh sistemasiga kirmaydigan eng katta sayyora hisoblanadi. HD168443 Quyosh sistemasidagi eng katta sayyora - Yupiterdan ham 17 baravar kattadir. AbdulAziz 2 ball;

Astronomiya
294. AbdulAziz: Yerga eng yaqin yulduz qaysi?
Javob: Quyoshni hisobga olmaganda Yerga eng yaqin yulduz Proksima Sentavra (Alfa Sentavra C) bo'lib, u 1915 yilda kashf etilgan. Bu yulduz bizdan 4,23 yorug'lik yili masofada joylashgan. Feruza 5 ball;

Astronomiya
295. AbdulAziz: Quyosh atrofida eng tez aylanadigan sayyora qaysi?
Javob: Merkuriy - Quyosh sistemasidagi eng tez sayyora hisoblanadi, u quyosh atrofida soatiga 172248 km tezlikda aylanib chiqadi (Yernikidan qariyb ikki barabar tezroq). Yana shu narsa aniqki, Merkuriy Yerga qaraganda Quyoshga yaqinroq joylashgan. Merkuriyning 1 yili - 87,99 kun yoki qariyb 3 oyni tashkil etadi. Feruza 5 ball;

Topishmoq
296. Margilanets: Suvsiz daryo, daraxtsiz o'rmon qayerda bo'ladi?
Javob: Xaritada. Noza 5 ball; Margilanets 1 ball.
 
Tarix
297. Maknuna: 830 000 kishining o'limiga sabab bo'lgan (bu zilziladan halok bo'lgan soni bo'yicha eng katta holatdir) kuchli tarixiy zilzila qachon va qayerda sodir bo'lgan?
Javob: Bu tarixiy zilzila 1556 yilning fevral oyida Xitoyning Shensi va Henan provinsiyalarida ro'y bergan. Kumushbibi 5 ball; Maknuna 1 ball.

Geografiya
298. Maknuna: Inson yashaydigan eng sovuq joy qayer?
Javob: Yer yuzidagi inson yashaydigan eng sovuq joy - Yakutiyaning Oymyakon shahri (Sharqiy Sibir, Rossiya) hisoblanadi. Bu yerda havo harorati -70°C gacha pasayishi kuzatilgan. Yanvar oyining o'rtacha harorati esa -50°C ni tashkil etadi. AbdulAziz 5 ball; Maknuna 1 ball.

Geografiya
299. Maknuna: Yer yuzidagi eng sovuq harorat qayerda qayd etilgan va qancha gradusni tashkil etgan?
Javob: Yer yuzidagi eng past harorat Antarktidaning "Vostok" ilmiy stansiyasida 1983 yil, 21 iyulda qayd etilgan bo'lib, o'shanda havo harorati -89,2°C ni tashkil etgan edi. Kumushbibi 5 ball; Maknuna 1 ball.

Adabiyot
300. Noza: J.Bokkachchonning "œDekameron" asari nomi qanday ma’no anglatadi?
Javob: "O’n kun kundaligi". Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Qayd etilgan