Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 505930 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 20 B


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:04:13

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 301-310

Kimyo
301. Noza: 1851 yilda qaysi olim tomonidan benzol topilgan?
Javob: . 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
302. Noza: Qadimiy turkiy manbalarda "œXonbaliq" nomini olgan shahar qaysi?
Javob: Pekin. Kumushbibi 5 ball; Noza 1 ball.

Musiqa
303. Noza: 3 ijrochi — trio; 4 ijrochi — kvartet; 5 ijrochi - ?
Javob: Kvintet. Shahina 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
304. Noza: Rus adabiyotining ilk realistik she’riy romani qaysi va uning muallifi kim?
Javob: Pushkinning "Yevgeniy Onegin" romani. Shahina 3 ball; Noza 3 ball.

Adabiyot
305. Shoir: Buyuk adib Usmon Nosir rus adabiyotidagi qaysi poemalarni o'zbekchaga mohirlik bilan tarjima qilgan? Qaysi poema tarjimasini yo'qotib qo'yib, tahririyatda yoddan aytib beradi?
Javob: Lermontovning "Iblis" ("Demon") poemasi. Pushkinning "Boqchasaroy fontani" dostonini tarjima qilib bo'lib, tahririyatga olib borayotganda uni yo'qotib qo'yadi. Tahririyatga kelib esa dostonni boshdan oyoq yoddan aytib beradi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
306. Shoir: Buyuk hind eposi "Ramayana"ni o'zbek tiliga o'girgan adib kim? Bu adib 2004-yilda "Abadiy sog'inchlar" nomli roman-xronikani ham yaratdi.
Javob: Muhammad Ali. Noza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
307. Shoir: 1966-67 yillarda ToshDUning filologiya fakultetiga ketma-ket ikki yil hujjat topshirib o'tolmagan, keyinchalik Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov asosida qabul qilingan o'zbekning buyuk shoiri kim edi?
Javob: Shavkat Rahmon. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
308. Shoir: Shukur Holmirzayevning "Qora kamar" dramasi qaysi mavzuga bag'ishlangan va uning bosh qahramoni kim?
Javob: Milliy ozodlik harakati. Bosh qahramon - Xurrambek. Kumushbibi 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
309. Shoir: Ma'lumki Rauf Parfi 1965 yili ToshDUni bitiradi, lekin diplom ololmaydi. Diplom ololmasligiga sabab nima edi?
Javob: "Markscha-lenincha falsafa" fanidan qayta imtihonni topshirishdan bosh tortadi. Kumushbibi 5 ball; Shoir 1 ball;

Anatomiya
310. Doniyor: Qondagi zararli moddalarni zararsizlantiradigan inson a'zosi qaysi?
Javob: Jigar. Feruza 5 ball; Doniyor 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:04:44

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 311-320

Botanika
311. Doniyor: Qaysi o'simlik "oltin olma' deyiladi va vatani qayer?
Javob: Pomidor. Vatani - Braziliya. Kumushbibi 3 ball; Assalom 2 ball; Doniyor 1 ball;

Botanika
312. Doniyor: Qaysi o'simlik hayoti davomida bir marta gullaydi?
Javob: Bambuk. Maknuna 5 ball; Doniyor 1 ball;
 
Geografiya
313. AbdulAziz: Eng katta vulqon krateri qaysi va qayerda joylashgan?
Javob: Dunyodagi eng katta vulqon krateri - Toba bo'lib, Sumatra oroli markazida joylashgan (Indoneziya). Uning maydoni 1775 km2dir. Bu so'ngan vulqon bo'lib, oxirgi marta bundan 75000 yil avval otilgan.  Assalom 5 ball.

Geografiya
314. AbdulAziz: Dunyodagi eng katta harakatdagi vulqon qaysi?
Javob: Gavayi orollaridagi (AQSh) Mauna-Loa vulqoni uzunasiga 120 km, eniga 50 km ni tashkil etadi. Lava irmoqlari esa 5125 km2dir. Vulqonning umumiy hajmi 42500 km bo'lib, uning 84,2%i dengiz ostida joylashgan. Mauna-Loa vulqoni 1843 yildan boshlab, o'rtacha 3,6 yilda harakatlandi, lekin 1984 yildan beri hali harakatlanmadi. Muxbir 5 ball

Geografiya
315. AbdulAziz: Suvda va quruqlikda joylashgan dunyodagi eng baland tog' qaysi?
Javob: Gavayi orollaridagi (AQSh) Mauna-Kea ("Oq tog'") - Yer yuzidagi eng baland tog' hisoblanadi. Tinch okeanidan boshlanadigan ushbu tog'ning cho'qqigacha bo'lgan masofa - 10250 metrni tashkil etadi. Gap shundaki, tog'ning 6000 metrdan ko'prog'i suv ostida, faqatgina 4205 metrlik qismi esa dengiz sathidan balandda joylashgan. Hammasi bo'lib bu tog' Everest cho'qqisidan 1347 metr balanddir. Bekmizro 5 ball.

Geografiya
316. AbdulAziz: Dunyodagi eng katta toshuvchi (suv toshqini) daryo qaysi?
Javob: Xitoydagi Xuanxe daryosi har yili 130-140 kunlab o'zaniga sig'mas ekan. Natijada har yili qishloq ho'jaligiga katta zarar yetadi. Maknuna 5 ball.

Geografiya
317. AbdulAziz: Dunyodagi eng katta muzosti ko'li qaysi?
Javob: Antarktidadagi 1994 yilda ochilgan Vostok ko'li dunyodagi eng keksa va eng toza ko'l hisoblanadi. Uning maydoni qariyb 14 ming  km2dir. Feruza 5 ball.

Tibbiyot
318. Doniyor: Dunyoda birinchi marta odam qonini odamga quyish qachon va qayerda amalga oshirilgan?
Javob: 1818-yil 1-sentyabrda London shahridagi St. Guy kasalxonasida Dr. Blundell tomonidan o'tkazilgan. Har xil odamlardan olingan yarim liter qon bemorga quyilgan, ammo bemor operaciyadan tirik chiqmagan. Bekmirzo 5 ball; Doniyor 1 ball;

Anatomiya
319. Doniyor: Odam tanasi hujayralarining yadrosida nechta xromosoma bor?
Javob: 46 ta. Shahina 5 ball; Doniyor 1 ball;

Anatomiya
320. Doniyor: Hujayrada qanday modda eng ko'p bo'ladi?
Javob: Oqsil. Muxbir 5 ball; Doniyor 1 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:05:43

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 321-330

Adabiyot:
321. Shoir: Umar Xayyom ruboiylarini birinchi bo'lib aruz vaznida tarjima qilgan adib kim? Tarjimon ruboiylarni aruzning qaysi tarmog'ida bo'yicha tarjima qilgan?
Javob: Jamol Kamol. Aruz vaznining "ahram" va "ahrab" tarmog'ida tarjima qilingan. 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot:
322. Shoir: Go'ro'g'lining o'g'illari Hasanxon va Avazxonlarning turmush o'rtog'i kim edi?
Javob: Hasanxonning xotini - xon Dalli, Avazxonning xotini - Gulqiz. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot:
323. Shoir: Go'ro'g'libek Ravshanbekka kim qalliq qilib olib bermoqchi bo'ladi? U kimning qizi edi?
Javob: Avazxonning qizi - Gulanorni. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot:
324. Shoir: Ravshanbekning tulpori ismi nima edi?
Javob: Jiyronqush. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot:
325. Shoir: Ravshanbek Zulxumorning xabarini qayerdan topadi?
Javob: Yunus parining uzugida Qoraxon podshoning qizi - Zulxumorning ismi, ham surati bor edi. Shuni ko'rib oshiq bo'lib qoladi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball;

Adabiyot
326. AbdulAziz: Musulmon Sharqida "devon" tuzish an'analariga ko'ra:
a) g'azallar qaysi tartibga ko'ra joylanadi?
b) devondagi g'azallar uchun qaysi shart bo'lmasa devon hisoblanmaydi.
Javob: a) g'azallar alifbo tartibida joylashtiriladi. Alifboni belgilashda misraning boshidagi emas, balki oxiridagi harf hisobga olinadi.
b) devonda arab alifbosi tartibi bo'yicha barcha harflarga tugaydigan g'azallar bo'lishi shart. Yo'qsa, u dev hisoblanmaydi. AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
327. AbdulAziz: G'azalning birinchi va oxirgi baytlari nima deb ataladi?
Javob: G'azalning birinchi bayti - matlaa (arabcha "boshlanma"), oxirgi bayti - maqta' (arabcha "tugallanma") deb ataladi. Feruza 5 ball.

Adabiyot
328. AbdulAziz: Ikki mahbubni ko'rdim, sabzto'nlik, yoz yog'ochning boshida,
Qish yalang'och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
Barcha qushlarning so'ngoki ichida,
Ul na qushdurkim, so'ngoki toshida.

Uvaysiyning ushbu chistoni javobini toping.
Javob: Yong'oq. Mohinur 5 ball.

Adabiyot
329. AbdulAziz: Chiston janri yana qanday ataladi?
Javob: Lug'z. Shoir 5 ball.

Adabiyot
330. AbdulAziz: Har kishikim birovga qozg'oy choh,
Tushgay ul choh aro o'zi nogoh.

Alisher Navoiyning ushbu baytida qanday badiiy san'at qo'llanilgan?
Javob: Irsoli masal ("maqol kiritish" ma'nosini bildirib, badiiy adabiyotda fikr isboti uchun xalq maqollaridan foydalanish san'ati). Shoir 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:05:59

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 331-340
 
Adabiyot
331. Shoir: Ravshanning Qoraxon tomonidan qamoqqa olinishiga sabab nima edi? Bu fitnani amalga oshirgan shaxs kim edi?
Javob: Zulxumor Ravshanbekni o'z bog'ida rosa mehmon qiladi. Zulxumorning kanizlaridan Oyqiz ravshanga ko'p iltifot qilsa-da, uning iltifotini qozona olmagach, bu sirdan xonni ogoh etadi. Qoraxonning mirshablari Ravshanni Zulxumor bilan uxlab yotishgan joyidan bandi qiladilar. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.

Adabiyot 
332. Shoir: Ravshanbekni Shirvon elida asrab olgan kampirning katta o'g'lining kal shogirdlari kimlar edi va ular qaysi sohalarda mohir edilar?
Javob: Aynoq kal - nonxo'r, polvon;
Jaynoq kal - masxaraboz;
Ersak kal - mergan;
Tersak kal - sinchi; AbdulAziz 5 ball, Shoir 1 ball.

Adabiyot
333. Shoir: Ravshanbekning qamoqdan yozgan maktubini Chambil eliga qaysi qush eltib beradi?
Javob: Mayna. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.

Adabiyot
334. Shoir: "Ravshan" dostoni qachon, kim tomonidan, qaysi baxshi tilidan yozib olingan?
Javob: "Ravshan" dostoni birinchi marta folklorshunos olim Hodi Zarif tomonidan, 1928-yili Ergash Jumanbulbul baxshi og'zidan yozib olingan va 1941-yilda nashr etilgan. AbdulAziz 5 ball, Shoir 1 ball.

Adabiyot
335. Shoir: Ravshanbek Zulxumorni izlab chiqqanda necha yoshda bo'ladi?
Javob: 15-16 yoshda. Feruza 5 ball, Shoir 1 ball.

Tarix
336. Feruza: 1848-1849 yillar Yevropadagi qo'zg'olonlar natijasida iste'foga chiqarilgan va o'z jonini saqlab qolish maqsadida ayollar kiyimida qochib ketgan hukumat boshlig'i kim?
Javob: Avstriya kanzleri Klemens Wenzel Lothar von Metternich. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.

Tarix
337. Feruza: XIX asrda "Yevropa jandarmi" deb atalgan davlat va nima uchun?
Javob: Rossiya. Feruza 3 ball.

Tarix
338. Feruza: 1870-yilda Italiyaning milliy davlar bo'lib birlashishida xizmatlari katta bo'lgan 3 shaxs.
Javob: Giuseppe Garibaldi, Giuseppe Mazzini, Graf Camillo Benso di Cavour. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.

Tarix
339. Feruza: Kim 5 soat ichida konstitutsiya ishlab chiqqan?
Javob: Otto fon Bismark. Assalom 5 ball, Feruza 1 ball.

Matbuot
340. Feruza: Birinchi rus bosma gazetasining nomi nima va qachondan boshlab chiqarila boshlangan?
Javob: Wedomosti, 1703 yildan chiqa boshlagan. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:06:14

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 341-350

Tarix
341. Feruza: Neva daryosining quyilish yerida bir shahar bor. bu shahar qaysi va kim tomonidan qurdirilgan?
Javob: Sankt Petersburg shahri, Buyuk Pyotr tomonidan qurdirilgan. Bekmirzo 5 ball, Feruza 1 ball. 

San'at
342. Feruza: "Oskar"ni yutgan birinchi film qaysi?
Javob: 1927-1828 yillarda birinchi "Oskar" mukofoti g'oliblari e'lon qilingan. Unga ko'ra:
Eng yaxshi film - "Wings" ("Shamollar"). AbdulAziz 5 ball, Feruza 1 ball.

Tarix
343. Feruza: O'g'lining prezidentlik inaguratsiyasida qatnashgan birinchi amerikalik ona kim?
Javob: Garfildning onasi Eliza Ballou Garfild. Feruza 3 ball.

Tarix
344. Feruza: Maktabga umuman bormagan, lekin bo'lajak rafiqasi tomonidan 17 yoshida yozish va o'qishni o'rgangan Amerika Prezidenti kim?
Javob: Andryu Jonson. Feruza 3 ball.

Geografiya
345. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng uzun kanal qaysi?
Javob: Eski Angor kanali 1955 yili foydalanishga topshirilgan bo'lib, uzunligi 300 km.ni tashkil etadi. Kanal suvni Zarafshon daryosidan oladi. Assalom 5 ball.

Geografiya
346. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng katta qo'riqxona qaysi?
Javob: Hisor tog'larining g'arbiy yonbag'irlarida, 1750-4350 metr balandliklarda joylashgan Hisor tog'-o'rmon qo'riqxonasi O'zbekistondagi eng katta qo'riqxona bo'lib, uning maydoni 873995 gektarni tashkil etadi. Feruza 5 ball.

Geografiya
347. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng yirik suv ombori qaysi?
Javob: Chordara suv omborining maydoni - 900,0 kv.km bo'lib, suv hajmi 5700,0 mln. kub metrni tashkil etadi. Muxbir 5 ball.

Geografiya
348. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng baland cho'qqi qaysi va uning balandligi qancha?
Javob: Hisor tog'laridagi Hazrati Sulton cho'qqisining balandligi 4643 metrni tashkil etadi. Muxbir 5 ball.

Geografiya
349. AbdulAziz: O'zbekistondagi eng chuqur botiq qaysi?
Javob: Qizilqum cho'lidagi Mingbuloq botig'i dengiz sathidan -12 metr pastda joylashgan. Maknuna 3 ball, Bekmirzo 2 ball.

Geografiya
350. AbdulAziz: Birinchi globusni kim yasagan?
Javob: Abu Rayhon Beruniy XI asr boshida birinchi globusni yasagan. XV asrda nemis olimi Bexaym tomonidan Yevropada ham globus yaratilgan. Feruza 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:06:27

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 351-360

Biologiya
351. AbdulAziz: Kofe va kakaoning vatani qayer?
Javob: Kofening vatani - Efiopiya, kakaoning vatani - Markaziy Amerika. Bekmirzo 5 ball.

Adabiyot
352. AbdulAziz: Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasidagi dodhohning ismi nima edi?
Javob: Olimbek dodhoh. Feruza 5 ball.

Astronomiya
353. AbdulAziz: Yerga eng yaqin tumanlik qaysi?
Javob: Andromeda tumanligi Yerga eng yaqin bo'lib, u Quyoshga nisbatan 1 500 000 000 marta ko'p yorug'lik ajratib chiqaradi. Shahina 5 ball.

Tarix
354. AbdulAziz: O'zbekistonda 1994-yil qanday atalgan?
Javob: Mirzo Ulug'bek yili. Bekmirzo 5 ball.

Iqtisod
355. AbdulAziz: Ayni paytda O'zbekistondagi eng kam ish haqi (minimal oklad) qancha?
Javob: 9400 so'm. Bekmirzo 5 ball.

Adabiyot
356. Shoir: "Mehrobdan chayon" romanida Anvar kim sababli saroyga ishga kiradi?
Javob: Sinfdoshi Nasim va uning dadasi tufayli. Shahina 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
357. Shoir: "Mehrobdan chayon" romanining so'nggida "Barimta" degan qism mavjud. Bu so'zning ma'nosi nima?
Javob: Garovga, kafilga olish. Anvar mirzo saroydan ketgani uchun Sultonali Mirzoni garovga olishadi. Shu saabli bu qism "Barimta" deb ataladi. Bekmirzo 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
358. Shoir: Jahonotin Uvaysiy taxallusining ma'nosi nima va qayerdan kelib chiqqan.
Javob: O'tmishda Uvays al-Qaroniy nomli valiy zot o'tgan. Bu zot payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.dan ancha oldin yashagan bo'lib, u zotning kelishlarini kitoblardan o'qib, muhabbat bog'laydi. Payg'ambarimiz ham uning cheksiz mehri haqida sahobalarga aytib beradilar. Uvaysiy ham shundan kelib chiqqan. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
359. Shoir: Odamiy, ersang, demagil odami
Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami"

Ushbu misralar Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan?
Javob: "Xayratul abror" dostonidan. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
360. Shoir: "Xamsa"dagi "Shoh G'oziy" hikoyati kimga bag'ishlanadi?
Javob: Husayn Boyqaroga. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:06:36

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 361-370

San'at
361. AbdulAziz: "O'tkan kunlar" filmining yangi versiyasi qachon ishlangan va rejissori kim?
Javob: 1998-yili ishlangan, rejissori Melis Abzalov. Maknuna 5 ball.

San'at
362. AbdulAziz: "O'tkan kunlar" filmining yangi versiyasida Otabek va Kumush rollarini kimlar talqin etgan?
Javob: Otabek - Behzod Muhammadkarimov, Kumushbibi - Shahrizoda Dilmurod qizi. Feruza 5 ball.

Biologiya
363. AbdulAziz: Qaysi yil genetikaga asos solingan yil deya ta'rif etiladi va nima uchun?
Javob: Genetikaning asosiy qonuniyatlari dastlab, chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1895 yilda e'lon qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq vaqtgacha to'g'ri baholanmay keldi. 1900 yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G.De Friz, E.Chermak va K.Jorrenslar tomonidan qayta kashf etildi va tasdiqlandi. Shuning uchun 1900 yil genetikaga asos solingan yil hisoblanadi. Muxbir 5 ball.

Geografiya
364. AbdulAziz: Amudaryoni qadimda arablar Sayhun, yunonlar Oks deb ataganlar. mahalliy xalqlar qanday ataganlar?
Javob: Omul. AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
365. AbdulAziz: Abdulla Qahhorning "O'g'ri" hikoyasidagi sigirini yo'qotgan cholning ismi nima edi?
Javob: Qobil bobo. Feruza 5 ball.

Biologiya
366. Noza: Makkajo’xorining asl vatani?
Javob: Markaziy Amerika, Meksika. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
367. Noza: L. Kerollaning "œAlisa mo’jizalar mamlakatida" kitobi kimga bag’ishlab yozilgan?
Javob: Henry George Liddellning qizi Alisa Liddelga bag'ishlangan. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
368. Noza: Mars sayyorasini qadimda Arabistonda nima deb atashgan?
Javob: Mirrix. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
369. Noza: 1868 yilda Yaponiya poytaxti deb e’lon qilingan shahar?
Javob: 1868 yildan beri Yaponiya poytaxti - Tokio.
Undan oldin Kioto poytaxt bo'lgan. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Madaniyat
370. Noza: Shved erkaklar yubkasi nima deb ataladi?
Javob: Kvilt. Noza 3 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:06:51

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 371-380

San'at
371. Noza: "œTuron" teatr-truppasini kim tashkil etgan?
Javob: Abdulla Avloniy. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Biologiya
372. Maknuna: Viruslar kim tomonidan, qachon kashf etilgan?
Javob: 1892 yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o'simligida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo'zg'atuvchi virusni kashf etdi. Bekmirzo 5 ball, Maknuna 1 ball.

Geografiya
373. Maknuna: Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft koni qachon ochilgan?
Javob: 1992 yili. Bekmirzo 5 ball, Maknuna 1 ball.

Adabiyot
374. Maknuna: Mashhur avar shoiri Rasul Hamzatning qanday she'riy kitoblarini bilasiz? (3 tasini sanang)
Javob: "Tog' qo'shig'i", "Mening qalbim tog'larda", "Tog' qizi", "Dog'istonim", "Yuksak yulduzlar", "Tug'ilgan kunim", "Tog'likning vatani", "Ovuldan xat". Bekmirzo 5 ball, Maknuna 1 ball.

Astronomiya
375. Maknuna: Teleskopsiz nechta yulduzni ko'rish mumkin?
Javob: Teleskopsiz 6000 yulduzni ko'rish mumkin. Ulardan 1500 tasi Janubiy yarimshar ustidadir. Bekmirzo 5 ball, Maknuna 1 ball.

Ajoyibotlar
376. Noza: Ko’pchilik mamlakatlarda "œikkinchi non" deb ataladigan o’simlik?
Javob: Kartoshka. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
377. Noza: 1953 yillarda "œSaodat" jurnalida bosh muharrir bo’lib ishlagan shoira?
Javob: Zulfiya. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Musiqa
378. Noza: "œKitob ul-musiqa al-kabir" ("œMusiqa haqida katta kitob") asari muallifi?
Javob: Abu Nasr Farobiy. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
379. Noza: Azotni birinchi bo’lib kashf etgan olim ?
Javob: 1772 yilda ingliz olimi D.Rezerford tomonidan kashf qilingan. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Botanika
380. Noza: Botanika faninig suvo’tlarni o’rganuvchi bo’limi nima deb ataladi?
Javob: Algologiya. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:07:09

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 381-390

Geografiya
381. Muxbir: Qaysi daryo Oqshiyroq va Terskay Olatovi tizmalaridan boshlanadi?
Javob: Sirdaryo. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
382. Muxbir: Orol dengizining eng chuqur joyi necha metr?
Javob: 50 metr. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
383. Muxbir: Yevrosiyoning tabiiy-geografik o'rniga ko'ra Markaziy Osiyo mintaqasiga qayerlar kiradi?
Javob: Sharqiy Qozog'iston, Shimoliy Hindiston, G'arbiy Xitoy, Mo'g'uliston, Shimoliy Xitoy. AbdulAziz 3 ball; Bekmirzo 2 ball;  Muxbir 1 ball.

Geografiya
384. Muxbir: O'rta Osiyo geografiyasiga kim asos solgan?
Javob: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (IX asr) "Yer tasviri" asari bilan O'rta Osiyo geografiyasini tadqiq etgan. Shahina 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
385. Muxbir: "Atlas" atamasini fanga kim kiritgan?
Javob: Flamand xaritashunosi Merkator o'zi tuzgan xaritalar to'plamini (1595-yili) Lviyaning afsonaviy qiroli Atlas nomi bilan ataydi. Bekmirzo 5 ball; Muxbir 1 ball.

Biologiya
386. Muxbir: Mashhur seleksioner olim Vavilov madaniy o'simliklarning kelib chiqishini qanday 7 markazga bo'ladi?
Javob: 1. Janubiy Osiyo. 2. Sharqiy Osiyo. 3. Janubi-G'arbiy Osiyo. 4. O'rta Yer dengizi. 5. Abissiya (Efiopiya). 6. Markaziy Amerika. 7. Janubiy Amerika. Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Biologiya
387. Muxbir: Qaysi madaniy o'simliklar Markaziy Amerikadan tarqagan?  (5 tasini sanang).
Javob: Oshqovoq, makkajo'xori, qalampir, loviya, kakao. Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
388. Muxbir: O'zbekistondagi eng katta toshko'mir koni qaysi?
Javob: Surxondaryo viloyatidagi Sharg'un koni. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Geografiya
389. Muxbir: O'zbekistonning janubida yoz necha kungacha davom etadi?
Javob: 160 kungacha. Maknuna 5 ball; Muxbir 1 ball.

Astronomiya
390. Muxbir: Koinotda nechta burj bor? Yunon olimi Ptolomey qancha burjni qayd etgan?
Javob: Yunon olimi Ptolomey 48 ta burjning ro'yxatini tuzgan. Hozirgi kunda esa 88 ta burj ma'lum. AbdulAziz 5 ball; Muxbir 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2006, 21:07:30

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 391-400

Irrigatsiya
391. Muxbir: Artezan atamasi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Artezan Fransiyaning Artua degan joyi bilan bog'liq. U yerda bundan 800 yil burun qazilgan. Feruza 5 ball; Muxbir 1 ball.

Adabiyot
392. AbdulAziz: 1933-34 yillarda "œO’tkan kunlar"ni kino qilisharkan degan gaplar chiqadi. Abdulla Qodiriy bosh qahramon — Otabek rolini kim talqin etishini hohlagan edilar?
Javob: — Artist bo’lganimda edi, Otabek rolini o’zim o’ynardim. Negaki Otabek xarakterini mendan ortiq biluvchi yo’q, - degandilar Abdulla Qodiriy. (Habibulla Qodiriy "œOtam haqida") AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
393. AbdulAziz: "œOtkan kunlar"ning dastlabki variantida Abdulla Qodiriy Kumush qabriga qaysi baytni tanlagan edilar?
Javob: Hamrohim eding bu yo’lda ey, moh,
Hamrohini tashlab ketarmi hamroh. (Fuzuliy). AbdulAziz 2 ball.

Adabiyot
394. AbdulAziz: 20-yillarda "œSharq haqiqati" gazetasida "œO’tkan kunlar" ham "œo’tgan kunlar" nomli turkum tanqidiy maqolalar e’lon qilgan tanqidchi kim edi?
Javob: Sotti Xusayn. Shoir 5 ball.

Adabiyot
395. AbdulAziz: "O'tkan kunlar" romani nemis tiliga qanday nom bilan tarjima qilingan? (Original nom qolib boshqa nom tanlashgan).
Javob: "Toshkentlik oshiq-ma'shuqlar". Assalom 5 ball.

Adabiyot
396. AbdulAziz: "O'tkan kunlar"ni rus tiliga kimlar tarjima qilgan?
Javob: "œO’tkan kunlar" yozuvchi L.Bat va V.Smirnovalar tarafidan tarjima qilinib, 1958-yilda rus tilida chop etilgan. Maknuna 5 ball.

Adabiyot
397. Noza: 1909 yilning 12 dekabrida Jizzahda tug’ilgan adib?
Javob: Hamid Olimjon. AbdulAziz; Noza 1 ball.

Adabiyot
398. Noza: "œMuqaddas" qissasi muallifi kim?
Javob: Odil Yoqubov. AbdulAziz; Noza 1 ball.

Kimyo
399. Noza: Grekchada "œhayotga yaroqsiz" deb nom olgan modda?
Javob: Azot. Noza 3 ball.

Tarix
400. Noza: Greklar o’z mamlakatlarini nima deb atashadi?
Javob: Ellada. AbdulAziz; Noza 1 ball.

Qayd etilgan