"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 521-530
Kimyo
521. Noza: "œGalogenlar" tarjimasi nima ma’noni anglatadi?
Javob: Yunonchadan, hals - tuz, genes - tug'ilish, ko'payish. "œTuz xosil qiluvchilar". AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.
Adabiyot
522. Shoir: "Mehrobdan chayon" romanining "Iflos bir moziy" bobida asar qahramonlarining qaysi biri bolaligi haqida ma'lumot beriladi?
Javob: Mahalla imomi Abdurahmon. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
523. Shoir: Xudoyorxonning eng suyukli xotini kim edi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Og'acha oyim. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
524. Shoir: O'zbek adabiyotidagi birinchi tarixiy roman qaysi?
Javob: "Navoiy" romani, Oybek. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
525. Shoir: Qadimgi grek mifologiyalaridagi uch ayol xudo qaysi edi?
Javob: Gera (Zevsning xotini), Afina (Zevsning qizi, urush xudosi), Afrodita (sevgi va donolik, go'zallik xudosi). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
526. Shoir: Qadimgi yunon dramaturgiyasining mashhur asari - "Zarjindband Prometey" muallifi kim?
Javob: Esxil (eramizdan avvalgi 525-456). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
527. Shoir: Qadimgi yunon mifologiyasiga ko'ra, insonlarga olov olib kelgan Prometeyni Zevs zanjirband qiladi. Prometeyni kim ozod qiladi?
Javob: Gerkules. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
528. Shoir: Qadimgi yunon dramaturgi Sofokl o'zining "Shoh Edip" tragediyasini kimga atab yozadi?
Javob: Davlat arbobi, do'sti Periklning o'limiga bag'ishlab yozadi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
529. Shoir: Yunon afsonalaridagi "argonavt"lar nomi qayerdan olingan?
Javob: Yunon qahramoni Yason va uning birodarlari "Argo" kemasida Kavkazdagi "oltin mo'yna"ni olib kelishga chiqishadi. Argonavtlar so'zi kema nomidan olingan. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
530. Shoir: Qadimgi yunon komediyalaridan "Bulutlar", "Arilar", "Qurbaqalar", "Qushlar" muallifi kim?
Javob: Aristofan (eramizdan avvalgi 450-384). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.