Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 506211 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 20 B


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:11:00

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 501-510

Din
501. AbdulAziz: Hozirgi O'zbekiston Musulmonlar Idorasi qaysi madrasada joylashgan?
Javob: Baroqxon madrasasi. Assalom 5 ball.

Tarix
502. AbdulAziz: Buxoro xonligida yorliqlarni topshiruvchi mansab egasi kim?
Javob: Parvonachi. Feruza 5 ball.

O'zbekiston tarixi
503. AbdulAziz: Chernyayev Toshkent shahriga hujumni qaysi tomondan va qaysi darvozadan boshlaydi?
Javob: Janubdan, Kamolon darvozasidan. Feruza 5 ball.

Jurnalistika tarixi
504. AbdulAziz: Trestlarning noqonuniy operatsiyalarini o'z kitob va maqolalarida yoritgan Teodor Drayzer, Enton Sinkler va Linkoln Steffansni AQSh prezidenti Ruzvelt nima deb ataydi?
Javob: "Axlat to'plovchilar". Muxbir 5 ball.

Tarix
505. AbdulAziz: Abbosiylarning eng odil halifalaridan biri Horun ar-Rashid qaysi shaharda tug'ilgan? Bu shahar hozirda qaysi davlatga qarashli?
Javob: Ray shahri, Eron. Shahina 5 ball.

Tarix
506. AbdulAziz: Ummaviylar halifaligining birinchi xalifasi kim? U qaysi mashhur sahobaning o'g'li edi?
Javob: Muoviya. Abu Sufyon roziyallohu anhuning o'g'li Assalom 5 ball.

Tarix
507. AbdulAziz: Ispaniyaga xalifalikni olib kirgan ummaviy amiri kim edi?
Javob: Abdurrahmon. Bekmirzo 5 ball.

Tarix
508. AbdulAziz: Horun ar-Rashidning o'g'li, ilm-fan xomiysi bo'lgan xalifa kim edi?
Javob: Ma'mun Abul-Abbos. Assalom 5 ball.

Tarix
509. AbdulAziz: Bag'dod shahri qachon va kim tomonidan barpo qilingan?
Javob: Abbosiy xalifa Mansur tomonidan, 762-yilda. Bekmirzo 5 ball.

Tarix
510. AbdulAziz: Bag'dod sharining dastlabki nomi nima bo'lgan?
Javob: Madinatus-salom (Tinchlik shahri). Bekmirzo 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:11:24

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 511-520

San'at
511. Feruza: Koroplastika nima?
Javob: Koroplastika, qadimgi Gretsiyada gips va sopoldan yasalgan ayol tasviri. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
512. Shoir: Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida Solih mahdumning singlisi ismi nima edi?
Javob: Na'ima. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
513. Shoir: Solih maxdum hush ko'radigan "habba" so'zining "abbreviatura"si qanday bo'ladi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Ha, barakalla. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
514. Shoir: "Mehrobdan chayon"da Ra'noning uch ukalarining ismi nima edi?
Javob: Mahmud, Mansur, Mas'ud. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
515. Shoir: Mirzo Anvar Qo'qonning qaysi mahallasida tug'iladi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Baxmalbof. Maknuna 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
516. Shoir: Anvarning onasi ismi nima edi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Anorbibi. Maknuna 5 ball; Shoir 1 ball.

Falsafa
517. Noza: "œKitobul-mazid" ("œIlmni ziyoda qiluvchi kitob") asari muallifi?
Javob: Burhonuddin al-Marg'iloniy. Noza 3 ball.

Astronomiya
518. Noza: Sharqda astronomik (trigonometrik) jadvallar nima deb atalgan?
Javob: Zij. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
519. Noza: Hamburglik olim X.Brandt bir moddani kashf qildi va uni "œfalsafa toshi" deb atadi? Bu modda qaysi?
Javob: Fosfor. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Algebra
520. Noza: Algebra faniga ratsional ko’rsatkichli daraja qaysi olimlar tomonidan kiritilgan?
Javob: Isaak Nyuton, Simon Stevin, John Wallis. Assalom 2 ball; Muxbir 3 ball; Noza 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:12:00

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 521-530

Kimyo
521. Noza: "œGalogenlar" tarjimasi nima ma’noni anglatadi?
Javob: Yunonchadan, hals - tuz, genes - tug'ilish, ko'payish. "œTuz xosil qiluvchilar". AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Adabiyot
522. Shoir: "Mehrobdan chayon" romanining "Iflos bir moziy" bobida asar qahramonlarining qaysi biri bolaligi haqida ma'lumot beriladi?
Javob: Mahalla imomi Abdurahmon. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
523. Shoir: Xudoyorxonning eng suyukli xotini kim edi? ("Mehrobdan chayon")
Javob: Og'acha oyim. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
524. Shoir: O'zbek adabiyotidagi birinchi tarixiy roman qaysi?
Javob: "Navoiy" romani, Oybek. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
525. Shoir: Qadimgi grek mifologiyalaridagi uch ayol xudo qaysi edi?
Javob: Gera (Zevsning xotini), Afina (Zevsning qizi, urush xudosi), Afrodita (sevgi va donolik, go'zallik xudosi). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
526. Shoir: Qadimgi yunon dramaturgiyasining mashhur asari - "Zarjindband Prometey" muallifi kim?
Javob: Esxil (eramizdan avvalgi 525-456). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
527. Shoir: Qadimgi yunon mifologiyasiga ko'ra, insonlarga olov olib kelgan Prometeyni Zevs zanjirband qiladi. Prometeyni kim ozod qiladi?
Javob: Gerkules. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
528. Shoir: Qadimgi yunon dramaturgi Sofokl o'zining "Shoh Edip" tragediyasini kimga atab yozadi?
Javob: Davlat arbobi, do'sti Periklning o'limiga bag'ishlab yozadi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
529. Shoir: Yunon afsonalaridagi "argonavt"lar nomi qayerdan olingan?
Javob: Yunon qahramoni Yason va uning birodarlari "Argo" kemasida Kavkazdagi "oltin mo'yna"ni olib kelishga chiqishadi. Argonavtlar so'zi kema nomidan olingan. Muxbir 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
530. Shoir: Qadimgi yunon komediyalaridan "Bulutlar", "Arilar", "Qurbaqalar", "Qushlar" muallifi kim?
Javob: Aristofan (eramizdan avvalgi 450-384). Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:12:18

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 531-540

Adabiyot
531. Shoir: Qadimgi Rim adabiyotida "Oltin devor" (Erkin Vohidov)ga o'xshab ketadigan komediya qaysi va uning muallifi kim?
Javob: "Ko'milgan xazina". Tit Maksiy Plaft. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
532. Shoir: Oktavian Avgustning safdoshi, Rimda adabiy to'garak tashkil qilgan shaxs kim edi?
Javob: Metsenat. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
533. Shoir: Ovidiy asaridagi o'zi yasagan haykalni sevib qolgan qahramon kim edi?
Javob: Pigmalion. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Jurnalistika tarixi
534. Assalom: Asrimiz boshlarida "Hurriyat" gazetasini kim chiqargan?
Javob: Abdurauf Fitrat. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
535. Assalom: To'rt marta "Sovet Ittifoqi Qahramoni" bo'lgan marshall kim edi?
Javob: Marshall Jukov. Shoir 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
536. Assalom: Ulug' Vatan Urushi qancha kun davom etgan?
Javob: 1418 kun. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
537. Assalom: Yoqut tilidan tarjima qilganda "o'rmon" ma'nosini anglatuvchi so'z qaysi?
Javob: Tayga. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
538. Assalom: Mirzo Ulug'bek necha yoshida taxtga chiqadi?
Javob: 15 yoshida. Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Botanika
539. Assalom: Eng baland daraxt qaysi?
Javob: Sekvoyya. Gumbolt milliy bog'idagi sekvoyyaning balandligi 110 metr. Muxbir 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
540. Assalom: Qadimgi yunonlar olimpiada o'yinlari g'oliblariga gulchambarlarni qaysi o'simlikdan yasaganlar?
Javob: Zaytun va yovvoyi petrushka.  Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:12:31

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 541-550

Tarix
541. Assalom: Miloddan avvalgi 7-asrning 70-yillarida Midiya, Suriya, Mesopotamiya, Falastinni istilo etib, Old Osiyoda hukmronlik qilgan xalqlarni kim deb atashardi.
Javob: Skiflar.  AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
542. Assalom: Nemischadan "qulfsoz usta" ma'nosini bildiruvchi kasb egalari kim?
Javob: Slesarlar (nemischa, "shlosser" - qulfsoz usta). Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
543. Assalom: Suvda va quruqda yashovchi hayvonlarni yana nima deb ataladi?
Javob: Amfibiyalar. Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
544. Assalom: Tarixdan ma'lum bo'lgan Toshkent shahridagi 4 ta dahani sanang.
Javob: Beshyog'och, Ko'kcha, Sebzor, Shayxontohur. Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
545. Assalom: Hindularning turar joyi nima deb ataladi?
Javob: Vigvam. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
546. Assalom: MDHdagi eng uzun kanal qaysi?
Javob: Turkmanistondagi Qoraqum kanali. Uzunligi 1400 km. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Botanika
547. Assalom: Eng katta o'simlik urug'i qaysi?
Javob: Kokos palmasi mevasi. 2,5 kilogramgacha kelishi mumkin. Shahina 5 ball; Assalom 1 ball.

Falsafa
548. Assalom: "Sharq Arastusi" nomini olgan alloma kim?
Javob: Abu Nasr Forobiy. Shoir 5 ball; Assalom 1 ball.

Islom tarixi
549. Noza: Butun Islom olamida mashhur bo’lgan Al-Marg’inoniy tomonidan 1178 yilda Samarqandda yozilgan asar nomi?
Javob: "Al-Hidoya". AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
550. Noza: Grekchada "œbinafsha" ma’nosini beruvchi modda?
Javob: Yod. Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:12:56

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 551-560

Algebra
551. Noza: Aby Rayhon Beruniyning qaysi asarida argument va funksiyaning o’zgarish oraliqlari, funksiyaning ishoralari va eng katta, eng kichik qiymatlarini tariflangan?
Javob: "œQonuni Ma’sudiy". Assalom 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
552. Noza: Mirzo Ulug’bekning "œZij" asari so’zboshisida "œfarzandi arjumand" deya tilga olingan olim kim?
Javob: Ali Qushchi (Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi). AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
553. Noza: Metallar orasida eng qadimiysi qaysi?
Javob: Oltin. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Mif
554. AbdulAziz: Yunon afsonalariga ko'ra Sfinks Shoh Edipga bir murakkab topishmoq aytadi. Topishmoqning javobidan darg'azab bo'lgan mag'lub Sfinks o'zini qoyadan tashlab nobud bo'ladi. Bu qaysi topishmoq edi va uning javobi nima?
Javob: Topishmoq: "Ertalab to'rt, tushda ikki va kechqurun uch oyoqda. Bu kim?" Javob: Inson - emaklaydigan go'dak, kamolga yetgan odam, xassali chol. Assalom 5 ball.

Algebra
555. Noza: Algebra faniga natural logorifmlar va o’nli logorifmlar qaysi olimlar tomonidan kiritilgan?
Javob:  D.Neper va G.Briggs. Noza 3 ball.

Kimyo
556. Noza: Ximiyada "œbo'linmas" ma’nosini beruvchi atama (so’z)?
Javob: Yunon tilidan atom - bo'linmas degan ma'noni bildiradi. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
557. Noza: "œTarkibning doimiyligi" haqidagi dastlabki tushunchalarni bayon etilgan asar va uning muallifi?
Javob: "œTarkibning doimiyligi" haqidagi dastlabki tushunchalarni Abu Ali ibn Sino o'zining "œTib qonunlari" asarida bayon etilgan. Assalom 3 ball; Noza 3 ball.

Atamashunoslik
558. Noza: Biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib etuvchilar qanday ataladi?
Javob: Missioner. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
559. Noza: Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi qanday hodisa deyiladi?
Javob: Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi hodisasi - Allotropiya deyiladi. Noza 3 ball.

Tarix
560. Assalom: Tarixda qolgan 1966-yildagi Toshkent zilzilasi qaysi kuni (oy, kun) bo'lib o'tgan va unda Rixter shkalasi bo'yicha qancha ball qayd etilgan?
Javob: 26 aprel, 8 ball bo'lgan. AbdulAziz 3 ball; Assalom 3 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:13:18

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 561-570

Tarix
561. Assalom: O'zbekiston Milliy Universitetiga qachon asos solingan?
Javob: 1920-yili. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
562. Assalom: O'lkamiz tabiati haqida ilk ma'lumotlarni qoldirgan uchta qadimgi yunon mutafakkirini sanang.
Javob: Strabon, Ptolomet, Gerodot. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
563. Assalom: Qoraqalpog'iston Respublikasi poytaxti qachon va nima sababdan Nukus shahriga ko'chirildi?
Javob: 1932-yili Amudaryo suvi toshishi natijasida. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
564. Assalom: Qaysi qush asalarilarning kushandasi hisoblanadi?
Javob: Chug'urchuq. Doniyor 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
565. Noza: Gegemonlik nima?
Javob: Gegemonlik - Hukmron bo’lishga intilish. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Kimyo
566. Noza: Aniq tarkibga ega bo’lmagan gomogen (bir xil) uyushma nima deyiladi?
Javob: Eritma. Noza 3 ball.

Geografiya
567. Noza: Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200000 va kattaroq) xaritalar qanday xaritalar deb ataladi?
Javob: Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200000 va kattaroq) xaritalar - Topografik xaritalar deb ataladi. Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
568. AbdulAziz: Sirdaryoning eng katta va sersuv irmog'i qaysi?
Javob: Chirchiq. Maknuna 5 ball.

Geografiya
569. AbdulAziz: O'zbekistonning qaysi shahrida xalqaro kenglik stansiyasi joylashgan?
Javob: Kitob. Bekmirzo 5 ball.

Adabiyot
570. AbdulAziz: Samarqand jadidlarining eng muhim nashri bo'lgan "Samarqand" gazetasini kim tashkil etgan edi?
Javob: Mahmudxo'ja Behbudiy. Bekmirzo 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:13:35

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 571-580

Adabiyot
571. AbdulAziz: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o'zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi».
Ushbu fikr muallifi kim?
Javob: Sadriddin Ayniy. Assalom 5 ball.

Adabiyot
572. AbdulAziz: «Surayyo»,   «Abulfayz»,   «Indamas» taxalluslari bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy. Bekmirzo 5 ball.

Tarix
573. Noza: Qadimda qaysi shahar "œg’oyat katta zebu-ziynat ustahonasi" deb atalgan?
Javob: Konstantinopol (Istanbul). Muxbir 5 ball; Noza 1 ball.

Atamashunoslik
574. Noza: Feodal faqirlik nima?
Javob: Mamlakatlarning kichik-kichik davlatlarga bo’linib ketishi. Noza 3 ball.

Tarix
575. Noza: 962 yilda tashkil topgan asoschisi Otton I bo’lgan Germaniya imperiyasi nima deb atalgan?
Javob: Buyuk Rim imperiyasi yoki Muqaddas Rim imperiyasi deb ataladi. Otton I 962-yilda Rimni bosib olgach, bu imperiya vujudga keladi. Feruza 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
576. Noza: O’zbekistonning tekislik qismi 3 ta tabiiy-geografik o’lkaga bo’linadi. Ular qaysilar?
Javob: Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum. Maknuna 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
577. Noza: Nechanchi yilda buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi?
Javob: Buyuk Karl imperiyasi 768-814 yillarda hukm surgan. Buyuk laqabi esa unga 53 ta jangda qatnashgani uchun berilgan. Feruza 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
578. Assalom: Respublikamiz hududidagi eng dahshatli zilzila qachon va qayerda bo'lgan.
Javob: 1902-yili, Andijonda. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
579. Feruza: Kamikadzelar dastlab qaysi urushda qatnashganlar?
Javob: Leyte qultig'ida bo'lgan urushda qatnashganlar. Feruza 3 ball.

Geografiya
580. Assalom: Hind okeanini birinchi bo'lib kesib o'tgan sayyoh kim?
Javob: Vasko da Gama.  AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:13:53

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 581-590

Zoologiya
581. Assalom: Afrika savannalarida yashovchi va yuqumli uyqu kasalligini tarqatuvchi pashsha qaysi?
Javob: Tsetse (цеце). Doniyor 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
582. Assalom: Amazonka daryosida yashovchi yirtqich baliq?
Javob: Piranya. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
583. Assalom: Kofe nomi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Habashistonning Kaffa biloyati nomidan. Eramizning 9-asrida Efiopiya hududlarida ilk bor tilga olingan kofe 14-asrda qul savdogarlari orqali Arabiston hududlariga keladi. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Etnografiya
584. Assalom: Yangi Zelandiyaning tub-joy aholisi kimlar?
Javob: Maorilar. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
585. Assalom: Amerikani kashf etgan vikinglar asli qayerlik?
Javob: Skandinaviyalik. Feruza 5 ball; Assalom 1 ball.

Atamashunoslik
586. Assalom: "And" (And tog'i) so'zi qaysi tildan kelib chiqqan va ma'nosi nima?
Javob: Inklar tilida "mis" degan ma'noni bildiradi. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
587. Assalom: Qaysi daryoda chuchuk suv delfinlari uchraydi?
Javob: Amazonka. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
588. Assalom: Yer yuzidagi eng katta kemiruvchi hayvon qaysi?
Javob: Kapibara. Assalom 3 ball.

Zoologiya
589. Assalom: Janubiy Amerikada yashovchi, butun umrini daraxtga osilib o'tkazuvchi hayvon qaysi?
Javob: Yalqov (пенивец). Uztermbek 5 ball; Assalom 1 ball.

Zoologiya
590. Assalom: Janubiy Amerikada yashovchi tuyaqush?
Javob: Nandu. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:14:12

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 591-600

Geografiya
591. Assalom: "Suvlar otasi" ta'rifi qaysi daryoga tegishli?
Javob: Missisipi daryosi, indeyetslar tilida shu ma'noni beradi. Kumushbibi 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
592. Feruza: Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar nima deb atashgan?
Javob: Movarounnahr. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Ajoyibot
593. Assalom: Kanada davlat bayrog'ida qaysi daraxtning bargi tasvirlangan?
Javob: Zarang. Doniyor 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
594. Assalom: Jasadini Issiqko'l bo'yiga, Tyanshan tizmalariga dafn qilishlarini vasiyat qilgan olim va sayyoh kim?
Javob: Prejevalskiy. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
595. Assalom: "Yashil o'tloqlar mamlakati" deb qaysi davlatni ataydilar?
Javob: Buyuk Britaniya. Assalom 3 ball.

Ajoyibot
596. Ozodaxon: AQSHning 1 $ lik qog'oz pulida birinchi 13ta birlashgan shtatlarni anglatuvchi nechta belgi bor?
Javob: 13ta kamon o'qlari, 13ta barg, piramidaning qavati. Kumushbibi 5 ball; Ozodaxon 1 ball.

Atamashunoslik
597. Feruza: Kudungarlik bu nima?
Javob: Matolarga oxor berish. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Atamashunoslik
598. Behzodbek: Pokiston davlati nomining etimologik-lug'aviy ma'nosi nima?
Javob: Pokiston so'zining forsacha ma'nosi pak - pokiza so'zidan olingan bo'lib pokiza o'lka ma'nosini anglatadi.
P=Punjab, A=Afghania, K=Kashmir, I=Iran, S=Sindh, T=Turkharistan, A=Afghanistan, N=Balochistan. Kumushbibi 5 ball; Behzodbek 1 ball.

Adabiyot
599. Shoir: "Shaytanat"dagi Asadbekning yoshligida o'lib ketgan ukasining ismi nima edi?
Javob: Samandar. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
600. Shoir: Asadbekning xizmatkorlaridan "Bo'tqa"ning asl ismi nima edi? ("Shaytanat")
Javob: Kenja. Assalom 5 ball; Shoir 1 ball.

Qayd etilgan