Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 505679 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 20 B


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:14:37

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 601-610

Adabiyot
601. Shoir: Elchin qimorda yutqazib qo'ygan Jalolning laqabi nima edi? ("Shaytanat")
Javob: Shilimshiq. Maknuna 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
602. Shoir: Anvar o'ziga ustoz bilgan shoir kim edi? ("Shaytanat")
Javob: Asqar Qosim. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
603. Shoir: Asadbekning o'g'illari ismi nima edi? ("Shaytanat")
Javob: Abdusamad, Abdulhamid. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
604. Shoir: Anvar ishlab chiqqan dunyo formulasi qanaqa edi? ("Shaytanat")
Javob: H (Haqiqat) = xiyonat + riyo + hasad + ochko'zlik + adovat + g'iybat + nifoq + shuhratparastlik + mansabparastlik - vijdon + iymon + hayo = 0. Kumushbibi 5 ball; Shoir 1 ball.

Tarix
605. Feruza: Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg'olochilarning ramziy rangi qaysi?
Javob: Abu-Muslimning kiyimi Qora rangda bo'lgan. Abbosiylar sulolasi o'zlariga ramziy rang sifatida asosan Qora rangini tanlashgan. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
606. Feruza: Abbosiylar davlatining birinchi hukmdori.
Javob: Abu-al Abbos (as-Saffah). Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
607. Feruza: Sarrojlik nima?
Javob: Ot asboblarini yasovchi hunarmandchilik. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
608. Feruza: Muqannaning asl ismi?
Javob: Hoshim ibn Hakim. Bekmirzo 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
609. Feruza: Zaynabga "qaragan" hamshiraning ismi.  ("Shaytanat")
Javob: Mardona. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
610. Feruza: Asadbekning gruzin qadrdonlari kim edi?  ("Shaytanat")
Javob: Suliko va Iliko. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:14:59

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 611-620

Adabiyot
611. Feruza: Elchinning birinchi turmush o'rtog'i.  ("Shaytanat")
Javob: Noila. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Adabiyot
612. Feruza: Xongireyning asl ismi.  ("Shaytanat")
Javob: Aftandil. Feruza 3 ball.

Adabiyot
613. Feruza: Manzuraning rolini qaysi aktrisamiz ijro etganlar?  ("Shaytanat")
Javob: Gulchehra Jamilova. Kumusbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
613. Feruza: Amerikaning yagona katolik prezidenti kim bo'lgan?
Javob: Jon Kennedi. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Islom
615. Muhammad: Qur'oni karimdagi "bismilloh"siz boshlanuvchi yagona sura qaysi?
Javob: "Tavba" surasi. Kumushbibi 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
616. Muhammad: Qur'oni karimdagi eng uzun oyat qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng uzun oyat "Baqara" surasining 282-oyatidir. AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
617. Muhammad: Qur'oni karimning oxirgi oyati qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. Muhammad 3 ball.

Islom
618. Muhammad: Eslang, Yusuf otasiga degan edi: «Ey ota, men tushimda o‘n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko‘ribman. Hammalari menga sajda qilishayotgan emish». (Yusuf surasidan)
Savol: Yusuf alayhissalom ushbu tushni ko'rganda necha yoshda edilar?
Javob: 12 yoshda. Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
619. Muhammad: Yusuf surasida ishtirok etgan shaxslarning soni nechta? Surada nechta xislat ta'riflangan?
Javob: 19 ta. Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
620. Muhammad: Qur'oni karimning eng o'rtasidagi so'z qaysi? U qaysi surada?
Javob: "Kahf" surasi, 19-oyatdagi "valyatalattaf" kalimasi. AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:15:13

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 621-630

Islom
621. Muhammad: Yusuf qissasidagi Misr shohi kim edi?
Javob: Rayyon binni Valid. Maknuna 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
622. Muhammad: (Kunlarning birida Misr mamlakatining) shohi: «Men tushimda yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa qurigan (etti boshoq) ni ko‘rdim. A’yonlarim, agar tushlarning tabirini ayta oluvchi bo‘lsangizlar, bu tushimning ta’birini (menga) aytinglar-chi», dedi. (Yusuf surasidan)
Ushbu tushga ta'rifni hech kim topa olmadi. Keyin Yusuf alayhissalomga murojaat qilishdi. Hazrat Yusuf tushni qanday ta'rif qildilar?
Javob: (Yusuf dedi):" Sizlar paydar-pay yetti yil don ekinglar. Keyin o'rib olgan hosilingizni o'z boshog'ida qoldiringlar, magar yeydigan ozgina ozuqalaringizni yanchib olinglar. So'ngra o'sha serhosil yetti yildan keyin yetti yil qahatchilik bo'lib, ular uchun tayyorlab-asrab qo'ygan bor hosilingizni yeb ketar. Magar ozgina urug'lik uchun asrab qo'ygan donlaringizgina qolur. (Yusuf surasi, 47-48). Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
623. Muhammad: Qur'oni karimda nechta payg'ambarning nomlari kelgan?
Javob: Muqaddas Qur'oni Karimda 25 ta payg'ambarlarning ismlari kelgan. Bular: Odam, Idris, Ibrohim, Ismoil, Isxoq, Nuh, Hud, Shuayb, Solih, Lut, Yoqub, Yusuf, Yunus, Ilyos, Alyasa,Zulkifl, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Muso, Horun, Iyso va Muhammad alayhis salamlardir. Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
624. Muhammad: Qur'oni karimning dastlabki tushirilgan oyatlari necha kalimadan iborat edi?
Javob: 18 kalimadan iborat edi ("Alaq" surasi, 1-5 oyatlar). Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
625. Muhammad: Abu Bakr Siddiqning Qur'on mushaflarini jamlashda bosh bo'lgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning kotiblari kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit. AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.

Islom
626. Muhammad: Xalifa Usmon ibn Affon Qur'oni karimni 7 nusxa ko'chirib qaysi yurtlarga yuborgandilar?
Javob: Makka, Shom, Yaman, Bahrayn, Basra, Kufaga, bir nusxasi Madinada qolgan.  AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.

San'at
627. Mohinur: 40 yoshida kar bo'lib qolgan mashhur kompozitor kim?
Javob: Betxoven. Feruza 5 ball; Mohinur 1 ball.

Geografiya
628. Mohinur: Janubiy Afrikaning tub-joy aholisi bo'lgan qabilalar qaysi?
Javob: Koykoy (gottentot) va san (bushmen). Bekmirzo 5 ball; Mohinur 1 ball.

Tarix
629. Mohinur: Qohira shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?
Javob: 969 yili Fotimiylar amirlaridan Javhar as-Saqaliy tomonidan asos solingan. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Geografiya
630. Mohinur: Hududining ko'p qismi kanallar bilan tutashgani uchun "Sharq Venetsiyasi" deb ataladigan shahar?
Javob: Basra. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:15:31

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 631-640

Tibbiyot
631. AbdulAziz: Zamonaviy optika faniga asos solgan, g'arb olai ko'z sohasida amaliyot boshlashidan rosa 1000 yil ilgari ignalar yordamida ko'z pardasini almashtrib, katoraktani davolagan arab oilimi kim edi?
Javob: Ibn al-Xaysam. Feruza 5 ball;

Tarix
632. AbdulAziz: Ko'chalari Yevropa qit'asida birinchi marta yirug'lik bilan ta'minlangan shahar qaysi?
Javob: Ispaniyaning Kordoba shahri. Arab xalifaligining katta shaharlaridan biri bo'lgan. Laylo 5 ball;

Tarix
633. AbdulAziz: 1009 yili Quddusdagi nasroniylar cherkovini yoqib yuborgan misrlik xalifa kim edi?
Javob: Xalifa al-Hakim. Bekmirzo 5 ball;

Tarix
634. AbdulAziz: Quddus shahri salibchilar tomonidan qachon olindi?
Javob: 1099 yil, 15 iyul kuni salibchilar Quddusga bostirib kirishdi. Butun shahar aholisi qilichdan o'tkazildi. Bekmirzo 5 ball;

Tarix
635. AbdulAziz: Quddus shahrini birinchi marta fath qilgan xalifa kim edi?
Javob: Hazrati Umar roziyallohu anhu. Bekmirzo 5 ball;

Tarix
636. Feruza: Xorazmshohlar davlatining asoschisi kim?
Javob:  Otsiz. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
637. Feruza: "Buxoro davlatining devori o'zim bo'laman" degan Buxoro hukmdori kim?
Javob: Ismoil Somoniy. Uztermbek 5 ball. Feruza 1 ball.

O'zbekiston tarixi
638. AbdulAziz: "Hurriyat" gazetasi qachindan chiqa boshladi? (yili, oyi)
Javob: 1996 yil, dekabr. Uztermbek 5 ball.

O'zbekiston tarixi
639. AbdulAziz: O'zbekiston internet tarmog'iga qachon ulangan? (yili va oyi)
Javob: 1996 yil, may. Doniyor 3 ball; Maknuna 2 ball.

Tarix
640. AbdulAziz: Basra shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?
Javob: 637 yili xalifa Umar r.a. tomonidan asos solingan. Muhammad 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:15:52

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 641-650

Tarix
641. AbdulAziz: Quddus shahrini salibchilardan ozod qilgan va ikkinchi marta fath qilgan Islom sarkardasi kim edi?
Javob: Salohiddin Ayyubiy. Muhammad 5 ball.

Tarix
642. AbdulAziz: Jahon tarixida eng ko'p muddat hukmronlik qilgan imperiya qaysi?
Javob: Usmoniylar imperiyasi. Qariyb 7 asr hukmronlik qilishgan. Laylo 5 ball.

Tarix
643. Feruza: Chingizxonning o'g'illarining ismi?
Javob:  Jo'ji, O'qtoy, Chig'atoy, Tulu. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
644. Feruza: Chingizxon vafotidan keyin kim ulug' xoqon deb e'lon qilinadi?
Javob:  O'qtoy. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
645. Feruza: Chingizxon qaysi o'g'liga Eron, Hindiston va Xurosonni beradi?
Javob:  Tulu. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
646. Feruza: Mahmud Torobiyning kasbi nima edi?
Javob:  G'alvir yasovchi. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
647. Feruza: Mo'g'ullar Rusiyani bosib olib, qaysi davlatga asos soladilar?
Javob:  Oltin O'rda. Muxbir 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
648. Feruza: Qarshi shahriga kim asos soladi?
Javob: Mo'g'ul xoni Kebekxon. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
649. Feruza: Jangi loy kimlar o'rtasida bo'lib o'tadi?
Javob: Ushbu jangda bir tomondan Amir Temur va Amir Husayn va ikkinchi tomondan Ilyosxo'ja ishtirok etgan. Jangi loy 1365 yil 22 mayda bo'lib o'tadi. O'sha jangda kuchli jala quyib, janggoh botqoqqa aylanib ketadi. Shuning uchun shunday nomni olgan. AbdulAziz 3 ball; Feruza 3 ball.

Tarix
650. Feruza: Sarbadorlar harakatining shiori nima edi?
Javob:  Maqsadga erishish yo'lida haqiqat uchun boshimizni dorga osishga ham tayyormiz. Feruza 3 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:16:05

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 651-660

Tarix
651. Sarbadorlar harakatiga boshchilik qilgan uch shaxs kimlar?
Javob: Mavlonzoda Samarqandiy, Xirdaki Buxoriy va Abu Bakr. AbdulAziz 2 ball; Feruza 3 ball.

Tarix
652. Mo'g'ullar humronligi davrida yer solig'i qanday atalgan?
Javob: Kalon. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.

Islom tarixi
653. Hazrati Umarning iymonga kelishlariga sababchi bo'lgan ayol kim?
Javob: Singillari Fotima binti Hattob. Kumushbibi 5 ball; Laylo 1 ball.

San'at
654. Rafael qalamiga mansub "Ga'rbning buyuk olimlari" kartinasida Platon va Aristotellar bilan birga tasvirlangan Agarroes qaysi Sharq olimining yevropacha ismi?
Javob: Mashhur islomiy faylasuf Ibn Rushd. Muhammad 5 ball.

Tarix
655. Konstantinopolni fath qilgan turk sultoni kim edi?
Javob: 1453 yili Sulton Mehmet Fotih tomonidan Konstantinopol fath etildi. Bekmirzo 5 ball.

Tarix
656. Turk sultoni Sulaymonning asli kelib chiqishi polshalik bo'lgan sevimli xotini kim edi?
Javob: Roksalana (Hurram). Bekmirzo 5 ball.

Islom
657. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.dan eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahoba kim?
Javob: Abu Hurayra raziyallohu anhu.  Assalom 5 ball; Laylo 1 ball.

Adabiyot
658. Mashhur adiblar Shekspir va Servantes hayotida qanday bog'liklik va bir xillik mavjud.
Javob: Ikkalasi ham bir kunda - 1616 yilning 23 aprelida vafot etishgan. Bekmirzo 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
659. Qaysi Amerika prezidenti tomorqasida marixuana yetishtirgan?
Javob: Jorj Vashington. AbdulAziz 5 ball; Assalom 1 ball.

Tarix
660. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell biron marta ham onasi va xotiniga qo'ng'iroq qilmagan. Nima uchun?
Javob: Chunki ular gung bo'lishgan. Maknuna 5 ball; Assalom 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:16:20

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 661-670

Tarix
661. Napoleon qaysi hayvondan qo'rqish dardiga mubtalo bo'lgan?
Javob: Aylurofobiya - mushuklardan qo'rqish. Uztermbek 5 ball; Assalom 1 ball.

Geografiya
662. Dunyodagi eng katta muzlik qaysi?
Javob: Dunyodagi eng katta muzlik Antarktidadagi - Lambert muzligi bo'lib, uning maydoni qariyb 1 mln km2ni tashkil etadi. Lambert muzligining kengligi 64 km, uzunligi esa 700 km dan ziyoddir. Doniyor 2 ball; AbdulAziz 3 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
663. Qaysi sayyora boshqalariga nisbatan tezroq o’z o’qi atrofida aylanadi?
Javob: Yupiter. Mohinur 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
664. Buyuk Britaniyadagi eng katta ko’l qaysi?
Javob: Buyuk Biritaniyadagi eng katta ko'l - Lox-Ney (Lough Neagh) bo'lib, Shimoliy Irlandiyada joylashgan. maydoni - 396 km kv. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Geografiya
665. Dunyodagi eng katta g’or qaysi va qaerda joylashgan?
Javob: Dunyodagi eng katta g'or Saravak-Cheymber (malaychasi Lubang-Nasib-Bagus) bo'lib, u Malayziyaning Saravak shtatidagi Gunung-Mulu milliy parkida joylashgan. G'orning uzunligi - 700 km, o'rtacha kengligi - 300 m. AbdulAziz 5 ball; Noza 1 ball.

Astronomiya
666. Maydoni Yevropadan 4 marta kichik bo’lgan kosmik jism?
Javob: Oy. Diametri 3476km. Doniyor 5 ball; Noza 1 ball.

Islom tarixi
667. Islom dushmani - Abu Jahlning asl ismi nima edi?
Javob: Amr ibn Hishom. AbdulAziz 5 ball; Laylo 1 ball.

Islom tarixi
668. Hadicha raziyallohu anhuning oldingi erlaridan qolgan farzandlari kim edi? 
Javob: Hola. Muhammad 5 ball; Laylo 1 ball.

Geografiya
669. Dunyodagi eng iflos daryo qaysi?
Javob: Dunay. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Adabiyot
670. Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanida Qozongap qayerga dafn etiladi?
Javob: Mallaqumdichop tepaligiga. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:16:37

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 671-680

Atamashunoslik
671. Kemadagi eng yoshi kichik matros nima deyiladi?
Javob: Yunga. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Falsafa
672. Qaysi yunon faylasufi faylasuflar maktabi eshigiga "Geometriyadan xabarsiz kishining bu ostonadan o'tishi man etiladi" deb yozib qo'ygan?
Javob: Platon. Assalom 5 ball.

Adaniyot
673. "Har ishni qilmish odamizod
Tafakkur birla bilmish odamizod"

Ushbu parcha Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
Javob: "Farhod va Shirin". Doniyor 5 ball.

Adabiyot
674. Alisher Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostonida Bahrom Dilorom haqida kimdan eshitgan edi?
Javob: Jahongashta Moniydan. Maknuna 5 ball.

Adabiyot
675. Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida Majnun kimning qiziga nikohlangan edi?
Javob: Navfalning qiziga. Shoir 5 ball.

Tarix
676. 1865 yil Toshkentni bosib olgan rus qo'shinlariga qaysi general boshchilik qilgan?
Javob: General Chernyayev. Feruza 5 ball.

Adabiyot
677. Manqurt(qul) so'zini qaysi adib birinchi bo'lib o'z asarlarida ishlatgan?
Javob: Mahmudxo'ja Behbudiy. Feruza 5 ball.

Sport
678. Basketboll savatchasining balandligi qancha?
Javob: 3.05 metr. Bekmirzo 5 ball.

Botanika
679. Dengiz karaminig fandagi nomi?
Javob: Laminariya. Bekmirzo 5 ball.

Fizika
680. Mexanik soatda mayatnik ishlatishni kim taklif qilgan?
Javob: Galileo Galiley. Assalom 5 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:17:03

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 681-690

Ajoyibot
681. Birinchi choyxona qaerda paydo bo'lgan?
Javob: Yaponiyada. Assalom 5 ball.

Tarix
682. Qachon va nechanchi yilda AQSH da ilk marotaba saylov natijalarini oldindan bilishda kompyuterdan foydalanilgan?
Javob: 4 noyabr 1952 yilda. Noza 3 ball.

Tarix
683. Yevropadagi ilk qo’riqxona nechanchi yilda qaerda tashkil topgan?
Javob: 1909 yilda Shvetsiyada. Noza 3 ball.

Astronomiya
684. Qaysi sayyorada eng uzun kun va eng qisqa yil bo’ladi?
Javob: Merkuriy (Merkuriydagi 1 kun yerning 176 kuniga teng). Feruza 5 ball; Noza 1 ball.

Tarix
685. Ulug'bek rasadxonasini kim qazib o'rganib, sekstantni topishga muyassar bo'lgan?
Javob: Vyatkin. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
686. Kim Mirzo Ulug'bekning voyaga yetganiga qadar otalig'i bo'lgan?
Javob: Amir Shohmalik. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
687. Amir Temur vafotidan keyin Movarounnnahr va Xurosonni birlashtira olgan temuriyzoda
Javob: Shohruh Mirzo. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
688. Ilk o'rta asrlarda "dehqon" so' zi qanday ma'noni anglatgan?
Javob: "Qishloq hokimi". AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
689. "Qubbatul ilm val adab" unvoniga sazovor bo'lgan shahar?
Javob: Shahrisabz. Feruza 3 ball.

Geometriya
690. Hech qanday o'lchamga ega bo'lmagan eng sodda geometrik shakl?
Javob: Nuqta. Feruza 5 ball;

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:17:15

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 691-700

Tarix
691. Napoleon oilada nechanchi farzand bo’lgan?
Javob: Ikkinchi. Feruza 5 ball;

Din
692. Xristian ruhoniylarining ibodat vaqti kiyadigan libosi nima deyladi?
Javob: Riza.

Tarix
693. Shayboniylar sulolasidan chiqqan eng oxirgi hukmdor kim?
Javob: Pirmuhammad. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
694. "Abdullanoma" asarining muallifi kim va bu asarning boshqacha nomi.
Javob: "Sharafnomai shohiy", Hofiz Tanish Buxoriy. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
695. Mir Arab madrasasi qaysi hukmdorning davrida qurilgan?
Javob: Ubaydullaxon. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Zoologiya
696. Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan hayvon qaysi?
Javob: Kalamush. Muxbir 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
697. Umrining 75 %ini uyquda o'tkazadigan hayvon qaysi?
Javob: Yalqov. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
698. "Tushunmaymiz" ma'nosini anglatuvchi hayvon qaysi?
Javob: Kenguru. Bekmirzo 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
699. Ucha oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Ko'rshapalak. Bekmirzo 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
700. O'zini ko'zguda taniy oladigan yagona hayvon qaysi?
Javob: Shimpanze. Muxbir 3 ball; AbdulAziz 2 ball; Mohinur 1 ball.

Qayd etilgan