Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 505655 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 20 B


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:17:32

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 701-710

Zoologiya
701. Afrikadagi ba'zi qabilalar tilida "Junglidan kelgan odam" ma'nosini bildiradigan hayvon qaysi?
Javob: Orangutang. Maknuna 5 ball; Mohinur 1 ball.

Zoologiya
702. Odamdan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi qaysi?
Javob: Fil. Shoir 5 ball; Mohinur 1 ball.

Adabiyot
703. «Men sen uchun tug’ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o’larman, ey turkning muqaddas o’chog’i!»
Ushbu fikrlar muallifi kim?
Javob: Abdurauf Fitrat. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
704. Ma’lum muddat Afg’oniston xalq maorifi vaziri, so’ng Sho’rolar ittifoqining Afg’onistondagi konsuli — elchisi vazifalarida xizmat qilgan adib kim edi?
Javob: Abdulla Avloniy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
705. «Buxoro jallodlari» (1922) qissasi muallifi kim?
Javob: Sadriddin Ayniy. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
706. Fitratga bu taxallusni kim beradi? Fitratning ma’nosi nima?
Javob: Turkiyada o'qib yurgan kezlarida domlalari shu nomni berishadi. Fitratning ma'nosi - Donishmand. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
707. Sadriddin Ayniy qaysi tuman, qaysi qishloqda tug’ilgan?
Javob: G'ijduvon tumani, Soktare qishlog'i. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.

Adabiyot
708. Abdulla Oripov "Jannatga yo'l" asarini kimdan ta'sirlanib yaratgan?
Javob: Dante Aligyerining "Ilohiy komediya"sidan. Shoir 5 ball; DJDilshodbek 1 ball.

Adabiyot
709. Kaykovus necha yoshida "œQobusnoma"ni yozgan?
Javob: 63 yoshida. Shoir 5 ball

Astronomiya
710. "œKometa" so‘zining ma’nosi nima?
Javob: Daydi yulduz. Mohinur 5 ball

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:17:48

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 711-720

Din
711. Katolik cherkovida rim papasidan keyin turuvchi mansab qaysi?
Javob: Kardinal. Mohinur 5 ball

Fizika
712. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?
Javob: Rentgen. Maknuna 5 ball

Fizika
713. Gugurtning ixtirochisi kim?
Javob: Mark Sorio. Feruza 5 ball

Adabiyot
714. Ustoz adib Abdulla Qahhor kunlardan bir kuni "... tovuqni haydasam yonimga mushuk yugurib kelyapti" deb aytgan. Nega?
Javob: Adib yoshi keksayib qolgani sabab, buning bir alomati sifatida, tovuqlarini haydamoqchi bo'lib "kisht, kisht" demoqchi bo'lsalar, buning o'rniga "kis-kis" degan tovush chiqadi... Uztermbek 3 ball.

Adabiyot
715. Nega O'tkir Hoshimov 1 ta telbani 100 ta donishmanddan ustun qo'yadi?
Javob: Telbalarga ta'zim qiling! Zero, yuzta donishmand aytmagan haqiqatni bitta devona aytadi. Uztermbek 3 ball.

Adabiyot
716. "Sinchalak" ruschaga kim tomonidan o'girilgan va tarjima qanday nomlangan?
Javob: Konstantin Simonov. "Ptichka-nevelichka". AbdulAziz 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
717. Tolstoyning "Urush va tinchlik" romanini kim o'zbekchaga o'girgan?
Javob: Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova. Shoir 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
718. Gyotening "Faust" asari o'zbek tiliga qaysi adib tomonidan tarjima qilindi?
Javob: Erkin Vohidov. Shoir 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
719. Dante Aligyerining "Ilohiy komediya"si o'zbekchaka qaysi adib tomonidan tarjima qilindi?
Javob: Abdulla Oripov. Shoir 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
720. Ernest Seton-Tompsonning "Yovvoyi yo'rg'a" sini qaysi yozuvchi o'zbekchaga o'girdi?
Javob: Tog'ay Murod. AbdulAziz 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:18:31

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 721-730

Tarix
721. Angliyadagi qirollar saroyi nima deyiladi?
Javob: 1837 yildan beri Angliya qirol va qirolichalari asosan Buckingham saroyida istiqomat qilishadi. Bekmirzo 5 ball;

Atamashunoslik
722. Kemadagi yo'lboshlovchi nima deb aytiladi?
Javob: Lotsman. Feruza 5 ball;

Adabiyot
723. Xayyom so'zining ma'nosi nima?
Javob: Chodir tikuvchi. Feruza 5 ball;

Tarix
724. G'oziy so'zining ma'nosi nima?
Javob: O'zi musulmon haq dini uchun kurashchi degan ma'noni bildiradi. Xiva xoni Elbarsxon mamlakatdan Eron safaviylarini quvib chiqargach, o'g'illarining ismiga "g'ozi" degan so'zni qo'shib aytishni buyuradi. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
725. Fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, ularni hal etuvchi amaldor.
Javob: Dodhoh. AbdulAziz 5 ball; Feruza 1 ball.

Tarix
726. Xalq tomonidan "Amiri Mas'um" deb chaqirilgan mang'it hukmdori
Javob: Amir Shohmurod. Uztermbek 5 ball; Feruza 1 ball.

Ajoyibot
727. O'ziga xos bir savolni o'rtaga tashlamoqchiman. Mana shu tasvir haqida qanday ma'lumot bera olasiz (mavzu tasodifan tanlanmagan )?

Javob: Volganing ichida Vladimir Putin va kichik Jorj Bush. Fashistlar ustidan qozonilgan g'alabaning 60-yilligi tadbirlarida Moskvada olingan surat. . AbdulAziz 5 ball; Uztermbek 1 ball.

Geografiya
728. Qaysi ko‘l "œAvstraliyaning jonsiz yuragi" nomini olgan?
Javob: Eyr ko'li. Feruza 5 ball

Adabiyot
729. Tomas Mor qaysi universitetda tahsil olgan?
Javob: Oksford. Uztermbek 5 ball

Fan
730. Tafakkur qonuniyatlari haqidagi fan qaysi?
Javob: Logika. Uztermbek 5 ball

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:19:07

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 731-740

Adabiyot
731. "œMakr va muhabbat" asarining muallifi kim?
Javob: Fridrix Shiller. Shoir 5 ball

Zoologiya
732. Zaharli tsetse pashshasi chaqsa ham o‘lmaydigan hayvon qaysi?
Javob: Zebra. Maknuna 5 ball

Geografiya
733. Afrikadagi eng chuqur ko‘l qaysi?
Javob: Tanganika. Feruza 5 ball

Astronomiya
734. 1908 yil yer shariga urilgan meteorit qaysi?
Javob: Tungus. Uztermbek 5 ball

Sport
735. Tayson qaysi bokschining qulog‘ini tishlab olgan?
Javob: Evander Xolifild. Maknuna 5 ball

Geografiya
736. Atmosferaning eng yuqori qatlami qaysi?
Javob: Ekzosfera. Feruza 5 ball

Adabiyot
737. "Tarzan" asarining muallifi kim?
Javob: Berrauz. Shoir 5 ball

San'at
738. Rassom Rafael Santining ustozi kim?
Javob: Petro Perudjino. Feruza 5 ball

Adabiyot
739. Besh kitobdan iborat bo‘lgan asar qanday ataladi?
Javob: Pentalogiya. Assalom 5 ball

Geografiya
740. Birinchi jo‘g‘rofiy atlasni kim kashf etgan?
Javob: Ptolomey. Assalom 5 ball

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:19:39

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 741-752

San'at
741. Tabiat manzaralari tasvirlangan rasm nima deyiladi?
Javob: Peyzaj. Uztermbek 5 ball

Fizika
742. Mariya Kyuri qaysi metallni kashf qilgani uchun Nobel mukofotini olgan?
Javob: Radiy. Abduqahhor 5 ball

Adabiyot
743. "Jannat qidirganlar" asarining mallifi kim?
Javob: Shuhrat. Abduqahhor 5 ball, Abduqahhor[/b] 1 ball.

Adabiyot
744. "Parvona" kimning qalamiga mansub va sahnada O'tkuriy obrazini kim yaratgan?
Javob: Uyg'un. Obid Yunusov ijro etgan. Feruza 2 ball, Assalom 3 ball,  Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
745. "Otoyining tug'ilgan yili" qissasi kimning qalamiga mansub?
Javob: Erkin A'zam. AbdulAziz 5 ball, Uztermbek 1 ball.

Adabiyot
746. XX asrning 1-yarmida yashab ijod etgan birinchi o'zbek shoirasi. Bu yil tavalludining 90 yilligi nishonlanadi.
Javob: Ra'no Uzoqova (1916-1947) Uztermbek 3 ball.

Adabiyot
747. Aytsam - o'ldirurlar,
Aytmasam - o'lam...

Ushbu satrlar qaysi asardan olingan?
Javob: "Oshiq G'arib va Shoxsanam" dostonidan. Assalom 5 ball

Falsafa
748. "Filosofiya" so'zining ma'nosi nima?
Javob: Falsafani sevaman . Shoir 5 ball

Adabiyot
749. Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" asarini kimga atab yozgan?
Javob: Tabg'ach Bug'roxon. Shoir 5 ball

Geografiya
750. Finlandiyaning qadimiy nomi nima?
Javob: Suvomi. Assalom 5 ball

Adabiyot
751. O'zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti kim?
Javob: T.N. Qori-Niyoziy. Feruza 5 ball

Tarix
752. "Titanik" kemasi qaysi qaysi shahardan yo'lga chiqqan edi?
Javob: Angliyaning Liverpul shahridan. Maknuna 5 ball

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:20:22

Assalomu alaykum aziz ishtirokchilar!
Ziyo-Uz BukToPuHaCuning ham 3-turi yakunlarini e'lon qilayapmiz.
Eski manzilda mana shu tur oxirgisi hisoblanib, yangi tur yangi forumda davom etadi.

Ziyo-Uz BukToPuHaCu: 3-TURNING YAKUNIY NATIJALARI


1.   AbdulAziz -   867 ball
2.   Bekmirzo -   733 ball
3.   Feruza -   443 ball
4.   Assalom -   347 ball
5.   Maknuna -   285 ball
6.   Kumushbibi - 282 ball
7.   Shoir -   240 ball
8.   Noza -   212 ball
9.   Muxbir    - 169 ball
10.   Webmonster -   66 ball
11. Uztermbek - 62 ball
12.   Mohinur -   58 ball
13.   Qaysar -   56 ball
14.   Behzodbek -   50 ball
15.   Otabek -   48 ball
16.   Shahina -   48 ball
17. Muhammad - 34 ball
18.   Doniyor -   33 ball
19. Mubashshir - 25 ball
20.   Margilanets -   22 ball
21.   Jadid -   16 ball
22. Laylo - 14 ball
23.   Margiloniy -   11 ball
24. Shamshir - 10 ball
25. Abduqahhor - 6 ball
26.   DjDilshodbek -   5 ball
27. Ozodaxon - 1 ball
28.   Sohibjon -   1 ball



PS. Keyingi tur yangi forumda boshlandi. Bu turda sizning yiqqan ballaringiz saqlanib qolmaydi va hisob yangidan boshlanadi.
Barcha ishtirokchilarga tashakkur izhor etaman va keyingi turlarda ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:21:29

Ziyo-Uz BukToPuHaCu: ENG KO'P SAVOL BERGANLAR

1. AbdulAziz - 201 ta
2. Shoir - 113 ta
3. Noza - 108 ta
4. Assalom - 73 ta
5. Feruza - 70 ta
6. Muxbir - 39 ta
7. Maknuna - 37 ta
8. Otabek - 27 ta
9. Muhammad - 12 ta
10. Uztermbek - 11 ta
11. Mohinur - 10 ta
12. Bekmirzo - 10 ta
13. Jadid - 8 ta
14. Doniyor - 6 ta
15. Margilanets - 5 ta
16. Behzodbek - 5 ta
17. Qaysar - 4 ta
18. Laylo - 4 ta
19. DjDilshodbek - 3 ta
20. Webmonster - 2 ta
21. Margiloniy - 1 ta
22. Sohibjon - 1 ta
23. Ozodaxon - 1 ta
24. Abduqahhor - 1 ta

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:22:13

Administrator, moderatorlar guruhi, viktorina komissiyasi hamda ishtirokchilar tomonidan berilgan ovozlar natijasiga ko'ra 2-tur yakunlari quyidagicha:

Ziyo-Uz BukToPuHaCu bilimdonlari:
  • Eng bilimdon ishtirokchi - Bekmirzo
  • Eng sermahsul ishtirokchi - Feruza
  • Eng jonkuyar ishtirokchi - Feruza
Sohalar bo'yicha bilimdonlar:
  • Adabiyot - Shoir  
  • Geografiya va iqtisod - Muxbir
  • Tarix va falsafa - Feruza
  • San'at va madaniyat - Maknuna
  • Din - Assalom
  • Biologiya va kimyo - Noza
  • Fizika va astronomiya - Uztermbek
  • Etimologiya va tilshunoslik - Kumushbibi
  • Sport - Otabek

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:27:04

Yangi Ziyouz Viktorinasining savol-javoblari:

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1-10

Adabiyot
1. Qaysi asar epigrafida "Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin" deya aytilgan?
Javob: Gabriel Garsia Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asari

Adabiyot
2. "Alpomish" dostonida Ko'kaldosh mingan ot?
Javob: Ko'kdo'nan

Falsafa
3. Kim o'zini "birinchi faylasuf" deb e'lon qilgan?
Javob: Pifagor

Zoologiya
4. Eng tez uchadigan hasharot qaysi?
Javob: Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakati tezligi 57 km/soatga yetadi.

Zoologiya
5. Eng katta kapalak qaysi?
Javob: Dunyodagi eng yirik kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois ko'pincha ko'rganlar uni qush deb o'ylaydi.

Islom tarixi
6. Ma'lumki, Abdulloh ibn Mas'ud Ka'batullohda birinchi bo'lib qur'on tilovat qilgan sahoba hisoblanadi. O'shanda u qaysi surani tilovat qilgan edi?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud r.a. Ka'batullohda birnchi bo'lib Qur'on tilovat qilganida, "Ar-Rohman" surasini o'qigan.

Islom tarixi
7. "Fath" surasi nozil bo'lganda uni Rasululloh SAV birinchi bo'lib kimga o'qib berganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a.ga

Islom tarixi
8. Sahoba Mus'ab ibn Umayrning islomiyatga qo'shgan ulug' hissasi nimadan iborat?
Javob: Madina ahliga Qur'oni karimni o'rgatganlar.

Islom tarixi
9. Qur'oni Karimning eng ohirgi nozil bo'lgan oyati qaysi suraning nechanchi oyati? Va uning ma'nosi qanday? (tarjimasi)
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. (Manba: "Qur'on, tafsir va mufassirlar" kitobi)
Yana  boshqa manbalarga ko'ra, Moida surasining 3-oyati:
"Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to`la qildim va Islomni din deb ixtiyor etdim"

Adabiyot:
10. Iste’dodli yozuvchi Ulug’bek Hamdamning «Isyon va itoat» romanidan savol:
«Bu — kuchli va ojizning it-mushuk bo‘ladigan joyi ekan. U yerda insoniyat yaratgan madaniyatdan asar ham yo‘q edi. Inson uning eshigini ochib kirar ekan, tug’ilgandan shu yoshgacha o‘ziga yuqtira olgan neki ezgulik bor hammasini yechib tashlab, ichkariga yalang’och badan, qaynoq qon oqib turuvchi vujud bilan kirar edi».
     Savol: Asarda tasvirlangan joy qayer?
Javob: Qamoqxona.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:28:07

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 11-20

Kino
11. Jeki Chan so‘zining ma’nosi nima?
Javob: Gong-Konglik degan ma'noni bildiradi.

Adabiyot
12. "œGo‘ro‘g‘li" turkumiga kiruvchi oxirgi doston qaysi?
Javob: "Ero'gli" dostoni

Islom tarixi
13. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?
Javob: Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning do’zaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida aybsitadigan kamchlik bo’lmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug’ imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bo’lsin.
Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni O’zining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi".

Islom tarixi
14. Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan?
Javob: Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, ko’p sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan.

Islom tarixi
15. Sulaymon a.s. vafotlaridan keyin jinlar U Zotni sehrgar deyishgan. Bunga sabab nima edi? Va buni rad qilib Qur'oni Karimni qaysi surasidagi, qaysi oyatlar nozil bo'lgan?
Javob: Sulaymon a.s. davrida jinlar odamlarga sehr o'rgatib, qog'ozga yozib tarqatganlar. Sulaymon a.s. buni bilgach, hamma qog'ozlarni yig'ib tahtlari ostiga ko'mdirib qo'yadilar. U Zotning vafotlaridan keyin, jinlar uni kavlab olib:" Mana Sulaymon a.s. o'z tahtini sehr bilan boshqargan deyishadi. Shuning sababida yahudiylar u kishini payg'ambar deb tan olmaganlar. Muhammad s.a.v. Sulaymon a.s.ni payg'ambarlar qatorida tilga olganliklaridan keyin:"Agar Muhammad s.a.v. haq payg'ambar bo'lganida Sulaymonni payg'ambar demas edi. Sulaymon a.s. sehrgar, uni payg'ambar degan Muhammad s.a.v. ham sehrgar deyishadi. Shunda keyin  Qur'oni Karimning ushbu go'zal oyatlari nozil bo'ladi:
Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o'limni hukm qilganimizda, uning o'limiga faqat asosini yeyayotgan kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Bas, qachonki, u qulab tushgach, jinlarga aniq bo'ldiki, agar ular g'aybni biluvchi bo'lganlarida bu xor qiluvchi azobda (mehnatda) qolmagan bo'lur edilar. (Saba' surasi, 14-oyat)
Shundan keyin esa ular Sulaymon payg'ambarni sehrgarga chiqardilar.
Buni rad qilib Qur'oni karimning ushbu oyati nozil bo'lgan:
Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar. Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar.— Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar.— Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsalar o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Va hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni o‘rganadilar. Axir (Allohning kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yo‘q ekanini bilgan edilar-ku. Jonlarini naqadar yomon narsaga (ya’ni oxiratdagi mahrumlikka) sotganlarini bilsalar edi. (Baqara, 102-oyat)

Islom tarixi
16. Rasululloh s.a.v: "Sening oxirgi nasibang sut bo'ladi", - deya bashorat bergan sahobiy kim edi?
Javob: Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo'ldan adashgan bir guruh o'ldiradi. Oxirgi nasibang sut bo'ladi" deya marhamat qilganlar.

Islom
17. Qur'oni Karimning eng mashhur va oyatlarda ko'p kelgan sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring.
Javob: Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:
1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug'.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13. Mav'iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16. Nazir. Ogohlantiruvchi.
17. Furqon. Haq bilan botilni ajratuvchi.
18. Burxon. Qiyomat kuni hujjat bo'luvchi. (Foydamizga yoki zararimizga)
19. Mushaf. Sahifalangan.
20. Tanzil. Nozil qilingan.

Islom
18. Qur'oni Karimda Qiyomat kunida qabrdan turguvchi kofirlar chigirtkalarga o'hshatilgan. Bu oyat qaysi suraning nechanchi oyati? Va ular nima uchun chigirtkalarga o'hshatilgan?
Javob: Bu xabar "Qamar" surasining 7-oyatida kelgan:
6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz o‘giring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bo‘lgan bir narsaga (ya’ni Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!
Bu oyati karimaning mo'jizakorligini olimlar yana bir tasdiqlashdi. Aniqlanishicha, chigirtkalar bir joydan bir joyga kochishda juda ko'p sonli, gala-gala bo'lib borishar ekan. Ular hatto bir nech milliardlab yurishar ekan. Ularning uzunligi 38km, balandligi bir necha metrgacha yetar ekan. Bunadan tashqari chigirtkalar o'z tuhumlarini tuproq orasiga urug' singari joylashtiradilar va  vaqti yetgach, bir vaqtni o'zida tuproq orasidan millionlab chigirtkalar chiqishar ekan. Huddi, Ulug' Kunda insonlarning qabrdan birdaniga ko'tarilgani kabi.

Islom tarixi
19. Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi. Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi? Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?
Javob: Musulmonlarning ikki yuz o'ttiz oltitasi ansorlar, yetmish yettitasi muhojirlar edi. Abu Jahl qo‘shinida to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuz tuya, yuztacha sovutlangan yugurik otlari bor edi.

Islom tarixi
20. Dajjol haqidagi sahih hadislarda uning qaysi sahobiyga o'xshab ketishi aytilgan?
Javob: Ibn Qatan r.a. Bu zot payg'ambarimizdan so'radilar:
- Dajjolning menga o'xshashi zarar qilmaydimi?
Rasululloh:
- Yo'q, sen musulmonsan, Dajjol esa kofirdir, dedilar.

Qayd etilgan