Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 506112 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 B


Y_U_R_I_S_T  13 Yanvar 2010, 18:31:26

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1121-1130


1121. Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan Olim chiqadi,
Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan ........
davomini to‘ldiring.
Javob: Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan ........ shoir chiqadi.

1122. Dunyodagi eng aqlli jonivor - baliq. Birinchidan - soqov, ikkinchidan....
davomini to‘ldiring.
Javob: doimo dumini likkillatadi

1123. Odam qancha ko‘p qiziqsa, shuncha ko‘p o‘qiydi. Qancha ko‘p o‘qisa, shuncha ko‘p biladi. Qancha ko‘p bilsa, ..................
davomini to‘ldiring.
Javob: Shuncha yashashi qiyin bo'ladi

1124. 1 Nyu York, AQSh 468
2 Parij, Fransiya 368
3 London, Buyuk Britaniya 270
4 Tokio Yaponiya 217
5 Moskva, Rossiya 171
Bu qator qanday qator?
Javob: Metropolitenlar bekatlari soni

1125. U haqda nomdor mashshoqlar shunday derdilar: "œBu bolakay hammamizning shuhrat yulduzlarimizni xiralashtiradi". Uning tinimsiz mehnati tufayli dunyo san'at olami 700 ga yaqin betakror san’at namunalari bilan boyidi. U kim?
Javob: Motsart

1126. Bu hayvon tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar uning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi. Bu qaysi hayvon?
Javob: Buqalamun

1127. Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, U Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro qilingan. U nima?
Javob: Shprits

1128. Aleksandr Makedonskiyning onasining ismi?
Javob: Olimpiyada

1129. Dunyodagi tillarning aksariyatida bu so`zi "œM" harfi bilan boshlanadi. Bu qaysi so'z bo'lishi mumkin?
Javob: Ona

1130. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — Nima uchun?
Javob: Ular kar bo'ishgan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Yanvar 2010, 18:37:13

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1131-1140

1131. Uning nomi ixtirochisi nomidan kelib chiqqan ekan. 1841 yil Belgiyalik Entoni ____ yaratgan bu cholg'u asbobi keyinchalik ___ning ovozi-______ deyila boshlangan. Bu nima?
Javob: Entoni Saks - Saksofon.

1132. Jeyms Naysmit tomonidan u 2 ta olma savatini tepaga ilib qo'yish natijasida paydo bo'lgan. U nimani ixtiro qilgan?
Javob: Basketbol

1133. Uni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan. U nimani yaratgan?
Javob: Velosiped

1134. Bu mashina 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan. Bu qanday "mashina" ?
Javob: Ayollar yaxshi ko'radigan mashina - tikuv mashinasi.

1135. Gvadelupa, Gibraltar, Monako, Nauri, Singapur va Bermud. Bu maskanlar 100 foiz _____ talabiga javob beradigan dunyodagi sanoqli joylardir. Qaysi talabga?
Javob: 100 % shahar talabiga javob beradi

1136. Inson tarqatishi mumkin bo'lgan eng baland tovush qichqiriq emas, balki u ekan. U ayrimlarda naq 69 detsibelga yetar ekan. U nima?
Javob: Xurrak

1137. Har yili bir paytda Yerning bu qismi 10 trillion tonnaga og‘irlashadi. Nima uchun, qachon  va bu yerning qaysi qismi?
Javob: Antarktida muzlaganda

1138. Aniqlanishicha, bu ro'yxatning ikkinchi o'rinida burgutlar, undan keyin otlar, sigir va fillar tasvirlanar ekan. Birinchi o'rinda nima tasvirlanadi va bu qanday ro'yxat?
Javob: Birinchi o'rinda sher. Bu gerbda tasvirlangan hayvonlar

1139. Bir rivoyatga ko'ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Ular shaharga nom bergan

1140. Eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik shamollash, eng keng tarqalgan yuqmaydigan kasallik-chi?
Javob: Karies

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Yanvar 2010, 18:51:31

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1141-1150

1141. Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya butun dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan. 2007 yili kompaniya nomidan «computer» (kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin. Bu qaysi kompaniya?
Javob: IBM

1142. Bir rivoyatga ko'ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda .... nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
Javob: Muchal, 12 ta hayvon suvdan o'tgan.

1143. Sahroi Kabir cho‘llarida yiliga 160 ming muqim, vertikal va gorizontal nimalar kuzatiladi?
Javob: Sarob

1144. Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha nima bilan aniqlanardi?
Javob: Ungacha uy egasining ismi bilan atalgan. Masalan, Janob Smit xonadoni....

1145. Benjamin Franklin uni shunday ta’riflagan: "œU — o‘choqqa o‘tin, qozonga - go‘sht, dasturxonga — non, davlatga — daromad, hamyonga — pul, tanaga — kuch, ustga — kiyim-bosh, miyaga — aql, oilaga — farovonlik baxsh etadi". Bu ta’rif insonning irodasiga bog‘liq qaysi xislatga tegishli?
Izoh: buni zamonaviy muammolarning oldini olishdagi eng yaxshi xislat deb atash ham mumkin. Yana bir yordam: musulmonlarga bu xislatning keragi yo‘q.
Javob: Hushyorlik (mast emaslik)

1146. XVIII asrda yashagan Rossiya malikasi Yekaterina II o‘zini tanqid qilgani uchun o‘sha davrdagi mashhur rus tarixchisi Nikolay Novikovni 1792 yil 1 avgustda 15 yilga qamoqqa hukm qildi. Ammo bir tabiiy sababga ko‘ra, Novikov 4 yildan keyin ozodlikka chiqdi. Bu qanday sabab edi?
Javob: Yekaterina II 1796 yil vafot etgan. O’rniga imperator Pavel I kelgan. Keyin u Novikovni ozod qilgan.

1147. Gi de Mopassan, Aleksandr Dyuma, Sharl Gunolar unga qarshi edi. Hattoki Mopassan uning "œbadbashara" qomatini ko‘rmaslik uchun Eyfel minorasining doimiy mijoziga aylandi. Chunki u Eyfel minorasidan ko‘rinmas edi. U nima?
Javob: Eyfel

1148. "œU ahmoq uchun og‘ir yuk, johil uchun qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir". Fransua Volter inson hayotining qaysi davrini shunday ta’riflagan?
Javob: Keksalik  davrini

1149. 1856-1860 yillarda AQShning 15-prezidenti bo‘lgan Jeyms Byukenen shu kungacha bo‘lgan barcha 44 prezident ichida nimasi bilan farq qilgan? Ushbu farq uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lgan.
Izoh: Shaxsiy hayotiga tegishli farq uning oilaviy holati bilan bog‘liq bo‘lgan.
Javob: Bu  yerda gap  shundaki,  u  bir  umr  bo'ydoq  o'tgan  yagona  prezident  sanaladi, ya'ni  uylanmagan.

1150. Qur'oni karimni tafsir qilishni qaysi sahoba boshlab berganlar?
Javob: Abdulloh ibn Abbos

Qayd etilgan