"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 111-120
Islom
111. Yana bir narsa borki, bu narsa faqat Alloh taoloda yo'q. Bu narsa nima?
Javob: Alloh taoloda uyqu yo'q.
Islom
112. Joni va boshi yo'q,lekin yemish yeydi. Bu narsa nima edi?
Javob: Hazrati Muso a.s.ning asolari.
Islom
113. Bu dunyoda asosiy hisoblangan ikkiliklar bor(Isnayn) Bular nechta va qaysilar?
Javob: Erkak va ayol, yer va osmon, tun va kun, quyosh va oy, jannat va do'zah, Iymon va kufr, hayot va o'lim, yahshilik va yomonlik, Arsh va Kursi, Lavh va Qalam, ilm va amal, Husn va ishq.
Islom
114. Namozi Vitrni birinchi bo'lib kim va qayerda o'qigan?
Javob: Namozi Vitrni birinchi bo'lib Rasululloh s.a.v. Me'rojga chiqqanlarida o'qiganlar. (Rasululloh s.a.v. Me'rojga chiqqanlarida jamki farishtalar u kishiga:"Yo,Rasululloh s.a.v. siz jami payg'ambarlarni Hotamidirsiz",-deyishgan. Shunda Rasululloh s.a.v. buning shukronasiga Uch rakat namoz o'qidilar.Bu namoz barcha ummatlariga Vojib bo'lib qoldi).
Islom
115. Bu dunyoda ikki narsa bor. To qiyomatgacha biri qochadi, biri esa quvadi. Bu narsa nima?
Javob: Tun va Kun.
Islom
116. Bir kecha kunduzda necha rakat namoz bor?Necha rakat Farz,sunnta va vitr ekanligini aniqlang?
Javob: 32 rakaat: 17 rakaat farz, 12 rakaat sunnat, 3 rakaat vitr.
Islom
117. Bu namozlarda esa nechta ruku', sujud, takbir va tasbeh bor?
Javob: 32 ta ruku, 64 ta sajda, 160 ta takbir, 165 ta tasbeh bor.
Islom
118. Mayyitga o'qiladigan janoza namozida nima uchun azon va takbir aytilmaydi?
Javob: Inson dunyoga kelganida sunnatga muvofiq o'ng qulog'iga azon va chap qulog'iga takbir aytiladi.Shu azon va takbir o'lim namozinikidir.
Islom
119. Boshqa namozlarda ruku' va sujud bor? Nima uchun janoza namozida yo'q?
Javob: Alloh taolo Qiyomatda kofirlarga: "Nima uchun mendan boshqaga sajda qildinglar?" deya so'raydi. Shuning uchun murdaga sajda qilishlikni man qilishgan.
Tarix
120. Tarixdagi Bobil imperiyasi qaysi hududda joylashgan edi?
Javob: Mesopatamiya