Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)  ( 506123 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 20 B


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:28:27

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 21-30

Qur'oni karim
21. Ikkinchisi yo'q ne bor?
Javob: Alloh taolo. "Ayting,"U - Alloh bittadir". (Ixlos,1)

Qur'oni karim
22. Uchinchisi yo'q ikki narsa ne?
Javob: Kecha va kunduz. "Biz kecha va kunduzni ikki belgi alomat qildik". (Isro,12)

Qur'oni karim
23. To'rtinchisi yo'q uch narsa ne?
Javob: Muso a.s.ning Hizrga aytgan uchta uzri.

Islom
24. Beshinchisi yo'q to'rt narsa ne?
Javob: Zabur, Tavrot, Injil va Qur'on.

Islom
25. Oltinchisi yo'q besh narsa nima?
Javob: Mo'minlarga farz qilingan besh vaqt namoz.

Qur'oni karim
26. Yetinchisi yo'q olti narsa nima?
Javob: Alloh taolo yeru osmonlarni yaratgan olti kun. "Biz osmonlar va yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik". (Qof,38)

Qur'oni karim
27. Sakkizinchisi yo'q yetti narsa nima?
Javob: Yetti qavat osmon. "(Alloh)Yetti qavat osmonni ustma-ust qilib yaratgan Zotdir". (Mulk,3)

Islom
28.To'qqizinchisi yo'q sakkiz narsa nima?
Javob: Qiyomatda Alloh taoloning Arshini ko'tarib turuvchi sakkiz farishta.

Qur'oni karim
29. To'qqiz mo'jiza sohibi kim va bu mo'jizalar nima?
Javob: Muso a.s. ning to'qqiz mo'jizasi. (qo'l, aso, sahro, qadirg'och, to'fon, chigirtka, bit, qurbaqa va qon)

Qur'oni karim
30. O'ntaga ziyoda qilingan narsa nima?
Javob: Bir yaxshilikka qaytariladiga o'n yaxshilik. "Kim bir yaxshilik qilsa, unga o'nta qilib qaytarilur". (An'om,160)

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:28:38

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 31-40

Qur'oni karim
31. O'n bir kishi kim?
Javob: Yusuf a.s. o'n bir aka - ukasi.

Qur'oni karim
32. O'n ikkita mo'jiza nima?
Javob: Muso a.s.ning qavmi uchun otilib chiqqan o'n ikki chashma. "Eslang, Muso qavmi uchun suv tilaganida: "Asoyingni toshga urgin", dedik. Bas, unda o'n ikki chashma otilib chiqdi". (Baqara,60)

Qur'oni karim
33. O'n uch nafar kishi kim?
Javob: Yusuf a.s. ota-onasi va o'n bir aka-ukasi. "Men tushimda o'n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko'ribman". (Yusuf,4)

Qur'oni karim
34. Nafas oladi, lekin joni yo'q. U nima?
Javob: Tong. "Va nafas olayotgan tongga qasam ichurmanki... (Takvir, 18.)

Qur'oni karim
35. O'z sohibini olib yurgan qabr?
Javob: Yunus a.s.ning "qabrlari" baliq.

Qur'oni karim
36. Yolg'on gapirib jannatga kirgan kim?
Javob: Yusuf a.s.ning aka-ukalari.

Qur'oni karim
37. Ota-onasiz yaratilganlar?
Javob: Farishtalar, Odam a.s. Iyso a.s. Ismoil a.s.ning qo'chqorlari va Solih a.s.ning tuyalari.

Islom
38. Bir daraxt, o'n ikki shohi bor, Har shohida o'ttizta barg, har birida behsta meva, uchtasi soyada, ikkitasi oftobda. U nima?
Javob: Bir daraxt - bir yil.
O'n ikki shohi - o'n ikki oy.
O'ttizta barg - o'ttiz kun.(oy kunlari)
Har birida beshta meva - har kungi besh vaqt namoz.
Uchtasi soyada - bomdod, shom va hufton.
Ikkitasi oftobda - peshin va asr.

Islom tarixi
Javob: 39. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nechta qiz va o'g'illari bo'lgan? Ularni yoshiga qarab ketma-ket sanang.
Rasululloh s.a.v.ning to'rt o'g'il va to'rt qizlari bo'lgan,
Qizlari: 1. Ruqiya. 2. Zaynab. 3. Ummu Gulsum. 4. Fotima (r.a.)
O'g'illari: 1. Qosim. 2. Tohir. 3. Tayyib. 4. Ibrohim.(Ibrohim cho'rilari Moriyadan tug'ilgan.)

Geografiya
40. Qaysi davlatning 3 ta poytaxti bor?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi.
Pretoria (administrative); Cape Town (legislative); Bloemfontein (judicial)

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:29:02

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 41-50

Islom tarixi
41. Umar ibn Hattob r.a. Fil voqeasidan necha yil keyin tug'ilganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a. fil yilidan 13 yil keyin tug'ilganlar. Ya'ni payg'ambarimiz SAVdan 13 yosh kichiklar.

Islom tarixi
42. Umar ibn Hattob r.a. Rasululloh s.a.v.dan necha yil keyin vafot etganlar?
Javob: Rasululloh SAV favotlaridan 13 yil keyin 63 yoshlarida vafot qilganlar.

Islom tarixi
43. Umar ibn Hattob r.a.ning to'qqiz otalarini sanang.
Javob: Hattob - Nufayl - Abduluzzo - Riyoh - Qurt - Raziy - Adiy - Ka'b

Islom tarixi
44. Umar ibn Hattob r.a. qaysi qabiladan edilar?
Javob: Umar ibn Hattob r.a. Quraysh qabilasidan bo'lganlar. Onalari tomonidan esa Bani Mahzum naslidan.

Islom tarixi
45. Umar ibn Hattob r.a.ning onalrini ismi nima, qaysi qabilaning qaysi naslidan bolganlar?
Javob: Onalari Hontama binti Hoshim. Quraysh qabilasining Bani Mahzum naslidan.

Islom tarixi
46. Umar ibn Hattob r.a.ning kunyalari va laqablari nima edi?
Javob: Kunyalari Abu Hafsa, laqablari Al-Foruq.

Islom tarixi
47. Umar ibn Hattob r.a.ning nechanchi otalarida ularning sulolasi Rasululloh s.a.v.ning sulolalari bilan birlashadi?
Javob: To'qqizinchi otalari - Ka'bda Payg'ambarimiz SAVning sulolalariga birlashadi.

Tarix
48. Gitler qaysi shaharda tug'ilgan?
Javob: Avstriyaning Branau shaharchasida.

Futbol
49. Futbol bo'yicha so'nggi jahon chempionatida "eng yaxshi yosh o'yinchi" kim bo'ldi?
Javob: 2006 yilgi Jahon Chempionatida Germaniya terma jamoasi xujumchisi, kelib chiqishi polyak bo'lgan Lukas Podolski "eng yaxshi yosh o'yinchi" bo'ldi.

Islom tarixi
50. Rasululloh SAVning vahiy kotiblari kim edi?
Javob: Muoviya va Zayd ibn Sobir r.a.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:29:35

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 51-60

Geografiya
51. AQSH bilan Rossiya o'rtasidagi eng qisqa masofa necha km tashkil qiladi? Va bu masofa AQSHning qaysi shahridan hisoblanadi?
Javob: AQSH va Rossiyaning o'rtasidagi eng yaqin masofa 4km tashkil qiladi. Bu masofa Alyaskadan hisoblanadi.

Islom tarixi
52. Azonning hozirgi tartibda aytilishi birinchi bo'lib qaysi sahobiyga bashorat qilingan? Va bu qay tarzda bashorat qilingan?
Javob: Bu tushda bashorat qilingan,lekin buni birinchi bo'lib Madinalik sahoba Abdulloh ibn Zayd r.a. ko'rganlar. Keyinchalik esa Hazrati Umar r.a. ham bu tushni ko'rganlarini aytadilar.

Futbol
53. O'zbek tiliga "Yuraklar" deb tarjima qilinadigan ("Hearts") futbol klubi qaysi davlat ligasida ishtirok etadi?
Javob: "Hearts" futbol klubi  Shotlandiya primer-ligasida ishtirok etadi.

Futbol
54. Kelib chiqishi ganalik bo'lgan, lekin AQSH terma jamoasi a'zosi bo'lgan vunderkind?
Javob: Kelib chiqishi ganalik bo'lgan, lekin AQSH sharafini himoya qilayotgan futbolchi Freddi Adu

Islom tarixi
55. "Diningizni yarmini bu ...dan o'rganinglar". Rasululloh s.a.v. bu hadislarida kim haqida aytganlar?
Javob: "Diningizni yarmini bu Humayrodan o'rganinglar" (Hadisi sharif). Bu savolning javobi Humayro, ya'ni Oisha r.a.

Futbol
56. "Ko'zoynakli kobra" laqabli futbolchi kim?
Javob: Edgar Davids

Islom tarixi
57. Hazrati Umar r.a: "Ayollar buningdek pahalavonni tug'ishdan ojizdirlar", - deganlarida qaysi sahobiyni nazarda tutganlar?
Javob: Xolid ibn Valid r.a.

Islom
58. Namozning eng afzal rukni qaysi?
Javob: Qiyom. Chunki unda ikkita farz bor: 1.Qiyom. 2.Qiroat.

Islom
59. Muborak Qur'oni Karimning to'rtdan biriga qaysi suralar tenglashtirilgan? Uchdan birigachi?
Javob: Qur'oni Karimni uchdan biriga "Ixlos" surasi tenglashtirilgan. To'rtdan biriga esa "Zalzala" va "Nasr" suralari tenglashtirilgan.

Islom
60. Rasululloh s.a.v. qaysi oyatni "oyatlar sayyidasi",- deganlar? Bu oyat qaysi surada va  nechanchi oyat?
Javob: Oyatal kursiy. Bu oyat "Baqara"surasining 255-oyati.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:29:51

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 61-70

Islom
61. Qur'oni Karimda "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasi necha marta kelgan?
Javob: Sura boshlarida 113 marta va "Naml" surasining ichida yana bir marta.

Islom
62. Rasululloh s.a.v. qaysi sahobiyning boldirlari qiyomat kunida Uhud tog'idan ham og'irroq tosh bosishini aytganlar?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud

Islom
63. "Sihohi sitta" hadis kitoblari sohiblari kimlar?
Javob: Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom Abu Dovud, Imom Muslim, Ibn Moja, Imom Nasaiy.

Islom
64. Qur'oni Karimda eng katta so'z, ya'ni eng ko'p harf ishtirok etgan so'z qaysi?
Javob: Bu so'z Hijr surasining 22-oyatidagi "Faasqoynakumuhu" so'zidir.

Islom
65. Ikki oyatda arab alifbosining hamma harflari ishtirok etgan. Bu oyatlar qaysi surada va nechanchi oyatlari?
Javob: 1. Oli-Imron, 154-oyat. 2. Fath, 29-oyat.

Futbol
66. Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi kim?
Javob: Muhammad Al-Deaya

Islom tarixi
67. Hadisi sharifda:
"... Dajjol chiqishidan uch yil oldin qahatchilik bo'ladi... Birorta ko'kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi. Alloh hohlagani bundan mustasno."
"Odamlar uz zamonda nimani iste'mol qilishadi?" deb so'rashdi.
Nabiy sallollohu alayhi vasallam nima deb javob berganlar?
Javob: Bu paytda tahlil, takbir, tahmid ovqat o'rniga o'tadi, deganlar Rasululloh SAV.

Islom
68. Shar'iy hukmlarning 4/1 qismi u zotning rivoyatlariga tayangan, Rasululloh SAVdan 2210 ta hadis rivoyat qilgan sahoba kim?
Javob: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning suyukli ayollari Oyisha raziyallohu anho.

Islom
69. Qaysi hijriy oy Allohning oyi deb ta'riflanadi?
Javob: Hadis: Ramazon oyidan keyingi eng afzal ro'za Allohning oyi - Muharramdadir. (Imom Muslim rivoyati)

Islom
70. Hijriyda harom oylar qaysilar?
Javob: Harom oylar (urush harom qilingan oylar): zulqa'da, zulhijja, muharram va rajab.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:30:05

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 71-80

Adabiyot
71. "œQisqalik — iste’dodning singlisi" (Краткость - сестра таланта).
Ushbu so’zlar kimga tegishli?
Javob: Anton Pavlovich Chexov

Tarix
72. Shayboniyxonning ismi "Boburnoma" da nima deb berilgan va uning ma'nosi nima?
Javob: Shayboqxon

Tarix
73. Qaysi hukmdor XIX asrda Xiva shahrini devor bilan o'ratgan?
Javob: Ollohqulixon (1825-1842)

Islom
74. Imom al-Buxoriyning "Al-adab al-mufrad" kitoblarida Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisga ko'ra, Alloh taolo huzuridagi eng uyatli ismlar qaysilar?
Javob: Malikul - amlok". Bu ismning ma'nosi  "Shahanshoh - shohlar shohi".

Islom
75. Rasulullohning s.a.v. eng yovuz dushmanlaridan biri,lekin u yilda bir marta do'zax azobidan ozod qilinadi. Bu dushmanlari kim, qaysi kuni va nima uchun azobdan halos etiladi?
Javob: Rasulullohning s.a.v. yovuz dushmanlaridan biri Abu Lahab (o'z amakilari). Muhammad s.a.v. tug'ilganlarida bu amakilari bu hushhabarni eshitib, hursandligidan bir cho'rini ozod qiladi. Shu sababdan Alloh taolo Rasululloh s.a.v. tug'ilgan kunlarida uni do'zax azobidan ozod qiladi.

Islom
76. Savol: Qur'oni Karimdagi oyatlar, harflar va so'zlar soni nechtani tashkil qiladi?
Javob: Oyatlar - 6236. Harflar - 340740. So'zlar - 77277 . Manba: Solih Jabriy

Islom
77. Savol: Mushafda "Dunyo" va "Ohirat" so'zi nechchi joyda zikr qilingan?
Javob: Dunyo so`zi 115 marta, Oxirat so`zi ham 115 marta

Islom
78. Islom diniga 7 chi bo'lib kirgan sahobiyning ismlari nima?
Javob: Utva ibn G'azvon

Islom
79. Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Vujudlar to'lg'onib qalblar o'zgardi. Bo'ron tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo'ldi. ....... omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so'ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi. Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. .......dan ismi so'ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so'ralganida, "Ibnul Islam" (Islom farzandi) dedi. Mol-dunyosi so'ralganida "Muhtojlik", do'koni so'ralganida "masjid",  kasbi so'ralganida "Sabr",  Libosini "Taqvo va tavoze'",  bolishini "Bedorlik", - dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa: "....... bizdan, ahli Islomdan..."degan so'zlardan, deya javob berdi.
Gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
Javob: Salmon Forsiy r.a.

Adabiyot
80. Alisher Navoiygacha qaysi adiblar "Xamsa" bitishgan?
Javob: Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:30:21

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 81-90

Adabiyot
81. Fransuz adibi Lui Aragon: "Muhabbat haqida yozilgan dunyodagi eng ajoyib qissa" deya ta'riflagan asar qaysi va uning muallifi kim?
Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi

Adabiyot
82. Mashhur ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy qayerda tug'ilgan?
Javob: Iroqning Karbalo shahrida

Islom:
83. Ilk marta "Arba'in hadis" kitobini kim yozgan?
Javob: Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy

Islom:
84. "Habral umma" ("jamoa donishmandi") laqabiga sazovor bo'lgan buyuk sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos r.a.

Islom:
85. Hijrat chog'ida Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam va Abu Bakr Siddiq tunagan g'orning nomi nima?
Javob: Savr g'ori.

Islom:
86. Abu Abdurahmon kunyasi qaysi buyuk sahobiylarga tegishli?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud va Abdulloh ibn Umar r.a.

Islom
87. Anas ibn Molikning ukalari va shahidlik maqomini olgan sahobiy kim bo‘lgan?
Javob: Baro' ibn Molik

Islom
88. Payg‘ambarimiz (S.A.V.) nechta muazzinlari bo‘lgan va ular qaysi sahobiylar?
Javob: Bilol ibn Ravoh, Abdulloh ibn Ummi Maktum

Islom
89. Abu Hurayra raziyallohu anhudan so'ng eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahoba kim? Va qancha hadis rivoyat qilgan?
Javob: Abdulloh ibn Umar r.a. 2630 ta hadis rivoyat qilganlar.

Islom
90. Hazrati Umar r.a.dan so'ng xalifa bo'lishni istamagan istamagan, hakamlik qilgan, Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bay’at qilgan sahoba kim?
Javob: Abdurahmon ibn Avf r.a.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:30:33

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 91-100

Islom
91. Abu Bakr Siddiqning Islomdan avvalgi ismlari nima edi?
Javob: AbdulKa'ba

Islom
92. Abu Dardo r.a.ning asl ismlari nima edi?
Javob: Uvaymir

Islom
93. Hazrat Ali r.a.ning qotili kim edi?
Javob: Abdurahmon ibn Muljim Murodiy.

Islom
94. Islomda birinchi bo'lib masjid qurgan sahobiy kim?
Javob: Ammor ibn Yosir  "Masjidul-Qabo"ni qurganlar.

Islom
95. Hazrati Qusam ibn Abbos r.a.ning qabrlari qayerda?
Javob: Samarqand shahrida, Shohizinda qabristonida

Islom
96. Misrni fath etgan Islom sarkardasi kim?
Javob: Amr ibn al-Os

Islom
97. Hazrati Bilolning qabrlari qayerda?
Javob: Damashqda.

Islom
98. Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida 4 shaxsga Qur’onning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan edi. O'sha 4 sahobiy kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn az-Zubayr, Sa’d ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis.

Islom
99. Rasuli Akram SAVning bojalari kim edi? (Abu Bakr r.a.ning qizini nikohiga olgan)
Javob: Rasulullohning s.a.v. bojalari Asharayi Mubashsharadan bo'lgan, buyuk sahobiy Zubayr ibn Avvom r.a. Bu zot Abu Bakr Siddiqning  r.a. qizlari Asmo Binti Abu Bakrga uylanganlar.

Islom
100. Hazrati Oisha r.a.ning laqablari nima edi?
Javob: Humayro

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:30:46

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 101-110

Islom
101. Kufa shahrini qurgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos

Islom
102. Bir ulug' sahobiy shahodat kalimasini keltirganlarida Rasululloh s.a.v: "Sening aqlingni ko'rib ,buaql faqat yahshilikka olib boradi, deb umid qilgan edim", deganlar. Rasululloh s.a.v. bu muborak lafzlarini qaysi sahobiyga qarata aytganlar?
Javob: Xolid ibn Valid

Islom
103. Rasulullohning s.a.v. onalari vafot etganlarida bir dodaklarini(cho'rilarini)qo'lida qolganlar. Bu cho'rilarini ismi nima edi?
Javob: Ummu Ayman r.a.

Islom
104. Rasulullohni s.a.v. emizgan ayol(Halima) qaysi qabiladan edilar?
Javob: Bani Sa'd.

Islom
105.Rasululloh s.a.v. Shom safariga kelganlarida muborak oyoq izlari bir toshga tushib qolgan ekan. Bu tosh bir masjidda saqlanadi. Bu masjid joylashgan qishloqni nomi nima?
Javob: Qadamun Nabiy

Islom
106. Tarix kitoblarida keltirilishicha Baytulloh juda ko'p marta buzib qayta qurilgan. Baytullohni 7-marta qayta qurilishini Rasulullohning  s.a.v. qaysi bobolari amalga oshirgan?
Javob: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning beshinchi bobolari Qusay ibn Kilob

Islom
107. Baytullohni 8-marta qayta qurilishini qaysi qabila amalga oshirgan va bunda Rasululloh s.a.v. necha yoshda bo'lganlar?
Javob: Quraysh qabilasi, 35 yoshda edilar.

Islom
108. Islom nuri yer yuzini charog'on qilganidan keyin ilk marta to'kilgan qon qaysi sahobiy tomonidan to'kilgan?(Musulmonlar va mushriklar o'rtasida chiqqan birinchi va kichik urush)
Javob: Bu kichik urush qurolsiz bo'lgan. Bunda ilk qon Hazrati Sa'd ibn Vaqqos tomonidan to'kilgan.

Islom
109. Yahyoning (a.s.) qabrlari qaysi shaharning qaysi jome'ida joylashgan?(Shaharning eski nomini keltirishnigiz mumkin)
Javob: Damashq, Shomi sharif shahrining Bani Umayya jome'sida

Islom
110. Alloh taoloning qudrati bois ikki dunyoda va yer osmon oralig'idagi jamiki narsa paydo bo'ldi. Bir narsa borki Alloh taolo bilmaydi. Bu nima?
Javob: Alloh taolo O'ziga o'hshash narsani bilmaydi!

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 19:31:05

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 111-120

Islom
111. Yana bir narsa borki, bu narsa faqat Alloh taoloda yo'q. Bu narsa nima?
Javob: Alloh taoloda uyqu yo'q.

Islom
112. Joni va boshi yo'q,lekin yemish yeydi. Bu narsa nima edi?
Javob: Hazrati Muso a.s.ning asolari.

Islom
113. Bu dunyoda asosiy hisoblangan ikkiliklar bor(Isnayn) Bular nechta va qaysilar?
Javob: Erkak va ayol, yer va osmon, tun va kun, quyosh va oy, jannat va do'zah, Iymon va kufr, hayot va o'lim, yahshilik va yomonlik, Arsh va Kursi, Lavh va Qalam, ilm va amal, Husn va ishq.

Islom
114. Namozi Vitrni birinchi bo'lib kim va qayerda o'qigan?
Javob: Namozi Vitrni birinchi bo'lib Rasululloh s.a.v. Me'rojga chiqqanlarida o'qiganlar. (Rasululloh s.a.v. Me'rojga chiqqanlarida jamki farishtalar u kishiga:"Yo,Rasululloh s.a.v. siz jami payg'ambarlarni Hotamidirsiz",-deyishgan. Shunda Rasululloh s.a.v. buning shukronasiga Uch rakat namoz o'qidilar.Bu namoz barcha ummatlariga Vojib bo'lib qoldi).

Islom
115. Bu dunyoda ikki narsa bor. To qiyomatgacha biri qochadi, biri esa quvadi. Bu narsa nima?
Javob: Tun va Kun.

Islom
116. Bir kecha kunduzda necha rakat namoz bor?Necha rakat Farz,sunnta va vitr ekanligini aniqlang?
Javob: 32 rakaat: 17 rakaat farz, 12 rakaat sunnat, 3 rakaat vitr.

Islom
117. Bu namozlarda esa nechta ruku', sujud, takbir va tasbeh bor?
Javob: 32 ta ruku, 64 ta sajda, 160 ta takbir, 165 ta tasbeh bor.

Islom
118. Mayyitga o'qiladigan janoza namozida nima uchun azon va takbir aytilmaydi?
Javob: Inson dunyoga kelganida sunnatga muvofiq o'ng qulog'iga azon va chap qulog'iga takbir aytiladi.Shu azon va takbir o'lim namozinikidir.

Islom
119. Boshqa namozlarda ruku' va sujud bor? Nima uchun janoza namozida yo'q?
Javob: Alloh taolo Qiyomatda kofirlarga: "Nima uchun mendan boshqaga sajda qildinglar?" deya so'raydi. Shuning uchun murdaga sajda qilishlikni man qilishgan.

Tarix
120. Tarixdagi Bobil imperiyasi qaysi hududda joylashgan edi?
Javob: Mesopatamiya

Qayd etilgan